Kirish I bob. XIV asrning yarmida movarounnahrda siyosiy vaziyat
Sarbadorlar harakati va Amir Xusaynning mag’lub etilishi
Download 131.5 Kb.
|
Sarbadorlar
2.2. Sarbadorlar harakati va Amir Xusaynning mag’lub etilishi
Mo‘g‘ullarning talonlari va ularning kelajakdagi og‘ir zulmlari arafasida turgan shahar aholisi Samarkandni mudofaa etish sharoitlarining qiyin bo‘lishiga qaramay, kurash boshlaydi. Xalq jome masjidiga jam bo‘lganda Mavlonozoda masjid minbari ustiga chiqib, nutq so‘zlaydi: „ Yo masharalmuslimin. Bu kun g‘olib kofirlar musulmonlarning xonumon va jonlari qasdiga kelganlar va boju-xiroj nomi bilan musulmonlardan juzya olib, uni o‘zicha xarj qiladigan hokim dushmanning paydo bo‘lishi bilan, kofirlar oldida musulmonlarni tashlab qochdi. Bu shaharning aholisi har qancha garov va hadyalar bersalar ham qutilaolmaydilar va qiyomat kuni buzrugonlar sizlardan javob talab qiladilar. Kim islomning ishiga mutasaddi va xosu avomnnng javobgarligini ustiga oladiki, biz uning oyoq ostiga bosh qo‘yib, xizmatiga hozir bo‘lsak?". Bu so‘roqqa hechkim javob bermaydi. Mavlonozoda davom ettiradi. „Modomiki hech kim javobgarlikni ustiga olmas ekan, agar men qabul qilsam birga bo‘lib, yordam berasizlarmi?"27. Bu so‘nggi so‘roqqa hamma o‘z roziliklarini bildirib, uni boshliq qilib ko‘taradilar. Mavlonozoda shahar aholisining turli tabaqalaridan qo‘liga qurol ko‘tarishga qodir bo‘lganlarning ro‘yxatini olib, raxnalarga qorovullar qo‘yadi. Bog‘lar ko‘chasini dushman otliqlari o‘tolmaydigan darajada band qiladi. Band (barrikada) boshlarini mahkam qilib, ko‘chalarga mergan kamonchilarni joylashtiradi. Kishilarning uylariga borishlari, yoki urush bo‘lgan erga o‘z joylarini tashlab ketishlari, qanday yo‘llar orqali bo‘lmasin, mo‘g‘ullar bilan so‘zlashish kabi intizomsizliklar qat’iy man etildi. SHahar ko‘chalaridan biri butunlay bo‘sh va ochiq qoldirilib mingtacha odamni pistirmaga qo‘yadi. Mavlonozodaning o‘zi ming piyoda tiyrandoz bilan Bog‘ ko‘chasining oxiriga borib turadi. O‘zlarining kelgusi „g‘alabalariga" ishongan mo‘g‘ullar hech qo‘rquvsiz bo‘shatib qo‘yilgan ko‘chaga kirib, uning oxiriga—Mavlonozodaga yaqinlashgandan keyin, rahbarlarning bergan maxsus signali bilan, mo‘g‘ullarga hamma tomonlardan birdaniga hujum boshlanadi. Kurollilar o‘z qurollari bilan, hujum etgan bo‘lsalar, qurolsizlar mo‘g‘ullarni qora kaltak va toshbo‘ron ostiga oladilar. Bunda mo‘g‘ullardan ming kishi yarador bo‘lib, yuz kishi asirlikka tushadi. Mo‘g‘ullar bu mag‘lubiyatdan so‘ng, ikkinchi kuni yana hujum qiladilar, bu safar ular butun harbiy qoidalarni ishlatadilar. Lekin g‘alaba mudofaachilar tomonida qoladi. Mo‘g‘ullar shaharni kuch bilan olaolmagandan so‘ng had’ya, ehsonlar olib qaytishga rozi bo‘ladilar, lekin ularga bu ham muyassar bo‘lmadi. Nihoyat o‘zlarining odatlari bo‘yicha shahar atroflarini talab qaytadilar. Muiniddin Natanziy bu mag‘lubiyat dushmanga juda qattiq ta’sir qilganligi haqida quyidagicha bayon qiladi: “... mo‘g‘ul otliqlariga shunaqayam zarba berishdiki, hanuzgacha Mo‘g‘ulistonda bu voqeani dostonlarda yod yetib yig‘inlarda eslab yurishadi. Bu voqea ularning dimog‘lariga etkanda, taajjubdan fig‘onlari ettinchi osmonga chiqadi.”28 Mo‘g‘ullarning yengilishining sabablaridan biri ko‘pchilik tarixchilarining ko‘rsatishlaricha, ularning otlariga vabo kelganligidadir. Mo‘g‘ullarning yengilishiga sabab shahar aholisining astoydil dushmanga qarshi qurol ko‘tarishlari va mudofaa choralarining yaxshi tashkil etilishidir. SHarafiddin Ali Yazdiy ham garchi mo‘g‘ullarning yengilishiga, ularning otlariga vabo kelishini sabab qilib ko‘rsatsada, mudofaachilarning jiddiy harakatlarini inkor qilmaydi. “ Ma’lum muddat raiyat hech bir podShohning shon-shukuhisiz bosh-oyoq qurollangan g‘addor yov bilan adolat va haqiqat uchun mardlarcha kurashdilar. Dushmanga hujum qilishda va mudofaada Shunday matonat kzrsatdilarki, g‘animlarning hukmronligi va istilo qo‘li ul shahar aholisining nomus va moli etagiga etmadi"29. Ikkinchi bir joyda u yana Shunday deydi: “PodShohlarning himmati va ularning noiblari matonatiga mansub bo‘lmish yurtni muhofaza qilish va ana Shunday lashkarga qarshi turishdek ishlar raiyatlar qo‘li bilan amalga oshdi"30. Samarqand sarbadorlari shahardagi katta mol-mulkka ega bo‘lgan boylarni talaydilar, ularni o‘ldiradilar. Bu haqda SHarafiddnn Ali Yazdiy mana bunday deydi: “(Lekin) bir muncha kuch va ixtiyorga ega bo‘lgan bir guruh (kishilar)ning tasavvuri boshiga mag‘rurlik shamoli kirib, ularning jasorat oyoqlarini o‘z mavqelaridan yuqoriroqqa qo‘ydilar, hamda hukmronlik va zo‘ravonlik qo‘llarini qon to‘kish va fitna fasod uyushtirishga cho‘zdilar” 31. Mo‘g‘ullar hujumiga qattiq zarba berilgandan keyin, sarbadorlar 1366 yil ko‘klamiga qadar, bir qish davomida davlatni boshqardilar. SHarafiddin Ali Yazdiyning aytishicha, Temur bilan Husayn shahar atrofiga kelib tushganlaridan keyin „sarbadorlarni yo‘qotishni davlat va dinning zaruriy ishlaridan sanadilarki, bular bu muddat ichida bu bo‘sh maydonni (shaharni) isyon va tug‘yon qadami bilan o‘lchagan edilar,. Ular turli yaramasliklar—qatl, tolonlar va shunga o‘xshagan narsalarni qilganlari uchun, ularning hammasini qo‘lga olishga farmon chiqardilar"32. Bu dalildan sarbadorlarning mamlakatni mo‘g‘ullar hujumidan himoya qila olmagan amaldorlarga va din namoyandalariga qarshi ekanlari ravshan ko‘rinadi. Shuning uchun ham taxtdan sarbadorlarni yo‘qotish Sharofuddin Ali Yazdiyning nazarida, davlat va dinning zaruriy hamda eng ahamiyatli ishlaridan biri bo‘lib qoladi. Ko‘zg‘olon boshliqlari haqida manbalarda juda oz ma’lumot bo‘lsa-da, ularning qaysi tabaqadan ekanliklari haqida qisqacha to‘xtab o‘tish mumkin. Ko‘zg‘olonning ikki boshlig‘i „Mavlonozoda unvoni bilan yuritilib—ularning biri Buxoro buzrukzodalaridan ekanligi haqida ba’zi manbalar aniq ma’lumot beradi. Masalan Muiniddin Natanziy uni Buxoro zadogonlaridan ekanligini, Samarqandga esa tahsil olish uchun kelib, xalq orasida katta e’tiborga ega bo‘lishga erishganligini ta’kidlaydi.33 Manbalar Mavlonozodai Samarqandiyning ham, Mavlono Xo‘rdakiy Buxoriyning ham jasurlikda, qahramonlikda, boshqalardan ayrilib turganlarini yozadilar. Bundan tashqari Mavlono Xo‘rdakka harbiylik va tirandozlik xususiyatlari beriladi. Bular ham kelib chiqishlari ham xususiyatlari bilan Xuroson sarbadorlarining rahbarlari Amir Abdurazzoq bilan Amir Mas’udga juda yakindirlar. Samarqand qo‘zg‘olonining manbalarda ko‘rsatilgan uchinchi rahbari Abubakr Kalaviy Naddofdir. U hunarmandlardan chiqqan naddof Ya’ni paxta tituvchi bo‘lgan. Hammadan avval Temur tarixini yozgan Nizomuddin Shomiy o‘z “Zafarnoma”sida Samarqand qo‘zg‘oloni haqida juda kam gapirgan bo‘lsa-da, qo‘zg‘olonchilarning kimlardan iborat ekanliklarini aniq ibora bilan yozadi. “Mavlonozodai Samarqandiy, Mavlono Xo‘rdaki Buxoriy va Abubakr Naddof,—har uchalasi boshliq bo‘lib, yovuz, kishilar bularning yonida to‘plangan edilar"34. Mo‘g‘ul askarlari Samarqandda mudofaachilardan yengilib qaytishlari bilan, Temur mo‘g‘ullar harakatidan xabar olish uchun yuborgan o‘z kishisi Abbos Bahodir orqali Samarqand voqeasidan xabardor bo‘ladi. Ba’zi manbalarda bu xabar ko‘zg‘olon boshliqlaridan biri Mavlonozoda tomonidan berilganini gapiradiki, bu haqiqatdan uzoq emas. CHunki voqealarning keyingi rivojiga nazar solsak, qo‘zg‘olon boshliqlari va qo‘zg‘olonchilar Amir Temur va Husaynlar tomonidan jazolanganida, Temur Mavlonozodani o‘limdan qutkazib olganligini ko‘ramiz. Bu esa ular o‘rtasida avvaldan aloqa bo‘lganligini taxmin qilish uchun asos bo‘la oladi. Qo‘zg‘olonchilar g‘alabasidan so‘ng bu voqeadan xabardor bo‘lgan Amir Temur tezda buni Husaynga bildiradi. Husayn Shabartudan Soli Saroyga keladi. Amir Temur o‘z xonadonini Jayxundan (Amudaryodan) o‘tkazib, Keshga yuboradi. O‘zi esa Husayn tomoniga yuradi. Bular Bog‘lon chegarasida uchrashib, o‘zaro uzoq suhbatlar qilgandan so‘ng Samarqandni sarbadorlar ko‘lidan olish choralarini ko‘radilar. Amirlar 1366 yili erta bahorda Samarkandga kirishga qaror berishib, ungacha tayyorlik ishlarini olib borish uchun Amir Temur Qarshiga keladi va 1365-1366 yillarning qishini shu shaharda o‘tkazadi. Amir Husayn esa Soli Saroyda qoladi. Amir Temur Samarqand bilan bo‘lgan aloqalarni to‘xtovsiz ravishda davom etdiradi. SHu orada Qarshi shahri atrofini devor bilan o‘ratadi.1366 yil ko‘klamida, avvalgi bitimlariga muvofiq Amir Husayn va Amir Temur Afg‘onistonning shimoliy viloyatlaridan askar olib, Samarqandga keladilar. Amirlar Samarqandga kelmasdan avval, yo‘lda uchraydigan har qanday qarshiliklarning oldini olish va sarbadorlar boshliqlarining „hurmat va ehtirom" lari uchun, o‘zlari shaharning shimoli-sharqiy tomoni, Ya’ni Cho‘ponota etagiga—Konigilga kelganlariga qadar, ularni qarshi olishga chiqmasliklari haqida xabar yuboradilar. Manbalarning hammasi deyarlik bu haqda bir mazmunda ma’lumot beradi. Misol uchun Muiniddin Natanziy Amir Husaynning ushub topshirig‘i haqida Shunday hikoya qiladi: “Men sizga to‘la ishonaman va sizni jamiki amirlarimdan ko‘ra o‘zimga aziz va qadrdon deb bilaman. Toki men humoyun o‘rdu bilan Konigil dashtiga kelib qo‘nmagunimcha, hargiz mening istiqbolimga chiqmangiz”35. Amir Husayn Konigilga kelgandan keyin sarbadorlarga to‘la ishonch hosil etish uchun, birinchi kuni qarshi olishga chiqqanlarni yaxshi kabul etadilar. Ikkinchi kuni undan ham ortiqroq hadyalar bilan chiqkan sarbadorlar qo‘lga olinib dorga osiladilar va qilichdan o‘tkaziladilar. Bunda, Yuqorida aytganimizdek faqatgina Mavlonozoda Samarqandiygina o‘limdan qutqaziladi. Shunday qilib Samarqandda bir qish davomida hukumatni qo‘lga olib turgan sarbadorlar harakati bostiriladi va Husayn bilan Temur Samarqandda o‘z hukmronliklarini tiklaydilar.SHu o‘rinda savol tug‘iladi. Sarbadorlar va amirlarni qaysi masalalar yaqinlashtirgan hamda qaysi masalalarda ular bir-birlariga dushman edi.? SHubhasiz, ularni Vatan ozodligi uchun kurash g‘oyasi yaqinlantirgan, ularning manfaatlari shu nuqtada umumiy edi. Lekin, ozod mamlakatni boshqarish masalasi ularni bir-biridan ajratuvchi bosqich bo‘lgan. Amirlar o‘zlari, sarbadorlarsiz hokimyatni boshqarishni hohladilar. Bu harakat ma’lum ma’noda G‘arbiy Yevropada tarixidagi shaharlarning sen’orlardan musmtaqil bo‘lish harakatlarini ham yodga soladi. Ulardagi o‘xshashlik jihatlarini o‘rganish tarixshunosligimizning yaqin kelajakdagi vazifalaridan biriga aylanishi mumkin. Download 131.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling