Kirish I bob. Shimoliy amerika mintaqasining turistik markazlari: braziliya va argintina
II BOB. SHIMOLIY AMERIKA MINTAQASINING TURISTIK MARKAZI: CHILI
Download 161.39 Kb.
|
BRAZILIYA, ARGENTINA VA CHILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chili Davlat tuzumi
- Chili Tabiati
II BOB. SHIMOLIY AMERIKA MINTAQASINING TURISTIK MARKAZI: CHILI
2.1. Chili davlati va turizmi Chili, Chili Respublikasi (isp. República de Chile) — Janubiy Amerikaning janubi-gʻarbida joylashgan davlat. Maydoni 756,9 ming km². Aholisi 15,824 mln. kishi (2003). Poytaxti – Santyago shahri. Maʼmuriy jihatdan 13 viloyat (region), jumladan, Santyago poytaxt viloyatiga boʻlinadi. Chili Davlat tuzumi Chili – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1980-yilda kabul qilingan va 1981-yildan kuchga kirgan; 1989, 1994, 2004-yillarda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2022-yildan Gabriel Borik Font), u umumiy toʻgʻri va yashirin ovoz berish nuli bilan 4 yil mudsatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni senat va deputatlar palatasidan iborat Milliy kongress, ijrochi hokimiyatni prezident amalga oshiradi; prezident xukumatga ham boshchilik qiladi. Chili Tabiati Chili shimolidan janubiga Tinch okean sohili boʻylab 4300 km ga choʻzilgan, hududining katta qismini And togʻlari (balandligi 6880 m gacha), shimolini Atakama choʻli egallagan. Mamlakat janubida Patogoniya tekisligi joylashgan. Chili hududi tarkibiga qirgʻoqqa yaqin bir necha orol, Olovli Yer o.ning garbiy qismi hamda Tinch okeandagi baʼzi orollar (Pasxa o. va boshqalar) kiradi. Relyefida 3 boʻylama mintaqa yaqqol koʻrinadi: sharqda Andning Bosh Kordilyera togʻlari, gʻarbda sohil boʻyi Kordilyera tizmasi va togʻ oraligʻi botigʻida Boʻylama vodiy bor. Chilida vulkan koʻp; teztez zilzilalar boʻlib turadi. Chili hududida mis, tabiiy selitra, molibden, sof oltingugurt, temir rudasi, marganets, qoʻrgʻoshin, oltin, kumush, toshkoʻmir, rux, barit, neft, gaz konlari bor. Iqlimi shimoliy qismida tropik choʻl iklimi (yillik yogʻin 50 mm dan kam). Subtropik Oʻrta Chilining shimolida iqlim quruq (yillik yogʻin 100–200 mm), markazida oʻrta dengiz iqlimi, qishda yomgʻir yogʻadi (Santyago shahrida yiliga 350 mm), janubida nam subtropik ikdim (yillik yogʻin 2000–2500 mm). Janubiy Chilida iklim moʻʼtadil okean iklimi, yogʻin koʻp yogʻadi (yiliga 3000–7000 mm). Togʻlarda muzliklar bor. Oʻrtacha oylik tempatura shimolida 12–16° dan (iyulda) 18–22° gacha (yanvarda), markazida 8–20°, janubida 8–15°. Deyarli hamma daryolari juda qisqa va Tinch okean xavzasiga mansub. Shimoliy Chilida Loa daryosidan boshqa oqar suv yoʻq. Janubida esa daryolar yil davomida sersuv. Shimoliy Chilida tuproq va oʻsimlik qoplami yaxshi rivojlanmagan. Oʻrta Chilining shimoliy chala choʻl, markazida sur jigarrang va jigarrang tuproklarda kserofil butalar usadi. And togʻlarining oʻrta yon bagʻirlari qoraqayin oʻrmonlari bilan qoplangan, undan yuqorisi togʻ dashtlari. Oʻrta Chilining janubidagi qoʻngʻir oʻrmon va botqoqli tuproqlarda qalin oʻrmonlar, And togʻlarida qoraqayinigna bargli oʻrmonlar va alp oʻtloklari bor. Janubida subantarktika aralash oʻrmonlari, chekka janubida botqoqlashgan oʻtloqlar va torfli yerlar uchraydi. hayvonot dunyosi xilmaxil. Chili shimolida aguarachay tulkisi, puma, sudralib yuruvchilar, janubida pudu va uemul bugʻulari, amerika sassiqkoʻzani, suvsar, magellan tulkisi va boshqa yashaydi. Chilida Vilyarrika, Bernardo Oʻ Xiggins, Alberto Agostini, Los Paraguas, Peres Rosales va boshqa milliy bogʻlar hamda qoʻriqxonalar tashkil etilgan (jumladan, Pasxa va XuanFernandes o.larida). Download 161.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling