Kirish I bo’lim. Volfram rudasining qisqacha tasnifi
Download 2.74 Mb.
|
Документ Microsoft Word (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II bo’lim. Volfram rudasini boyitish nazariyasi…………………..... 2.1 Volfram rudasining flotatsiyalanishi…………………………… III bo’lim. Volfram boyitish fabrikalari…………………………
- IV bo’lim. Jahon amaliyotida volfram rudalari va konsentratlarini qayta ishlash va qazib olish holati
- V bo’lim. Volfram rudasini boyitishning texnologik sxemasini tanlash va hisoblash…………………………………………………………….
- VI bo’lim. Iqtisodiy qism…………………………………………….. VII bo’lim. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya………………… Xulosa………………………………………………………………
Mundarija Kirish……………………………………………………………… I bo’lim. Volfram rudasining qisqacha tasnifi……………………… 1.1 Volframning asosiy minerallari………………………………… II bo’lim. Volfram rudasini boyitish nazariyasi…………………..... 2.1 Volfram rudasining flotatsiyalanishi…………………………… III bo’lim. Volfram boyitish fabrikalari………………………… 3.1 Tirnauz boyitish fabrikasi…………………………………….. 3.2 Chorux-Dayron boyitish fabrikasi……………………………. 3.3 Ingichka boyitish fabrikasi………………………………….. IV bo’lim. Jahon amaliyotida volfram rudalari va konsentratlarini qayta ishlash va qazib olish holati 4.1 Volfram zaxiralari va ularni qazib olish texnologiyasi……….. 4.2 Volfram boyitish fabrikalarining ko’p yillik chiqindilarini qayta ishlashning zamonaviy texnologiyalari……………………………. V bo’lim. Volfram rudasini boyitishning texnologik sxemasini tanlash va hisoblash……………………………………………………………. 5.1 Maydalash sxemasini va maydalagichlarni, elaklarni tanlash va hisoblash……………………………………………………………. 5.2 Yanchish sxemasini va tegirmonlarni, sinflagichlarni tanlash va hisoblash……….. 5.3 Volfram rudasining flotatsion sxemasini, flotomashinalarni tanlash va sifat miqdor sxemasini hisoblash…………………………………… 5.4 Suv sarfi sxemasini hisoblash. Suv balansi …………………….. 5.5 Yordamchi jarayonlar uchun dastgohlar tanlash………………… VI bo’lim. Iqtisodiy qism…………………………………………….. VII bo’lim. Hayot faoliyati xavfsizligi va ekologiya………………… Xulosa……………………………………………………………… Foydalanilgan adabiyotlar va internet saytlari…………………… KIRISH O‘zbekiston Respublikasining zamini juda katta miqdordagi turli-tuman qazilma boyliklarga ega. O‘zbekistonda 2025 tadan ortiq kon mavjud. Jumladan, qurilish materiallari bo‘yicha 867 ta, yer osti suvlarining 649 ta, uglevodorodlar (neft, gaz, kondensat)ning 244 ta, qimmatbaho metallar (oltin, kumush)ning 97 ta, rangli va nodir metallarning 12 ta, radioaktiv metallarning 38 ta, kon xom ashyolarining 37 ta, kon-kimyoning 32 ta, qimmatbaho toshlarning 30 ta, ko‘mir va neft slanetsining 7 ta, qora metallarning 5 ta resursi qayd etilgan. Mamlakatimizdagi mineral resurslar xoma shyosi 5,7 trillion dollarga baholangan. Ba'zi foydali qazilmalar (oltin, uran, mis, fosforitlar, molibden va boshqalar) zaxiralari bo‘yicha O‘zbekiston dunyoning yetakchi davlatlari qatoridan o‘rin olgan. Insoniyat fan sifatida yondoshgan birinchi yo‘nalish shubhasiz geologiyadir.Olmaliq ruda kon maydonini o‘rganish asosida O‘zbekiston geologiyasiga asos solingan. O‘zbekiston oltin, kumush va boshqa yer bag‘rida kam uchraydigan qimmatbaho yer zahiralariga ega davlatlar sirasiga kiradi. Mis rudalari bilan birgalikda qazib olinayotgan 15 dan ortiq rangli metallar shubhasiz mamlakatimiz iqtisodiy qudratini yuksaltirishga xizmat qiladi. O‘zbekistonning qulay iqlim sharoiti, strategik zahira resurslariga boyligi, mineral, rangli metallar va qimmatbaho ma'dan konlarining yirik to‘plangan holda uchrashi va konlarni qazib olish va qayta ishlashga safarbar etish samaradorligi yuqoriligi, foydali qazilmalar komponetlarida yo‘ldosh elementlarning ko‘pligi, foydali qazilmalar komponetlarining joylashuvi, konlar yaxshi o‘zlashtirilgani ham imkoniyatlarimizni oshiradi. O‘zbekiston rangli metallurgiyasi markazi bo‘lgan “Olmaliq KMK”AJning ayni bugungi kundagi faoliyatiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yerda geologiya sohasining salmoqli o‘rnini ko‘rishimiz mumkin. “Olmaliq KMK” AJ konlari negizida rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarishni kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qaroriga asosan rangli va qimmatbaho metallar ishlab chiqarish hajmini oshirish borasida strategiya amalga oshirib kelinmoqda. Mazkur strategiya amalga oshirilishining birinchi bosqichi 2021-2025 yillar davomida katodli mis ishlab chiqarish 290 ming tonna, oltin 38 tonna, kumush 203 tonnaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan. Strategiyaning ikinchi bosqichi 2024-2028 yillarda mis ishlab chiqarish 400 ming tonna, oltin 50 tonna, kumush 270 tonnaga yetkazilishi rejalashtirilgan. Bu nihoyatda zalvorli va istiqboli qadamdir. OKMKning ayni davrdagi faoliyati va o‘z oldiga qo‘ygan istiqbolli marralari asosida shaksiz geologik o‘rganishlar turadi. Kombinat geologiyasi tarixi uzoq moziyga borib taqaladi, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Miloddan avvalgi 64/63-23/24 yillarda yashab o‘tgan yunon tarixchisi va geografi Strabon o‘zining «Geografiya» deb nomlanuvchi asarida qadimgi O‘rta Osiyo geografiyasi, unda yashagan qabilalar, ularning odatlari, tili va a'nanalar, Buyuk Ipak yo‘li o‘tgan joylar haqida ma'lumot berar ekan, Jayhun va Sayhun bo‘ylarida yashovchi xalqlar oltin va kumushning mo‘lligidan ot-ulovlar asbob-anjomlarida temir o‘rniga oltin ishlatganlar, deb yozadi. Milodning IV asridan XII asrigacha O‘rta Osiyoning markazlaridan hisoblangan Shosh va Iloqda metall eritish va undan mis, qo‘rg‘oshin, oltin, kumushni ajra- tib olish nihoyatda rivojlanganini tarixiy ma'lumotlar va qadimiy mis sanoati joylari yaqqol isbotlaydi. Qadimgi ma'danchilik manzillarida saqlanib qolgan keraksiz mahsulot toshqol-shlaklarni o‘rganishda olimlar nihoyatda diqqatga molik jihatlarlarga ro‘baro‘ kelishdi. Ya'ni IV-XII asrlarga oid toshqollar tarkibidagi mis qoldig‘i bor yo‘g‘i 0,5-1,5%gacha ba'zan 2% atrofida ekanligiga vaholanki bugungi kunga kelib mexanizatsiyalashgan tizim va yuqori texnologiyalar qo‘llanilib olinayotgan mis shlaklari tarkibida mis o‘rtacha 0,5-0,8%ni tashkil etadi. Mintaqamizdagi geografik manzillar nomlarida «Qo‘hisim», «Miskon» va «Oltin-topgan» kabi atamalarning uchrashi hozirgi Olmaliq metallurgiya sanoati tarixi uzoq moziyga borib taqalishidan dalolat beradi. Nafaqat respublikamiz balki jahondagi eng yirik mis-molibden koni hisoblanuvchi Qalmoqir koni o‘rnida bo‘lgan Qoramazor maydonida geologik o‘rganishlar arab istilosidan oldingi davrlarda boshlangan. 1875-yilda rus geologi G.D. Romanovskiy Markaziy Osiyo mintaqasi geologik tuzilishiga doir ilk ma'lumotlarni chop etadi. Aynan unga zamondosh bo‘lgan rus geologi I.R.Mushketov tomonidan o‘tkazilgan geologik tatqiqotlarda ilk bora Qoramozor tilga olib o‘tilgan. 1922-25 yillarda “Qoramozor” o‘z tarxiy solnomasini yoza boshladi. 1924-yildan boshlab yurtimizda foydali qazilma konlarini izlashga keng kirishila boshlandi. 1924-yilda geolog S.F. Mashkovsev tomonidan Qalmoqqir kon maydonidagi oksidlangan rudalar yotishi borasida o‘z qarashlarini yozadi. Qoramazorni o‘rganish asoschilari bo‘lgan S.F. Mashkovsev va V.N. Nasledovlar ortidan F.I.Volfson, K.L. Pojarisskiylar, ular ortidan O‘zbekiston geologiyasining yangi zabardast avlodi vakillari H.A.Abdullayev, A.V. Korolev va boshqalar tomonidan qadimiy konlar izidan borilib, rangli metallar va oltin konlari topilishi va o‘rganilishiga kirishildi. 1931-yilda Olmaliq geologiya qidiruv partiyasi tashkil etildi. O‘sha yilning boshidan to 1934-yilga qadar Qalmoqqir kon maydonida 16 ming metrdan ortiq bo‘lgan 126 ta quduq burg‘ulanishiga muvaffaq bo‘lingan. O‘sha yilning iyunidayoq zahiralarning ilk hisoblarini olindi. 1939-yilda Qalmoqqirning birinchi loyihasi bo‘yicha topilgan zahiralarning aniq raqamlari tasdiqlandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida geologlarning sa'yi–harakatlari yonilg‘i-energetika resurslari, volfram, qora metallurgiya sanoati uchun xom-ashyo zahiralarini topishga qaratildi. Urushdan keyingi iqtisodiyotni tiklash yillaridan boshlab 1960-yillarga qadar olib borilgan geologik izlanishlar o‘zining samaradorligi bilan ajralib turadi. Aynan o‘sha yillari Qo‘rg‘oshin kon maydoni ochildi, Muruntov oltin ruda koni maydonining zahiralari mufassal baholandi. Xususan, Qalmoqqir konining keyingi chorak asrdagi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, Qalmoqqir aynan mamlakatimiz davlat mustaqilligi qo‘lga kiritilgan ilk yillardan boshlab o‘zining yangi yuksalish tarixini boshlagan deb xulosa qilish mumkin. 1993-yilda 19,5 mln tonna keyingi yili esa 13,6 mln tonna miqdorida ruda qazib olingan bo‘lsa 1996-yildan boshlab bu ko‘rsatkich asta-sekin ko‘tarilib borgan. 1993-yilda ustki qatlamlarni qazib olish 12027 ming metr kub, 1998-yillda esa atigi 5 184,6 ming metr kubni tashkil etgan bo‘lsa, 1999-yildan boshlab bu borada ham olg‘a siljishga erishildi. 2010-yilda ustki qatlamlarni qazib olish ishlarida keskin o‘sishga erishildi va bu temp hozirgacha barqaror saqlab kelinmoqda. 2012-yilda Qalmoqqir konchilari 30,9 mln tonna, 2013-yilda esa 31,033 mln tonnalik ko‘rsatkich bilan yilni yakunlashdi. Keyingi uch yil davomida Ustki qatlamlarni ochish ishlari ham keskin o‘sib bordi. Birgina o‘tgan hisob yilida 6,8 mln metr kub o‘rniga 13,3 mln metr kub ustki qatlam jinslari olib chiqildi. Mamlakatimiz mustaqilligining 23 yilligiga esa kombinat bosh koni alohida sovg‘a bilan kirib kelib 2014-yili Qalmoqqir o‘zining milliard tonnalik rudasini kombinat boyitish fabrikalariga jo‘natishga muvaffaq bo‘ldi.”Yoshlik-I” konini o‘zlashtirish investitsion dasturi to‘liq amalga oshirilishi bilan OKMK, shu jumladan Qalmoqqir konining quvvatlari bir necha barobar oshishiga xizmat qiladi. O‘tgan yilning o‘zida sohada 16 trillion so‘mlik tovarlar tayyorlangan. Temir va temir mahsulotlari ishlab chiqarish 1,8 barobar o‘sib, 2 million tonnadan ko‘paygan. Shu bilan birga, O'zbekistonda bunyodkorlik ishlari, sanoat loyihalari hali ko‘p. Bugungi kunda barcha sohalarda yiliga 4 million tonna qora metall ishlatilmoqda. Xususan, metallga ketadigan xarajatlar ulushi uy-joy qurilishi tannarxida 15 foizni, mashinasozlikda 40 foizni tashkil qilmoqda. 2026-yilga borib O'zbekiston iqtisodiyoti ehtiyojlari uchun 6 million tonnaga yaqin metall kerak bo‘lishi hisob-kitob qilingan. Qolaversa, jahon iqtisodiyotidagi murakkab vaziyat, logistika zanjiridagi uzilishlar yirik metallurgiya korxonalari faoliyatiga ham qiyinchilik tug‘dirmoqda. Davlat rahbari bu sharoitda faqat o‘z metallurgiya sanoatini jadal rivojlantirish orqali maqsadga erishish mumkinligini ta’kidladi. Bu boradagi to‘rtta asosiy vazifa ko‘rsatib o‘tildi. Birinchisi - metall ishlab chiqaruvchi korxonalarni xomashyo bilan kafolatli ta’minlash. Ikkinchisi - barcha hududlarda metall ishlab chiqaruvchi korxonalar tashkil bo‘lishini qo‘llab-quvvatlash. Uchinchisi - yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan sanoat tarmoqlari uchun zamonaviy metall konstruksiyalar ishlab chiqarish. To‘rtinchisi - malakali kadrlar tayyorlash, ilm-fan va innovatsiyani rivojlantirish. Bosh vazir maslahatchisi B.Islomov O'zbekistonda 1 milliard 200 million tonna temir rudasi zaxiralari borligini qayd etdi. Mamlakatimizda 3000 ta foydali qazilma koni aniqlangan boʼlib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, xususan, 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir, radioaktiv va qora metallar, 187 tasi yoqilgʼi-energetika, 19 tasi kon- kimyo, 45 tasi konchilik xom ashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, yer osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat. Oʼzbekiston yer osti boyliklari istiqboli juda ulkan. Oʼzbekiston hududining faqat 20 % maydonida geologik razvedka ishlari olib borilgan. Oʼzbekistonlik geologlar tomonidan Yevrosiyoda yirik hisoblangan shtokverk tipli oltin koni (Muruntov) topilgan. Shu kungacha 50 ta oltin koni aniqlangan boʼlib, ular, asosan, 3 ta: Qizilqum, Nurota-Samarqand va Toshkent oldi geologik- iqtisodiy rayonlarda joylashgan. Respublika Gʼarbida Sulton Uvays togʼi va janubiy hududlardagi istiqbolli obʼektlarda geologik-razvedka ishlari olib borilmoqda. Oltin zaxiralari asosida Navoiy va Olmaliq kon-metallurgiya kombinatlari, Marjonbuloq, Аngren va Chodak oltin ajratib olish fabrikalari ishlab turibdi. Mamlakatda, umuman olganda, 26 ta kumush koni aniqlangan boʼlib, asosan, Qizilqum va Chatqol-Qurama regionlarida toʼplangan. Sanoat ahamiyatidagi Oqjetpes, Kosmanachi, Qalmoqqir, Dalьniy, Uchquloch, Xondiza, Qoʼshbuloq, Vыsokovolьtnoe, Oqtepa konlari muhim hisoblanadi. Olmaliq va Navoiy kon-metallurgiya kombinatlarida kumush yoʼldosh qoʼshimcha element sifatida ajratib olinadi. Oʼzbekiston Respublikasi misning razvedka qilingan zaxirasi va qazib olish boʼyicha Markaziy Osiyo mamlakatlarida yetakchi oʼrinni egallaydi. Oʼzbekiston hududida yuzlab mis konlari aniqlangan. Ularning 12 foizi Janubiy Tyanshan, 80 foizi Oʼrta Tyanshan, 8 foizi Xisor burmali sistemasiga toʼgʼri keladi. Eng yirik rudali konlar Qurama metallogenik zonasidadir. Olmaliq rudali rayonida misning sanoat ahamiyatidagi yirik zaxirasi topilgan. Respublikasidagi Qalmoqqir, Sariq –Choʼqqi, Dalniy, Qizilota konlari razvedka qilingan. Qoʼshbuloq oltin koni, Qoʼytosh volfram koni, Xondiza qoʼrgʼoshin-rux konida misning uncha katta boʼlmagan zaxiralari mavjud. Olmaliq mis-porfir rudalarida, shuningdek, oltin, kumush, oltingugurt, tellur, selen va reniyning katta zaxiralari toʼplangan. Uran zaxirasi boʼyicha Oʼzbekiston jaxonda 7-8-oʼrinlarni egallaydi. Uranning razvedka qilingan zaxiralari slanetslar, vulkanogen jinslarda topilgan boʼlib, mezozoyning qumtoshli tipiga mansub. Download 2.74 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling