Kirish I bob. Shimoliy amerika mintaqasining turistik markazlari: braziliya va argintina
Download 161.39 Kb.
|
BRAZILIYA, ARGENTINA VA CHILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chili tasviriy sanʼati
- Chili musiqasi
Chili meʼmorligi
Chili hududida yashagan indeyslarning qad. sanʼatidan qalʼalar, baland tosh devor bilan oʻralgan 1–2 qavatli uylardan iborat qishloq xarobalari saqlangan. 16-asrdan fort, shahar va cherkovlar, ichki hovlisi boʻlgan 1 qavatli uylar qurildi. 18–19-asrlarda barokko va klassitsizm uslubida shahar binolari, cherkov va saroylar barpo etildi (meʼmorlar X. ToeskaiRichi, M. de Xara Kemada). 19-asr Chili meʼmorligida eklektizm, 20-asr boshlarida modern uslubi karor topdi. 20-asrning oʻrtalarida shaharlar qayta qurildi, zamonaviy meʼmoriy inshootlar, jumladan, "Gonsales Kortes" (1960–63, meʼmor S.Gonsales va boshqalar), "Portales" (1961–63, meʼmor K.Breshani va boshqalar) turar joy majmualari, Santyagoda Texnologiya instituti (1962–65, meʼmor K.Breshani va boshqalar) bunyod etildi. Chili tasviriy sanʼati Indeyslarning kad. madaniyati Peru madaniyati bilan bogʻliq. Turli shakllarda yasalgan va rayem solingan sopol idishlar, metall taqinchoqlar, odam va ov manzaralarining qoyatoshlarga ishlangan tasviri saqlangan. Bu anʼanalar toʻquvchilik, kulolchilik, yogʻoch oʻymakorligida oʻz aksini topgan. 18–19-asrlarda manzara rassomligi va haykaltaroshligi, gravyura rivojlandi (A.Santelises). 19-asr oʻrtalarida portretchilar F.X.Mandola, A.Gana, 19-asr 2yarmida rassomlar P.Lira va M.A.Kiro ijod qildilar. Rassomlar A.Valunsuela Lyanos, E.Plasa, haykaltaroshlar N.Plasa, V.Arias 19 va 20-asrning realist ustalari boʻlgan. 20-asrda Chilida turli modernistik oqimlar (kubizm, syurrealizm, abstraksionizm) keng tarqaldi. K.Ermosilya Alvares, G.Nunyes, P.Lbos, X.Eskames kabi rassomlar, L.Dominges, S. Roman Roxas kabi haykaltaroshlar realistik anʼanalarda ijod qildilar. Chili musiqasi Chilining qad. musiqa madaniyatini tub joy aholisi avlodlari, avvalo, araukanlar saqlab kelmoqdalar. Ularning asosiy musiqa asboblari: zarbli – baraban (kultrun), shakildoq (uada); puflama – trutruka, lolkin, pifyulka. Kreollar xalq musiqasi argentina xalq musiqasiga yaqin. Qoʻshiqraqs janrlari – kueka, kuando, qoʻshiq janri – tonada (yakka ijro etiladigan lirik qoʻshiq). Musiqa cholgʻu asboblari – gitara, arfa, gi. tarron. 19-asr Santyagoda filarmoniya jamiyati tuzildi (1827), musiqa maktabi ochildi (1849; 1851-yildan konservatoriya). Kompozitorlardan M.Robles Ortis de Sarate (19-asr), K.Lavin, P.U. Alyende Saron, X.Urrutia Blondel, E.Soro, D.SantaKrus Vilson (20-asr), dirijyorlar A.Karvaxal, V.Teva, pianinochilar K.Arrou, X.Reyes, skripkachi P. d’ Andurayn mashhur. Santyagoda Chili simfonik orkestri (1941-yil tashkil etilgan), Munitsipal simfonik orkestri (1955), Torli kvartet (1954), Chili milliy baleti (1957), shuningdek, Milliy konservatoriya ishlaydi. Download 161.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling