Kirish I bob. O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyatini erkinlashtirish bo‘yicha olib borilayotgan chora tadbirlar


II BOB O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI ERKINLASHTIRISH BOSQICHLARI


Download 1.24 Mb.
bet5/10
Sana18.06.2023
Hajmi1.24 Mb.
#1571887
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
mashhura kurs iwi

II BOB O‘ZBEKISTONDA TASHQI IQTISODIY FAOLIYATNI ERKINLASHTIRISH BOSQICHLARI
Tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilari haqida tikr bildiril-ganda, asosan muayyan mamlakatning tovar eksport-import operatsiyalari, kapitallar, kreditlar, investitsiyalar harakati, ishchi kuchi migratsiyasi va ular bilan bog‘liq bo‘lgan munosabatlar nazarda tutiladi. Mustaqillikning dastlabki bosqichida eksportning asosiy qismini xomashyo tashkil etgan bo‘lsa, iqtisodiyotni erkinlashtirish jarayonida tayyor malisulotlarni eksport qilish jadallik bilan ko‘payib bormoqda.
O‘zbekistonda davlatning tashqi iqtisodiy sohadagi siyo-satini shakllantirishda rejali iqtisodiyotdan meros bo‘lib qolgan iqtisodiy aloqalarning xususiyatlari ham hisobga olingan. Unga ko‘ra, an'anaviy tovarlar savdosi bilan cheklanib qolish, xalqaro iqtisodiy munosabatlarning xizmatlar va axborotlar, moliya kapitali va ishchi kuchi bilan ayirboshlash kabi turlarini deyarli rivojlanmaganligini, importning eksportdan ustunligi, eksport va import strukturasining samarasizligi: chetga asosan xomashyo chiqarilib, chetdan iste'mol tovarlari keltirilganligi kabi salbiy jihatlarini sanash mumkin.
Bunday holat respublika iqtisodiyotidagi nomutanosiblikni yanada chuqurlashtirdi. Shuning uchun ham O‘zbekistonning jahon hamjamiyatiga qo‘shilishi respublikaning mavjud imkoniyatlarini obyektiv baholashni va ulardan milliy manfaatlar yo‘lida imkoni boricha to‘liq foydalanishni talab qiladi.
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda tashqi iqtisodiy faoliyat qatnashchilarining xatti-harakatlarini erkinlashtirish borasida izchil islohotlar olib borildi. Unga ko‘ra, islohotlarning tadrijiy rivojlanish bosqichida dastlab tashqi savdoni tartibga solishning institutsional va huquqiy bazasi yaratilib, tashqi savdoni tartibga solishda bilvosita ma'muriy usullardan keng foydalanilgan bo‘lsa, keyingi bosqichlarda tashqi savdoni tartibga solishning xalqaro amaliyotga mos keladigan bevosita iqtisodiy usullari joriy etilib, ekportga yo‘naltirilgan tashqi savdo siyosati olib borildi. Tashqi savdoni bosqichma-bosqich erkinlashtirilishi natijasida milliy valutani joriy operatsiyalar bo‘yicha konvertatsiyalashuviga erishildi.
O‘zbekiston Respublikasi tashqi savdosini erkinlashitirish bosqichlari:
Respublikamizda ham eksport salohiyatini oshirish inaq-sadida milliy ishlab chiqaruvchilarga o‘zi isfaiab chiqargan tovar (ish, xizmat)Iarni eksport qilganida bir
qator soliq imtiyozlari ko‘zda tutilgan. Jurnladan:
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yicha:Tovariarni erkin konvertatsiya qilinadigan valutadagi eksportiga nol darajali stavka bo‘yicha soliq solinadi, ya'ni eksport faoliyati to‘liqligicha qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etilgan.
Aksiz solig‘i bo‘yicha: ovariarni erkin konvertatsiya qilinadigan valutadagi eksportiga aksiz solig‘i solinmaydi (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan ayrim tovarlardan tashqari).
Daromad (foyda) solig‘i bo‘yicha: eksportchi korxonalar uchun realizatsiyaning realizatsiyaning umumiy hajmida 15 foizdan 30 foizga qadar bo‘lganida-belgilangan stavka 30 foizga kamayadi; realizatsiyaning umumiy hajmida 30 foiz va undan ko‘p bo‘lganida - belgilangan stavka 2 baravarga kamayadi.
Hozirgi paytda (2007 yil) respublikamizda 190 mingga yaqin fermer xo‘jaligi faoliyat ko‘rsatmoqda va ularda slkam 1,4 million kishi mehnat qilmoqda3. “O‘zbekiston XXI asrga intilmoqda” asarida iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish vazifasi belgilandi. Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir. Bu borada Prezident I.A.miziyovyev “O‘zbekistondagi islohotlar va yangilanish jarayonlariga baho berar ekanmiz, shuni ta’kidlashni istardimki, hayotimizning barcha sohalarini erkinlashtirish yo‘li o‘z mohiyat e’tiboriga ko‘ra mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha o‘zgarishlarning asosiy bog‘lovchi bo‘g‘iniga aylandi”, – deb ta’kidlaganlar.
Iqtisodiy hayotni yanada erkinlashtirish esa demokratik jamiyat qurilishining asosi sifatida uning iqtisodiy negizlarini mustahkamlashni ta’minlaydi. Uning natijasida jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy barqarorlikni kafolotlovchi, iqtisodiy rivojlanishni ta’minlovchi amalda o‘rta mulkdorlar sinfi shakllanadi.
Demokratik jamiyatga xos bo‘lgan tadbirkorlikning rivojlantirilishi, iqtisodiyot tarkibiy o‘zgarishlarning birgalikda amalgaoshirilishi tufayli O‘zbekiston 1996 yildan boshlab iqtisodiy o‘sish yo‘liga o‘tdi. BMT Bolalar jamg‘armasi (YuNISEF) buyurtmasiga ko‘ra markaziy va Sharqiy Yevropa hamda MDH mamlakatlarida aholining ijtimoiy farovonligini tadqiq qilish ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda yalpi ichki mahsulotning amaldagi o‘sishi 2002 yilda 1989 yilga nisbatan 106,8 foizni tashkil etdi.

Mamlakatda iqtisodiy o‘sishga erishganlik oqibatida aholini ijtimoiy himoya qilishga va ijtimoiy-madaniy tadbirlarga ajratilgan xarajatlarning davlat byudjeti xarajatlaridagi ulushi 1997 yildagi 44,7 % dan 2003 yilda 46,1 % ga o‘sgan.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarga mahallalar berilayotgan bir oylik moddiy yordam miqdori 1996-2002 yillarda 13,6 barobarga, bolali oilalarning bolalariga berilayotgan nafaqaning o‘rtacha oylik miqdori esa 20 barobardan ziyodga ko‘paydi3. «Obod mahalla» yilida qabul qilingan dastur asosida 1 milliard 200 million so‘mlik xayriya yordami ko‘rsatilgan. Ikki yoshgacha bo‘lgan bolalar tarbiyasi bilan shug‘ullanayotgan 400 mingdan ziyod ayolga davlat tomonidan nafaqa tayinlandi. Shuningdek, 180 mingta kam ta’minlangan oilaga qariyb 14 milliard so‘m miqdorida yordam ko‘rsatilgan.

Islohotlarni yanada chuqurlashtirish sharoitida tashqi iqtisodiy faoliyatni tashkil etish tizimi qayta ko‘rib chiqildi. Valyuta tizimi va bozorini erkinlashtirish chora-tadbirlari amalga oshirildi va milliy valyutamiz – so‘m 2003 yil 15 oktyabrdan joriy to‘lovlar bo‘yicha erkin almashuvi amalga oshirila boshlandi.
Iqtisodiy hayotni erkinlashtirish jarayonlari mamlakat siyosiy hayotini, davlat va jamiyat qurishlishini yanada erkinlashtirish jarayonlari bilan o‘zaro bog‘liqlikda amalga oshirilishi oqibatida uning demokratik jamiyat qurishdagi rolini va ahamiyatini.kuchaytiradi. Aholi punktlariga xizmat ko‘rsatuvchi dilerlar va ma‘lum regionlarda ishlovchisubagentlardan iborat o‘z sotish tarmog‘ini tashqil etadi. Agentning mukofattovarni printsipialdan sotib olgandagi baho bilan uni qayta sotishdagi bahosiorasidagi farq bo‘ladi. Bozordagi o‘rniga ko‘ra vositachi-agentlar ―birinchi qo‘l‖huquqiga ega bo‘lgan oddiy agentlarga va monopol yoki eksklyuziv (maxsus) agentlarga bo‘linadi. Oddiy agentlik to‘g‘risidagi bitim vositachiga kelishilgan hududda printsipial tovarlarning ma‘lum ro‘yxatini sotish va undan foyda olishdir.Bunday bitim mustaqil yoki boshqa agentlar yordamida xuddi shu bozorga oddiy agentga qandaydir mukofot yoki to‘lov to‘lamay chiqa oladigan printsipialning huquqlarini cheklamaydi. Agentlik bitimida printsipialning mustaqil yoki boshqa vositachilar orqali shu bozorda manfaatliroq tijorat shartlarida sotmasligi to‘g‘risidagi majburiyati ham yoziladi. Oddiy agentlik bitimi vositachiga bozordagbarqaror mavqe kafolatini bermaydi, printsipial esa agentning faol ishiga umid qila
olmaydi. Shuning uchun ham oddiy agentlik shartnomalari odatda eksportchi yangi
bozorga chiqayotganda qisqa muddatga (bir yilgacha), ba‘zan esa yaxshiroq sherik
tanlab olish va qobiliyatini baholash uchun bir necha agentlar bilan ham tuziladi.



Download 1.24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling