Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi
Download 118.38 Kb.
|
Badiiy nutqda metafora ozoda1
Metafora- metaphora "ko'chirma" demakdir. Predmet, narsa, hodisalarning tashqi o'xshashiligiga, shakliy,ichki belgilariga asoslanib ma'no ko'chishiga metafora deyiladi. Ko'proq tashqi o'xshashlikka metafora deyiladi. Metafora usulida nom ko'chishi narsa va hodisalar o'rtasida nisbiy o'xshashlikka ko'ra bo'ladi va ularning rangi, shakli, harakati ikkinchi shunday predmet belgisi bo'lgan nomini oladi. Bu usul bilan ma'no ko'chishi uchun umumiy belgi tushuncha saqlanadi. Misol uchun "qora niyyat" bunda qora so'zida ma'no ko'chishi kuzatilyapti. Qora qalam bo'lganda o'z ma'no bo'lardi, qora rang bilan ichidagi yomon niyatni o'xshatganligi sababli metafora usulida ma'no ko'chyapti.
Xususan, Arastu bu atamani keng ma'noda qo'llagan. Faylasuf o'zining "Ritorika" asarida quyidagi fikrni ifodalaydi: "Metafora yuksak darajada aniqlik, yoqimlilik va oxorlilik jozibasiga ega, undan o'rinli foydalanish nutqni bezaydi" Metafora ko'proq quidagilarga: 1. Odam tana azolariga (qo'l, oyoq, yuz, lab, tish, yelka). 2. Kiyimlar va ularning biror qismiga (yoqa, etak). 3. Hayvon, parranda va hashorotlarning biror azosi (qanot, dum, tumshuq, shox). 4. O'simlik va uning qismi (ildiz, tomir). 5. Qurollar (nayza, pichoq). Masalan: Tog'ning etagidagi uy. Uyimiz daryo yoqasida. Uyg’un va Izzat Sultonnig ,,Navoiy’’ pyesasidan keltirilgan quyidagi parchaga murojaat qilamiz: Navoiy (o’qiydi) E, nasimiy subh , ahvolim diloromimg’a ayt. Zulfi sunbul , yuzi gul , sarvi gulandomimg’a ayt. Kom talxu, boda zahru, ashk gulgun bo’lg’onin… La’li rangin, labzi shirin, sho’x xud komimg’a ayt. Navoiy. Ko’zimning nuri kel, toza gulim kel Ko’ngil bog’ida sayroqi bulbulim kel. Biz misralardagi ko’zimning nuri , toza gul, sayroqi bulbul birikmalarini to’g’ri ma’noda tushunmaymiz, balki ular orqali Navoiyning sevgilisi – Gulini tushunamiz. Yoki, kishining yoshligini ,,g’uncha’’, yigitlik davrini ,, umrning bahori’’ , ,,umrning guli’’ kabi so’zlar birikmasi bilan , ,,o’ldi’’ so’zini ,,xazon bo’ldi’’ , ,,so’ldi’’ so’zlari bilan almashtirish mumkin. Chunki bu so’zlar anglatgan ma’nolar o’rtasida qandaydir umumiylik mavjud. Misol: Guli : So’rmang Haqiqiy g’unchamen , dil g’unchadek tang Haqiqiy g’unchamen, dardim nihondir. Haqiqiy g’unchamen, bag’rimda qondir Faqat farqim shuki, g’uncha ochilgay Quyoshdan nur emar , ham xanda qilg’ay Men ochilmay turib so’ldim umrbod Meni unga xudo ko’p ko’rdi… Hayhot… Ko’zimdan sochilur oxirgi yoshim Qachon kelgay ekan porloq quyoshim?. ( Uyg’un va Izzat Sulton. ,, Navoiy’’). Metaforani yashirin o’xshatish deyish ham mumkin . Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos har doim asosiy ikki a’zodan tashkil topsa ( ya’ni , nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyos qilinadi – qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), metaforada esa faqat ikkinchi a’zo – o’xshatilgan narsa qoladi, o’xshagan narsa esa tushiriladi, lekin u kontekstda ochiq sezilib turadi ,demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a’zo orqali idrok etiladi : Metafora tuzilishiga ko’ra ikki xil bo’ladi: sodda va kengaygan .Sodda metafora birgina so’zdan tashkil topsa, kengaygan metafora ikki yoki undan ortiq so’zlardan tuziladi. Masalan: gumbaz (osmon ma’nosida), yiqildim (yomon baho oldim ma’nosida )- sodda; po’lat ot , zangori kema (paxta terish mashinasi)oq oltin (paxta) , po’lat qush ( samalyot) – kengaygan metafora hisoblanadi. Metaforani ayrim yordamchi vositalar orqali tezgina o’xshatishga aylantirib yuborish mumkin ( metafoooorik va leksik vositalar) . Shunday metaforalar ham borki ularni o’xshatish bilan almashtirib ham o’xshatishga aylantirib ham bo’lmaydi. Masalan: Qoshi yosinmu deyin ,Ko’zi qarosinmu deyin, Ko’nglima har birining dardi balosinmi deyin (Navoiy) Silliq ilon jonimni iodi gapini silliq ilon bo’lib jonimni oldi , u silliq ilon kabi jonimni oldi tarzida yoki po’lat yog’rinlim ,sog’ borib , salomat kel gapini po’laat kabi yog’rinlim – po’latdek yog’rinlim , sog’ borib salomat kel tarzida o’xshatishga aylantirsa bo’ladi , ishq o’ti , zangori oltin tipidagi metaforalarni o’xshatishga aylantirish juda qiyin . Shu kabi qoshi yosinmi birikmasini ham . Poetic asarlarda troplarning boshqa turlari kabi metafora fikrni aniq voqea- hodisalarni qisqa jumlalarda ifodalashga imkon beradi. Ammo nutqni bezashni o’z oldiga niyat qilib qo’yib, metaforalarga haddan tashqari tez- tez murojaat qila berish doim ham effetli bo’lavermaydi. Tilda ko’p ishlatib turadigan yuragim muzladi, kuyib kul bo’ldim , ko’nglim oynasi , suyangan tog’im tipli shtamp metaforalar borki, iloji boricha, ulardan qochish kerak. Chunki ular nutqning ta’sirchanligin oshirish o’rniga , tinglovchi yoki o’quvchini zeriktirib qo’yishi mumkin. Bu haqida buyuk yozuvchi A.S.Pushkin, A.S. Gorkiy, A.P.Chexovlarning ham qimmatli fikrlari mavjud 3 Aniqlik va qisqalik – bu prozaning birinchi fazilati-qimmatidir. U fikrlash va fikrlashni talab qiladigan – ularsiz yarqiroq iboralar hech narsaga arzimaydi ,- degan edi A.S.Pushkin A.M.Gorkiy bir yosh yozuvchining hikoyasini o’qib chiqqach, uning kitobi hoshiyasiga :,,Chiroyli qilib yozish yaramaydi. Bu -o’rinli emas. Va umuman , bunday chiroyli yozilganda o’qish kulgili bo’ladi’’,- deb yozib qo’ygan edi. A.P.Chexovning o’z do’sti T.L.Shepka -Kupernikka aytgan gaplari juda qiziqarli ,u A.P.Chexovning ,,Tun yerni asta-sekin qopladi’’ ,,og’larning ajoyib ko’rinishi’’ tipidagi shtamlariga munosabati haqida gapirib , ,,agar sening she’rlaringda ,,yulduzlar’’, ,,gulchalar’’ tipidagi so’zlar uchrasa, senierga berib yuboraman’’ 4 hazilini eslaydi Metaforik so’zlarni qo’llagan yozuvchi, notiq o’zi,eng avvalo, so’zning to’g’ri vako’chma ma’nosi hamda ular o’rtasidagi o’sxshashlikni yaxshi tasavvur qila olishi lozim . Undan so’ng tinglovchi va o’quvchisining ko’z o’ngida ham _________________ 3 Қаранг. В.А. Маманов, Д.А. Розенталь. Практеческая стилистика современного русского языка, М., 1957 стр. 156. 4 . Ўша асар, ўша бет. Ana shundagina metafora haqiqiy stilistik pryom sifatida badiiy qimmatga ega bo’la oladi. Badiiy metafora bilan lingvistik metaforani bir biridan farqlash kerak Agar metafora predmetning doimiy nomiga aylanib ketgan bo’lsa , u tilshunoslikning o’rganish ob’ekti chunki u endi umumiy xalq tilining materiali hisoblanadi.: yoy- asli yomg’ir yoqqandan so’ng osmunda paydo bo’ladigan yarim doira formasidagi yorug’ chiziq . Uning tarixiy jihatdan ov uchun qo’llanadigan qurolga ham o’tgan. Omon – sifat , omon- ot , Kakku- taqlidiy so’z va qush nomi. Badiiy metafora yozuvchining individual uslubiga xos bo’lib , uni ko’proq adabiyotshunoslik fani o’rganadi. . Download 118.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling