Referatning maqsadi va vazifalari.
Viloyatimiz sharoitida soya yetishtirish, doniga dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyasini o’rganib, o’zlashtirishdan iborat.
Bu maqsadni amalga oshirish uchun quyidagi vazifalarni bajardik:
- soyani xalq xo’jaligidagi ahamiyati, tarixi va ekin maydonlarini bilish;
- soyani marfologik va biologik xususiyatlarini o’rganish;
- viloyatimiz sharoitida soyani o’sish va rivojlanish davrlarini, hosil
ko’rsatkichlarini va hosildorligini aniqlash;
- soyani doniga dastlabki ishlov berish va saqlash texnologiyalarini o’rganish va o’zlashtirish;
- soyani iqtisodiy samaradorligini aniqlash;
- soyani qulay yetishtirish va saqlash texnologiyasini ishlab chiqarishga tavsiya etish.
Respublikamizda soyani tumanlashtirilgan va istiqbolli navlar ta’rifi.
Soyaning "Uzbek-2" navi Uzbekiston sholichilik ilmiy-tadqiqot institutida M.M. Saltas va O.V. Burginalar tomonidan yaratilgan. Bu nav respublikamizni sug’oriladigan yerlarida 20-30 sentnerdan xosil beradi. O’rtapishar, doni uchun ekiladi. O’suv davri 125-130 kun. Shoxlanishi o’rtacha, serbarg, guli oq dukkaklari silindrsimon, doni sariq, unda ba’zan qora, qo’ng’ir dog’lar kuzatiladi. Ming dona urug’ning og’irligi 130-160 gramm keladi. Donning tarkibida 38% oqsil va 24% moy
bor[14]. "Uzbek-6" navi kech pishar, 140-145 kunda pishib yetiladi, o’simlikning bo’yi 160-170 sm, 1000 dona doni og’irligi 160-170 gr., xosildorligi gektaridan 35-40 s, ko’k poya xosili gektaridan 400-420 s., tashkil qiladi. "Yulduz" UzSHITI da M.M. Saltas va boshqa selektsionerlar tomonidan yaratilgan. Don uchun yetishtiriladi, o’suv davri 125 kun. Bo’yining balandligi 140-150sm. juda serbarg, doni sarik, 1000 dona urug’ining og’irligi 160-165 gramm. Gektaridan 30-32 ts don va 250 –300 sentner ko’k massa olish mumkin. Doni tarkibidagi 40,4 oqsil, 22% moy bor. "Do’stlik" bu nav ham UzShITI da o’simlikshunoslik instituti namunalaridan tanlash yo’li bilan yaratilgan. Ko’k massa va don beruvchi nav xisoblanadi. Bo’yining balandligi 160-180 sm. 1000 dona urug’ining og’irligi 160-165 gramm.
Do'stlaringiz bilan baham: |