Kirish I bo’lim. Volfram rudasining qisqacha tasnifi


I BO’LIM. VOLFRAM RUDASINING QISQACHA TASNIFI


Download 2.74 Mb.
bet2/17
Sana03.10.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1691285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

I BO’LIM. VOLFRAM RUDASINING QISQACHA TASNIFI .
1.1 Volframning asosiy minerallari.
Volfram (lotinchaWolframium soʻzidan olingan boʻlib, „boʻri-shlak“ degan maʼnoni bildiradi, yaʼni volfram birinchi marta kashf qilinganida metall rudalaridagi zararli qoʻshimcha deb hisoblangan va kashf etilganidan keyin 100 yil mobaynida volfram umuman ishlatilmagan) — D. I. Mendeleyev davriy sistemasining VI guruh elementi, tartib raqami 74, atom massasi 183,84, oq-kumush rangli, qiyin suyuqlanuvchi ogʻir metall. Tabiiy volfram massa soni 180 (0,16%), 182 (26,35%), 183 (14,32%), 184 (30,68%) va 186 (28,49%) boʻlgan beshta barqaror izotop aralashmasidan iborat. 1781-yilda shved kimyogari Carl Wilhelm Scheele Volframni tungsten minerali (keyinroq esa sheelit) dan volfram angidridi WO, sifatida ajratib olgan. 1783-yilda ispan kimyogarlari aka-uka d’ Elxuyarlar WO3 ni volframit mineralidan va uni uglerod bilan qaytarib, metallning oʻzini olishdi va uni Volfram deb atashdi. Volfram uzoq yillar davomida sanoat miqyosida qoʻllanilmay keldi. Tabiatda kam tarqalgan boʻlib, Yer poʻstidagi miqdori ogʻirligi jihatidan 10-4%. Mineral holida asosan volframatlar sifatida uchraydi. Bulardan volframit (Fe, Mn) WO, va sheelit CaWO4 sanoat ahamiyatiga ega. Volfram kub shaklida kristallanadi, zichligi 19,3 g/sm3, suyuqlanish temperaturasi 3380°C, qaynash temperaturasi 5900°C. 400-500°C da W havoda sezilarli darajada WO, gacha oksidlanadi, Suv bugʻlari 600° dan yuqorida uni WO3 gacha oksidlaydi. Galogenlar, oltingugurt, uglerod, kremniy va bor Volfram bilan yuqori temperaturada (ftor esa kukun holatdagi Volfram bilan xona temperaturasida) reaksiyaga kirishadi. Vodorod bilan suyuqlanish temperaturasigacha reaksiyaga kirishmaydi, azot bilan 1500° dan yuqorida nitrid hosil qiladi. Oddiy sharoitda Volfram xlorid, sulfat, nitrat va ftorid kislotalar hamda zar suvi taʼsiriga chidamli, 100° da ular bilan bir oz reaksiyaga kirishadi; Ftorid va nitrat kislotalar aralashmasida tez eriydi. Volfram oʻz birikmalarida 2 dan 6 gacha valentli boʻlib, yuqori valentlilari barqaror. Volfram toʻrtta oksid hosil qiladi: yuqori oksidi — 6-oksid WO3 (volfram angidridi), past oksidi — 4-oksid WO2 va ikki oraliq oksidi — W10O2 , bilan W. Volfram angidridi limon rangli kukun boʻlib, ishqor eritmasida eriganda volframatlar hosil qiladi. Suv hamda kislotalarda erimaydigan sariq kukundan iborat volframat kislota — H2WO4 188° da suv ajratib, WO3 ga oʻtadi. Volfram xlor bilan xloridlar hamda oksixloridlar hosil qiladi. Bulardan muhimlari WC16 va WO2C12 dir. Volfram oltingugurt bilan ikki sulfid —WS2 va uch sulfid WS3, hosil qiladi. Volfram karbidlari — WC va W2C qiyin eruvchi birikmalar boʻlib, 1000—1500° da Volframning uglerod bilan birikishidan hosil boʻladi. Volframit hamda sheelit konsentratlari (50—60% WO3) Volfram va uning
birikmalari uchun xom ashyo boʻlib xizmat qiladi. Volfram hozirgi zamon texnikasida toza metall hamda qotishmalar sifatida ishlatiladi. Elektr lampalarda, radioelektronika va rentgen texnikasida elektrovakuum asboblari tayyorlash uchun foydalaniladi. Volframning birikmalari texnikaning turli tarmoqlarida qoʻllaniladi.

Volframni quyidagi birikmalari mavjud:
Volframni asosiy qismi maxsus pо‘lat tayyorlash uchun ishlatiladi. Uning tarkibida 8-20% volfram, 2-7% xrom, 2,5% vannadiy, 1-5%gacha kobalt, 1%gacha uglerod bor. Uning kobalt (45-65%) va xrom (25-35%) bilan qotishmasi о‘ta о‘tga chidamli hisoblanib, aviadvigatel klapanlari, turbinalarni lopastlari tayyorlanadi.
Volframni nikel va mis bilan qotishmasi radioterapiyada va radioaktiv izotoplarni saqlash uchun maxsus konteynerlar yasash uchun ishlatiladi. Volframni molibden, tantal, niobiy bilan qotishmasi aviatsiya va raketasozlikda ishlatiladi. Sof volfram elektrolampalar ishlab chiqarishda, radioelektronikada, radiotexnikada ishlatiladi. Eng yuqori sifatli instrumentlar volfram karbidi asosida tayyorlanadi.(85-95%volfram karbidi va 5-15% kobalt) Volframni ba’zi birikmalari tekstil sanoatida hamda suvga, о‘tga chidamli matolar ishlab chiqarishda qо‘llaniladi. Volframni asosiy minerallari 22ta bо‘lib, 4tasi sanoatda ishlatiladi.

Jadval- 1. Volframning asosiy minerallari xarakteristikasi



t/r

Minerall nomi

Formulasi

Volframning miqdori,%

Zichligi,g/sm3

Qattiqligi

1

Volframit

(Fe,Mn)WO4

76,5

6,7-7,5

4,5-5,5

2

Gyubnerit

MnWO4

76,6

7,1

5

3

Ferberit

FeWO4

76,3

7,5

5

4

Sheyelit

SaWO4

80,6

5,8-6,2

4,5-5

Volframit kuchsiz magnitlangan bо‘lib, kassiterit, molibdenit, pirit, arsenopirit bilan birga uchraydi. Qо‘shimcha komponentlar magniy oksidi, kalsiy oksidi, tantal oksidi, niobiy oksidi, kremniy oksidi. Sheyelit silikatlar bilan, kvars va molibdenit bilan birga uchraydi. MDH davlatlarida sheyelit va sheyelit-molibden rudalari Tirnauz, Chorux-dayron, Koytash, Ingichka va Djilau fabrikalarida boyitiladi. Kо‘pgina boyitish fabrikalarida volframdan tashqari molibden, mis, Chorux-dayron fabrikasida esa barit ajratib olinadi.
Volfram rudada sheyelit kо‘rinishida berilgan. Undan tashqari rudada galenit, sfalerit, xalkopirit, pirit, pirrotin, magnetit mavjud. Puch tog‘ minerallari kvarts, kaltsit, apatit, granit, piroksen kо‘rinishida mavjud.

I BO’LIM uchun xulosa: Volfram och kulrang rangli, zichligi og’ir, tabiatda kam tarqalgan, eritmalarda eruvchan mineral hisoblanadi. Volfram hozirgi zamon texnikasida toza metall hamda qotishmalar sifatida ishlatiladi. Tabiatda sof holatda uchramaydi. Ruda tarkibida birikma holida kelib, noruda minerallar ham uchraydi. Volfram kuchsiz magnitlanish xususiyatiga ega. O’ta o’tga chidamli bo’lganligi uchun sanoat ahamiyatiga ega. Qo’llanilish sohalari keng. Tabiatda 22 ta minerali mavjud bo’lib, 4 tasi sanoat ahamiyatiga ega. Oddiy haroratda havoda barqaror. Asosiy minerallar volframit va sheelitdir. Volfram issiqlikka chidamli o'ta qattiq po'latlar va qotishmalarning tarkibiy qismidir, sof volfram elektrotexnika (akkor lampalar filamentlari) va radioelektronikada (elektron qurilmalarning katodlari va anodlari) ishlatiladi. Shuningdek, yuqori zichligi tufayli bu metall ballistik raketalarning parvozini barqarorlashtirish uchun qarshi og'irliklar, artilleriya snaryadlari, o'qlar va ultra yuqori tezlikli giroskop rotorlari uchun ishlatiladi.






Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling