Ekish muddati. Soyadan yuqori xosil olishda muxim agrotexnik tadbirlardan biri ekishning qulay muddatlarini bilib olishdir. Ekish muddati o’simlikning biologic xususiyatlari, nav belgilari va mazkur tumanning tabiiy-iqlim sharoitlarini xisobga olgan xolda belgilanadi.
Bir necha yillar davomida o’tkazilgan tajribalar shuni ko’rsatadiki soyani eng qulay ekish vaqti tuproqning 5-10 sm yuza qatlami 14-16 0C xaroratda qizigan vaqti xisoblanadi. Bu respublikamizni aksariyat viloyatlarida aprel oyining birinchi yarmiga to’g’ri keladi. Tuproqning bunday qulay xarorati Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida mart oyining oxiri aprelning boshlarida bo’ladi.
Respublikamiz sharoitida soyaning bir yilda ikki marta ekib don olish mumkin. Tajribalarga asoslanib shuni aytish mumkinki, angizga takroriy ekilgan o’simliklarning xosildorligi baxorda ekilganiga qaraganda bir necha sentner past bo’ladi. Lekin bunda bir daladan ikki marta don yigishtirib olish mumkin. Masalan: sug’oriladigan yerga dastlab kuzda bugdoy ekib 40-45 sentner va yozda soya ekib, 15-20 sentner don olinadi. Xulosa qilib aytganda, soya erta baxorda ekilganda qulay ekish muddati 1-15 aprel, takroriy ekin sifatida ekilganda esa 15-20 iyun xisoblanadi. Bu davrda soya urug’larining rivojlanishi uchun kerak bo’lgan issiqlik, namlik, yorug’lik rejimlari eng qulay bo’ladi.
Ekish usullari. Soyaning ishlab chiqarishda keng tarqalgan ekish usuli, bu qatorlab, qator oralari 45,60 va 70 sm lardir. Soya tik o’sadigan, bo’ychan, yaxshi shoxlanuvchan, serbarg o’simlik. Shuning uchun xo’jaliklardagi tuproq va iqlim sharoitini xisobga olib, qulay ekish usulini
tanlash kerak. Olib borilgan tajribalarga asoslanib, shuni aytish lozimki, qator orasi 45 sm kenglikda ekilgan soya shonalash va gullash fazalarida yer ustki massalari jadal o’sadi. Bu davrda o’simliklar egat oralarini qoplab oladi va qator oralariga ishlov berish qiyinlashadi. Ko’pincha ishlov berish tumanlarida o’simliklar shikastlanib, nobud bo’ladi[20].
Respublikamizning barcha soya ekiladigan xo’jaliklarida 60-70 sm kenglikdagi qator oralari qulay xisoblanadi. Bu uslublarda ekilgan soya yaxshi o’sib rivojlanadi., qator oralariga ishlov berish, sug’orish, oziqlantirish yaxshi o’tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |