Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi


Download 118.38 Kb.
bet8/21
Sana23.06.2023
Hajmi118.38 Kb.
#1652024
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21
Bog'liq
Badiiy nutqda metafora ozoda1

.Metonimiya so’zi yunoncha metonimia -“yangi nom qo’yish” “nomni o’zgartirish”,”qayta nomlash” degan ma’noni bildiradi. .Makon va zamondagi o’zaro bog’liqligi asosida bir narsa va hodisaning nomini ikkinchi narsaga ko’chirish- metonimiya. Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqea-hodisaning nomini aytganda shunga o’zaro bog’liqligi asosida boshqa bir hodisani tushunish- metonimiya. .Metonimiyada biror predmet xususiyati yoki voqea-hodisaning nomini aytganda shunga o’zaro bog’liq bo’lgan ikkinchisi anglatiladi. Bunda o’xshashlik nazarda tutilmaydi.Boshqacha aytganda, ikkita bir-biriga bog’liq predmet,belgi, holatning birining nomi tejamkorlik natijasida tushiriladi.
Metaforaga o’xshagan tropning asosiy turlaridan biri bo’lgan metonimiya ham so’zlarning ko’chma ma’nosiga asoslanadi. Ammo bu yerda asosan biron narsa yoki voqea - hodisaning nomi boshqa bir narsa yoki hodisaga ko’chiriladi. Bu predmet yoki voqea-hodisa ongimizda bir-biri bilan aloqador tushunchalarni anglatishi bilan o’zaro bog’langan bo’ladi. Bundan tashqari ,metaforada bir-biriga o’xshash predmet va ularning belgilari ko’chirilsa, metonimiyada bu ikki predmet tashqi ko’rinish yoki ichki xususiyatlari bilan bir- biriga qandaydir aloqasi bo’lsa ham , ammo, umuman , bir-birlaridan farq qiluvchi , bir- biriga o’xshamagan predmetlar belgilari bilan chog’ishtiriladi.
Ongimizda muallif bilan uning kitobi odamning maxsus kiyimi va odam , ovqat va tovoq bir- birlari bilan uzviy bog’langandir.
Navoiyning asrlarini o’qidim deyish o’rniga Navoiyni o’qidim , bir tovoq palov yedim – bir tovoqni tushirdim , ikki yuz gramm suv ichdim -ikki stakan ichdim, stadiondagi odamlar shov- shuv ko’tara boshladi – stadion jonlandi , auditoriyadagi studentlar kuldi- auditoriya kuldi deymiz. Biroq bunday paytlarda doim birinchi gaplardagi mazmun tushuniladi.
Yuqoridagi misollardan ko’rinadiki, metanomiyada ham metaforadagi kabi ikki a’zoddan bittasi tushirilib qoldiriladi.
Predmetlarning nomlarini boshqa predmetlarga o’tkazishning bir necha xil ko’rinishlari bor
1.Biror narsa ichidagi predmetning ma’nosi o’sha narsaga o’tkaziladi; bit tovoq palov yedim deyish o’rniga bir tovoqni tushirdim, bir kosa qimiz ichdim- bir kosani otdim deymiz. Korinadiki, bu o’rinda palov va qimiz ma’nosi tovoq va kosaga ko’chirilgan. Ammo shunisi borki, bunday traditsion metanomiyalar tinglovchi vao’quvchida emotsiya hosil qilmas darajaga kelib qolgan . ,,Kissam kasal’’ , ,,belim qiyshaydi’’ tipidagi metonimiyalar ham eskirgan. Metonimiya tinglovchida emotsiya uyg’otishi ochiq sezilib turgandagina , u badiiy asarning tasviriy vositasi vazifasini bajargan bo’ladi.
Yakka qozon yolg’iz uyda hech qaynamas’
Jamoaning doshqozoni shahd basma-bas
2. Muallifning nomi uning asri o’rnida qo’llanadi: Navoiyni o’qidim, Oybekni o’qidim
Bu yerda Oybek va Navoiy asrlarini o’qidim degan ma’no tushuniladi.
Fuzuliyni oldim qo’limga ,
Majnun bo’lib yig’lab qichqirdi.
Va Navoiy tushib yo’limga ,
Faryod bilan o’rnidan turdi.. (Hamid Olimjon )

Tong otar chog’ida juda sog’inib ,


Bedil o’qir edim chiqdi oftob (G’afur G’ulom)
3. Harakat yoki uning natijasida shu harakatni bajaruvchi qurolning nomi bilan almashtiriladi.
Husayn. Tangrim xuddi shu fikrni dilimga solib turgan edi , Mushkulimizna yana qilich va qon hal etadi . Men u beboshlarga Temur avlodi va qilichining qudratini yana bir ko’rsatay. (Uyg’un va Izzat Sulton . ,,Navoiy’’ ).
4. Biror predmetni u yasalgan material nomi bilan almashtirish.
Olmos po’lat qo’lida, egnimda qalqon
Po’lat qush ham qomatin rostlab ,
Bulutlarni etar tumtaroq . ( O.Hojiyeva . ,, Men sevgan qo’shiq’’ )
5. Ma’lum yer, mamlakat , davlatda yashab turgan kishilar ma’nosi shu yerga , mamlakat yoki davlatga ko’chiriladi .
Majlisga butun qishloq keldi. (A.Qahhor . ,,Qo’shchinor chiroqlari’’)
Bo’ying bo’yimga monand ,
Dilim dilingga payvand.
Mayli bilsin sirimni , O’sh, Buxoro, Samarqand (A.Po’lat. ,,Kel, yorim’’)
6. Konkret tushuncha o’rnida abstract ot qo’llanishi mumkin :
Majlis bitar , keskin so’zlar dag’dag’ador ,
Shu raportni berish uchun qildi qaror (G’.G’ulom .,,Ko’kan’’ )
Metanimiyaning yana boshqa ko’rinishlari ham bo’lishi mumkin,. Ularning hammasi tasvirlanayotgan predmetning muhim tomonini qisqa , tejab ifodalashga yordam beradi . Hamma bayroqlqr bizga mehmonga keladi jimlasiga qarang . Unda O’zbekistonning xalqaro arenaga chiqqanligi bu yerga butun davlatlar, kelishi, ular bilan madaniy, iqtisodiy munosabatlar haqidagi fikr shu birgina misrada berilgan.

Download 118.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling