Kirish I bob. Tilda ko’chma ma’nolilikning hosil bo’lishi
Download 118.38 Kb.
|
Badiiy nutqda metafora ozoda1
- Bu sahifa navigatsiya:
- Eshshak
1.Oddiy metafora ma’lum so‘zning leksisk ma’nosi ifoda etgan obyekt o‘ziga tog‘ridan-to‘g‘ri o‘xshash bo‘lgan ikkinchi bir obyektni nomdosh qilib olishi bo‘ladi. Shuning natijasida mazkur so‘z ikkinchi obyektni ham ifoda etuvchi ko‘chma ma’no orttiradi. Bu obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ularning sirtqi belgisi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga asoslanadi. Masalan, darvoza so‘zi qurilishga oid bir tushunchani ifoda etadi. Sportga oid, to‘p va shayba kiritish uchun mo‘ljallangan qurilma ham mazkur tushunchaga sirtqi belisi va vazifasiga ko‘ra o‘xshash bo‘lganligi uchun, uni darvoza so‘zi bilan atab yuborilgan. Natijada darvoza so‘zi mana shu atash hisobiga ko‘chma ma’no hosil qilgan. Oddiy metafora, ot turkumidan tashqari, fe’l va sifat turkumiga oid so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, Qizim, dadang, enang, hasratingda kuyib bitdi (Oybek Yoqubov) gaplaridagi bitmoq fe’li va bo‘sh sifatining ma’nolari oddiy metafora atijasida hosil bo‘ladi.
Eshshak, bu nima qilganing? 2. Qamoqxonalarning ,,telegrafi’’ (gap tashuvchi ayg’oqchi) juda aniq ishlaydi. 3. – Ko’ksiga pichoq sanchibdi,- dedi barak navbatchisi. – Battar bo’lsin.Itga it o’lim. Maxbuslar baribir uni tirik qo’yishmasdi. 4. - Oshga pashsha tushdi,aka. – dedi qo’rqa-pisa… . ,, Devoriy gazeta’’ o’lgur keldi. 5. Qishdan qolgan qarg’alar. 6. Buqalamun bilan uchrashuv . (S.Axmad) 7. Otabek bu cho’ltoq supurgini tanidi va uning istehzolarini payqadi. Odatiy , ya’ni an’anaviy metaforalarga ham o’ziga xos badiiy – estetik yuk qo’ya bilgan yozuvchi Cho’lpon ,,Kech ava kunduz’’ asrida xalq tilida keng tarqalgan eshak, ko’ppak , ho’kiz, tulki, shayton, yulbars, iblis, ilon, jo’ja kabi so’zlar asosidagi odatiy, an’anaviy metaforalarni ko’p qo’llagan : Akbarali axmoq.eshshak .Xayr, boraver iloji bo’lsa , o’sha ikkala ko’ppak bilan bitish. ,, Shu choqqacha taxtalik polda yurishni bilmaysan. Xo’kiz ‘’ deydi . ,, Hay Miryoqub, Pismiq Miryoqub, Ayyor Miryoqub, Tulki Miryoqub, shayton Miryoqub . Nafsining bandasi , buzuq, sharmanda Miryoqub. Ta’kidlash kerakki, bunday odatiy metaforalarni ham Cho’lpon shunday kontekstlarda qo’llaydiki, ular ilgaridan ma’lum , kitobxon uchun tanish bo’lsa-da, kontekstda mahurat bilan tanlangan boshqa so’zlarning mazmuniy ta’siriga ko’ra yangi ma’no qirralari ,ifoda semalari bilan boyiydi. Masalan : U nima, bir omi eshak-da… - dedim men ,- Taraqqiy qilgan emas… Gazet o’qimaydi. Metaforik ma’noda qo’llangan eshak so’ziga bog’lanib kelgan omi so’zi metaforik ma’nodagi ifoda semalarini yanada kuchaytirgan , ,,aqlsiz’’ ko’chma ma’nosi ,,o’ta savodsiz’’ , ,,dunyodan bexabar’’ kabi bir qator semalar bilan boyigan. An'anaviy metafora guyoki yangidan nurlangan , ma’no qamrovini kengaytirgan. Quyidagi misollarda tulki metaforasi muttahamlikka guvohnoma olgan va qadrdon so’zlari , jo’ja metaforasi yosh so’zi , maxluq metaforasi oqko’ngil so’zi ta’sirida ma’no qqamrovi konnotativ semalari doirasida kengaygan.:Bu odam eskidan beri sudlarda ishlab kelib, muttahamlikka guvohnoma olgan qadrdon tulkilardan emas , negadir chetda xolis kishilar orasidan chaqirilgan edi. Hammamiz bola-chaqalik bo’lsak… Nechtadan yosh jo’jalarimiz bor… Har nima desang ,de ikki kun avval mingboshi dodhoning xotini sening qo’yningda edi. Endi bugun-erta bu oqko’ngil maxluqqa ham chang solasanmi? Bu misollardagi mazkur metaforalarning emotsional-ekspressivligi sezilarli ortganligi ko’rinib turibdi. Ma’lumki, o’zbek tilida qo’zi (choq) so’zining odatiy , an’anaviy metaforik qo’llanishi ko’p uchraydi, bu so’zning metaforik ko’chma ma’nosi ,,suyukli farzand , bola’’ demakdir. Ayni paytda mazkur so’zning to’qli degan dialectal ma’nodoshi ham bor. Cho’lpon , metaforaga yangi rang berish maqsadida bo’lsa kerak , romanda xuddi shu to’qli so’zini ko’chma ma’noda qo’llaydi, shu tariqa tasvining ekspressivligiga erishadi: Mingboshi tamom mast bo’lgach, ,,Bolani olib kelinglar ‘’ deb so’radi. Bolaning onasi bu badmast odamga o’z to’qlisini bermoq istamas edi. Ba’zan Cho’lpon ana shunday hayvonlar nomi asosidagi odatiy metaforalarni bir jumlada bir- biriga zid qo’ygan qarshilantirgan holda qo’llash orqali ham tasvirning emotsional – ekspressivligini ta’minlaydi. Ushbu misolda buni ko’rish mumkin: Mingboshi biroz jim qolgach : - Ishqilib bir chora topmasang bo’lmaydi,- dedi. Faqatt , bu keying jumla quturgan darrandaning emas , suvga tushgan mushukning chiqmoqda edi. Darranda va mushuk metaforalari o’rtasidagi kontrastlikning gap sintaktik qurilishidagi zidlantirish bilan bir qator quturgan va suvga tushgan so’z shakllari o’rtasidagi ma’noviy zidlik yanada kuchaytirilgan. 2. Jonlantirish - personifikatsiya odamlarga xos sifatlarni jonsiz hodisa va narsalarga ko’chirish bo’lib u inson tafakkuri bilan bog’liq. Mazkur jonli va jonsiz obyektlar o‘rtasidagi o‘xshashlik ham sirtqi belgi, harakat va holat xususiyati, vazifasi kabilarga asoslanadi. Ammo bu o‘xshashlik nomdosh bo‘lib olgan obyektga jonli holat baxsh etish orqali yuzaga chiqadi. Masalan, dam so‘zining leksik ma’nolaridan biri nafasni ifoda etgan. Bu so‘z nafasga sirtqi belgisi o‘xshash bo‘lganligi uchun quyosh tafti, haroratini ham ifoda etadigan bo‘ldi. Natijada dam so‘zi ko‘chma ma’no hosil qildi. Masalan, Quyosh damini g‘ir-g‘ir esgan shamol kesar edi (Oybek). Personifikatsiya, ot turkumidan tashqari, fe’l va sifat turkumiga oid so‘zlarda ham uchraydi. Masalan, Qiz sho‘rlikni dard yedi, dardga qo‘ygan kim edi (qo‘shiq). Nimrang – beor tok, qo‘lga ham chidamli bo‘ladi (R. Musamuhamedov) gaplaridagi yemoq fe’li va beor sifatining ma’nolari jonlantirish natijasida hosil bo‘lgan. Jonlantirish badiiy nutqqa obrazlilik kirituvchi muhim vositalardan biridir. ,, Badiiy san’atlar’’ kitobi mualliflari bu xususida shunday yozadilar: ,, Jonlantirish -istioraning bir ko’rinishi. Jonlantirish odamlarga xos bo’lgan xislatlarni jonsiz predmetlar , tabiat hodisalari ,hayvonot,parranda ,qush kabilarga ko’chirish orqali paydo bo’ladigan tasvir usulidir’’. 2 ,,O’zbek tili stilistikasi’’da ham ,,kishilarning harakatlari , his-tuyg’ulari so’zlash va fikrlashlari jonsiz predmetlarga ko’chirilishi’’ga jonlantirish deyilishi aytib o’tilgan. Mumtoz adabiyotimizda jonlantirishning ikki turi ajratilgan : 1. Tashxis- shaxslantirish , jonsiz narsalarni insonlarday qilib tasvirlash. She’riyatda jonlantirishdan voqelikni obrazli tasvirlash maqsadida foydalanadi. Tasvir obektiga kitobxonni yaqinlashtirish , voqelikning idrok etilishini osonlashtirish va quruq-rangsiz ifodadan qochish uchun ham mazkur usulga murojaat qilinadi . quyidagi she’riy parchada muallif ,,kuz’’ni jonlantirish orqali kitobxonning tasvirlanayotgan voqelikka munosabatini faollashtiradi: Nimani xohlayman ? Istagim nima? Changalzor shovqinin tinglab turaman. Yaproqlar bandida kezgan jimgina Ma’yus va beozor kuzni ko’raman. Uning qo’shig’ida, uning ohida Sezaman odamzod qalbin gohida. (A.Oripov) Yohud jonsiz narsaga insonga murojaat qilgandek munosabatda bo’lishi ham jonlantirishning bir ko’rinishi hisoblanadi .Adabiyotshunoslikda bu hodisa apastrofa deb yuritiladi. Bunda narsa-buyum jonlantirilmaydi, faqat jonli deb tasavvur qilinadi. Bu usulda qahramonning hech kimga aytolmagan ichki dardlarini , sirlarini oshkor qilishda qo’llaniladi..Masalan: Osmonga intilgan daraxtlar ,ildizing yerdaligini bila turib, kelib- kelib sizni quchgan ko’k bag’rini tilasizmi? Har bahor yoshlikka aldanganingizni hazon pallasida sezmaysizmi yo hammasini bila turib, hammasini seza turib shamol izniga bo’ysunasiz, shitirlaysiz. Men ham shivirlayman… Sizga ingaan shudring mening ko’z yoshim … Bilaman, bor dardimni to’kib solmasam ham voqifsiz ahvolimdan. Zotan, siz tirik xotirasiz. Bebosh yaproqlarning shivir-sshiviri , mungli yomg’irkuy , egilmachoq maysalat, injiq shamol, chuchmoma xo’rsinig’I , yuragimning ado bo’lmas o’kinchi , siz soddagina daaraxtlarim vaa men egilishni eplolmagan asov g’alayon- hammamiz yolg’iz sog’inch bilan bog’laganmiz. ( Y.Akram) 2. Intoq- nutq sohibi sifatida tasvirlash , insonlardek gapirtirish degani. Intoq bolalarda atalgan she’r va hikoyalarda , ertak va masallarda ko’p qo’llanadi. Intoq san’atidan masallarda alohida maqsad bilan ishlatiladi. Insonlarga xos ba’zi qusurlar , kamchiliklar narsa-buyumlar misolida o’quvchiga obrazli qilib ko’rsatilib beriladi. Yevropa adabiyotshunosligi ilmida allegoriya ataladigan ko’chim ham ,,gapirtirish’’ usuliga asoslanadi. Intoq jonlantirishda narsa va buyumlar, hayvonlar insonlardek gapiradi. Allegorik- jonlantirishda ,,haayvon va jonivorlar insonlardek harakat qiladi , ulardek gapiradi . O’quvchi esa asosiy e’tiborini shu hayvonlar orqali tasvirlanayotgan inson obraziga qaratadi. Demak, allegoriyada obrazlar sistemasi ikki qator hisoblanadi , ya’ni, asrda tasvirlanaayotgan hayvonlar obrazlari qatori va ular orqali shu xarrkterdagi kishilar qatori’’ . Muxtor Xudoyqulovning ,,Sher bilan pashsha’’ deb nomlangan masalida ham ayrim insonlarga xos maqtonchoqlik, yolg’on o’ynatib bo’lsa ham obro’ topishga urinish illati obrazli qilib tasvirlangan : Bir pashsha sherning qulog’iga bir zum qo’ndi-da , uchib ketdi. So’ng ko’ringanga mqtandi : -Biz Sher bilan juda yaqinmiz, ko’p maslalarda u men bilan maslahatlashib turadi… Pashshalarga ishonmang . Obrazli nutq masalasini jiddiy va o’ziga xos tarzda tadqiq etgan shvetsar tilshunosi Sh. Balli shunday yozadi : ,, Inson ahlining azaliy nomukammalligi shunda ham ko’rinadiki, odam hamisha o’z atrofidagi hamma narsalarni jonlantirishga intiladi. U tabiatning o’lik va hissiz ekanligini tasavvur qila olmaydi; uning xayoloti jonsiz predmetlarga doimo hayot beradi ; ammo faqat shugina emas : inson o’z shaxsiyatiga xos bo’lgan belgi va intilishlarini doimiy ravishda tashqi olamning barcha predmetlarida ko’rishni xohlaydi’’, Sh.Balli tabiat qandaydir jonli bir narsa degan xuddi shu tasavvur , jonlantirishga bo’lgan xuddi shu qiziqish nutq rivojining ilk davrlaridan boshlaboq ,, quyosh turdi’’, ,, daraxt shoxlarini silkitdi’’ kabi metaforalarning yaratilishiga olib kelganligini ta’kidlaydi. Bu fikrda jonlantirishning lisoniy-ruhiy mohiyati juda aniq ko’rsatib berilganTabiiyki, bunday metaforalardagi obrazlilikning ildizlari ham bevosita ayni shu mohiyaatga borib ta’qaladi. ,,Kech ava kunduz’’ romanida yozuvchining o’ziga xos jonlantirishlari juda ko’p . Ular, asosan, muallif nutqida qo’llangan bo’lib, qahramonning ruhiy holati , voqelikka munosabati , u harakat qilayotgan muhitni xarakterlashda , tabiatni tasvirlashda foydalanilgan . Asarda shabada, izg’irin, qor, yer, suv, o’sma, yulzduz, yaproq kabi ko’plab tabiat hodisalari jonlantirilgan va ular qahramon harakat qilayotgan muhitning muhim qirralarini oydinlashtirishga imkon bergan. Adib jonlantirilgan narsa- hodisalar bilan qahramon kayfiyati o’rtasidagi bog’liklikni juda mahurat bilan ko’rsata olgan . Insonga xos xatti- harakatlar tabiat hodisalariga ko’chirilishi tasvirdagi lirizm yoki dramatizmni bo’rttirishga , tasviriylikni kuchaytirishga yordam berrgan. Masalan : Muz tagida loyqalanib oqqan suvlarning g’amli yuzlari kuldi, o’zlari horg’in-horg’in oqsalar-da, bo’shalgan qul singari erkinlik na’shasini kemira-kemira ilgari bosadilar… Erkaklarning gulli do’ppisiga tegmay, yalang ayollar bilan , ularning sochlari, gajaklari, ro’mol popuklari bilan hazillashib o’ynagan salqqin shabada … ko’klam na’shasi bilan sho’xlik qiladi. Ma’lumki, ,,g’am’’, ,,kulish’’ , ,,kemirish’’ , ,, hazillashish’’ , ,,sho’xlik qilish’’ kabi harakatlar insonga xos bo’lgan harakatlardir. Matndaa bu gaplar suvga, shabadaga berilishi natijasida suv va shabada so’zlarida jonlantirish voqe bo’lgan . Download 118.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling