Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi


Metaforaning uslubiy xususiyatlari


Download 118.38 Kb.
bet15/21
Sana23.06.2023
Hajmi118.38 Kb.
#1652024
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21
Bog'liq
Badiiy nutqda metafora ozoda1

2.2. Metaforaning uslubiy xususiyatlari

Yuqorida ta‘kilab o’tildiki, metafora haqida ko’plab ilmiy asarlar aratilgan. Ularning aksariyatida metaforaning asosiy mohiyatini o’xshatish, qiyoslashdan iborat mantiqiy amal tashkil etishi aytilgan. Aristotel o’zining «Ritorika» asarida metafora bilan o’xshatish o’rtasida katta farq yo’qligini, yaxshi o’xshatishni osonlik bilan metaforaga aylantirish mumkinligini, ularning mohiyatida yaqinlik mavjudligini ta‘kidlaydi. Yunon faylasufi aytadiki, agar shoir Axill haqida «U sherdek tashlandi» desa, bu yerda o’xshatish voqe bo’ladi, agar shoir shu qahramon haqida «Sher tashlandi» desa, metafora yuzaga keladi.


Metaforaning ana shunday mohiyatini inobatga olgan holda prof. R.Qo’n-g’urov «O’zbek tilining tasviriy vositalari» kitobida mana bunday deb yozgan: «Metaforani yashirin o’xshatish deyish ham mumkin. Ammo u oddiy qiyosdan farq qiladi. Agar oddiy qiyos ham doim asosiy ikki a‘zodan tashkil topsa (ya‘ni nima qiyos qilinadi, nima bilan qiyos qilinadi — qiyos qilinuvchi va qiyos qilinadigan predmet), metaforada faqat ikkinchi a‘zo — o’xshatilgan narsa qoladi, o’xshagan narsa tushiriladi, lekin u kontekstdan ochiq sezilib turadi, demak, metaforada tasvirlanayotgan predmet ana shu ikkinchi a‘zo orqali idrok qilinadi». Bu fikrga qo’shilgan holda, shuni ham aytish kerakki, sof lisoniy nuqtai nazardan, bizningcha, metaforani «yashirin o’xshatish» deb emas, balki «qisqartirilgan o’xshatish» deb qarash maqsadga muvofiqroq ko’rinadi. Chunki metaforada o’xshatishning to’rtta uzvidan uchtasi (o’xshatish sub‘ekti, o’xshatish asosi, o’xshatishning shakliy ko’rsatkichi) qisqartirilib, faqat o’xshatish etalonining o’zigina saqlab qolinadi. Metafora bevosita ana shu o’xshatish etalonida, yanayam to’g’rirog’i, metaforik ko’chma ma‘no o’xshatish etaloni o’rnidagi so’zning ma‘no tarkibida yuzaga keladi.
O’xshatish asosidagi belgi yoki harakat-holatni, shuningdek, o’xshatish obyektini ifodalagan va qisqartirilgan so’zlarning ma‘nolarini ayni o’xshatish etaloni o’ziga xos tarzda o’z ustiga oladi.
Ana shu jarayonlar natijasida nutqda so’z semantikasida obrazlilikka juda ham boy bo’lgan ko’chma ma‘no yuzaga chiqadi.
Metafora narsa-buyum, voqea-hodisalar, belgilar o’rtasidagi o’zaro o’xshashlikka asoslangan ma‘no ko’chishi, ya‘ni metafora ko’chma ma‘no hosil qilishning eng keng tarqalgan usullaridan biridir1. U mumtoz adabiyotshunos-ligimizda "istiora" deb ham yuritiladi. Matnga lingvopoetik yondashuvda lisoniy va xususiy-muallif metaforalarini farqlash maqsadga muvofiq.
Lisoniy metaforalar til taraqqiyoti, ,rivojlanishi bilan bog’liq hodisa hisoblanadi, ular tilda uzuallik kasb etib bo’lgan. Shuning uchun ham tadqiqotchilar to’g’ri ta‘kidlaganlaridek, "bunday metaforalar, asosan, atash, nomlash vazifasini
_____________________________________
1.Шомақсудов А., Расулов И., Қўнғуров Р, Рустамов Ҳ. Ўзбек тили стилистикаси.Т.: Ўқитувчи, 1983,–Б.246;
Ўринбоев Б., Қўнғуров Р., Лапасов Ж. Бадиий текстнинг лингвистик таҳлили.-Т.: Ўқитувчи,1990. –Б.219;
Қиличев Э. Ўзбек тилининг амалий стилистикаси. –Т.: Ўқитувчи, 1992; Қобулжонова Г.К. Метафоранинг
системавий лингвистик талқини, – Т., НДА., 2000. – 23 б; Қўнғиров Р., Бегматов Э., Тожиев Ё. Нутқмаданияти ва услубият асослари. –Т.: Ўқитувчи, 1992.21
bajarganligi uchun ularda uslubiy bo’yoq, ekspressivlik, binobarin, ular ifodalagan nutq predmetiga nisbatan subyektiv munosabat aks etmaydi".
Faqatgina ma‘lum bir so’zning ma‘no doirasi kengayadi va yangi tushunchalarni atash uchun xizmat qiladi. Masalan: odamning oyog’i — stolning oyog’i, , ko’ylakning etagi — tog’ning etagi ,odamning ko’zi -uzukning ko’zi kabi. Demak, lisoniy metaforalar lingvopoetik nuqtayi nazardan jiddiy qimmatga ega emas.
Xususiy-muallif metaforalari esa yangi va okkazional, kutilmagan bo’ladi. Ularni yozuvchining o’zi estetik maqsad, ya‘ni borliqni subyektiv munosabatini ham qo’shib obrazli ifodalab nomlash asosida yaratadi. Ular uslubiy jihatdan bo’yoqdorlikka va voqelikni obrazli tasvirlash xususiyatiga ega bo’ladi. Shuning uchun ham badiiy matnda qahramonning his-tuyg’ularini ta‘sirchan, yorqin bo’yoqlarda, aniq va ixcham ifodalashga xizmat qiladi. Shuning uchun ham bunday metaforalar badiiy matnning lingvopoetik tahlilida favqulodda muhim o’rin tutadi. Xususiy-muallif metaforalarida hamisha konnotativ ma‘no aniq holda ifodalanadi.
Ayrim tadqiqotchilar ot, eshak, qo’y, it, bo’ri, tulki, lochin , burgut, musicha yo’lbars, boyo’g’li, qaldirg‗och, bulbul kabi so’zlar ko’chma ma‘nolarda keng qo’llanishini aytib, shunday mulohaza bildiradilar: ―Otning baquvvatligi, itning vafodorligi, eshakning aqlsizligi, qo’yning yuvoshligi, mushukning epchilligi, tulkining ayyorligi, burgutning changallashdagi kuchliligi, lochinning ko’zi o’tkirligi kabi tipik xususiyatlari boshqa predmetlarga nisbatan metaforik usulda ko’chiriladi, natijada konnotativ ma‘no yuzaga keladi hamda matnning ta‘sirchanligi oshadi . To’g’ri, bunday metaforalar asosidagi ko’chma ma‘nolar, albatta, konnotativ ma‘noga ega, shuning uchun matnning ta‘sirchanligiga yordam beradi. Lekin ular an‘anaviy metaforalar hisoblanadi, xususiy-muallif metaforalari emas, ya‘ni ko’p qo’llangan, yangi, original emas.
Shunga ko’ra ularning badiiy matndagi lingvopoetik salmoq darajasi xususiy-muallif metaforalariga nisbatan ancha pastdir. Masalan, buqlamun so’zining metaforik ko’chma ma‘nosi "o’zgaruvchan (odam)" demakdir, bu ma‘no lug’atlarda ham qayd etilgan. Ayni ma‘no tarkibida konnotativlik bor, shuning uchun buqalamun bilan uchrashuv (S.Ahmad.) birikmasidagi ifoda ta‘sirli. Lekin bu ma‘noning yuzaga kelishi yozuvchiga bog’liq emas, u oldindan ma‘lum. Yangi, kutilmagan, ijodkorning o’ziga xos metaforalar badiiy matnda kuchli darajada poetik ta‘kidga ega bo‗ladi. Aytaylik, yozuvchi tomonidan yaratilgan kelinlar ko‗zgoloni (S.Ahmad.) birikmasidagi qo’zg’olon so‗zida yuzaga kelgan metaforaning poetic kuchi oldingidan ortiq. Shuning uchun ham aynan xususiy-muallif metaforalarining poetic salmog’i jiddiydir.
Metaforalarning odatiy, sinestetik metaforalar va jonlantirish tarzida tilshunoslikda farqlanadigan barcha turlari badiiy matnda ijodkor mahorati bilan o’ziga xos tarzda yaratiladi va kuchli darajada poetik aktuallashadi, badiiy mazmunning ifodalanishida faol ishtirok etadi.2
Ijodkorning o’zi tomonidan yaratilgan odatiy metaforalar juda to’q obrazli badiiy ma‘nolarni yuzaga keltiradi. Masalan:
Qaqragan lablarda olovli nafas
Kechalar kechmishin ayladi ko’mir.
Parishon sochlari yor ko’ksi emas,
Muzdayin bolishda qoldi bir umr (A.O.).
Parchadagi kechmish, ko’mir, parishon so’zlari betakror bir tarzda metaforik qo’llangan. She‘rdagi yaxlit badiiy mazmunning tugal ifodalanishida bu so’zlardagi metaforalar badiiy ustunlar vazifasini bajargan. Hatto bu metaforalar tufayli reallashayotgan badiiy ma‘nolarni konkret so’zlar vositasida tavsiflash ham mushkul.
Quyidagi misollarda ham ana shunday metaforalarni kuzatish mumkin:
__________________________________________
2. Мамадалиев М. Ўзбек тилида номинатив бирликларнинг коннотатив аспекти: Филол.фан. номз. дисс... –Тошкент: 1998. –Б.12.22
Ko’z uchida qaraysiz, ko’z uchida...
Yulduzchalar cho’kib yotar dil burjida.
Oy aylanar koinotning kulgichida,
Yurak erir qallig‗imning hovuchida... .
Mana, ustunlarga o’ralar shamol,
Mana, suv yuziga toshadi sepkil .
Buncha ham qattiq ekan,
Qismatning bolishlari (S.Sayyid).
Chiqing, begim, ko’nglingizni chegalab beray,
Ko’nglingizni bering, begim, chegalab beray (I.M.).
Metafora (metaforik qo’langan so’z)ning sintaktik imkoniyatlari borasida fikrlash ikki tomonlama borishi lozim:
1. Sintaktik bog’lanish xususiyatlari.
2. Sintaktik pozitsiya xususiyatlari.3
Birinchi jihat metaforik qo’llanish natijasida so’zning bog’lanishi (valentlik) darajasining o’zgarishini nazarda tutadi. Masalan, ―Oltin so’zining sememasi quyidagi semalardan tuzilgan:
1) metal; 2) qimmatbaho;
3) ijtimoiy qimmatli; 4) sariq.
Ikkinchi semaning yorqinlashuvi oltin bosh, oltin qo’l, oq oltin, qora oltin birikmalarida, 3-4 semalarning yorqinlashuvi oltin soch kabi birikmalarning kira
­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­­________________________________
3.Миртаджиев М. Переносные значения и их манифестация в узбекском языке: Автореф. дисс… д-ра. Филол.наук. – Тошкент: 1989. –С. 13.
Olish imkonini bermoqda.Aslida ―oltin so’zi o’z ma‘nosida bu xil valentlikka ega bo’la olmasdi. Demak, metaforik qo’llanish so’zning sintaktik-sintagmatik bog’lanish imkonini kengaytirar ekan.
Shuni aytish munkinki, metaforik qo’llanish so’zning sintaktik bog’lanish imkoniyatiga (valentligiga) ta‘sir etadi. Biroq so’zning ko’chma ma‘noda qo’llanilishi uchun uni muayyan sintaktik pozitsiyaga xoslab bo’lmaydi. Tilshunoslikning uzoq asrlik tarixi, aftidan, endigi kunda ushbu hodisa ham kam o’rganilgan deyilishga asos qoldirmadi. Darhaqiqat, qaysi sohaga qo’l urilmasin, bu borada qilingan yuzlab arzirli kuzatishlar va ilmiy xulosalar, yana ham ko’proq amaliy kuzatish natijalariga duch kelamiz. Metafora borasida ham shu fikrni aytish mumkin.
Metafora bo’yicha qilingan kuzatishlarning asosiy qismi uni nutqiy hodisa sifatida baholaydi. Ammo har qanday nutqiy hodisa kabi metafora ham o’z umumiyligiga, sabab-mohiyatiga egaligi shubhasiz.
Metafora asos bo’lgan o’xshatish metaforani tushunish darajasiga ta‘sir ko’rsatadi: metafora o’xshatish ochiq bo’lganda, tushunarli, o’xshatish hosil qilinganda – tushunarsiz, o’xshatish yo’qolganda sezilarsiz bo’ladi.
Metafora amal qiluvchi sohani aniqlashda biz ayrim mualliflar tomonidan qo’yilgan turli uslubiy to’siqlarni olib tashladik. Metafora, usluban qat‘iy nazar, hamma nutqiy ko’rinishlarda ham amal qilaveradi. Chunki metaforaning vazifasi nomlash, nomlashdan turlicha maqsad bo’lishi mumkin, albatta. Masalan, biror xil uslubiy bo’yoq berish, yoki shunchaki nomsiz, notanish, noaniq narsaga nom berish. Keyingi holat har qanday uslubga xos nutqda yuzaga chiqa oladi.
Metafora juda keng miqyosli hodisa bo’lib, metaforik qo’llangan so’z sintaktik-stilistik chegaralarni bilmaydi. Metafora – lirik subyekt kayfiyatini berish, emotsional tonallikni belgilashning tengsiz vositasi. Buni A.Oripovning quyidagi she‘ri misolida ko’rsatildi:
Osmon ufqlarga separ kul rangin,
Bulutlar chopadi, xorg’in beega.
Havo nega muncha ma‘yus,
Havo nega muncha g’amgin:
Oh, men sendan ajraldim nega!.. .
She‘r g’amgin, egik ruh bilan yo’g’rilgan, buning ilk misradayoq ifoda topgani o’quvchini she‘rni qabul qilishga emotsional jihatdan tayyorlaydi. She‘rdagi kayfiyat asosini yo’qotish iztirobi, aza ruhi tashkil qiladi. Agar o’tmishda ayollarning azada boshlaridan kul sochish urfi bo’lgani eslansa, ―osmon ufqlarga separ kul rangin‖ metaforasining ildizlari ko’zga tashlanadi. Demak, ilk satrni o’qigandayoq aza ruhini his qilishimiz bejiz emas, osmonning ufqlarga kul rangini sochishi bilan momolarning azada boshlariga kul sochishi o’rtasidagi analogiyalar buning asosidir. To’g’ri, o’quvchi bu tafsilotni bilmasligi ham mumkin, lekin anglanmagan tarzda ham o’sha ruhni his qilaveradi. Zero, inson ongida suyak surib asrlardan o’tib keluvchi tarixiy xotira yashaydi va anglangan yo anglanmaganligidan qat‘i nazar, uning tafakkur tarziga ta‘sir etadi. Metafora mohiyatan yashirin o’xshashtish bo’lib, unga o’xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, uning ma‘nosini o’xshatilayotgan narsa tilga olinmagani holda, uning ma‘nosini o’xshayotgan narsa (ya‘ni uni ifodalayotgan so‗z) bildiradi.
Albatta, bu o’rinda o’xshatilayotgan narsa-hodisalarning aynan o’xshashligi talab qilinmaydi, balki ikki narsa-hodisaga xos belgilardan birortasi asos uchun olinadi.
―Adabiyot, she‘riyat obrazlilik bilan tirikdir. She‘riyatda samimiyat ham bo’lishi kerak. Shundagina u bir umr esda qoladi‖. Shoir she‘riyat oldiga ikkita asosiy talabni qo’yadi: obrazlilik va samimiylik. Bularning birinchisi poeziyaning tabiati bilan, ikkinchisi esa ijodkor shaxs – shoir tabiati bilan bog’liqdir.
Badiiy obrazning materiali bir tomondan real voqelik, ikkinchi tomondan ijodkor shaxsidir. Metafora (hatto uning eng oddiy ko’chim darajasidagi ko’rinishi ham) obraz ekanligini e‘tiborda tutsak, bu gap unga ham to’la tegishli. Arastu yaxshi metafora yarata olish, o’xshashlikni ko’ra olish iste‘dodning belgisi ekanligini bejiz aytmagan. Chunki o’xshashlik voqelikda mavjud bo’lsa, uni ko’ra olish ijodkor shaxsi bilan bog’liq, yaxshi metafora esa shu ikkisining hamjihatligi yaratiladi.
A.Oripovning ilk ijodidagi lirik qahramon – dunyoga shoirona o’tkir nigoh bilan boqib, undan hikmat uqayotgan odam. Shoir tabiat bilan inson, uning o’y-hislari, quvonch-tashvishlari, kayfiyati orasida o’xshashliklar topadi va ular yordamida dilidagini izhor qilishga intiladi. U dastlabki mashqlaridanoq oddiygina izhor emas, poetik izhorga, obrazli ifodaga harakat qiladi. Albatta, oilasida hukm surgan adabiyotga alohida mehr uning shoir sifatida shakllanishida muhim omil bo’lgan. Lekin, bizningcha, A.Oripovning ulkan so’z san‘atkori bo’lib yetishishida tug’ma iste‘dodi bilan bir qatorda bolaligi o’tgan joylar tabiatining ham ulkan xizmati bor. Shoir o’zi aytgan gaplar, bir qator she‘rlar (―Yulduzlar‖, ―Bahor) tahlili orqali tabiat uning uchun obrazli ifodaning birlamchi manbasi bo’lib xizmat qilgan. A.Oripov: ―Tabiat ona bo’lsa, jamiyat otadir!
Katta ma‘nodagi kurashlar, dolg’alar insoni tabiatning qo’ynidan olib kelib, jamiyat orasiga tashlaydi‖, - deydi. Shunga mos ravishda she‘rlaridagi tabiat bilan birlik hissi va uning chiroyidan tug’iluvchi zavq, yoshlik shavqi, ishq sururiyu hijron azoblari o’rnini ijtimoiy dard egallaydi. Agar shoir ijodining ilk bosqichida ichki olami bilan tashqi olam (tabiat) orasidagi o’xshashliklarga tayangan bo’lsa, hayotga chuqurroq kirib borgani sari o’xshashliklar doirasi ham kengayib boradi. Zero, borliqda mohiyatan bir-biriga o’xshash nuqtalar ―o’tmish – hozir , ―tabiat – jamiyat‖, ―inson –nabotot‖, ―inson – hayvonot, ―inson – hodisa kabi juftliklarning hammasidan ham topilaveradi. Masalan, G’ .G’ulom vafotining bir yilligi munosabati bilan yozilgan ―Nutq she‘rida mana bunday misralar bor:
Bu asrdan mangulikka yorliq olmoqqa
Yetmas ekan faqatgina she‘riy iste‘dod .
Ma‘lumki, jamiyatda muayyan bir holatni tasdiqlash uchun tegishli tartibda hujjat ―yorliq olish‖ zarur. Albatta, buning uchun kishidan ―yorliq bilan tasdiqlanayotgan holatga muvofiqlik talab etiladi. Jamiyat hayotidagi ushbu tartib ko‗chma ma‘noda ―G’afur G’ulom mangu yashaydi‖ degan fikrni ifodalaydi. Ikkinchi tomondan, shoir bu yorliqni shiddatli XX asrdan oldi, uning talablari esa ulkan, shoirlik iste‘dodining o’zi yetarli emas. Demak, metafora bu yerda tavsiflanayotgan obyektning ahamiyatini to’laqonli ochib berish uchun xizmat qiladi.
Til metaforasi bilan poetik metafora tushunchalari farqlanishini e‘tiborga olib, bunda asosiy e‘tibor poetik metaforalarga qaratildi.
Adabiyotshunoslikka oid tadqiqotlarda, xususan, maxsus lug’at va o’quv adabiyotlarida metaforalar tasnifiga yetarli e‘tibor berilmaydi. Aksar metafora-jonlantirish va metaforapredmetlashtirish turlariga to’xtalib, bundan boshqacha tasniflar ham bo’lishi mumkin, lekin buning u qadar muhim emasligi ta‘kidlab qo’yiladi. Haqiqatda esa, metaforaning turlari birbiridan ta‘sir kuchi, voqelanish mexanizmi, funksiyasi kabi jihatlardan sezilarli farqlanadi.
Metafora-jonlantirish jonsiz narsa-hodisalarga insonga xos xususiyatlarni, metaforapredmetlashtirish esa tashqi olamdagi narsa- hodislarga xos xususiyatlar ichki olam hodisalariga – ma‘naviy-ruhiy tushunchalarga ko’chirilishini nazarda tutadi. Masalan, ―Yana keldi erkatoy ko’klam‖ deyilganda bahorga munosabati yaqqol ifodalanadiki, bu poetik metaforaga xos ekspressivlikdir. Yoki qish bo’yi bahorni intiq kutgan lirik qahramon ―Har nechuk qish faslin tund diydoridan // Jajji kapalakning vasli shirinroq satridagi ekspressivlik o’quvchini shoirga hamfikr etadi. Sabab ekspressivlikning o’zigina emas, topib, original tarzda aytilgani hamdir.
Chunki aslida ―tund diydor degani insonga xos: hayotda istasang-istamasang ―tund diydor odamlar bilan ham muomalada bo’lamiz, ya‘ni shu majburiyatdan xalos bo’lgan chog’dagi kayfiyat hammaga tanish. Shoir shu kayfiyat bilan qishdan bahorga chiqish chog‗idagi kayfiyat orasida o’xshashlikni kashf etadi, ya‘ni qiyosning o’zi original va shu narsa ifodani ta‘sirli etadi.
Metafora-predmetlashtirish metafora-jonlantirishga nisbatan siyrak uchraydi, lekin badiiy samarasi undan kam emas. A.Oripov Darband daryosiga xitoban ―Yurakda sen ijod hissini chertding‖ deydi. Bundam ―his‖ni ―tor‖ga yashirin o’xshatish bor: his predmet sifatini oladi. Xuddi shu qiyos misraning metaforik ma‘nosini yuzaga chiqaradi: tor chertildi – yurak kuylay boshladi, ya‘ni daryo qalbga ilhom bag’ishladi. Metaforaning bu turi badiiy obrazning muhim sharti bo’lgan konkret-hissiy ifodani ta‘minlaydi. Negaki, inson ichki olamiga taalluqli tushunchalar – abstract tushunchalar, predmetlashtirish ularni konkret-hissiy idrok qilishga yordam beradi.
Kuzatishlarimiz A.Oripov she‘riyatida qiyos obyektlari va ma‘no ko’chish yo’nalishiga ko’ra metaforaning to’rt turi qo’llanganini ko‗rsatadi:
1) insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsa-hodisalarga ko’chirish;
2) predmet xususiyatini inson ruhiy olami bilan bog’liq yoki tashqi olamdagi abstract tushunchalarga ko’chirish;
3) ma‘noni jonli narsadan jonli narsaga ko’chirish;
4) jonsiz predmetdan jonsiz predmetga ko’chirish asosida yuzaga keluvchi metaforalar.
Metaforaning mazkur xillari qo’llanish faolligiga ko’ra bir xil emas, ularning faolligi ro’yxatdagi tartibga mos keladi. Metafora- jonlantirish – eng faoli, metafora-predmetlashtirish unga qaraganda sustroq. Bu ichki va tashqi olamni bir-biriga qiyosan idrok etishga intilish A.Oripov badiiy tafakkurida ustuvorligi bilan izohlanib, ko’p jihatdan shoir shaxsi shakllangan muhit bilan bog’liqdir.
Xalqning jonli tiliga yaqinlik Abdulla Oripov uslubining o’ziga xos belgilaridandir. Jonli tilga yaqin degani esa xalq turmush tarzi bilan yaqin degani bo’ladi, chunki ularni bir-biridan ajratib bo’lmaydi. Masalan, ―husndorlikni yo’qlash nomli she‘rida lirik qahramon bir vaqtlar hammaning yuragiga o’t yoqqan qizning hozirgi ahvolini mushohada etadi:
Yuzlaringda ajin, sochlaringda oq,
Elkangdan yuk bo’lib bosibdi yillar.
Quralay ko‗zlarda tubsiz bir charchoq,
Bekor gap, kim desa: yoshdir ko’ngillar.
Xalqimizda ―yuk bosmoq‖ degani ―og’ir ahvolga tushib qolmoq, ―og’ir dardga chalinmoq kabi ma‘nolarni anglatib, qadimdan keluvchi ishonch-e‘tiqodlar bilan bog’lanadi.
Xuddi shu tushuncha she‘rda umridap ko’p qiyinchiliklar ko’rgan va yoshlik tarovatini ancha tez yo’qotgan ayolga nisbatan ishlatiladi, ya‘ni inson umriga ko’chiriladi. Bundan tashqari, ―elkadan yuk bosishi degani real holatda adl qomatni egadi, xuddi shu narsa she‘rdagi ―yoshlik - keksalik ziddiyatini kuchaytiradi hamda ―ajin, ―soch oqi, ―ko’zlardagi tubsiz charchoq bilan uyg‗unlashadi.
A.Oripov o’z she‘rlarida sifatdosh oboroti bilan ifodalangan metaforalardan ham mohirona foydalangan. Masalan, shoirning ―Seni ona dedim... nomli she‘rida metafora sifatdosh oboroti bilan ifodalangan. Unda, garchi ko’chma ma‘no asosi so’z bo’lsa ham, ko’zlangan metaforik ma‘no o’sha sifatdoshli birikma butunligida yuzaga chiqadi. Shunday satrlarni o’qiymiz:
Hech vaqt unutilmas, o’sha qirg’in choq
Zafarga chorlagan nurli timsoling.
Reyxstag ustiga tikilgan bayroq
Asli sen silkitib qolgan ro’moling.
Shoir ushbu to’rt misrada ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabadagi ayollar hissasini yuksak mahorat bilan umumlashtirib, oborazli ifoda etolganini ta‘kidlosh lozim. Bu ifodada esa oxirgi ikki misradagi ―bayroq – ro’mol qiyosi asos bo’lib xizmat qiladi. Lekin shuikki so’z o’z holicha shoir ifodalagan ma‘noni bermaydi. Zero, gap umuman bayroq haqida emas, ―Reyxstag ustiga tikilgan bayroq haqida; umuman ro’mol haqida emas, ayollarimiz farzandlari, aka-ukalari, yorlarini frontga uzatayotib ―silkitb qolgan" ro’mol haqidadir. Shuning uchun ham sifatdoshli birikma yaxlit butunlikni tashkil qiladi va shu butunlikgina shoir yetkazmoqchi bo’lgan mazmunni ifodalaydi.
D.Quronov ko’chimlar ishlatilish faolligi, badiiy bo’yoqdorligi, ta‘sirchanlik darajasi kabi jihatlardan bir-biridan jiddiy farqlanishini aytib, bu jihatdan 1) til hodisavlariga aylangan ko’chimlar; 2) an‘anaviy tarzda ishlatiluvchi ko’chimlar va 3) xususiy-muallif ko’chimlarini ajratadi.4 Mazkur tasnif nuqtayi nazaridan qarasak, A.Oripov ijodida ularning hammasi ham uchrashi tabiiy. Chunki til hodisasiga aylanib bo’lgan metaforalarni shu til egasi sifatida, an‘anaviy metaforalarni she‘riyatimizning ming yillik an‘analari davomchisi o’laroq, individualxususiy metaforalarni esa yorqin iste‘dod egasi sifatida qo’llaydi. Albatta, Bu uchala guruhga mansub metaforalar hissiy bo’yoqdorlik, estetik ta‘siri jihatidan teng emas. Ma‘lumki, badiiy matnga jalb etilganida kundalik muloqotda ishlatiluvchi oddiygina so’zlar ham poetiklik kasb etadi. Bu narsa lisoniy metaforalarga ham xos. Jumladan, tilimizda "umr o’tar" jumlasi juda ko’p qo’llanadi, ko’p qo’llanaverganidan odatiy bo’lib ketgan. Balki, uni til metaforasi deyish qiyindir, lekin shu maqomga yetib qolgani shubhasiz. Unda ajoyib ma‘no nozikligi bor: guyo ―inson yonidan tutqich bermay o’tib boradigan narsa‖ haqida gap borayotgandek tuyuladi.
Holbuki, inson o’sha umr bilan birga o’tib boradi, lekin yana ―umr o’tar‖da o’zidan tashqaridagi narsani his qilaveradi. A.Oripov she‘rlarida ushbu metafora juda ko’p ishlatilganki, ayrimlarini qayd etamiz:
Umr o’tib borar misoli ertak,
Ertakning ketidan kelib qolar shom.
________________________________
4. Қуронов Д. Адабиѐтшуносликка кириш. –Тошкент., 2007. –Б.127.28
Bir kun shahanshohlik tekkan gadoday,
Umr o’tar, dedimu dunyoga boqdim.
Umr-ku o’tadi gulduros solib,
Uning qaytganini kim ham ko’ribdi.
Umr o’tayotir,
Hushyor bo’l, bolam.
Endi qayshayotir otang asabi.
Keltirilgan parchalarda ―umr o’tar metaforasi mazmunan har qancha yaqin bo’lmasin, turlicha emotsional-ruhiy holatlar, lirik-falsafiy xulosalar: birinchisida umrning o’tkinchiligini eslatib, g’aflatda yotmasdan, to’laqonli yashashga da‘vat; ikkinchisida umrning har lahzasini qadrlab, chiroydan zavq olib yashashga undash; uchinchisida umrini hasadu ig’voga sarf etib, uning o’tib borayotgaini o’zi anglamayotgan insonlarga hayronlik; to’rtinchisida umr bilan birga o’z ham oxir manzil tomon borayotganini yurakdan his-etayotgan insonning iztirobu tashvishlari ifodasiga xizmat qiladi. To’g’ri, metafora yangi emas. Lekin, birinchidan, bu she‘rlarning hammasida ―umr o’tar metaforasi mazmunning o’q tomiri deyish mumkin. Ikkinchidan, she‘rlarning har biri uchun uchun alohida va yangi kontekst, uni boshqa so’zlar o’rab turgani uchun har safar yangi bir emotsional bo’yoq, shu bo’yoq tufayli yangicha jilo beruvchi qirrasini namoyon etaveradi. Yuqoridagi she‘rlar bilan ―Umr‖ nomli she‘r kontekstlarini birlashtirsa, ―umr o’tar metaforasi endi tamom yangicha va kutilmagan mazmun kasb etadi.
Inson tug’iladi asli belibos,
Bir parcha bo’lib kelar jahonga,
Libosu hashamdan bo’lgay u xalos,
Ketar chog’ida ham so’nggi makonga.
Lekin o’rtadagi umr-chi, umr...
O’chmas tamg’a bo’lib qolgay toabad.
Balki yog’ar unga rahmat degan nur.
Balki ko’mar uni malomat, nafrat.
Ko’rinib turganidek, bunda ―umr o’tar metaforasi ishlatilmagan, faqat ―umr-chi, umr‖dan keyingi ko’p nuqta bir qur ―umr o’tar‖ni yodga keltiradi. Lekin bu kontekstga u sig’maydi, kontekst buning aksini ifodalashga moyil: inson o’tib ketadi – umri qoladi: qilgan yaxshi yo yomon amallarida, rahmat yo nafratga sazovor bo’lib davom qilaveradi.5 Demak, ―umr o’tar metaforasi she‘rda ishlatilmaganiga qaramay, u mazmunni ifodalash uchun asos bo’lib xizmat qiladi. Faqat buning uchun kontekstni kengroq, A.Oripovning lirik ijodi doirasida olish lozim, chunki shoir yaratgan asarlar o’zaro dialogik aloqada yashaydi: biri ikkinchisiga javob, izoh yo sharh, to’ldirish, inkor kabi munosabatlarda turadi.
Ma‘lumki, ko’chimlarning eng keng qo’llanuvchi turi – metafora nutqda ma‘lum stilistik maqsad uchun xizmat qiladi. So’zlarni metaforik ma‘noda qo’llashning asosiy vazifasi nutqning obrazliligini, tasviriyligini oshirish bo’lsa, shu obrazlilik va tasviriylik asosida matnda yuzaga keluvchi emotsional-ekspressivlik konnotativ ma‘nodir. Demak, metaforik qo’llash konnotatsiyani yuzaga keltiruvchi vositalardan biri sifatida ahamiyatli.
E.Vohidov ham nutqning obrazliligini oshirishda metaforadan unumli foydalanadi. Metaforik qo’llashda biror predmet shaklining, belgisining, harakatining o’xshash tomoni boshqa bir predmetga ko’chiriladi. Yuqorida ta`kidladiki, manbalarda metaforaning ikki turi farqlanadi: lingvistik va xususiy-muallif metaforalar.
Lingvistik metaforalar obrazlilik, tasviriylikdan holi bo’lsa, xususiy-muallif metaforalar ayni shu xususiyatlar asosida quriladi.

5 Мукаррамов М. Ўзбек тилида ўхшатиш. –Т.: Фан, 1976, -Б.13


. E.Vohidov xususiy metaforik ko’chimlari bilan asarlarining badiiy qimmatini oshirishga muvaffaq bo’lgan. Jumladan, shoirning metaforani hosil qilishda ot so’z turkumidan keng foydalanadi. Masalan:
Bu ne dard – minbarga chiqqan beibo
Chiroylik yolg’onga qarsak urishlar.
Soxtalikning iliq muhiti aro
Yayrab ko’payadi manfur viruslar. (―Viruslar)
Bu misrada virus so’zi metaforik ma‘noda qo’llangan bo’lib, uning asl ma‘nosi faqat tirik xujayralarda ko‗payib, odam, xayvon, o’simliklarda yuqumli kasalliklar qo’zg’atuvchi mikroorganizmdir. Shoir eng razil, jirkanch insonlar, ya‘ni yulg’ichlar, shuhratparastlar mansabdor, loqayd shaxslarni viruslarga o’xshatadi. She‘rning nomi ham ―Viruslar deb ataladi.
Shoir oddiy viruslarni yo’q qilish mumkin, lekin manfur. Mudhish viruslarni quritib bo’lmasligini uqtiradi:
Mansab savdosi ham klassik virus,
Kiritsa arziydi tibbiy darslikka.
Sharsimon virusni mumkin o’ldirish,
Chora yo’q yumaloq xudparastlikka.
Keyingi she‘riy parchaga e‘tibor bersak:
Muhabbat otashini
Hech qachon do’zaxga teng qilmam,
Nechunkim, menga nurli –
Tal‘ating jannat bilan tengdur (―Muhabbat birla...)

Mazkur misrada otash so’zi metaforik ma‘noda qo’llangan bo’lib, u Tilda uning o’z ma‘nosi ―o’t, olov, ko’chma ma‘nosi esa ―dilni yondiradigan, o’r- tantiradigan harortli histuygэu‖ tarzida izohlangan. Shoir muhabbat otashi birikmasini ko’chma ma‘noda qo’llab, ijobiy munosabatni bildirgan. Uning do’zax so’zi bilan zidlantirilishi she‘rning ta‘sirchanligini yanada oshirgan.


Oshiq o’lding, ey ko’ngil,
G’am lashkaridan ko’rqmagil,
Bari chopqu oldda, Erkin,
Ne uchun vahm alading? (―Kipriningdan o’q uzib..)
Bu she‘riy parchada esa g’am lashkari birikmasi metaforik ma‘noda qo’llangan. G’am so’zi o’z ma‘nosida, lashkar so’zi esa ko’chma ma‘noda berilgan. Ma‘lumki, lashkar so’zi juda ko’p askarlardan tashkil topgan qo‗shin ma‘nosini bildiradi. G’am lashkari birikmasi perifrastik metafora bo’lib, lashkar o’zining semantik tarkibidagi ―son-saoqsiz‖ semasi oshiq ko‗nglidagi g’am-alam tuyg’usining cheksizligiga ishora qiladi.
E.Vohidov ba‘zan so’zning asl va ko’chma ma‘nolarini hamohang olib boradi: Masalan:
Sendek mehribonim bor ekan, demak,
Toshkent jarohati bitib ketadi. (―Shahri Dilorom)
Ushbu she‘riy parchada qo’llangan jarohat so’zining asl ma‘nosi ko’chma ma‘noga shunday mohirlik bilan singirilganki, kitobxon bir qarashda metaforik ma‘noni ko’zdan qochiradi. So’zning asl ma‘nosi ―shikastlangan, singan, chiqqan, yaralangan joy bo’lib, bu o’rinda mazkur so’z katta zarar, ziyon-zahmat ma‘nosida ko’chma ma‘noda qo’llangan. Negaki, she‘rda 1966 yil Toshkent shahrida bo’lib o’tgan zilzila oqibatlari qalamga olingan. Demak, jarohat so’zi ―katta zarar ma‘nosida ko’chma ma‘noda berilgan. Biroq gapdagi bitib ketish harakati so’zning asl ma‘nosi bilan semantik bog’lana oladi. Ko’rinadiki, bu misrada so’zning ko’chma va asl ma‘nolari mohirlik bilan uyg’unlashtirilgan. Bu o’rinda shoir zilzilaning insonlarga yetkazgan jismoniy va ma‘naviy zararini, shuningdek, shahar uchun keltirilgan moddiy talafotlarni shu birgina so’z bilan niqoblaydi. Bu holat kitobxon qalbini larzaga soladi, unda achinish hissini uyg’otadi.
E.Vohidovning ―Sirdaryo o’lani she‘ridagi metaforik qo’llash o’ziga xos tarzda berilgan. Unda insonlar uchun eng aziz ona timsoli daryoga ko’chiriladi:
Sen bizlarga axir mangu keraksan,
Oqib turgan, qurib qolma, onajon.
Bu o’rinda shoir Sirdaryoning qurib qolmasligi yurt uchun nechog’lik katta ahamiyatga ega ekanligini insonlar uchun onaning o’rni qadar muhimligi bilan qiyoslaydi va yurt nomidan uni onajon deb nomlaydi. Bu metaforik qo’llash xalqning daryoga bo’lgan mehri, g’ururi va fidoyiligi kabi munosabatlari izhori sifatida yuzaga chiqadi.
O’zbek tilida metaforaning mazmuniy jihatdan bir turi sifatida farqlanuvchi jonlantirish san‘ati ham badiiy mantga obrazlilik, emotsional-ekspressivlik baxsh tuvchi vositalardandir.
Mazkur metaforik qo’llashda insonga xos xarakter, xususiyat, holat va harakatlar jonsiz predmetlarga ko’chiriladi. Bu esa nutqning ta‘sirchanligini, demak, konnotativligini yuzaga chiqaradi. E.Vohidov she‘riyatida bunday o’xshatishlar ko’plab kuzatiladi. Masalan:
Rahmi kelib bulutning
Yig’lab to’kar yoshini.
Qushlar qochar, majnuntol
Ko’taradi boshini. (―Manzara)
Rahmi kelish, yig’lash, yosh to’kish, bosh ko’tarish kabi xususiyatlar insonlarga xos bo’lib, shoir ularni bulut va majnuntolga ko’chiradi. Bu holat tabiat manzarasining shunchaki tasvirini emas, uning inson qalbi tomonidan qanday qabul qillinishini ifodalash maqsadida berilgan. Bunda inson faqatgina kuzatuvchi emas, ona tabiatning dardkashi sifatida jonlanadi va xuddi shu tuyg’u kitbxon ruhiyatiga ham ko’chadi.
Nozik didli faqatgina insonga xos xususiyatlarni jonsiz narsalarga emas, hayvon va qushlar jonsiz narsalarga xos xususiyatlarni insonga ko’chirish usullaridan ham unumli foydalanadi. Ma‘lumki, sayrash kushlarga xos harakatdir. U metaforik yo’l bilan insonlarga ham ko’chirish mumkin. Bunda mazkur so’z nutq vaziyatiga ko’ra gapirish harakatiga nisbatan so’zlovchining subyektiv munosabatini ifodalashda qo’llaniladi. Masalan:
Hay‘atlarda kekkayib,
Yayrab yurar Matmusa.
Biz undoq, biz bundoq deb,
Sayrab yurar Matmusa. (―Matmusaning charxpalagi)
Bu misrada sayramoq leksemasi ko’p gapirmoq, maqtanmoq, vaysamoq ma‘nolarida qo’llanganligi sababli konnotativ ma‘no yuzaga chiqqan. Shoir aynan sayramoq so’zini tanlash orqali baho munosabatini ifodalab pragmatik ma‘no hosil qilgan.
E.Vohidov she‘riyatida sifatlarning metaforik ma‘noda qo’llanishi konnotativ ma‘noga yo’l ochadi. Quyida kishining yosh belgisini ifodalovchi qari leksmasi muayyan predmetning, ya‘ni dunyoning belgisi sifatida qo’llangan:
Ne davronlar kechmish qoldirib shuhrat,
Barchasiga shohid bu qari dunyo (―Iltijo)
Bu o’rinda qari leksemasi uzoq umr ko’rgan kishi ma‘nosini anglatmaydi. Uning dunyo so’ziga nisbatan qo’llanishi natijasida dunyoning qadimiyligi, uning ko’p voqealarga shohid bo’lganligi ifoda etiladi. Shoir mazkur o’xshatish orqali dunyoning boqiyligi to’g’risidagi oddiy haqiqatga ishora qiladi. Natijada, qari leksemasining metaforik qo’llanilishi pragmatic mazmunga yo’l ochgan. Pragmatik mazmunning yashirin ko’rinish kasb etishi esa she‘rning ta‘sirchanligini yanada oshirgan.


Download 118.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling