BMIning ilmiy- tadqiqot ishlari rejalari bilan bog’liqligi. Tadqiqot Alisher Navoiy nomidagi ToshDO’TAU o’zbek tili va adabiyotini o’qitish fakulteti “O’zbek tilini o’qitish metodikasi” kafedrasining “2017- 2018- yillarga mo’ljallangan BMI istiqbolli rejasi asosida amalga oshirildi.
Tadqiqotning maqsadi. Ushbu tadqiqotning maqsadi ona tili takrorlash darslarini tashkil etishning, vositalari va metodlari shu jarayonda o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishga va ularda nutq madaniyatini shakillantirish mashq va topshiriqlar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqotning vazifalari. Tadqiqotning bosh vazifasi sifatida ta‟lim bosqichlari ona tili ta‟limi jarayonida takrorlash darslarning tashkil etish metodikasining o’ziga xos xususiyatlarini tadqiq qilish masalasi belgilanadi. Shunga ko’ra tadqiqot ishini yoritish davomida:
Ta‟lim bosqichlarida takrorlash darslarining tashkil etilishiga doir turli qarashlarni o’rganish, takrorlash bilan bog‟liq ilmiy- nazariy va metodik adabiyotlarni tadqiq qilish, mavzuning yoritilganlik darajasini va mavjud muammolarni aniqlash;
Amaldagi “Ona tili” o’quv dasturi va darsliklarning ona tili mavzularini o’tish jarayonida mavjud bo’lgan imkoniyatlarini o’rganish, tahlil qilish va xulosalar chiqarish;
Ta‟lim bosqichlarida o’quvchilarning ona tili yuzasidan bilim, ko’nikma va malakalarini takrorlash yo’li bilan tiklash va rivojlantirishga olib qilayotgan ishlarning hozirgi holatini yoratish va tegishli xulosalar chiqarish.
Ona tilini o’qitish jarayonida takrorlashga doir yondashuv va tamoyillarni belgilash;
Ta‟lim bosqichlarida oldingi bosqichda egallangan, ammo unutila olinmagan bilim, ko’nikma va malakalarni o’sha grammatik tushuncha va bilimlarni takrorlash yo’li bilan tiklashning usul, metod va vositalarini ishlab chiqish;
Ta‟lim bosqichlari ona tili darslarida takrorlash bilan bog’liq samarali mashqlar tizimini yaratish, o’quvchilarning matn yaratish ustidagi ishlar va muomala odobini egallashlari bilan bog’lab tashkil etish mazmuni, samarali usullari, o’quv topshiriqlari va mashqlar tizimini ishlab chiqish. Tadqiqot ob‟ekti. Ta‟lim bosqichlari ona tilidan tashkil qilinadigan takrorlash bilan bog‟lab o’rganishga va o’quvchilarning nutq madaniyatini
o’stirishga va o’quvchilarning nutq madaniyatini rivojlantirishga qaratilgan dars jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |