Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi
Sinestetik metaforalarda-
Download 118.38 Kb.
|
Badiiy nutqda metafora ozoda1
3 . Sinestetik metaforalarda- bu sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa- tushuncha boshqa sezgi organi bilan idrok etiladigan narsa tushunchaga o’xshatiladi, yaqinlashtiriladi va shu asosda ko’chma ma’no yuzaga keladi. Masalan: Shirin tabassum , shirin gap, shirin uy; yengil tabassum, yengil nigoh, yengil qadam; ogir tush, og’ir gap, og’ir masala kabi. Bu misollarda keltirilgan shirin, yengil ,og’ir sifatlaridaa sinestetik metafora sodir bo’lgan . Maza-ta’m ma’nosini bildiruvchi ,,shirin’’ va o’lchovni ifodalagan ,,yengil’’ so’zlari ,,yoqimli’’ ma’nosida , ,,og’ir’’ so’zi esa ,,yoqimsiz’’ ma’nosida kelgan. Masalan:Boshqa vaqtlarda doim uyda , doim shu kihkina , shirin va ishonchli uyda gapida kichkina yu, ishonchli uy, shirin uy birikmalariga e’tibor qilinsa , shirin uy birikmasi mantiqsizday tuyuladi, chunki uy kichkina , ishonchli bo’lishi mumkin , ammo Shirin bo’lishi g’ayrimantiqiydir . Anglashilib turganday , shirin so’zi ifodalagan tushuncha ta’m bilish organi orqali idrok etiladi , uy so’zi ifodalagan tushuncha esa ko’rish yoki ushlab sezish yo’li bilan idrok etiladi. Shirin uy birikmasidagi tushunchalar shuning uchun ham bir-biri bilan to’g’ridan- to’g’ri birikmaydi , bu so’z birikmasi ham g’ayriodatiydir. Ammo mazkur badiiy matnda shirin so’zida voqe bo’lgan sinestetik metaforaga ko’ra bu so’z ,,yoqimli, ardoqli’’ ko’chma ma’nosida kelgan va aniq ifodalangan ijobiy sub’ektiv munosabatni ko’rsatuvchi ifoda semasi tufayli jiddiy badiiy- estetik qimmatga ega. Bu estetik qimmat yana shu uchun sezilarliki , ayni shirin uy so’z birikmasining g’ayriodatiyligi kitobxon diqqatini darhol o’ziga jalb etadi, o’ziga xos ohor tutilmaganlik , odatiy emaslik tasvirdagi obrazlilik ustida kitobxonni bir on to’xtashga majbur qiladi.Sintaktik qurilishning ana shunday ,,noto’g’riligini’’ bir xil to’g’rilik , silliqlikka qaraganda badiiy asar matnida lisoniy- estetik ahamiyat kasb etadi.
Bu o’rinda Sh.Ballining quyidagi fikrlari ham diqqatga molik : ,, …Agar olim yoki muhandis tilni ,,qiyofasizlashtirish’’ va yanada mantiqli , mulohaza uchun qulay qilish maqsadida o’zgartirsa yozuvchi mutlaqo individual fikrni , ya’ni effiktiv va estetik mazmunni ifodalashga yaroqli qilish uchun qayta quradi’’. Og’iz bilan emas ,quloq bilan tinglashi hammaga ma’lum . Ammo Cho’lponbuning aksi mazmunida g’ayriodatiy birikma tuzadi va yangi soliq xabari ta’siridagi hayronlikdan og’zi ochilib , izoh kutayotgan omi olomonning oniy holatining real tasvirini kitobxon ko’z o’ngida gavdalantiradi: Hammaning ko’zi uning og’ziga tikilgan edi, undan keyin hamma ko’zlar biraniga mingboshi tomonga burilib uning og’ziga osildilar. Ko’plar og’zlari bilan ham tinglardilar. Ronanda sinestetik metaforalarning ajoyib namunalari va ular asosidagi betakror g’ayriodatiy birikmalar borki, ular roman tilining obrazliligi va ta’sirchanlugini ta’minlaydi. Quyidagi misollar aytilganlrni dalillaydi: Lekin mingboshi dodhoning ajdar kepatali ishtahasini bir oz to’xtatmoq lozim edi, shu uchun Miryoqub unung aqlini o’g’irlamoq maqsadida qichiq masaladan gap ochdi: - To’yni nima qqilaylik , xo’jayin? .. Yosh yigitning bu yosh shirin tabassumini oy yorug’ida alayna ko’ra olgan yosh qiz butun badanlaridan muloyimgina durkirash kechganini payqadi va qizarib teskari qayrildi. Romanda sinestetik metaforalar asosida yuzaga kelgan g’ayriodatiy birikmalar tarkibidagi so’zlarning turli turkumlarga oidligi kuzatiladi . Misollar: Siz – quruq vahimani quchoqlab sevinasiz , men- tirik va joni bor odamni quchoqlab yayrayman… Sovuq so’filarning ,,harom’’ degan da’volari sinib parcha -parcha bo’lgan , ,,nomahramlik’’ safsatalari ot oyoqlari ostida yanchilgan ….edi. Shu uchun qo’lini darrov tortib olmasdan , o’ziga kelgandan keyin , birdaniga jerkib tortdi. Ba’zan g’ayrriodatiy birikmalar tarkibida so’zlar o’zaro zid ma’noli esa-da , bunday hollarda obrazlilik va ta’sirchanlik yana ham yuqori bo’ladi , betakror ekspressivlik yuzaga keladi. Bunday g’ayriodatiy birikmalar ,,oksyumoronlar’’ yoki ,,oksyumoron birikmalar’’ deb ham yuritiladi . Cho’lpon romanda ko’plab ana shunday oksyumoron birikmlar yaratgan. Masalan, johil va ulamo so’zlari mazmunan bir-birini inkor etadi , biri ,,bilimsizlik’’ , ikkinchisi ,,ortiq darajada bilim egasi ekanligi’’ ma’nolarini ochiq ifodalaydi . Bu ikki so’z asosida ,,aniqlovchi+ aniqlanmish’’ tipidagi so’z birikmasini tuzish orqali yozuvchi so’zlovchining ulamoga nisbatan salbiy munosabatini ifodalashga erishgan : Bizning johil ulamo kimning salla-choponi bo’lsa musulmon deydi . O’zbek tilida hashamat so’zi ,,boylik, bezakdorlik,ko’rkamlik, ‘’ kabi ma’nolari bilan faqir, sodda so’zlariga tamoman ziddir. Ammo Cho’lpon bu so’zlarni sinestetik meetafora asosida ,, boshlarini qovushtiradi’’ va kuchli konrtastlikni yuzaga keltiriash orqali tasvirning ta’sirchanligini ta’minlaydi:Dasturxonga qaragan kishi bo’lmadi; hech kim faqir va sodda hashamat ichida takalluf axtarmas, ko’ngilning xursandliklariga bo’lgan ketsiz maylni qondirish bilangina ovora edi. Quyidagi gapdagi muloyim va yoqimli talvasa birikmasiga ham diqqat qiling :Uning ham qizlik havaslari uyg’ondi, yuraklari muloyim va yoqimli talvasa bilan duk-duk ura boshladi: ikki yuzi dasturxon ustidagi anor singari qip-qizil bo’ladi. Download 118.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling