Kirish. II. Asosiy qism


Download 99.5 Kb.
bet6/7
Sana01.05.2023
Hajmi99.5 Kb.
#1418959
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
OILAVIY HAYOT SIKLINING NONORMATIV KRIZISLARI.

Onada krizis?
Shuni alohida ta'kidlash lozimki, ona ham bir yoshli bola bilan krizisga uchraydi. Hozirgi kunda bu haqda kam gapirilmoqda, lekin bunga albatta ahamiyat bermoq lozim. Chunki har bir ona, bolasining nojo'yi hulqidan hayratda qolib, "nega bunday qilyapti?", "men noto'g'ri tarbiya beryapman", "men bolamni haddan tashqari erkalab yubordim", "men bolamga yetarlicha vaqt ajrata olmayamman..." kabi savollar bilan o'zini qiynab yuboradi.
"Bolam o'zini juda mustaqil his qilyapti, endi men bolamga kerak emasmanmi?" - degan savol onada tug'iladi. Bu savolga aniq bir javob albatta keraksiz. Aynan hozir juda ham keraksiz. Axir ona bu faqat sut va ko'taradigan mehribon qo'llar emas, ona bola uchun xavfsizlik garovidir. Bolada o'z kuchiga ishonishini ta'minlovchi kuch ham ONADIR.
Undan tashqari bola bilan kuni bilan uyda bo'ladigan onalar yuragida ikki xil fikr to'qnash bo'lib turadi. Uyda zerikib ona ishga chiqib ketish niyati bilan "bolamga yetarlicha mehr bera olmadim", "hali u kichkina", degan fikr. Bu ikkita fikrga albatta atrofdagilarning yondashishi alohida ta'sir ko'rsatadi. Bu holatda ona aniq bir yo'lni tanlashi kerak. Agar uyda o'tirishni chindan istamay, uyda bo'lganida asabiylashib yursa u holda bolani bog'chaga berib ishga chiqqani ma'qul. Chunki asabiylashgan ona bolani baribir yaxshi boqa olmaydi. {xtypo_quote}Sog'lom va baxtiyor ona sog'lom va baxtyor bola garovidir.{/xtypo_quote}
Yana bir onaning krizisiga olib keluvchi sabab bu erining yordami yetishmasligi. Er kuni bilan ishlab uyga kech kelganida ona undan bolaga qarashda yordam va dalda kutadi. Er esa o'zi ham charchab kelgan bo'lib uyda dam olishni istaydi. Shu paytda ona qalbida qattiq xafagarchilik uyg'onishi mumkin. Bir oz bo'lsada otalar bolasi bilan o'ynagani bolaga ham, kuni bilan bola bilan bo'lgan onaga ham juda yoqimli va foydali bo'ladi.
Shuni unutmangki, bolaga qanday tarbiya berishingizdan qat'iy nazar bola doim!!! sizning muhabbatingizni his etmog'i lozim. U haqiqatan sevimli farzand ekanligini bilishi shart!
Uzoq yillar davomida baxtli, totuv yashab kelayotgan oilalarda ham er-xotin munosabatlarini takomillashtirib turish zarur. Buning uchun yengil yo'llardan biri - bu munosabatlarga iliqlik kiritish. Bola-chaqa, uy-ro'zg'or ishlari aynan shu narsani kamaytirib qo'yar ekan.
1. Ko'pincha oilada romantikaning yo'qligiga vaqt yetishmovchiligi sabab bo'ladi. Haftada bir marta o'zingiz uchun, ya'ni er va xotin bir-biringiz uchun vaqt ajrating. Bir kecha. Bolalarni buvilariga olib borish mumkin axir, eng asosiysi bir biringiz bilan yagona qoling. Shu kechada telefon, televizor va boshqa e'tiborni jalb qiluvchi narsalarni o'chirib qo'ying, faqat siz va suyukli yoringiz. Mayin romantik musiqa qo'shimcha bo'lishi mumkin. Albatta bunday kecha ikkovingizga ham ruhiy va jismoniy lazzat olib kelishi aniq.
2. Oilada iloji boricha doim birga ovqatlaning. Ertalabmi, kunduzimi yoki kechki nonushtami, birga bo'lsangiz munosabatlaringiz iliq boladi.
3. Erkaklar, ayolingizni gul bilan yoki bo'lmasa arzimagan bir sovg'a bilan bayramda emas, balki kunda xursand qilib turing.
4. Birga yolg'iz bo'lganingizda televizorni o'chirib qo'ying.
5. Erkaklar ayollariga bayram qilib, ayrim kunlarda oshxonada oshpazlik qilishi lozim.
6. Charchagan bo'lsangiz, shunchaki yoqimli musiqa tinglab bir-biringiz quchog'ingizda bo'lib suhbatlashib o'tiring, charchamagan bo'lsangiz bir-biringizni seving (jinsiy aloqa bilan shug'ullaning).
7. Bolalarni uxlatib bo'lgach, tezda uyquga ketmang, bir oz bir biringizga vaqt ajrating.
8. Agar jinsiy aloqaga vaqtingiz bo'lmay qolsa (yangi tug'ilgan chaqaloq, og'ir ish), u holda bir biringizni quchoqlab, o'pib turishni unutmang.
9. Kunda bo'lgan voqealar haqida bir biringiz bilan suhbatlashing, maslahatlashing - bu juda yaqinlashtiradi.
10. Doim xayolingizda suyukli insoningiz haqida yaxshi fikrlarni yig'ib yuring.


XULOSA

R.Kappenberg degan olimning ta’kidlashicha, ba’zan oilaviy munosabatlarda favqulotda paydo bo‘ladigan hodisalar ta’sirida shok-ziddiyatlar paydo bo‘ladi. Bu odatda kutilmaganda ro‘y beradigan holatlarning oqibati bo‘lib, oila a’zolari buni kutmaydilar. Masalan, er-xotinlarlardan birining xiyonati va uning oshkor bo‘lib qolishi, o‘g‘ilning noqobil bo‘lib giyohvand moddalar iste’mol qilishini kattalar bilib qolishlari, oila a’zolaridan birining boshqa jinoyat yo‘liga kirib qolishi, falokatlar va shunga o‘xshashlar oilaviy munosabatlarning to‘satdan o‘zgarishi, munosabatlarni qayta ko‘rib chiqishni taqozo etadi. Bunda ham oiladagi kattalarning oqilligi, mahallaning hamjihatligi ijobiy rol o‘ynashi mumkin.



Download 99.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling