Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi


Download 118.38 Kb.
bet9/21
Sana23.06.2023
Hajmi118.38 Kb.
#1652024
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Bog'liq
Badiiy nutqda metafora ozoda1

Sinekdoxa yunoncha synecdoche so’zidan olingan bo’lib, “birga anglash” demakdir. Qism bilan butun munosabati asosida ma’no ko’chirish sinekdoxa usulidir. Sinekdoxa metonimiyaning bir ko’rinishi deb ham yuritiladi.
Ammo undan farqli ravishda sinekdoxa miqdoriy tavsifga asoslanadi.Masalan:bosh,tuyoq,so’zi (ya’ni qism) orqali hayvon (ya’ni butun) tushuniladi. Yurak tirnoq so’zi (ya’ni qism)orqali odam (ya’ni butun)anglashiladi. Sinekdoxada butun orqali qism ham anglashilishi mumkin. Masalan :besh qo’l barobar emas gapida qo’l (ya’ni butun) so’zi orqali barmoq so’zining ma’nosi anglashilmoqda.Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko’rmagan (Oybek.) gapida qism (tuyoq) orqali butun (mol) ifodalanayotir. "qo'limni kesib oldim" deganda qo'limni deb barmog'ini nazarda tutmoqda, barmoq qo'lning qismi bo'lganligi uchun ya'ni butun orqali qismni anglatmoqda, "tuyoqlarni ko'paytiramiz" bu gapda esa tuyoq deb hayvonlarni nazarda tutmoqda, tuyoq hayvonning qismi bo'lganligi uchun qism orqali butunni nazarda tutmoqda, yoki bo'lmasa "eshikka kiring mehmon bir chaqchaqlashamiz" bu gapda ma'nosi ko'chgan so'z "eshik" so'zi bo'lib, bu gapda "eshikka kiring" deb uyini nazarda tutmoqda. Eshik uyning qismi bo'lganligi uchun bunda ham qism orqali butun nazarda tutilmoqda.
Sinekdoxa quidagi munosabatlarga ko'ra ma'no ko'chadi.
1. Tana a'zolari orqali.
O'n qo'lingni og'zinga solma.
2. Kiyim va uning qismlari orqali.
Hisobida adashgan cho'ntagidan ayrilar.

3. Predmet, narsa, qurol.


Xamir uchidan patir.
4. Hayvon parranda tana a'zolari.
Qizilishton (qush), tulki (tulki terisi).
5. Daraxt va mevasi.
Namangonning olmasi hil hil pishibdi. ( qo'shiq).
Sinekdoxaning quyidagi turlari mavjud:

  1. butun nomi qismga kochadi :Qo’l . Besh qo’l barobar emas Panja. Besh panjangni og’zingga tiqma.

  2. qism nomi butunga ko’chadi : Dunyoda o’zimizdan keyin qoladigan yolg’iz tuyog’imiz …( A.Qodiriy) . Eshitgan quloq nima deydi.

Bularga qo’shimcha ravishda sinekdoxaning quyidagi turlarini ko’rsatishimiz ham mumkin:

  1. ko’plik son o’rnida birlikni ishlatish : Xaridor, sen ham sotuvchi bilan xushmuomala bo’l (og’zaki nutqdan ) G’am yukini ko’tarib qolgan kiprigimda yosh , intizorlik. (G’ayratiy. ,,Rassomga’’)

bunday holat xalq maqollarida ,hikmatli so’zlarda , aforizmlarda tez-tez ko’zga tashlanadi: Odamiy desang demagil odami,Onikim yo’q xalq g’amidin – g’ami (Navoiy)

  1. jins o’rnida tur :

Baliq qornida shu on Tebranib u yon- bu yon
Oygul ko’zini ochdi Va Baxtiyorni ko’rdi (H.Olimjon)
v) kishi o’rnida unga tegishli narsa; Olim buva ertasiga ertalab yo’lakda shovqin soldi:- Hoy shaytonarava . Ho kelgindi . Bu yoqqa chiq . Chiq deyman (A.Qahhor. ,, O’tmishdan ertaklar’’.
Leksik sinekdoxa bilan poetic sinekdoxani bir -biridan farqlash kerakLeksik sinekdoxa o’zining emotsiya o’yg’otish xususiyatini yo’qotgan . Ular endi to’liq ma’nodagi troplar bo’lmasdan , turg’un ma’no kasb etgan bo’ladi.5
Poietik sinekdoxa esa hali o’zining sayqallanmaganligi , emotsiya o’yg’ota olishi bilan farqlanib turadi va ular ham tropning bir turi sifatida qaraladi. Misol: Hamma bayroqlar bizga mehmonga keladi( mamlakatlar )

Download 118.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling