Kirish iqtisodiy rayonning geografik o’rni
Aholisi va mehnat resurslari
Download 0.67 Mb. Pdf ko'rish
|
Toshkent shahri iqtisodiy geografik tavsifi
Aholisi va mehnat resurslari. Toshkent shahri aholisi soni bo’yicha MDX
mamlakatlarida 4-chi (Moskva, Sank-Peterburg va Kiev shaharlaridan keyingi) o’rinda turadi, Markaziy Osiyo mintaqasida esa unga teng shahar yo’q. Bu yerda sobiq Rossiya imperiyasida o’tkazilgan dastlabki aholi ruyxati - 1897-yil ma’lumotlari bo’yicha (u davrda Toshkent Turkiston general-gubernatorligining markazi vazifasini bajargan) 156,0 ming aholi yashagan. Bu raqam taxminan 28 yilda deyarli 2 marta ortgan, yoki boshqacha qilib aytganda, 1925-yilda 301 ming kishiga yetgan. Aholi sonining keyingi ikki marta oshishi esa nisbatan qisqaroq davrda ruy bergan (1940- yilda 600 ming). Biroq, aholi sonining navbatdagi ikki barobar ko’payishi uchun chorak asrdan ko’proq vaqt talab etilgan. 1966- yilda, ya’ni Toshkent zilzilasi arafasida shaharda 1209 ming kishi yashagan. Bu davrda aholi sonining birmuncha sustrok o’sishi Ikkinchi jahon urushi va uning okibatlari tufayli yuz bergan.Shahar aholisi 2 millionlik “marraga” 1984-1985-yillar oralig’ida erishgan, shundan so’ng uning demografik o’sish sur’ati pasayib borgan. 18 Xususan,90-yillarda poytaxt aholisi barqaror o’sish ko’rsatkichlariga ega bo’lmagan; aholisoni gox kamayib, gox biroz ko’payib borgan. Masalan, 1988-yilda u 2211 ming kishini tashkil qilgan bo’lsa, 1996 yilgacha tulkinsimon o’zgarib borib, 2095 ming kishiga tushib qolgan.Ma’lumki, ayni shu yildan boshlab respublikamizda iqtisodiy saloxiyat barqaror usib borgan. Shunga mos holda, poytaxt demografik salohiyatida ham avvalgidek katta pasayish-ko’tarilishlar ko’z atilmagan, ammo yillik o’rtacha ko’payish uncha katta miqdorni tashkil kilmagan. 2000- 2014-yillar mobaynida Toshkent aholisi 189 ming kishiga yoki o’rtacha bir yilda 13,5 ming kishiga ortib borgan. Agar yaqin utmishdagi demografik o’sish jarayoni hisobga olinsa, bu raqam ancha pastdir. Vaholanki, o’tgan asrning 70-80 yillarida shahar aholisi har yili 40-45 ming kishiga ko’paygan. 2018yilda shaharda tabiiy o’sish 29803kishi, migratsiya o’sishi 15233 kishi, aholining umumiy o’sishi 45036 nafar kishini tashkil etgan. Yil oxirida aholining umumiy soni 2509969 nafarni tashkil etgan.Hozirgi kunda o’zining katta demografik salohiyati bo’yicha Olmazor, Yunusobod va Shayxontoxur tumanlari yetakchilik qiladi. Aholi sonining eng kam miqdori esa Bektemir tumanida - 29,9 ming kishi. O’rtacha har bir tumanga 213,8 ming kishidan aholi to’g’ri keladi, tumanlar orasidagi farq 11,2 ga teng. Aholi sonining shahar tumanlari doirasida turli-tumanligi uning zichlik ko’rsatkichlarida yaqqol ko’zgatashlanadi. Shahar bo’yicha har bir kv. km maydonida 7025 kishi joylashgan bo’lib, eng yuqori ko’rsatkich Shayxontoxur (11401 kishi) va Olmazor (9670 kishi), ya’ni shaharning qadimiy, eski qismida qayd etiladi. Bu borada Toshkent Afrikaning Qohira yoki Jazoir, Osiyoning Shanxay shaharlariga uxshab ketadi. Ayni paytda, shaharning nisbatan yangi tashkil qilingan tumanlarida - Sergeli va Bektemirda aholi zichligi o’rtachadan ancha past.Alohida qayd etish joizki, agar avval, ya’ni 80-yillarga qadar Toshkent aholisi tabiiy ko’payish va migratsiya hisobidan ortib borgan bo’lsa (bunda ijobiy migratsiya qoldigi ko’p xollarda ustunlikka ega bo’lgan), So’nggi yillarda uning o’sishi deyarli to’laligicha tabiiy harakat natijasida yuz bergan. 19 Qizig’i shundaki, keyingi 10 yil oralig’ida aholining tug’ilish ko’rsatkichi barcha tumanlarda ortib borgan.Toshkent shahrida ulim ko’rsatkichlari respublika mintaqalari orasida eng yuqori Bunga qatoromillar, jumladan, aholining yosh tarkibi, urboekologik vaziyat va nozogeografik holat o’z ta’sirini ko’rsatgan.Yuqorida qayd qilinganidek, bir vaqtlar migratsiya Toshkent aholisiningo’sishida yetakchi omil hisoblangan. So’nggi yillarga kelib u teskari tus oldi, ya’ni kelganlarga nisbatan ketayotganlar ko’p bo’ldi Ma’lumotlarga murojaat qilaylik: Toshkent shahriga 1996 yilda 32,7 ming kishi kelgan, 35,0 ming kishi undan ketgan, migratsiya qoldig’i (saldosi) minus 2,3 ming kishini tashkil qilgan. Ungacha bo’lgan davrda migratsiya qoldig’i quyidagicha bo’lgan: 1990- yilda minus 30,7 ming; 1991 -yilda - 12,6; 1992 yilda - 34,5; 1993 yil -27,0; 1994 yilda - 46,9 va 1995 yilda - 20,2 ming kishi (barchasi minus). 1997 yilda Toshkent shahriga 29,5 ming kishi kejan,31,1 ming kishi undan kuchib ketgan, migratssh! natijasi minus 1,6 ming kishi. 1998-yilda bu ko’rsatkichlar mos holda, 32,0; 31,1 va plyus 0,9 ming kishi (shu yilda 03 bo’lsada, migratsiya ijobiy saldoga ega bo’lgan). 1990 - 1997 yillar mobaynida O’zbekiston poytaxti migratsiya oqibatida 175,8 ming kishini “yo’qotgan”. Bu oralikda eng yuqori ko’rsatkich 1994-yilda qayd etilgan.2000 yillarda ham Toshkent shahri uchun aholining migratsiya aylanmasi ko’p hollarda ijobiy ahamiyat kasb etmagan. Har ming kishiga hisoblaganda, migratsiya saldosi 2000-yilda minus 8,1,2001 yilda minus 6,4, 2002 yilda - 4,9, 2003 yilda minus 8,0 promilleni tashkil etgan.Oldingi yillarda bu ko’rsatkich quyidagicha bo’lgan: 1996-yil -minus 1,1; 1997-yil -7,3; 1999- yil - 7,1%o (barchasi minus). 2004-yilda migratsiya qoldig’i mutlaq ko’rsatkichlarda minus -17,1 ming kishi bo’lgan. 2006-yilda Toshkent shahriga keluvchilar 24,8 ming, undan chikib ketganlar 21,1 ming kishini tashkil qilgan. Bu yilda ham 1998-yildagi singari migratsiya shahar uchun ijobiy natija bergan (3,7 ming kishi). 2012-yilda Toshkentga 39,5 ming kishi kelgan, ketganlar 29,7 ming, migratsiya qoldig’i 9,8 ming kishi. Har ming kishiga hisoblaganda 2013-yilda kelganlar 7,3, ketganlar 13,0, migratsiya saldosi minus 5,7 kishidan iborat bo’lgan. 20 2018yilda kelganlar soni 25473kishi,ketganlar soni 10240nafarni tashkil etgan. Poytaxt aholisi migratsiyasining salbiy oqibatlari, asosan, rusiy zabon va boshk;a nomahalliy millat vakillarining o’z yurtlariga kuchib ketishi sababli yuzaga kelgan.Masalan, birgina 2004-yilda jami 17,1 ming migratsiya qilganlar qoldig’ining 13,4mingini yoki 78,4 foizini ruslar tashkil qilgan. Shuningdek, tatar, koreys, qozoq, ukrain kabi millat vakillari ham ko’proq kuchib ketishgan.Toshkent shahri aholisining migratsiyasi umumiy tarzda butun O’zbekistonRespublikasi migratsion vaziyatini belgilab beradi. Yana raqamlarga murojaat kilaylik; 1990-yilda respublika bo’yicha jami migratsiya qoldig’i 179,5 ming kishini tashkil qilgan holda, uning 30,7 ming kishi yoki 17,1 foizi Toshkent shahri zimmasiga tushgan. 1991 -yilda respublika va Toshkent shahri aholisining migratsiya qoldig’i, mos ravishda, 95,9 va 12,6; 1992-yilda - 74,4 va 34,5; 1993 yilda - 54,0 va 27,0; 1994-yilda - 138,9 va 46,9; 1995-yilda - 89,0 va 20,2 ming kishi bo’lgan. 90-yillarning ikkinchi yarmidan boshlab respublika va poytaxt aholi migratsiyasining yakuniy ko’rsatkichlari pasayib borgan. 1996-yilda yuqoridagi ko’rsatkichlar 50,3 va 2,3; 1997 yilda 48,4 va 1,6 ming kishiga barobar bo’lgan. 1998-yil natijalari, avval qayd etilganidek, Toshkent shahri uchun ijobiy tus olgan. Keyingi yillarda vaziyat quyidagicha bo’lgan: 2004-yilda O’zbekiston bo’yicha migratsiya qoldig’i 96,1 ming kishi, Toshkentda 17,1; 2006- yilda bu raqamlar 65,2 va 3,6 ming kishiga teng bo’lgan. Aholining tabiiy va mexanik harakati ta’sirida uning milliy tarkibi shakllanadi. Toshkent - ko’p millatli aholiga ega bo’lgan shahar 2013-yil ma’lumotlariga qaraganda, o’zbeklar shahar jami aholisining 68,8 foizini, ruslar 16,1 %, tatarlar 3,9 % ni tashkil qiladi. Toshkentning eski shahar qismida, ya’ni Shayxontoxur, Olmazor kabi tumanlarida mahalliy millat, ya’ni o’zbeklar ulushi katga bo’lsa, Chilonzor, Hamza, Sergeli tumanlarida boiщa millat, jumladan, ruslarning dissalari ham anchagina. Shu sababdan, mazkur tumanlarning migratsion faollliga yuqoriroq.Toshkent shahrida 1 .01.2014-yilda 1512,4 ming mehnatga layoqatli yoshdagi aholi qayd etilgan (jami aholining 64,3 %). Iqtisodiy faol aholi soni 1206,6 ming, iqtisodiyotda band aholi soni 1165,3 ming kishi. 2013-yilda mehnat organlariga ish surab 8,1 ming kishi murojaat qilgan (2009-yilda 46,6 ming), ularning 4,1 ming nafari ish o’rinlari bilan ta’minlangan. 21 Shu yilda jami 82,6 mingyangi ish o’rinlari tashkil qilingan (2009-yilda 74,1 ming). Mehnat resurslari iqtisodiyotning turli tarmoqlarida, jumladan, sanoat, qurilish, transport va aloqa hamda turli ijtimoiy sohalarda band. Toshkent ko’p funktsiyali va, ayni vaqtda, poytaxt shahri bo’lganligi sababli, unda aholiga xizmat ko’rsatish va servis sohalarida, fan, madaniyat, ta’lim, sog’likni saqlash kabilarda, shuningdek,boshqaruv organlarida aholining bandlik ko’rsatkichlari ancha yuqori. Download 0.67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling