Kirish I bob. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar
Oʻzbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni toʻgʻrisidagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar
Download 1.24 Mb.
|
mashhura kurs iwi
1.2 Oʻzbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatni toʻgʻrisidagi qonunlarga kiritilgan oʻzgartirish va qoʻshimchalar.
Oʻzbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasiga maʼmuriy tartib-taomillardan oʻtish qulayligi va davlat bojxona organlari, shuningdek, ularning xodimlari tomonidan xizmatlar koʻrsatishda normativ-huquqiy hujjatlar talablariga rioya etilishi, xodimlarning professionalligi va tezkorligi, ularning aholi bilan muomala qilish etiketi darajasini muntazam baholab borish uchun “davlat xizmatlarining sirli mijozi” institutidan foydalangan holda chora-tadbirlarni tashkil etish tavsiya etilsin. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qoʻmitasi, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi, “Oʻzdavkarantin” inspeksiyasi hamda “Oʻzstandart” agentligi qonunchilik hamda huquqni qoʻllash amaliyotini takomillashtirish uchun “davlat xizmatlarining sirli mijozi” monitoringi natijalarining koʻrib chiqilishini taʼminlasin. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar, shu jumladan, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi maʼmuriy tartib-taomillarni tubdan soddalashtirish va muddatlarini qisqartirish boʻyicha takliflarni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritsin. Respublika Moliya vazirligi respublika valyuta zahiralarini jamlash, taqsimlash va foydalanishga javobgar bo‘lib, bu jarayonlarni boshqarish usullarini ishlab chiqadi va qo‘llaydi. Respublika hukumati topshirig‘iga ko‘ra va tuzilgan bitimlar, shartnomalar asosida valyuta fondi hisobidan qanday mablag‘larni olish, o‘tqazish yoki qo‘yishni hal etadi. Vazirlikning valyuta boshqarmasi shuningdek respublikaning to‘lov balansini ishlab chiqadi. Unda uning tashqi iqtisodiy faoliyatidan tushadigan barcha daromadlar va xarajatlar aks ettiriladi. Respublika Davlat soliq qo‘mitasi tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishdagi soliq solish masalalarini tartibga soladi, bu masalalar bo‘yicha me`yoriy hujjatlarni ishlab chiqadi va ularning saqlanishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida tashqi iqtisodiy aloqalarning asosiy ishtirokchilari mulkchilikning turli ko‘rinishlaridagi korxona va tashkilotlar bo‘lib oladi. SHu jumladan, qo‘shma korxonalar ham tashqi iqtisodiy aloqa qatnashchisi bo‘lib, ular O‘zbekiston Respublikasining "Tashqi iqtisodiy faoliyat to‘g‘risida"gi Qonuniga muvofiq xorijiy sheriklar bilan eksport-import, sarmoyaviy va boshqa bitimlarni tuzishga ma`lum haquqlarga egadirlar. Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanishga ruxsati bo‘lgan korxona va tashkilotlarga ma`lum banklarda o‘z valyuta hisoblari bo‘lishga va bu mablag‘lardan foydalanishga ruxsat berilagn. Boj olinadigan mahsulotlar, boj olinmaydigan mahsulotlar, olib kelish va olib ketish taqiqlangan mahsulotlar, shuningdek bojxona bojlari stavkasi, ya`ni ularning tartibga solingan ro‘yxati bojxona tariflari deb ataladi. Bojxona tariflari qandaydir belgilashga ko‘ra taqsimlangan mahsulotlar ro‘yxatini o‘z ichiga olgan mahsulot sarxillovchilari (klassifikatorlari) asosida qurilgan. Bunday belgilarga ishlab chiqarish, tabiiy farqlar (hayvonot va o‘simlik dunyosi) qayta ishlash darajasi (xom ashyo, yarim tayyor mahsulotlar, tayyor buyumlar) ni misol qilib keltirish mumkin. Agar birinchi yo‘nalish, O‘zbekistonni kam xarajatlar sarflab, keng ko‘lamda xom ashyo, tayyor mahsulotlar, texnalogiyalar, fan-texnika axborotlari bozoriga kirib borishini ta`minlasa, unga qudratli transport tarmoqlari va aloqa vositalaridan foydalanish imkoniyatini yaratsa, ikkinchi yo‘nalish, respublika iqtisodiyotini keng ravishda jahon hamjamiyatiga birlashuvining iqtisodiy va tashkiliy-huquqiy asoslarini yaratish imkonini beradi. Download 1.24 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling