Kirish I bo’lim. Volfram rudasining qisqacha tasnifi


Rasm №4 Ingichka boyitish fabrikasining koʻp yillik chiqindilarini boyitish boʻyicha taklif etilayotgan texnologik sxema


Download 2.74 Mb.
bet7/17
Sana03.10.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1691285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Rasm №4 Ingichka boyitish fabrikasining koʻp yillik chiqindilarini boyitish boʻyicha taklif etilayotgan texnologik sxema

Rasm№5 “Olmaliq KMK” AJ IIChB shlamli (kek) maydoni



III BO’LIM uchun xulosa:
Ushbu bo’limda volfram boyitish fabrikalari bilan tanishib chiqdim. Jumladan, Tirnauz boyitish fabrikasi, Chorux-Dayron, Ingichka boyitish fabrikalaridagi volfram boyitish texnologiyasi haqida ma’lumotlarga ega bo’ldim. Tirnauz boyitish fabrikasiga rudalar Tirnauz konidan keltiriladi. Ushbu fabrikada rudani qayta ishlash texnologiyasi qaytadan rekonstruksiya qilindi. Unga ko’ra, ruda bir bosqichda maydalanib, ikki bosqichli yanchishdan o’tkazilib, uning birinchi bosqichida o’z o’zini yanchar tegirmonlardan, ikkinchi bosqichida sharli tegirmonlardan foydalanilmoqda. Rudalarni boyitish flotatsiya usulida olib borilmoqda. Natijada uch xil markali sheyelit konsentrati hamda 49%li molibden konsentrati olinmoqda. Chorux-Dayron boyitish fabrikaksida asosan kollektiv mis-molibden flotatsiyasi qo’llaniladi, sheyelitni baritdan ajratib olish uchun orginal sxemadan foydalaniladi. Ushbu jarayonga turli xil vazifalarni bajaruvchi reagentlar sarflanadi. Ingichka boyitish fabrikasi hozirgi kunda to’planib qolgan texnogen chiqindilarni qayta ishlamoqda. Buning natijasida sanoatda volframga bo’lgan ehtiyoj oz bo’lsada kamayib, yangi ish o’rinlari yaratildi. Bir qancha tekshiruvlardan so’ng ishga tushirilgan fabrikada quyidagicha boyitish amalga oshirilmoqda: asosiy minerali sheyelit hisoblangani uchun flotatsiya usuli qo’llanilib, chiqindi chiqish joyiga konsentratsion stollar qo’yilgan. Ingichka boyitish fabrikasida ikkita chiqindixona mavjud bo’lib, ularda yig’ilib qolgan texnogen chiqindilar yangi texnologiyalar orqali ajratib olinmoqda, natijada 27%li oraliq mahsuloti olinmoqda. Ajratib olish 65-70%ga yetkazildi.
IV BO’LIM JAHON AMALIYOTIDA VOLFRAM RUDALARI VA KONSENTRATLARINI QAYTA ISHLASH VA QAZIB OLISH HOLATI
4.1 Volfram zaxiralari va ularni qazib olish texnologiyasi
Volfram tarkibli xomashyolarning asosiy minerallariga volframit va sheyelitlar kiradi. Dunyo bo‘yicha volfram zaxiralarining katta qismi Rossiya, Qozog‘iston va Xitoyda to‘plangan. Dunyodagi volfram zahiralarining 80% dan ortig‘i ushbu davlatlarning yer osti hududida topilgan. Xitoy volfram rudalari va konsentratlarini qazib olish va qayta ishlash bo‘yicha dunyoda yetakchi hisoblanadi, uning dunyo bo‘yicha volfram ishlab chiqarishidagi ulushi 80% dan ortiqrog‘ini tashkil qiladi.
Butun dunyoda tog‘-kon sanoati rivojlanishining hozirgi bosqichida foydali qazilmalar konlarini o‘zlashtirishda, agar rejalashtirilgan ishlab chiqarish sur’ati saqlanib qolgan taqdirda ham ushbu asrning oxiriga qadar zaxiralarning to‘liq tugash xavfi mavjud.
3-jadval
Dunyodagi volfram rudasining metall bo‘yicha mavjud va hisoblangan zaxiralari




Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling