Kirish Inflyatsiya tushunchasi va uning turlari Investitsiyaga inflyatsiyaning ta’siri O’zbekistonda inflyatsiyaning oldini o’lish Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar
inflyatsiya turli darajalarda bo'ladi
Download 0.9 Mb. Pdf ko'rish
|
161.inflyatsiya kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inflyatsiyani kelib chiqishiga kora ikki toifaga ajratish mumkin: Talab inflyatsiyasi Taklif inflyatsiyasi
inflyatsiya turli darajalarda bo'ladi:
E'tibor bering! Uzoq vaqt mobaynida tovar va xizmatlar narxlari barqaror bo'lgan, rivojlangan mamlakatlarda inflyatsiyaning o'rta muddatli ko'rsatkichi 2 foiz atrofida, ushbu ko'rsatkich rivojlanayotgan va bozor iqtisodiyoti shakllanayotgan davlatlar uchun esa nisbatan yuqoriroq, taxminan 2-6 foiz atrofida bo'lishi maqbul deb topilgan. Bugungi kunda har qanday darajadagi inflyatsiya salbiy jihatga ega degan fikr ommada mavjud bo'lib, aslini olganda inflyatsiyaning har qanday darajasi ham iqtisodiyot uchun zararli emas. Iqtisodiy o'sish uchun kam foizli barqaror inflyatsiya bu tabiiy jarayon. Past darajadagi inflyatsiya iqtisodiyotda qo'shimcha talab yaratishi orqali iqtisodiy o'sishga turtki beradi. Inflyatsiyaning umuman yo'q bo'lishi esa iqtisodiyotning o'sish sur'atini pasaytirib yuborishi mumkin. Shiddatli inflyatsiya kelgusida yuqori Uzoq vaqt davomida barqaror va past darajada bo'lgan inflyatsiya (zamonaviy iqtisodiyot uchun yiliga 1-4% normal hisoblanadi) Inflyatsiyani yillik darajasi 10% dan oshib, har oyda o'sib boradi Mamlakatda o'rtacha narx-navoning haddan tashqari oshgandagi holati bo'lib, oyiga 50%, yiliga esa 50 baravardan ham ko'proq oshishi mumkin inflyatsiyaga olib kelib, iqtisodiyotni izdan chiqarishi mumkin. Shu nuqtai nazardan past darajadagi barqaror inflyatsiya ijobiy hisoblanadi. 1 Inflyatsiyani kelib chiqishiga ko'ra ikki toifaga ajratish mumkin: Talab inflyatsiyasi Taklif inflyatsiyasi Inflyatsiyaning bu turi talabning keskin oshishi natijasida iqtisodiyotda pul taklifining oshishiga yoki xaridorlar tomonidan inflyatsion kutilmalarni shakllanishiga olib keladi. Soddaroq qilib aytganda, ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to'la qondira olmaydi, taklifga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovar va xizmatlar narxlari o'sadi. Inflyatsiyaning bu turi ishlab chiqarish xarajatlarining keskin oshishi natijasida sodir bo'ladi. Ya'ni, har xil jarayonlar va tarkibiy o'zgarishlar (soliqlar o'zgarishi, energiya resurslari narxlari oshishi, davlat tomonidan tartibga solinadigan narxlar oshirilishi va boshqalar) tufayli mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi. Natijada ishlab chiqariladigan tovar va xizmatlarning narxlari oshadi. Agar tarixga e‘tibor beradigan bo‘lsak, urush va boshqa ofatlar sababli boshqa xarajatlarning oshib ketishi, inflyatsiya bilan uzviy bog‘liq. Masalan, Angliyada kuchli inflyatsiya XIX asrning boshida Napaleon bilan urush davrida, Fransiyada – fransuz revolyutsiyasi davrida, Rossiyada XIX asrning o‘rtalarida namoyon bo‘lgan. Germaniyada juda yuqori su‘atlardagi inflyatsiya 1923 – yillarda bo‘lib, muomaladagi pul massasi 496 kvintillion markagacha yetgan va pul birligi trillion marta qadrsizlangan. Bu tarixiy misollar ko‘rsatadiki, inflyatsiya hozirgi davr jarayoni bo‘lmasdan, balki tarixan mavjud bo‘lgan jarayon bo‘lib hisoblanadi. Inflyatsiya va uning rivojlanishi alohida olingan mamlakatda ma‘lum xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Hozirgi davr inflyatsiyasi, o‘tgan davr 1 https://www.google.com/search?q=inflyatsiyaning+investitsion+jarayonlarga+tasiri&oq=inflyatsiyaning+investitsio n+jarayonlarga+tasiri&aqs=chrome..69i57.21344j0j7&sourceid=chrome&ie=UTF-8 inflyatsiyasidan farq qiluvchi xusuiyatlarga ega. Oldingi inflyatsiyalar vaqtinchalik bo‘lib, ular odatda urush vaqtida harbiy xarajatlarni qoplash uchun qog‘oz pullar chiqarilishi natijasida yuzaga kelgan. Oldingi davr inflyatsiyalarining yana bir xususiyati shundaki, ular ma‘lum davrda namoyon bo‘lgan. Hozirgi davr inflyatsiyasi esa odatda doimiy (xronik) xarakterga ega bo‘lib, xo‘jalik hayotining barcha sohalarini qamrab olishi bilan, pul omillarida tashqari boshqa iqtisodiy omillarga ta‘sir qilishi bilan farqlanadi. Oxirgi yillarda inflyatsiya tez – tez uchrab turadigan jarayon bo‘lib, sifati ham o‘zgarib bormoqda. Buning sababi shundaki, hozirgi kunlardagi inflyatsiya: birinchidan, uzluksiz baholarning oshishiga; ikkinchidan, pul muomalasi qonuning buzilishi natijasida umumxo‘jalik mexanizmining ishdan chiqishiga olib keladi. XX asr inflyatsiyasining asosiy sababi tovar kamyobligigina bo‘lib qolmasdan, ishlab chiqarish va qayta ishlab chiqarishda krizislar mavjudligi bilan ifodalanadi. Hozirgi davr inflyatsiyasi: birinchidan, pul talabining Tovar taklifidan oshishi natijasida pul muomalasi qonunining buzilishi; ikkinchidan, ishlab chiqarishga ketadigan xarajatlar salmog‘ining o‘sishi natijasida tovarlar bahosining oshishi va shu sababli pul massasining ortib borishi bilann ifodalanadi. Inflyatsiyaning ichki omillari monetar – pul siyosati bilan va xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq turlarga bo‘linadi. Xo’jalik faoliyati bilan bog’liq omillar bu xo‘jalik va iqtisoddagi mutanosiblikni buzilishi, ishlab chiqarishda yakka hukmronlikka yo‘l qo‘yish, iqtisodning siklik rivojlanishi, investitsiyalashda nomutanosiblik, baholarni tashkil qilishda davlatning yakka hokimligi, kredit siyosatining noto‘g‘ti olib borilishi va boshqalar hisoblansa, pul bilan bog’liq omillarga davlat moliyasi sohasidagi krezislar, davlatning byudjet defitsiti, davlat qarzlarining o‘sishi, pul emissiyasi, pul muomalasi qonunining buzilishi, kreditlashda avtomatizmga yo‘l qo‘yish va boshqalar kiradi. Inflyatsiyaning ichki omillari Monetar siyosat Xo‟jalik faoliyati Inflyatsiyaning tashqi omillariga jahon iqtisodiyotida bo‘lgan krezislar, (xom – ashyo, yoqilg‘I, valyuta bo‘yicha) davlatning valyuta siyosati, davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati, oltin va valyuta zaxiralari bilan bo‘ladigan noqonuniy operatsiyalar va boshqalar bo‘lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarish rivojlanishida yuzaga keladigan nomutanosibliklar sababli tovarlar va xizmatlar bahosining umumiy yoki to‘xtovsiz o‘sishi va natijada pul muomalasi qonunining buzilishi oqibatida pul birligining qadrsizlanishiga inflyatsiya deb aytiladi. Inflyatsiya quyidagi shakllarda namoyon bo‘ladi: Tovarlar va xizmatlar bahosining uzluksiz va tartibsiz o‘sib borishi natijasida pulning qadrsizlanishi va uni sotib olish qobiliyatining tushib borishi; Chet el valyutasiga nisbatan milliy valyuta kursining tushib ketishi; Milliy pul birligida oltin narxining oshib borishi va boshqalar. Inflyatsiyaning turlari: Sudraluvchi inflyatsiya (mamlakatda inflyatsiya darajasi 5 – 10% bo‘lgan holatda kuzatiladi); Shiddatli inflyatsiya (inflyatsiya darajasi 10 – 100%, ba‘zan, 200% gacha bo‘lgan holatlarda kuzatilishi mumkin); Giperinflyatsiya (inflyatsiya darajasi 200% dan yuqori bo‘lgan vaziyatda namoyon bo‘ladi. Yuqorida ta‘kidlab o‘tilganidek, giperinflyatsiyaga misol tariqasida 1923 – yillarda Germaniyada yuzaga kelgan inflyatsiyani keltirib o‘tishimiz mumkin); Inflyatsiyaning tashqi omillari Jahon iqtisodiyotidagi krezis Davlatning valyuta siyosati Davlatning boshqa davlatlar bilan tashqi iqtisodiy faoliyati Talab inflyatsiyasi. (Inflyatsiyaning bu an‘anaviy turi talab oshib ketganda yuzaga keladi. Ishlab chiqarish sohasi aholining talabini to‘la qondira olmaydi, taklifiga nisbatan talab oshib ketadi. Natijada tovarlar bahosi o‘sadi. Kam miqdordagi tovarlar ko‘p pul massasiga to‘g‘ri keladi); Ishlab chiqarish bilan bog’liq (taklif) inflyatsiya. (Har xil jarayonlar va tarkibiy o‘zgarishlar natijasida mehnat unumdorligining pasayishi natijasida mahsulot ishlab chiqarishga ketgan xarajatlar oshadi). Inflyatsiya oqibatlari Inflyatsiya iqtisodiyotni vayron qilish darajasigacha ta'sir qilishi mumkin. Inflyatsiya sharoitida: Eng avvalo pul birligi qadrsizlanadi; Tovarlardagi narxlar mutanosibligi buziladi; Xaridor va sotuvchilar u yoki bu qarorni aniq qabul qilishga ikkilanadilar; Katta investitsiyalar qilish xavf-xatari oshadi; Tadbirkorlar qisqa muddatli qarorlar va harakatlar bilan cheklanib qolishadi; Shaxsiy jamg`armalar o`z qadrini yo`qotadi; Aktsiyalar, obligatsiyalar, cheklar, veksellar, sertifikatlar, sug`urta polislarining real qiymati pasayadi. Kam ta'minlangan aholi yanada qashshoqlashadi; Mehnat qilish va tadbirkorlikning rivojlanishiga karaganda ish haqi tezroqqadrsizlanadi. Xullas, inflyatsiya bozor jarayonini tartibsizlantirib, ham ishlab chiqarishni, ham iste'molni izdan chiqaradi, aholining turmush darajasini keskin pasaytiradi, jamiyatda sotsial tanglikni vujudga keltiradi. 2 Inflyatsiya turlari inflyatsiya pul islohoti zarbasi KOTezlik (oqim tezligi) ga qarab inflyatsiyaning quyidagi turlari ajratiladi: 1) mo'tadil (suzuvchi) inflyatsiya; 2) o'tkir (spazmodik) inflyatsiya; 2 Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 12 | 2022 ISSN: 2181-1385 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | ASI-Factor: 1,3 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1 26 December, 2022 https://t.me/ares_uz Multidisciplinary Scientific Journal 3) giperinflyatsiya. Inflyatsiya sabablariga qarab quyidagilar mavjud: 1) talab inflyatsiyasi; 2) xarajatlar inflyatsiyasi; 3) tarkibiy va institutsional inflyatsiya. Ko'rinish xususiyatiga qarab inflyatsiyaning quyidagi turlari ajratiladi. 1) ochiq inflyatsiya? davlat tomonidan tartibga solinmaydigan erkin narxlar sharoitida narxlar darajasining ijobiy o'sishi; 2) bostirilgan (yopiq) inflyatsiya? davlat tomonidan qat'iy narx nazorati sharoitida tovar tanqisligini oshirish. Bu pul oqimlarining ko'payishi bilan ifodalanadi. Inflyatsiyaning boshqa turlari: 1) muvozanatlashgan inflyatsiya? turli xil tovarlarning narxi bir xil darajada va bir vaqtning o'zida farq qiladi. Hech qanday salbiy oqibatlarga olib kelmaydi; 2) muvozanatsiz inflyatsiya? tovarlar narxi notekis ko'tariladi, bu narx nisbatlarini buzilishiga olib kelishi mumkin. Balanssiz inflyatsiya iqtisodiyot va tadbirkorlik sub'ektlariga katta muammolarni keltirib chiqaradi. Uning yordamida mahsulot sotilishini prognoz qilishning imkoni yo'q, qaysi mahsulot etakchi bo'lib, talabga ega bo'lishini aytish mumkin emas. Siz investitsiya qilishingiz kerak bo'lgan eng daromadli joylarni hisoblashning hech qanday usuli yo'q. Bunday sharoitda sanoat rivojlanishdan to'xtaydi. Mamlakatimizda va MDH mamlakatlarida inflyatsiya muvozanatlashgan. Xom ashyo narxining o'sishi yakuniy mahsulot narxining ko'tarilishidan tezroq, bitta elementning narxi qurilmaning o'ziga qaraganda ko'proq; 3) kutilayotgan inflyatsiya? himoya choralarini ko'rishga imkon beradi. Odatda davlat statistika idoralari tomonidan hisoblab chiqiladi. Iqtisodiyot uchun hech qanday salbiy oqibatlarga olib kelmaydi; 4) kutilmagan inflyatsiya. Uning ko'rinishini hisoblash va oldindan aytib bo'lmaydi, u o'z-o'zidan paydo bo'ladi va uni boshqarish mumkin emas; 5) import qilingan inflyatsiya? tashqi omillar ta'siri ostida rivojlanadi. Inflyatsiya sharoitlarida , asosan , giperinflyatsiyada kredit ¹ uchun bank foiz stavkalari yuqori bo'lgan holda korxonalar uchun investitsiyalar faqat bir holatda foydali bo'lishi mumkin , ya'ni kutilayotgan foyda me'yori bank foiz stavkasidan yuqori bo'lishi kerak . Biroq korxonalar uchun bunday loyihalarni topish oson kechmaydi . Bundan xulosa shuki , giperinflyatsiya , investitsiya faoliyatini jonlashtirish va faollashtirishga kuchli salbiy ta'sirni yuzaga keltiradi . Xalqaro tajriba tasdiqlashicha , moliyaviy barqarorlik holatida ( ya'ni bunda narxlar o'sish darajasi yiliga 40 foizdan oshmaydi va oyiga o'rtacha 2,8 foizni tashkil qiladi ) investitsiya jarayoni faollashadi . Biroq narxlar o'sish darajasi ushbu ko'rsatkichlardan yuqori bo'lgan holatda ishlab chiqarishga investitsiyalar sezilarli darajada kamayadi va bu iqtisodiy o'sish hamda aholi turmush farovonligiga salbiy ta'sir ko'rsatadi . Investitsiya faoliyatini jonlan tirishda kuchli ta'sir doirasiga ega bo'lgan navbatdagi omil soliq tizimi va uning takomillashganlik darajasi hisoblanadi . Oʻzbekistonda soliq qonunchiligini takomillashtirish , soliq yukini bosqichma - bosqich kamaytirib borish , soliq to'lovchilarni ularning xoʻjalik faoliyatiga asossiz aralashuvlardan himoya qilishni kuchaytirish bo'yicha chora - tadbirlarni ko'rish bilan bir vaqtda soliqqa tortish tizimini takomillashtirish va soddalashtirish borasida tizimli ishlar olib borilmoqda . Mamnuniyat bilan ta'kidlash joizki , mustaqillik yillarida yurti mizda keng miqyosdagi soliq islohotlari amalga oshirildi . Buning natijasida bozor iqtisodiyoti talablariga javob beradigan , davlat budjetini to'ldirishni va zarur davlat xarajatlarini moliyalash tirishni ta'minlaydigan va shuningdek , aholi daromadlari o'sishini , iqtisodiyotni modernizatsiya qilishni , uning yangi tarmoqlari , kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag'batlan tiradigan zamonaviy soliq tizimi yaratildi . Iqtisodiyotda soliq yukining bosqichma - bosqich kamaytirilishi olib borilayotgan soliq islohotlarining eng muhim natijasi , yuqori iqtisodiy o'sish sur'atlarini ta'minlashning eng muhim omillaridan biri bo'ldi . Misol uchun , agar 1994 - yili korxonalarning daromad solig'i stav kasi 45 foizni tashkil etgan bo'lsa , 2019 - yilga kelib u 9 foizga tushdi . Bundan tashqari , 1991 - yildan bugungi kungacha stavka larni pasaytirish bilan bir qatorda soliqlar unifikatsiya qilindi , ya'ni birxillashtirildi hamda bir qator bir - birini takrorlaydigan va kam samara beradigan soliq hamda majburiy to'lovlar bekor qilindi . Natijada hozirgi vaqtda O'zbekiston asosiy soliq stavkalari miqdori bo'yicha soliqqa tortish darajasi yuqori bo'lmagan davlatlardan biri hisoblanadi , jami soliq yuki bizda YaIMga nisbatan 20,5 foizdan oshmaydi . Investitsiyalash borasidagi qo‘shma loyihalar va qo‘shma korxonalarni tashkil etishdagi risklarni hisobga olishda ko‘pchilik xorijiy investorlar Beri indeksidan foydalanadilar.Ushbu indeks mamlakatdagi investitsiya muhitini turlicha salmoqqa ega bo'lgan 15 ta baholash mezonlari asosida hisoblab chiqadi. Har bir mezonga 0 dan (to‘g‘ri kelmaydi) 4 gacha (o‘ta qulay) baho beriladi. To‘plangan yuqori ball «barqaror mamlakat»ni anglatadi.Mamlakat to‘plagan ball qanchalik yuqori bo‘lsa, investitsiyalashdan olinishi mo‘ljallangan foyda ham shuncha yuqori bo‘lishi zarur, aks holda investitsiyalash asossiz hisoblanadi. Beri indeksining umumiy ko‘rinishi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling