Kirish I bo’lim. Volfram rudasining qisqacha tasnifi


Ш BO’LIM. VOLFRAM RUDАSINI BOYITISH FАBRIKАLАRI


Download 2.74 Mb.
bet4/17
Sana03.10.2023
Hajmi2.74 Mb.
#1691285
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Документ Microsoft Word (2)

Ш BO’LIM. VOLFRAM RUDАSINI BOYITISH FАBRIKАLАRI
3.1 Tirnauz fabrikasi (MDH).
Bu fabrikada Tirnauz konidan keltiriladigan murakkab tarkibli volfram – molibden rudalari boyitiladi. Rudali minerallar- sheyelit, molibdenit, povellit, ferrimolibdit, xalkopirit, vismutin, perrotin, pirit va arsenopirit. Noruda minerallar- granit(1-12%), mramor(0,4-2%), kvars, flyuorit, kalsit, apatit(3-10%) va boshqalar. Konning yuqori qismida molibdenning 50-60% povellit va ferimolibditdan iborat bо‘lib, pastki qismida ular 10-20% tashkil etadi. 50% oksidlangan molibden sheyelit bilan bog‘langan bо‘lib, povellitdan iborat. 1978-yildan boshlab, fabrikada rudani qayta ishlashga tayyorlash sxemasi tо‘liq rekonstruksiya qilindi. Bu sxema bо‘yicha yirik maydalangan rudani о‘lchami 300 mmetrni tashkil etadi. Yanchish jarayoni kaskad (MMS-70*23) va MSHR-3600*5000 tegirmonida amalga oshiriladi. Sharli tegirmonga 690g/t soda va 5g/t transformator moyi qо‘shiladi. Klassifikator quyilmasi asosiy molibden flotatsiyasiga kelib tushadi va bu jarayonga 0,5 g/t ksantogenat va 46g/t terpineol kо‘shiladi. Ikkta flotatsiya jarayonidan keyin molibden boyitmasiga suyuq shisha qо‘shilib, 50-70oC gacha bug‘latiladi. Uchinchi tozalash jarayoni 95-98% 0,074 mmgacha qayta yanchilib, bu jarayonga 3g/t natriy sionid va 6 g/t suyuq shisha qо‘shiladi va boyitma 60-80 o C gacha bug‘latilib, 5 martda tozalanadi. Mis va temir sulfidlarini chо‘ktirish uchun tozalash jarayonlariga natriy sulfid (50 g/t), beshinchi tozalash jarayoniga natriy sionid (2 g/t), yettinchi tozalash jarayoniga suyuq shisha (12g/t) qо‘shiladi. Tayyor molibden boyitmasi tarkibida 48% molibden, 0,1% mis va 0,5 % volfram oksidi bо‘lib, molibdenni ajratib olish foizi 50%. Nazorat flotatsiyasi chiqindisi 3 va 4-tozalash jarayonlarning mahsulotlari quyiltirilib, mis - molibden flotatsiyasiga jо‘natiladi va bu jarayonga 0,2 g/t ksantogenat va 2 g/t kerosin qо‘shiladi. Ikki martda tozalangan mis-molibden boyitmasi natriy sulfid bilan bug‘latilib, selektiv flotatsiyaga kelib tushadi va buni tarkibida 8-10% mis, 0,2% molibden va 0,8 % vismut bо‘lgan mis boyitmasi ajratib olinadi (misni ajratib olish foizi 45%). Nazoratli molibden flotatsiya chiqindisi (0,2% volfram O3) sheyelit flotatsiyasiga jо‘natiladi va juda murakkab sxema bо‘yicha boyitiladi. Tirnauz fabrikasida ikki yoki uch xil markada sheyelit boyitmasi olinadi: KMSHA (62-66% WO3va 3,5-4,5% Mo), KMSHE boyitmasi (51-53% WO3va 4,2% Mo) va sheyelit oraliq mahsuloti KMSHP (44-45% WO3va 3,6% Mo). Promprodukt gidrometallurgiya zavodiga yuboriladi. Molibden boyitmasi 47,6-49% molibden, 0,4-0,5 % volfram oksididan iborat bо‘lib, molibden ajratib olish foizi 50%.

Download 2.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling