Kirish i-bob. Til va ong haqida umumiy tushuncha
Download 58.37 Kb.
|
REJA
1.3 Til ijtimoiy hodisa
Lebents pertseptsiya va apperseptsiya tushunchalari bilan bir qatorda ongsizlik muammosini ham psixologiya faniga olib keldi. X asrda ingliz psixologiyasida emperizm yo’nalishining rivojlanishi assotsiativ psixologiyaning shakllanishiga olib keldi. Bu borada qator ingliz olimlari: D.Berkli, Lok g’oyalarini rivojlantirib borib psixologik ta’limni sensualizmdan sub’ektiv idealizmga qarab olib o’tdi. Uning eng asosiy ishlaridan biri bo’lgan «Ko’rish nazariyasining yangi tajribasi» 1709 yildagi asarida birinchi bor uch o’lchov haqidagi fikrni kiritdi, ya’ni idrok protsessida fazo, figura, harakat. Bundan tashqari Berkliga tashqi olamni idrok qilish bo’yicha idealistik psixologiyadagi g’oyalardan biri - «Agar men ko’zimni ochsam tashqi olamni idrok qilaman, demak mening ruhim bor. Agar men ko’zimni yumsam, men tashqi olamni idrok qilmayman, demak mening ruhim yo’q» -degan fikrni ilgari surdi. David KM-o’zining asarlaridan biri «Inson tabiati hag'ida traktat» (1739) asarida assotsiativ g’oyasini ilgari surdi. Bilishning butun ishini assotsiya mexanizmlari deb tushuntirdi. D.Gardli- vrach, ruhoniy , Lokning asosiy g’oyalarini rivojlantirdi va yuksak Iksak N’yutonning fizik dunyoqarashlarini psixik jarayonlarning fiziologik mexanizmlari ilan bog’ladi. Fanda birinchi bor tafakkurni-jarayon deb hisobladi. Assatsianizm g’oyalarining fanga kirib kelishi va uning o’rganilishiga Djon Pristli salmoqli hissasini qo’shdi. Bu psixologiyani frantsuz ma’rifatparvar faylasuflari: D. Lomagriy, K.Golvettsi, D.Didro, P.Golbax va ularning o’ng qanot vakillari- F.Volter, E.Kondilyak, SH.Montiske va chap qanot oqim vakili Jan Jan Russo. Nemis klassik falsafasida: XUSH asrning ikkinchi yarmida Anglida shakllangan imperik psixologiya Germaniyaga ham kirib kela boshladi. 70-yillarda Lok, Yum, Gard ishlari, ulardan so’ng Bonni, Galvetsi, Kondilyak ishlari nemis tiliga tarjima qilindi. Germaniya Rene Dekard ta’limoti keng tarqalgan edi. Lebents va o’zining izdoshlari X.Vol’f (1679-1954) Lebents ishlarini sistemalashtirdi va ommalashtirdi. Germaniyada psixologiyani Lebents ta’limoti bo’yicha yaratishga harakat qildi. Hatto Vol’f, Kand shu ta’limni rivojlanyapti degan fikrni ilgari surdi, lekin Kants buni inkor qildi. X.Vol’fning sistemasi psixologiyada imperik psixologiya 1734 va ratsional psixologiya bo’limiga yo’nalishlarining kompromissi edi. SHuning uchun u 1732 yilda emperik psixologiya, 1734 yilda ratsional psixologiya bo’limiga bo’ldi. Emperik psixologiya Vol’fning fikricha XUSH asrda keng tarqalgan jonning paydo bo’lishi haqidagi ta’limotini ilgari surish edi. Lekin bu holatni u tushunarsiz amalga oshirdi. Psixologiyadagi o’lchov muammosini pala-partish tushuntirishga harakat qildi. Ratsional psixologiyada esa jonning o’lmasligi haqida g’oyalarni ilgari surdi. Lebents eng asosiy fikri u fan uchun qobiliyatlar nazariyasini yaratdi. Qobiliyatni birinchi hohish, ikkinchi bilish qobiliyatlariga ajratdi. Hohish qobiliyati-kuchli va kuchsiz bo’ladi degan fikrni ilgari surdi. X. Vol’f psixologiyasini I . Kant (1724-1804) qattiq tanqid qildi. Kant fazo va vaqt idrokining shakli sifatida ilgari surilgan fikrlarni nemis psixologiyasi va idrok psixologiyasining shakllanishiga asos bo’ldi. Kant birinchi bor psixologiya alohida fan bo’lishi kerak degan fikr tashladi. G.Fixte (1762-1814) idealistik ta’limini yaratdi. «Men» tushunchasini kiritdi. Men tushunchasi sub’ekt aktivligini yuzaga keltirdi, degan g’oyani yaratdi. Fixtening shogirdi Vol’f, I.SHellin (1775-1854) o’z uztozini sub’ektivizmda ayblaydi va uni tanqid qiladi. U asosan tabiat bilan ruh orasidagi bog’lovchi degan fikrni ilgari surdi. Ongning vujudga kelishi sezgilardan-irodagacha bo’lgan rivojlanishi deb tushundi. Gegel’-(1770-1831) psixologiyada sub’ektiv ruh haqidagi ta’limotni yaratdi. Sub’ektiv ruh individual ongga ega degan individual fikrni ilgari surdi. Individual ong o’z taraqqiyotida uch bosqichga ega. bosqich: tana va ruh bir-biridan ajralmas: bosqich: refleksiya, ruh-ongni vujudga keltiradi; bosqich: ruh aqlda o’z ifodasini topadi; Bu psixologiyadagi ong rivojlanishiga katta turtki bo’ldi. Lyudvig Feyerbax (1804-1872) materialistik tushunchalarni psixologiyaga kiritdi. Inson tafakkuri sub’ektga talluqli degan fikrni ilgari surdi. Psixologiyadagi antropologik printsipni olib kirdi. Xulosa qilsak, demak XUP asrning ikkinchi yarmi va XUSH asrning birinchi yarmigacha bo’lgan davrda psixologik bilimlarning rivojlanishi uchun va bu bilimlarning sxolastikada qutilishi uchun yuqoridagi omillarning hammasi o’zlarining hissalarini qo’shdilar. O’zlarining idealistik, materialistik, dunyoqarashlari bilan psixologiyaning taraqqiyotini tezlashtirdi va birinchi bor psixologiyaning ongni o’rganishga yana ong psixikasining kriteriyasi sifatida ajralishiga sabab bo’ldi va birinchi bor imperik assotsiativ psixologiya maktablarini yuzaga keltirdi. Tilning paydo bo’lishi va uning taraqqiyot yo’lini o’rganish tilning qanday hodisa ekanligini tasavvur qilish imkonini beradi. Tilshunoslik tarixida qadimdan qarama-qarshi ikki fikr o’rtasida kurash boradi. Birinchisi, XIX asrda Germaniyada Avgust Shleyxer tomonidan asos solingan tilning tabiiy hodisa ekanligi haqidagi fikrdir. Shleyxer u yoki bu hodisani tabiiy yoki ijtimoiyligini xalqning irodasi, shu hodisaga ta’sir ko’rsata olish –ko’rsata olmasligi nuqtai nazardan aniqlaydi. Uning fikricha, tilning rivojlanishi xalq istagiga bog’liq bo’lmaydi, u o’z qonunlari asosida rivojlanadi, demak, til tabiiy hodisalar qatoridan o’rin olishi kerak. Bundan til dunyodagi boshqa tabiiy hodisalar singari o’z –o’zicha paydo bo’ladi, rivojlanadi, kezi kelganda, yo’q bo’ladi, o’ladi degan ma’no kelib chiqadi. Til kishilik tabiiy xususiyatlari (masalan, yurish, nafas olish, ovqatlanish va boshqalar)ga xos narsadir. Olma daraxti ma’lum vaqt o’tishi bilan olma hosili berganidek, odam bolasi ma’lum yoshga yetganda gapira boshlashi kerak. Bunday fikrni ilgari surgan olimlarda ba’zi “dalillar” ham bor edi. Ular lotin, sanskrit (qadimgi hind tili) kabi o’lik tillarni misol qilib ko’rsatishadi. Mazkur fikr tarafdorlari o’z nazariyalarini asoslashda nemis idealist faylasuf olimi Gegelning absolyut g’oyasidan foydalanadilar. Tilning paydo bo’lishi va rivojlanishi ana shu absolyut g’oyaning harakati deb bilishdi, bu esa noto’g’ri tushunchadir. Ongni birlamchi , materiyani ikkilamchi deb biluvchi idealistik yo’nalishdagi olimlar tilga quyidagicha ta’rif berishadi: "Til taffakkurni ifoda qiluvchi ishoralar majmuidir"(F .de Sossyur) "Til - odam ongining ishtirokisiz , tashqi dunyoga nisbatan bo'lgan mexanik harakatidir".(L.Blumfild). " Til fikrni ifoda qilishga mo'ljallangan , talaffuz qilinadigan , chegaralangan tovushlar majmuidir ". (B.Grosse). Bu fikrlarning birortasi , ular garchi bir-birini to'ldirsa ham , tilning to'liq ta'rifi emas , chunki u tilning ijtimoiy mohiyatini ochib berolmaydi . Olimlar tilning kishilik jamiyatida tutgan o'rni naqadar muhim ekanini ko'rsatadi . Materialistik tilshunoslik til tabiiy hodisadir degan g’oyani rad etadi. Tilning paydo bo’lishi va taraqqiyoti insoniyat jamiyati bilan uzviy bog’langan. F.Engels o’zining mashhur “Maymunning odamga aylanishida mehnatning roli” asarida tilning kelib chiqishini asoslashda asosiy e’tiborni kishining ijtimoiy mehnatiga qaratadi. Materialistik ta’limotga ko’ra jamiyat a’zolari mahsulot ishlab chiqarar va uni ayriboshlar ekanlar, o’zaro ishlab chiqarish munosabatiga kirishadilar. Bu munosabat tufayli kishilar orasida aloqa zaruriyati tug’iladi. Bunday muammoni faqat odamlar orasida vositachi, fikr almashish quroli bo’lmish til hal qiladi. Jamiyatdan tashqarida yashagan inson bolasi qancha umr ko’rmasin, u gapirmaydi. Chunki til nasldan naslga, avloddan avlodga o’tmaydi, ya’ni uning irsiyatga hech qanday aloqasi yo’q. Irsiayt qonuniga binoan, bolaning biologik, antrapologik xususiyatlari avloddan avlodga o’tadi, lekin o’zbek oilasida tug’ilgan bola faqat o’zbek tilida gapiradi deyish noto’g’ridir. U qaysi tilda gapira boshlashi, qaysi oila, qaysi ijtimoiy muhitda tarbiyalanishiga bog’liq: agar chaqaloq ruslar ichida tarbiyalansa, ruscha, tojiklar ichida tarbiyalansa, tojikcha gapiradi. XX asr boshlarida Hindistonda ro’y bergan voqea bu mavzuga yaxshi dalil bo’la oladi. U yerda bo’rilar to’dasi orasida ikki qizchaga duch kelindi. Qizchalardan biri 2, boshqasi 7-8 yashar bo’lgan. Ular bo’rilarga xos xatti-harakatlar qilishgan, lekin gapirishni bilshmagan. Hindistonlik psixolog olim bu ikki go’dakni dastlab uyda, keyinchalik kattasini (kichigi ko’p vaqt o’tmay kasallanib vafot etgan) bolalar uyida tarbiyalagan. Bu qiz yana 10 yil atrofida umr ko’rdi, lekin til va yurish- turishda aytarlik muvaffaqiyatga erisha olmadi. Bu yillar mobaynida u 45 ga yaqin so’zni o’rgandi, ammo ulardan gap tuza olmadi. Bu voqeani chuqur tahlil qilgan psixologlar, sotsiologlar, tilshunoslar: 1.Til tabiiy hodisa emas. 2.Tilning paydo bo’lishi uchun kishilik jamiyati bo’lishi shart. 3.Til-nutq muhiti bolaning chaqaloqligida yaratilishi va chaqaloqqa bir tomonlama til ta’siri o’tkazish muhim hal qiluvchi ahamiyatga ega. 4.Til va tafakkur bir vaqtda paydo bo’ladi, birga rivojlanadi, biri ikkinchisisiz yashay olmaydi, degan xulosaga keldilar. Download 58.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling