Kirish. II. Asosiy qism


Download 99.5 Kb.
bet5/7
Sana01.05.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1418959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OILAVIY HAYOT SIKLINING NONORMATIV KRIZISLARI.

4.To'rtinchi krizis davri
Oilaviy hayotning 7-yiliga to'g'ri keladi. Odatda shu davrga kelib oilada barcha maqsadlarga erishilgan bo'ladi. Farzand katta bo'lib qolgan, uy-joy bor, er va xotin ishi yaxshi yo'lga qo'yilgan, oiladagi intim hayot ham o'z o'rnida bo'ladi. Lekin aynan shu davrda zerikish paydo bo'ladi. Er va xotin bunday hayotdan zerikib qiziqroq, mazmunliroq hayotni qumsab, asabiylashib bir-birida ayb qidirishni boshlaydi.
Oilaviy hayotingizga ahamiyat berib turing. Sayohat qiling, romantik kechalar uyushtiring, har kuningiz bo'lmasada dam olish kunlari har xil va qiziqarli o'tishini ta'minlang.
5.Beshinchi krizis davri
Oilaviy hayotning 14-yiliga tog'ri keladi. Bu davrdagi er va xotin orasidagi tushunmovchiliklar asosan odam organizmidagi gormonal o'zgarishlar bilan bog'liq. Qirq yoshdan oshgan erkak va ayol yoshi ulg'ayganidan ranjib, ichki stress paydo bo'ladi. Hamma narsa yoqmaydi, yoshlik davri o'tib ketgani ularni ichidan siqib, tashqi muhitda o'z ta'sirini ko'rsatishiga, ya'ni oilada tushunmovchiliklar paydo bo'lishiga olib keladi.
Bu krizis organizmdagi stress bilan bog'liq bo'lgani uchun, sizdan sabr va turmush o'rtog'ingiz kechinmalariga hurmat talab etiladi.
{xtypo_quote}Afsuski oilaviy krizisdan qochib qutulishning iloji yo'q, lekin krizis davridan yengil o'tish uchun va undan keyin munosabatlar iliq bo'lib muhabbat yo'qolmasligi uchun er va xotin birgalikda harakat qilishlari va bir-birini tushunishlari lozim.{/xtypo_quote}
Haqiqatan er-xotin urushib qolsa, tezda yarashib ketishi kerak, lekin hayotda har doim ham unday bo'lmaydi. Er-xotin orasida urushdan keyin alam, xafagarchilik va boshqa salbiy munosabatlar paydo bo'lishi mumkin. Ularni chetlab o'tish yo'llari bilan tanishib chiqing.
1. Er-xotin orasida tushunmovchilik bo'lib gap talashish boshlansa, haqoratga yo'l qo'ymang. Istaganizcha urushing, o'z fikringizni o'qtiring, faqat turmush o'rtog'ingizni haqoratlamang.
2. Urush davomida turmush o'rtog'ingizga og'ir botadigan so'zlarni ishlatmang, dili og'riydi.
3. Jahl ustida aql ketadi. Jahlingiz o'ta uchida bo'lganda o'ziz chiqib keting yoki turmush o'rtog'ingiz chiqib ketsin. Jahl ustida janjallashmang. Bir-biringizga yoqmas so'zlarni yoki harakatlarni qilib yuborishingiz mumkin. Jahldan tushib, keyin qancha xohlasangiz munosabatlaringizni oydinlashtiravering.
4. Urush davomida turmush o'rtog'ingiz qarindoshlarini, do'stlarini tilga olmang.
5. Mavzudan chetlashmang. Er-xotin urushayotgan paytingizda aynan urushni keltirib chiqqan mavzu bo'yicha baxslashing, yuz yil oldin o'tgan alam va xafagarchiliklarni qo'shmang, urush qizishib ketadi.
6. Bolalar oldida urushmang. Hech qachon farzandlaringiz yonida, bir-biringizni kamsitib, haqoratlamang. Farzandingiz sizni tushunmay notog'ri xulosalar chiqaradi.
7. Urushyotganingizda boshqalarni aralashtirmang. Er-xotin urushiga boshqa bir inson (ota, ona, opa-singil, do'st va hokazo) aralashsa urush janjalga aylanib ketadi.
8. Urushayotganingizda baqirmang. Hamma gapni sekin tushuntirib aytish mumkin. Agar o'zingizdan chiqib ketgan bo'lsangiz, baqirishdan foyda yo'q. O'zingizga kelib olib keyin davom eting.
9. Er-xotin orasidagi barcha muammo va tushunmovchiliklarni to'q qoringa oydinlashtiring. Och qorin urushni jiddiylashtirib yuboradi.
10. Urushyotganingizda turmush o'rtog'ingiz nima deyayotganiga ham quloq solib ko'ring, balki u haqdir.
Albatta er-xotin hayot davomida urushmasdan iloji yo'q. Lekin har bir tushunmovchilik yoki xafagarchilikdan so'ng aybdor kechirim so'ra olsa, urush nimaga kelib chiqqani ham esdan chiqadi. Yarashish esa so'zlarda emas, balki shirin jinsiy aloqada namoyon bo'lishi hammani yutuqda qoldiradi.
Turmush bu erkak va ayol orasidagi munosabatlarning eng mukammal shaklidir. Ota-ona va bola, do'stlar, aka-uka, opa-singil va boshqa munosabatlar orasida er va xotin munosabati eng qiyin va eng tushunarsizdir. Nega tushunarsiz?
Chunki erkak va ayol nafaqat jismonan, balki ruhan bir-biridan tubdan farq qiladi. Ya'ni erkak va ayol turlicha fikr yuritadi, bir-biridan turli xil narsani kutadi, tevarak-atrofga bo'lgan munosabati va qarashi ham umuman farq qiladi. Shunday ekan, turmush juda nozik. Turmush qurgan er-xotin bir-birini butun umr sevish va ardoqlash niyatida bo'ladi. Umr esa uzoq davom etadi. Umr davomida bir-biriga bo'lgan mehr va oqibat, ishonch va muhabbat yo'q bo'lib ketmasligini ta'minlash juda muhim.
1. Er-xotin bir-biridan doim bir nimani kutadi? Eri uyga kelayotganda shirin ovqat kutishi mumkin, xotini tug'ilgan kuniga ajoyib sovg'a va hokazo. Agar kutilgan narsa ro'yobga chiqmasa, xafagarchilik yuz beradi. Shuning uchun hech narsa kutmang. Eringiz (xotiningiz) borligini o'zi baxt ekanini his qila biling. Shirin ovqat yoki sovg'a istasangiz, ochiqchasiga turmush o'rtog'ingizdan uni olib berishini yoki qilib berishini so'rang. Indamay kutish umidni puchga chiqarishi mumkin.
2. Er-xotin urishib turadi. Urishganda bir-biringizni haqoratlamang. Istaganingizcha nasihat qiling, baqiring, jahl qiling, lekin haqoratlamang. Haqorat insonga yarashmaydi. Faqat dilni og'ritadi.
3. Turmush o'rtog'ingiz qarindoshlari haqida hech qachon hech kimga yomon gapirmang. Siz sevadigan inson qarindoshlari yomon bo'la olmaydi. Ular yomon emas, sizning ularga bo'lgan munosabatingiz yomon, shuni biling.
4. Er-xotin bir-biringizdan qisqa muddatga ayrilub turing. Xizmat safari, ota-onanikiga borib yotib qolish kabi ayriliqlar ayni muddao. Uzoqlashish 2 haftadan oshmasa tuyg'ular naqadar kuchli ekanligi, sog'inch hisi kuchli bilinadi.
5. Turmushda moliyaviy masala katta ahamiyatga ega. Pul bo'lsa ham, bo'lmasa ham nolimang. Kambag'al inson ham baxt nima ekanligini biladi axir.
6. Jinsiy aloqa turmushning ajralmas qismi (keksaygunga qadar). Shunday ekan hech qachon jinsiy aloqadan voz kechmang, uni ta'na qilmang, undan yuz o'girmang va eng asosiysi jinsiy aloqa davomida maishiy masalalr haqida gaplashmang, aloqaga berilib keting.
7. Qaynona-qaynota bilan butun umr yashaydigan er-xotin shu hayotni qabul qilishi shart. Ular bilan xafagarchilik bo'lmasligi kerak. Alam ko'payishi hayotni achchiqlashtiradi. Ota-onaga munosabatni to'g'ri qiling. Ular er-xotin orasidagilar emas, ular hurmatga, mehrga sazovor insonlar. Lekin sizning turmushingiz, sizning farzandlaringiz tarbiyasi va sog'lig'i faqat sizning ixtiyoringizda. Ularning maslahatlari kerak xolos, aralashuviga yo'l qo'ymang.
8. Dugona va do'stlar yaxshi turmushning dushmanlari. Albatta, erda ham, xotinda ham do'st-dugonalari bo'lishi kerak. Lekin ular sizning turmushingizdan juda uzoq bo'lishi kerak. Sizning ichki hayotingiz ularga qorong'u bo'lishi shart. Eng yaxshi dugonaning ham, do'stning ham eng ezgu maslahati ayrim hollarga yomon natijaga olib kelishi hech gap emas, axir hech kim sizning hayotingizni sizchalik bilmaydi. Shuning uchun boshlqalarni o'z turmushingizga aralashtirmang. Undan tashqari hasad haqida ham unutmang.
9. Farzand oilaning yuzi. Farzandlaringiz ajoyib inson bo'lib yetishsa ham, er-xotin bir-biringizga minnatdor bo'lasiz, yomon inson bo'lishsa ham er-xotin bir-biringizni ayblaysiz. Aybga yo'l qo'ymang. Farzandlaringizni ajoyib inson, halol va soliha qilib katta qiling. Turmushingiz bejiz emasligini ular katta bo'lganda his qilasiz.
10. Oilani asrang. Asrang deganda kerak kerakmas maslahatchilardan, yomon ko'zlardan, yomon insonlardan, hayotning vasvasalaridan asrashni nazarda tutamiz. Har narsada kamtarlik, o'rtame'yorlik yaxshi. Kiyinish, yurish-turish, muomala barchasi kamtarlikni xush ko'radi. Boshqalarning ko'zida kamtar bo'ling, oilaviy baxtingizni, to'kinchilikni ko'z-ko'z qilmang.
Kechagina sizning bo'g'irsoqdek shirin bolajoningiz kolyaskasida beg'amgina o'tirib atrofdagilarni jilmayishini uyg'otar edi. "Voy, muncha shirin bolajon" degan gaplarni ko'p eshitar edingiz. Bugun esa bolangiz ham, uning ketidan butun oilangiz ham aqlidan ozay demoqda. Hammasi siz o'ylaganchalik qo'rqinchilik emas.
Bolajon uy bo'ylab chopib, divanlardan sakrab, ovqatni o'zi yeyishga harakat qilib, kashani boshi oyog'igacha surib, sizni tishlab, chimchilab, yig'lab, dod urib.....baqirishi sizga tanish holatmi? Sizni tabriklaymiz, sizda birinchi farzand krizis davri.
Hozir bolangiz necha oyligiga qaramay bu muammo bilan hamma oila duch keladi. Lekin bunga qaramay otalar ham, onalar ham bu bilan nima qilishni bilmay qiynaladilar. Bunday holatga tayyor bo'lmaydilar. Ayniqsa bolaning sho'xliklaridan keying - "Mana, sizning bolangiz tarbiyasi, cheksiz erkalatib yuborganingiz, bu bola nima bo'ladi hali" - degan gaplarni eshitish juda ham alamli bo'ladi. Aslida esa bu sizning tarbiya berishingiz natijasi bo'lmay, har bir odamning inson bo'lish yo'lidagi bir zinapoyadir.
Hammamizga ayonki, bola qadam-ba qadam rivojlanadi. Bu bir zinapoya kabi gap. Mana shu zinapoyaning har bitta zinasidan o'tish bola hayotida krizisdir. Bunda bola ko'proqqa, yuqoriroqqa intiladi-yu, lekin zabd etish yo'lini hali uddala olmaydi. Bu jarayonning yaxshi va yomon tomoni bor. Yomon tomoni shundaki nafaqat bola, balki butun oila a'zolari bu krizis davrida qiynaladilar. Yaxshi tomoni esa krizis davri tez o'tadi. Krizis ketidan esa bola ham, oila ham bir zinapoyaga yuqoriroq ko'tarilgan bo'ladi.
Qanday qilib krizis davrini yengillashtirish mumkin?
Har bir ikki yoshlik bolaning onasi - "Bolangiz bir yoshida qanday edi?" - degan savolga- "Voy eslatmang", - deb javob beradi. Lekin surushtirsak quyidagilar namoyon bo'ladi:
Odobli, qiziquvchan bola birdaniga joyida o'tirolmasdan, hammayoqqa boshini suqib, ota-onasini choptira boshlaydi. Onaning "yo'q" va "mumkin emas" degan gapini umuman qabul qilmaydi. Bolada urushqoqlik, talashish, injiqlik ko'p namoyon bo'ladi.
Siz band bo'lganingizda bola iloji boricha sizni e'tiboringizni qaratishga harakat qiladi.
Nega bunday bo'ladi.
Yuqorida ta'kidlaganimizdek, bolaning ehtiyojlari uning imkoniyatlari bilan zid bo'lib qoladi. Masalan, agar oldin bola jismonan ham, ma'naviy ham ona bilan birdek bo'lgan bo'lsa, butunlay onaga bog'liq bo'lib, o'z ehtiyojlarini birgina yig'isi bilan qondira olardi. Bola yig'lashi bilan ona va boshqa atrofdagi kattalar shu zaxoti uning xohishini amalga oshirishga qo'l urardilar. Endi-che?
Endi bola o'z oyoqlariga turib qarasa, uning o'zi o'z xohishi bilan xohlagan joyiga borib, xohlagan narsasini olish imkoniyati bor ekanligiga amin bo'ladi. Xohlasam onamdan qochib ketsam bo'ladi, xohlasam ovqatni o'zim yeb hammasini to'kib tashlasam bo'ladi, xohlasam suv o'ynasam bo'ladi kabi jajjigina xayollar bolani qiziqtirib o'yinga undashni boshlaydi. Lekin shu zaxot yoki onaning "YO'Q" deyishi yoki imkoniyati yetmasligi bolani ajablantirib qo'yadi.
Bola bunday holatdan xafa bo'lib, xafagarchiligini turlicha izhor eta boshlaydi.

Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling