Kirish I bo’lim. Volfram rudasining qisqacha tasnifi


Boyitish fabrikalari ekologiyasi


Download 2.74 Mb.
bet16/17
Sana03.10.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1691285
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Boyitish fabrikalari ekologiyasi
Konchilik sanoati atrof-muhitga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi manbalar kompleksidir. Har qaysi konchilik korxonasining muhitga ta’siri korxona foydalanayotgan konning geologik va geokimyoviy xususiyatlariga, konda mavjud bo‘lgan kimyoviy elementlar assotsiyasiga hamda uni qazib olish va qayta ishlashda qo‘llanilayotgan texnik vositalar va texnologik jarayonlarga bog‘liq.
Ko‘pchilik hollarda konning qoplama jinslari hamda foydali qazilma ostidagi to‘shama jinslar tarkibida simob, qo‘rg‘oshin, mishyak, rux, kadmiy va boshqa zaharli elementlar mavjud bo‘ladi. Bundan tashqari, foydali qazilma rudalarida ham bir necha turdagi zaharli moddalar mavjud bo‘lib, ular konni qazish, rudani yuklash, tashish va qayta ishlash jarayonlarida muhitga tarqaladilar.
Muhitning turli gaz va changlar bilan ifloslanishida ayniqsa maydalash-saralash, aglomeratsiya va boyitish fabrikalari, ta’mirlash korxonalari, qozonxonalar, energetic qurilmalar, avtotraktor parklari va shunga o‘xshashlar ham jiddiy ta’sir ko‘rsatadi.
Aytilganlardan tashqari tog‘-kon ishlari havo bo‘shlig‘ini texnik shovqin bilan ham ifloslantiradi. Karyerlarda kuchli shovqin hosil qiluvchi manbalar qatoriga texnologik mashina va qurilmalar, transport vositalari kabi doimiy manbalar hamda portlatish ishlari kabi davriy manbalarni kiritish mumkin.
Konchilik korxonalarida atmosfera havosini muhofazalashning turli tadbirlari qo‘llaniladi. Bu tadbirlar
Changlanish va ishlab chiqarish shovqinlarini kamaytirishga qaratilgandir.
Changlanishini kamaytirish.Bu tadbir changni tutib qolish, ko‘tariladigan changni bosish hamda chang ko‘tariluvchi yuzalarni qotirishdan iborat.
Changnitutib qolish burg‘ulashishlarida, maydalash-saralash, aglomeratsiya va boyitish fabrikalarida mexanik, gidravlik, filtrli va elektr chang tutgichlarda amalga oshiriladi. Mexanik chang tutgichlarning ishi chang zarralarining o‘z og‘irligi, inersiya kuchi va markazdan qochma kuch ta’sirida ajralib, cho‘kishiga asoslangan. Gidravlik chang tutgichlarishi chang zarralarini suyuqlik yordamida cho‘ktirish ya’ni changli havoni «yuvish» ga asoslangan. Filtrli chang tutgichlarda chang zarralari g‘ovak filtrlovchi elementlarda tutib qolinadi. Elektr chang tutgichlar ishi chang zarralarning elektrtoki ta’sirida ionlashib, musbatelektrod atrofiga to‘planishiga asoslangan.
Konchilikda shovqin portlatish ishlari, ichki yonish dvigatellari, elektrodvigatellar, nasos va kompressorlar, burg‘ulash uskunalari, tegirmon, maydalash va elash uskunalari ishi va shu singari ishlab chiqarish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha jarayonlarda hosil bo‘ladi. Shovqinni pasaytirish o‘ziga quyidagi guruhni qamragan tadbirlar majmuasi yordamida amalga oshiriladi:

  1. Tashkiliy tadbirlar:

● ishga qabul qilishda kasbiy tayyorgarlikni tekshirish;
● ishchilarning dam olish va mehnat qilishlarida maqbul rejimni tanlash;
● qurilmalardan foydalanish tartib-qoidalarini belgilash;
●xavfsizlik qoidalariga rioya qilinishi ustidan nazorat o‘rnatish;
● shovqin darajasi ustidan nazorat o‘rnatish;
● shovqin chiqaruvchi mashina va mexanizmlarni to‘g‘ri joylashtirish;
● shovqini kuchli bo‘lgan qurilmalarni kam shovqinli qurilmalarga almashtirish;
● kuchli shovqin chiqaruvchi mexanizmlarishini masofadan boshqarish;
● ishlab chiqarish xodimlarini shaxsiy himoya vositalari bilan Ta’minlash.
2. Texnik tadbirlar:
a) passivtadbirlar – bularga shovqin manbasi atrofiga to‘siqlar qo‘yishishlari kiradi;
b) aktivtadbirlar – bularga texnologik qurilmalardagi shovqin va titrashni kamaytirish uchun metallarning titrovchi yuzalari orasi garezina va yumshoq plastic moslamalari hamda amortizatorlarni o‘rnatishishlari kiradi.
3. Rejalashtirish tadbirlari:
● aholi punktlarini shovqin eshitilmaydigan qilib joylashtirish;
● ishlab chiqarishni tashkil qilishda mahalliy joining relefini
Hisobga olish;
● ishlab chiqarishni tashkil qilishda shamolning yo‘nalishini hisobga olish;
● shovqin kuchini sanitariya meyorlari darajasiga pasaytirish imkoniyati bo‘lmagan taqdirda ishchi va xodimlar shovqindan himoyalovchi shaxsiy himoya vositalari – naushniklar, antifonlar, shlem, maska, qalpoq va shu kabilardan foydalanadilar.


XULOSА
Xulosa qilib aytganda, volfram och kulrang rangli, zichligi og’ir, tabiatda kam tarqalgan, eritmalarda eruvchan mineral hisoblanadi. Volfram hozirgi zamon texnikasida toza metall hamda qotishmalar sifatida ishlatiladi. Tabiatda sof holatda uchramaydi. Ruda tarkibida birikma holida kelib, noruda minerallar ham uchraydi. Volfram kuchsiz magnitlanish xususiyatiga ega. O’ta o’tga chidamli bo’lganligi uchun sanoat ahamiyatiga ega. Qo’llanilish sohalari keng. Tabiatda 22 ta minerali mavjud bo’lib, 4 tasi sanoat ahamiyatiga ega. Oddiy haroratda havoda barqaror. Asosiy minerallar volframit va sheelitdir. Volfram issiqlikka chidamli o'ta qattiq po'latlar va qotishmalarning tarkibiy qismidir, sof volfram elektrotexnika (akkor lampalar filamentlari) va radioelektronikada (elektron qurilmalarning katodlari va anodlari) ishlatiladi. Shuningdek, yuqori zichligi tufayli bu metall ballistik raketalarning parvozini barqarorlashtirish uchun qarshi og'irliklar, artilleriya snaryadlari, o'qlar va ultra yuqori tezlikli giroskop rotorlari uchun ishlatiladi.
Volfram rudalarini tо‘rt turga bо‘lish mumkin hamda har biri uchun quyidagicha boyitish usullari qo’llaniladi:
1)oddiy rudalar- gravitatsiya usuli bilan boyitilishi mumkin;
2)mayda zarrachali rudalar- kombinirlangan gravitatsiya - flotatsiya sxemalarida boyitiladi;
3) sulfid tarkibli volfram rudalari- gravitatsiya, flotatsiya va sellektiv flotatsiya yordamida boyitiladi;
4) kompleks volframli rudalar bо‘lib, ularni tarkibida kassiterit va boshqa rangli va kamyob metallar, hamda magnetit, granat va boshqalardan iborat bо‘lib, gravitatsiya va flotatsiyadan tashqari magnitli va elektr seperatsiya usuli qо‘llaniladi;
Eng oson flotatsiyalanuvchi minerali sheyelit hisoblanadi. Volfram tarkibli shlamlarni qayta ishlash uchun esa flotatsiyon boyitish usulidan foydalaniladi. Dastlabki ruda tarkibida 0,2-0,8% atrofida, boyitmaga qo’yilgan talabi 55-65%. Boyitish darajasi 60-600 gacha. Volfram rudasini boyitishda gravitatsiya usuli qo’llanilganda yakuniy hisoblanmaydi, undan so’ng elektr, magnit, metallurgic, usullar bilan tozalanib, qo’yilgan talabga erishishimiz mumkin. Volframning gyubnerit hamda ferberit minerali qiyin flotatsiyalanuvchan hisoblanadi. Sheyelit asosan flotatsiya usulida boyitiladi. Muhit pH=6,5-8,5 ga teng bo’lganda yaxshi flotatsiyalanadi. Volfram mayda donadorlikka ega. Hozirgi kunda volfram shlamlari uchun avtoklavlarda sodali tanlab eritish texnologiyasi qo’llanilmoqda. Flotogravitatsiya usuli ham samarali usullardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda volframni boyitishda eng asosiy masalalardan biri boyitish usulini to’g’ri tanlay bilish, sifatli volfram boyitmasini olish, yuqori ajratib olish ko’rsatkichiga erishish, chiqindilardan volfram boyitmasini qayta ishlash. Texnogen chiqindilar eng dolzarb masaladan biriga aylanmoqda. Ularni kamroq sarf-xarajat sarflab, chiqindi tarkibidagi foydali komponent miqdorini ajratib olishdir. Buning uchun professor olimlar bir qancha usullarni qo’llab yangi texnologiyalarni sinab ko’rishmoqda. Yangi reagentlar qo’llanilmoqda. Shlamlarni ajratib olish usullari ishlab chiqilmoqda. Volfram rudasini boyitish uchun ko’pchilik fabrikalarda flotogravitatsiya ham qo’llanilmoqda. volfram boyitish fabrikalari bilan tanishib chiqdim. Jumladan, Tirnauz boyitish fabrikasi, Chorux-Dayron, Ingichka boyitish fabrikalaridagi volfram boyitish texnologiyasi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Tirnauz boyitish fabrikasiga rudalar Tirnauz konidan keltiriladi. Ushbu fabrikada rudani qayta ishlash texnologiyasi qaytadan rekonstruksiya qilindi. Unga ko’ra, ruda bir bosqichda maydalanib, ikki bosqichli yanchishdan o’tkazilib, uning birinchi bosqichida o’z o’zini yanchar tegirmonlardan, ikkinchi bosqichida sharli tegirmonlardan foydalanilmoqda. Rudalarni boyitish flotatsiya usulida olib borilmoqda. Natijada uch xil markali sheyelit konsentrati hamda 49%li molibden konsentrati olinmoqda. Chorux-Dayron boyitish fabrikaksida asosan kollektiv mis-molibden flotatsiyasi qo’llaniladi, sheyelitni baritdan ajratib olish uchun orginal sxemadan foydalaniladi. Ushbu jarayonga turli xil vazifalarni bajaruvchi reagentlar sarflanadi. Ingichka boyitish fabrikasi hozirgi kunda to’planib qolgan texnogen chiqindilarni qayta ishlamoqda. Buning natijasida sanoatda volframga bo’lgan ehtiyoj oz bo’lsada kamayib, yangi ish o’rinlari yaratildi. Bir qancha tekshiruvlardan so’ng ishga tushirilgan fabrikada quyidagicha boyitish amalga oshirilmoqda: asosiy minerali sheyelit hisoblangani uchun flotatsiya usuli qo’llanilib, chiqindi chiqish joyiga konsentratsion stollar qo’yilgan. Ingichka boyitish fabrikasida ikkita chiqindixona mavjud bo’lib, ularda yig’ilib qolgan texnogen chiqindilar yangi texnologiyalar orqali ajratib olinmoqda, natijada 27%li oraliq mahsuloti olinmoqda. Ajratib olish 65-70%ga yetkazildi. Hozirgi kunda volframga bo’lgan ehtiyoj ortib bormoqda. Jahonda uning zaxiralari ham o’rganilmoqda. Zaxira bo’yicha Xitoy, Qozog’iston yetakchi o’rinlarni egallaydi. Butun dunyoda tog‘-kon sanoati rivojlanishining hozirgi bosqichida foydali qazilmalar konlarini o‘zlashtirishda, agar rejalashtirilgan ishlab chiqarish sur’ati saqlanib qolgan taqdirda ham ushbu asrning oxiriga qadar zaxiralarning to‘liq tugash xavfi mavjud. Hozirgi vaqtda sheelit rudalarini, ayniqsa, mayda tarqalgan va past navli rudalarni boyitishning asosiy usuli flotatsiya hisoblanadi. Shu bilan birga, muhit sozlovchi va depressor (taziqlovchi) sifatida soda, suyuq shisha va taninlar, kollektor sifatida oliyen kislotasi, oleat natriysi va suyuq sovunlardan, ko‘pik hosil qiluvchi sifatida esa asosan yog‘lar, terpineol, texnik krezol va boshqa reagentlardan foydalaniladi. . Chiqindilarni geologik va ekologik jihatdan o‘rganish geologiya, loyihalash va qurish, iqtisodiyot va ularni hosil qilish texnologiyasining keng ko‘lamli masalalarini qamrab oladi. Umumiy yechim uchun, ekotizimga eng kam ta'sir ko'rsatadigan optimal muhandislik yechimlarini topish, kon metallurgiya chiqindilarining (ularning tarkibiy elementlari) atrof-muhit bilan shakllanishi va o'zaro ta'siri jarayonlarini tavsiflash va modellashtirishdir. Bunday yechimlarni tanlash me'yoriy-huquqiy jihatdan ham, ekologik jihatdan ham muhimdir. Sheyelit tarkibli chiqindilar va ularning tarkibidagi zararli moddalarni olib tashlash va rudali minerallarni qayta ishlash uchun yaxshilangan ajratish jarayoni yordamida qayta ishlash usuli ham ma'lum. Ushbu usul sheyelit tarkibli chiqindilarni gemogenlashtirib aralashtirish bosqichidagi turli xil begona materiallardan tozalash maqsadida amalga oshiriladi. Ushbu usul Ingichka boyitish fabrikasida qo’llanilganini ham misol qilsa bo’ladi. volfram rudasini boyitishning texnologik sxemasini tanladim hamda hisoblash ishlarini olib bordim. Dastlab rudani o’lchamini kichraytirish maqsadida bir bosqichli maydalash jarayonini konusli maydalagich orqali maydalab, ikki bosqichli yanchish jarayonini o’tkazdim. Birinchi bosqich yanchish o’z o’zini yanchar tegirmonlarda, elaklar orqali sinflab, ikkinchi bosqich sharli tegirmonga yubordim. Gidrosiklonda tasnifladim. Rudalarni boyitishda eng ko’p sarf xarajatlar tayyorlov jarayoniga ketadi. Ushbu sarf-xarajatlarni kamaytirish maqsadida bir bosqichli maydalash hamda o’z o’zini yanchishni qo’lladim. Asosiy minerali sheyelit bo’lganligi uchun flotatsiya usulida boyitdim.Asosiy flotatsiya, to’rtta tozalash operatsiyasi hamda ikkita nazoratli flotatsiyadan konditsion talabga javob beradigan sheyelit konsentratini oldim. Har bitta operatsiya uchun flotomashina markasi hamda yetarli sonini hisobladim. Shundan so’ng har bitta jarayonga sarflanadigan suv miqdorini aniqladim. Balans orqali keltirib o’tdim. Olingan boyitmani quyultirishga yuborib, namlik miqdorini 50%gacha kamaytirdim. Shundan so’ng filtr presslarda filtrlab, namlikni 10-12% gacha yetkazdim.


Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling