Kirish II. Asosiy qism 1
Bolalar mehribonlik uylarida ijtimoiy-pedagogik faoliyati
Download 124 Kb.
|
Nazoratisiz qolgan bolalar va oilalar bilan ijtimoiy-pedagogik faoliyat
- Bu sahifa navigatsiya:
- Glossariy – ijtimoiy-pedagogik tushunchalar va atamalar lug‘ati
Bolalar mehribonlik uylarida ijtimoiy-pedagogik faoliyati
Glossariy – ijtimoiy-pedagogik tushunchalar va atamalar lug‘ati Oila – odamlar orasidagi o‘zaro munosabatlar doimiy shakli. Ijtimoiy institut, uning doirasida odamlarning kundalik hayoti asosiy qismi amalga oshiriladi: jinsiy munosabatlar, bola tarbiyalash, turmush, boshlang‘ich ijtimoiylashish, maishiy hayotning katta qismi, ta’lim va tibbiyot xizmatlari va boshqalar. Xavfi bor guruh oilalari - balog‘atga yetmaganlarning ota-onalari yoki ularning qonuniy vakillari bolani tarbiyalash bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarmaydigan, yoki ularga nisbatan qonuniy harakatlar qilayotgan oiladir. Oilaning ijtimoiy mavqei – oilaning individual xususiyatlari bilan uning tuzilish va funksional parametrlari bilan mos kelishi hisoblanadi. Oilaning quyidagi tuzilishlari xususiyatlarini ko‘rsatiladi: nikohli er-xotinlar mavjudligi (to‘la, rasmiy to‘la, to‘la bo‘lmagan) oilaning hayotiy sikli bosqichi (yosh, yetuk, keksa); nikoh tuzish tartibi (birinchi, takroriy) oilada avlodlar soni (bir yoki bir necha avlod); bolalar soni (ko‘p bolalik, kam bolalik). Oilada hech bo‘lmaganda to‘rtta mavqei bo‘lishi mumkin: ijtimoiy-iqtisodiy (oilaning moddiy ta’minlanganligi holati); ijtimoiy-psixologik (oiladagi psixologik muhit); ijtimoiy-madaniy (oilaning umumiy madaniyati); ijtimoiy-ahamiyatli (oilada bolaga munosabatlar). Yetimlik – jamiyatda ota-onalari vafot etgan bolalar hamda ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar borligi sababli ijtimoiy holatdir. Ijtimoiy yetimlik – biologik ota-onalariga ega bo‘lgan bola, lekin ular biror-bir sabablarga ko‘ra bolani tarbiyalash bilan shug‘ullanmaydilar va unga g‘amxo‘rlik ko‘rsatmaydilar; shunday holatda bola haqidagi tashvishlarni jamiyat va davlat o‘z zimmasiga oladi. Ota-onalari qarovisiz qolgan bolalar – bu bolalarning ota-onalari: vafot etgan; ota-onalik huquqidan mahrum etilgan; ota-onalik huquqlari cheklangan; noma’lum sabablarga ko‘ra yo‘qlar deb tan olingan; layoqatsiz (nogironlar); axloq tuzatish koloniyalarida jazo muddatini o‘tayotganlar, jinoyat sodir etishda ayblanadilar va qamoqqa olingan; bola tarbiyasidan bosh tortadiganlar; bola vaqtinchalik joylashtirilgan davolash, ijtimoiy muassasalaridan bolani olib ketishdan bosh tortadilar. Vasiylik va himoyasiga olish – yetim bolalarni va ota-onalari qarovisiz qolgan bolalarni boqish va tarbiyalash hamda ularni huquq va manfaatlarini himoya qilish uchun joylashtirish shakli; huquq va manfatlarini himoya qilish 14 yoshga yetmagan bolalar ustidan, vasiylik 14-18 yoshgacha bolalar ustidan o‘rnatiladi. Farzand qilib olish – farzand qilib olinayotgan va farzand qilib olayotganlarga ota-onalar hamda bolalar o‘rtasidagi mavjud bo‘lgan kabi huquq va majburiyatlarni berish yuridik akt. Davlat qaramog‘iga olish – farzand qilib olinayotgan bolaga (yetim bolaga) uni tarbiyalash va rivojlantirish uchun qulay, zarur sharoitlar yaratib berilgan maxsus tashkilotlarga joylash Xulosa Ijtimoiy tajribani tashkil qilish gurux (jamoa) larning maishiy va xayotiy faoliyatini tashkil qilish, guruxdagi o’z- o’zini bopqarish faoliyatini rag’batlantirish va norasmiy mikroguruxlarga ta’sir etish orqali amalga oshiriladi. Ijtimoiy tajriba keng ma’noda turli ko’nikma va malakalar, bilim va fikrlash usullari, yurish-turish me’yori va stereotiplari, qadriyatlar, odamlar bilan munosabatga kirishish tajribasi, moslashish tajribasi, shuningdek o’z - o’zini anglash, o’ziga ishonch, o’z ijtimoiy xayot yo’lini belgilash va shu yo’ldan borish tushuniladi. Ta’lim o’z ichiga qo’yidagilarni oladi: uzliksiz tizimli ta’lim (rasmiy ta’lim), madaniyatni targ’ib qilish va tarqatish, o’z-o’zini shakllantirishga va mustaqil ta’lim olishga yo’naltirish. Individual yorda m insonga muammolarni hal qilishda, o’z- o’zini rivojlantirishda, jamiyatdagi mavqeini, o’rnini yuksaltirishda namoyon bo’ladi. Individual yordam boshqa insonlarning ehtiyojlarini qondirishga zarur bo’lgan bilim, malakalarni o’zlashtirishda insonga ongli yordam berish, uning o’z qadrini bilishi, o’z-o’zini anglashi hamda unda oila, gurux va jamiyatga mansublik hissini rivojlantirishdir. Tabiiyki, ijtimoiy tajriba ta’lim va individual yordamning usul, shakl, mazmun, tavsifi va jadalligi bevosita tarbiyalanuvchilarning yoshi, jinsi, qaysi kasb egasi ekanligi va ularning qaysi ijtimoiy madaniy soxaga mansubligiga bog’lik. Bu jihatlar turli ta’lim muassasalari va tashkilotlarida farqlanib, bu farq tashkilot turiga, unda faoliyat yuritadigan pedagoglarning amalga oshirayotgan ishlariga bosg’iq. Ijtimoiy tarbiya jarayonidagi o’zaro munosabat shu jarayonning sub’ektlari orasidagi axborot, faoliyat usullari va qadriyatlar almashinuvidir. Bunday munosabat ijtimoiy jihatdan tabaqalashgan, alohida ko'rinishga ega. Chunki o’zaro munosabatning aniq ishtirokchilari muayyan etnik ijtimoiy vOa ijtimoiy psixologik guruhlar vakili bo’la turib, o’z munosabatlarida u yoki bu darajada ular mansub guruxlarga tegishli ijtimoiy xulqni amalga oshirishadi. - Umuman olganda, o’zaro munosabat tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning birgalikdagi faoliyati, bu faoliyatning mazmuni, xarakteri, tarbiyaviy samaradorligi, faoliyat ishtirokchilari va ular o’zlarini qay darajada shaxs deb xisoblashlariga bog’liq. Foydalanilgan adabiyotlar. Shavkat Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. 2017. Shavkat Mirziyoyev. “Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. 2017. A.L.Juravlev, Ye.V.Shoroxova, V.A.Xaùyenko; Otv. red. A.L.Juravlev, Ye.V.Shoroxova; RAN. In-t psixologii. – M., 1998. Axatova D., Aliqulova H. Ijtimjiy pedagogika. Ma’ruzalar matni. Navoiy. 2010 y. Azizxo‘jayeva N.N. O‘qituvchi mutaxssislari tayyorlash texnologiyasi. – T.: «Nizomiy TGPU». 2000. - 52 b. “Barkamol avlod - О‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” kitobida. –T.: Sharq, 1997.-B. 20-29. Hayitov O.E. Psixologik iqtisod: O’quv qo’llanma / Professor V.M.Karimova tahriri ostida. – T.: TDIU, 2006. – 130 b. M.Quronov, Z.Qurbaniyazova. Ijtimoiy pedagogika. Ma’ruza matnlari. T.,2003 Ochilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. – Qarshi: Nasaf. 2000. - 80 b. Radayev V. Ekonomicheskaya sosiologiya (uchebnoye posobiye dlya vuzov): – M.: Izdatelstvo: Vûsshaya shkola ekonomiki. 2005. Rayzberg B.A. Psixologicheskaya ekonomika: Uchebnoye posobiye. – M.: INFRA-M, 2005 Roik V.D. Professionalnûy risk: osenka i upravleniye. – M.: Ankil, 2004. 13. Saidahmedov N. Pedagogik mahorat va pedagogik texnologiya. – T.: O‘z MU. 2003. - 66 b 14. Semenov A.K., Maslova Ye.L. Psixologiya i etika menedjmenta i biznesa: Uchebnoye posobiye. – 4-ye izd., ispr. i dop. – M.: Izdatelsko-torgovaya korporasiya “Dashkov i K˚”, 2006. 15. Sosialno-psixologicheskaya dinamika v usloviyax ekonomicheskix izmeneniy / 16. Sosialnaya psixologiya ekonomicheskogo povedeniya. – M.: Nauka, 1999. Ekonomicheskaya psixologiya. Sosiokulturnûy podxod / Pod red.prof. I.V.Andreyevoy. – SPb.: Piter, 2000 17. Xolbekov A.J. Sharq va G’arb mutafakkirlarining sotsiologik ta’limoti. T. Universitet. 1996. 1 Download 124 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling