Kirish. "Jahon adabiyoti" fanining predmeti va mazmuni
-MAVZU MAVZU: LOTIN AMERIKASI ADABIYOTI
Download 187.53 Kb.
|
JAHON ADABIYOTI MA\'RUZA MATNI
8-MAVZU
MAVZU: LOTIN AMERIKASI ADABIYOTI. ReJA: Borxes ijodi mohiyati. Kortasar ijodiga chizgilar. Markes ijodi. Koelo ijodi. Borxes. Kortasar. Markes. Koelo. Vargas. BORXeS. Argentinada tug‘ildi (1899 y.). Yoshligi yevropada kechdi. Keyin Argentina qaytdi. Kutubxonachi bb ishladi. Ko‘zi qo‘rmay qoladi, lekin lupa bilan o‘qib ishlashda davom etadi. (O‘zbek olimi Ozod Sharafiddinov). Ispan tilida ijod qildi. N.Eshonqul yozadi: Jahon badiiy tanqidchiligida Borxes haqidagi bahsu munozaralar 60-yillardayoq boshlangan esa-da, hanuz tingani yo‘q. Bu munozaralarda asosan Borxes o‘zi kim, yozuvchimi, shoirmi, faylasufmi, mutafakkirmi yoki kitoblardan olgan taassurotlarini shunchaki o‘ta shaxsiy tarzda konspekt qilgan kishimi yoki adabiyotlarni bir-biriga sintez qilgan olimmi degan masalalar bir qo‘zg‘alib, bir o‘chib turibdi. Biroq mazkur munozaralar qizg‘in tus olgan sayin Borxes ijodini tahlil qilgan, qilayotgan tanqidchilar uning yuqoridagi barcha mavzularga javob bera olishi mumkin bo‘lgan yirik iste'dod ekaniga ko‘proq amin bo‘lmoqdalar. Iste'dod bor joyda esa jo‘g‘rofiya o‘z mohiyatini yo‘qotadi, u milliy bo‘lish bilan birga umuminsoniy bo‘ladi. Har qalay, Borxesni o‘qish adabiyotning bani bashar mulki ekaniga yana bir bor ishontradi. Borxes o‘z ijodida va mutoalaga bag‘ishlangan maqolalarida G‘arbu Sharqni yaxlit ko‘rolgan adibdir. U o‘z asarlarida va adabiy e'tiqodida ana shu ikki qutbni birlashtirishga uringan va bunga bir qadar erishgan ham. Iste'dodsizlik o‘ziga boshpana izlaydi, o‘zini shu boshpanaga yashirib qo‘yib, fosh bo‘lishidan qo‘rqib, turli tamg‘alar otib, ayyuhannos soladi. Iste'dodga esa o‘zini nima deb atashlarining qizig‘i yo‘q; u xuddi aysberglarni yorib ketayotgan muzyorardek tushuncha, tasavvur, imkoniyat, milliy qamrov chegaralarini yorib, oldinga ketaveradi. Lotin Amerikasi adabiyotida Borxes buni isbotlab bergan. Shu tufayli mazkur adabiyotning shon-shuhrati, shubhasiz, Borxes bilan chambarchas bog‘liqdir. Borxessiz Lotin Amerikasi adabiyotini hyech kim to‘laqonli va bugungi kundagiday ilg‘or adabiyot sifatida tasavvur qilolmaydi, shuningdek, Lotin Amerikasi adabiyotida zamonaviy bironta mashhur yozuvchi yo‘qki, o‘zini Borxesning u yoki bu ma'noda shogirdi deb hisoblamasin. Kortasar, Markes, Fuentes, Bioy Kasares, Saboto va boshqa XX asr 50-yillarida adabiyotga kirib kelgan yozuvchilarning ijodida Borxes ta'siri ulkandir. Italyan, ingliz va hindu qoni aralash, umrining oxirida ko‘zlari ojiz bo‘lib qolganda ham mutolaa va fikrlashdan to‘xtamagan Borxes Sharq va G‘arb adabiyotini o‘zaro sintez qilib, bir-biriga yaqinlashtirgan hamda shu adabiyot an'analari uyg‘unligida Lotin Amerikasi adabiyotining ilg‘or yo‘nalishlarini belgilab bergan, o‘z ijodi bilan ulkan adabiy qomus yarata olgan XX asrning, yirik yozuvchisidir. Lotin Amerikasi adabiyoti namoyondalari o‘zlarini «butun dunyo adabiyotining merosxo‘rlarimiz» deb atarkanlar, bunda, avvalo, Borxes xizmatlarini nazarda tutadilar. Borxes ijodidan xitoy, hind, islom, yevopalik faylasuf va shoirlarning asarlari, shaxslar hamda ularning insoniyat tafakkur va ijtimoiy tarixida tutgan o‘rni haqidagi badiiy xulosalar joy olgan, uning asarlari ichida Muqanna, sarbadorlar, Amir Temur, tasavvufga bag‘ishlangan katta-kichik hikoyalar, esselar, she'rlar uchraydi. Borxes butun dunyo tafakkur tarixini shunchaki shuhratparastlik yoki shunchaki xabardor bo‘lib qo‘yish uchun tadqiq qilmagan; u mazkur tafakkur mahsullaridan hamisha lazzatlanib meva yegan, ularga XX asrdagi fikrlovchi inson nuqtai nazaridan baho bergan, ularni yagona, yaxlit holatda adabiyotga olib kira olgan. Borxesni Lotin Amerikasi adabiyotida ultraistlar otasi sifatida e'tirof etsalar-da, shu oqimni Lotin Amerika adabiyotiga olib kirgan bo‘lsa-da, biroq chin ma'noda o‘zini ultraist deb atamasdi, bu oqim Ispaniyada yashagan paytlari (1919–1920) Borxes qatnashib yurgan Rafael Kansinos boshchiligidagi adabiy guruh ta'sirida Lotin Amerikasiga kirib keldi. Borxes bu guruh bilan ikki yil birga bo‘ldi. U o‘ziga ultraist degan nomni ep ko‘rmasdi, ultraistlar mutlaqo jahon adabiyotini o‘qimagan, lekin o‘z oldilariga adabiyotni yangilashni maqsad qilib olishgandi. Borxes ultraistlardan aynan «adabiyotni yangilash zarur» degan qarashni oldi va faqat shu ma'noda vataniga qaytgach unga ultraist degan tamg‘a qo‘yilgan bo‘lishi mumkin. Biroq antik davr, Sharq va yevropa adabiyoti bilimdoni Kansinos unda juda katta taassurot qoldirdi. U Konsinosdan aynan shu jihatni – barcha xalqlar adabiyotining tolmas o‘quvchisi bo‘lishni o‘zlashtirdi. Taqdirni qarangki, unga ota-bobosidan nafaqat katta kutubxona, yozuvchilik layoqati, balki ko‘zi ojizlik ham meros bo‘lib o‘tdi. Kelib chiqishi harbiy bo‘lishiga qaramay, Borxeslarning deyarli barchasi yozuvchi yoki adabiyotga aloqador kishilar edi. Borxesning otasi anarxistik kayfiyatdagi, ko‘ngli yumshoq odam bo‘lib, xiyla katta kutubxonasi bor edi. U esselar, sonetlar, maqolalar yozardi. Umar Xayyom to‘plamini tarjima qilgan, ko‘zi xiralashib qolishdan oldinroq «Kaudilo» nomli roman e'lon qilgandi. Otasining xolavachchasi Lafinur Argentinaning birinchi shoiri edi, Lafinur Ikkinchi ham unchalik mashhur bo‘lmagan shoir edi. Otasining ona tomonidan bobosi esa Argentinada birinchi gazeta tashkil qilgan kishi bo‘lgan. Taqdiriga nafaqat adabiyot shaydosi bo‘lish, balki Argentinada Peron diktaturasi davrida qamoqda o‘tirish, shunda ham o‘z so‘zi va e'tiqodida qat'iy turish yozilgan, butun fe'l- atvoriyu o‘zini tutishi hamda adabiyotga munosabatidan ham qadim oqsuyaklik ufurib turuvchi onasi esa taniqli tarjimon edi. U keyinchalik Uilyam Saroyanning arman jamoasi mukofotiga sazovor bo‘lgan «Insoniyat komediyasi»ni tarjima qilgandi. Gotorn hikoyalari, Ridning san'atga doir ijodini, Melvill, Virjiniya Vulf, Folkner asarlarini ispan tiliga o‘girib, chop ettirgandi. Borxes o‘z xonadonining intellektual boyligini meros qilib oldiki, u hatto ko‘zlari yozuvlarni o‘qiy olmay qolganda ham lupa orqali mutolaa qilishdan, kitob orqali insoniyatni o‘rganishdan to‘xtamadi. Butunlay ko‘rlik ham uni kitobdan ayirolmadi, unga dunyo kitoblarini o‘qib berishardi, u shu eshitgan tassurotlaridan asarlar yaratardi. Jahon adabiyotining xilma-xil oqimlari, xilma-xil turlari, tarixi, buguni, turli xalqqa, mintaqaga mansub namoyandalari, ularning asarlari haqida Borxeschalik ko‘p yozgan va ko‘p o‘qigan boshqa bir yozuvchini topish qiyin. U klassikadan tortib modernizmgacha bo‘lgan butun bir adabiyotni o‘z esse, badia, she'r, hikoya, ma'ruzalarida jamlashtir oldi va ularga yangicha, uyg‘oq shaxs, uyg‘oq yozuvchi – bularning hammasiga haqli merosxo‘r bo‘lgan XX asrning uyg‘oq insoni nuqtai nazaridan baho bera biladi. Uning xoh klassika bo‘lsin, xoh avangard adabiyot, birontasini ijirg‘anib, nazar-pisand qilmay o‘qiganini sezmaysiz. Qaysi oqimga mansubligidan qat'i nazar, har bir asardan ma'no, fikr, ramz, so‘z, go‘zallik izlab ko‘rardi. U favqulodda kitobga mubtalo bo‘lganlardan, adabiyotning xizmatkori edi. Bugun kitobdan uzoqlashgan paytimizda Borxesdan o‘rganishiimz mumkin bo‘lgan juda ko‘p jihatlar bor. Shulardan birinchisi, shubhasiz, so‘zga bo‘lgan muhabbatdir. Muhabbat esa mas'uliyatni, iztirobni, yonib turishni talab qiladi. Borxesning hikmatlari, esselari, hikoyalari shunchalik siqiqki, ularning har birini roman qilish mumkin. Lekin u yirik janrlarni jini suymasdi. U hikoyachi bo‘lib tug‘ildi va hikoyachi bo‘lib olamdan o‘tdi. U go‘zallik shaydosi edi. Go‘zallik esa xuddi uning hikoyalari kabi qisqa, bir lahzalik, bir necha soniyalik bo‘ladi. Uzoq yashagan go‘zallik qariydi, xunuklashadi, siyqalashadi. Borxes hikoyalari ham shunday qisqa va go‘zal, siyqalikni, ko‘pso‘zlikni yoqtirmaydi. Borxes hikoyalari o‘rta asr tasavvuf hikoyatlariga o‘xshaydi. Borxes asarlarini o‘qigan kishi falsafa bilan adabiyotning, nazm bilan nasrning o‘zaro qorishiq namunasiga duch keladi; uning asarlarini xitoy, hind, islom, antik davr, Rim, yevropa falsafa maktablaridan ayro holda o‘rganib bo‘lmaydi. Ba'zida Borxes asarlarida falsafa badiiy vositaga aylanib qoladi; asarni to‘liq anglash uchun o‘sha falsafadan xabardorlik ham zarur bo‘ladiki, Borxes asarlarini hamma ham, voqyeaparastlikka o‘rgangan o‘quvchi birdan anglab yetolmaydi. Bu hikoyalar ma'lum intellektual tayyorgarlikni talab qiladi. O‘n-o‘n besh yil oldin bir romannavis o‘zbek yozuvchisi o‘zaro suhbatlarda: «Borxesni rosa maqtashardi, o‘qisam, kitoblardan olingan chuchmal konspetklarga duch keldim» – degan gapni aytgandi. Albatta, Borxes ommabop emas. U o‘z vatanida ham toki 1961 yilgacha deyarli e'tibordan chetdagi yozuvchi edi; 1961 yili fransuz tiliga asarlari o‘girilgach bir necha oyning o‘zida avval yevropada, so‘ng o‘z vatanida eng mashhur yozuvchiga aylanib qoldi, shu yil adabiyotni va adabiyot uslubini yangilashdagi xizmatlari uchun Absurd teatri otasi Semyuel Bekket bilan birga Formentor mukofotiga sazovor bo‘ldi hamda kitoblari barcha mamlakatlarda minglab nusxada chop etila boshladi. O‘z vatanlarida eng e'tiborsiz sanalgan intellektual adabiyot vakillarining aksariyati Fransiyada chop etilgach shuhrat topib ketishlarida o‘ziga xos hikmat bor, albatta. Fransuz adabiyoti jahon adabiyotidagi eng qiziqarli, turli xil oqim, eksperimentlarga boy, adabiyotni yangilashdek buyuk maqsadlarni o‘z oldiga qo‘ygan avangard yo‘nalishni boshlab bergan g‘oyat rang-barang adabiyotdir. Bodler, Rembo asarlari modernizmning dunyoga kelishiga juda katta turtki berdi. Avangard adabiyot fransuz adabiyoti bilan birga dunyo yuzini ko‘rgani ayni haqiqat. Shu sababli bu adabiyotga ancha pisanda bilan qaragan Borxesning yozuvchilik qadri ham shu adabiyot tufayli birdaniga jahon nasri ustalari safiga ko‘tarildi. Borxesda uchta o‘ziga xos ramz yoki vosita bor: ko‘zgu, niqob, tush. Bular mohiyatan ochuvchi kalit vazifasini o‘taydi. Odamning ko‘zgusi uning o‘zidir; agar odam o‘zini o‘z ichkarisidagi ko‘zguga solsa, yuzidagi niqob yo‘qoladi, sidirilib tushadi. Odam o‘z yuziga, asli niqobiga qarab hamisha faxrlanib yuradi. Bu uch narsa inson ongini chegaradan chiqarishga qodir; agar odam shu uch narsaga o‘zini qo‘yib bersa, u makon va zamon chegarasini – o‘zining aldamchi tasavvurlarini fosh etib qo‘yadi. «Ko‘zgu va Niqob» nomli hikoyada qirol shoirga saroy haqida doston yozishni topshiradi. Uch yil mobaynida shoir doston yozishga uch marta kirishadi. Biroq hammasi natijasiz tugaydi. Oxir-oqibat qirol oldiga hyech qanday qog‘ozlarsiz kelib, doston o‘rniga «saroy» so‘zining mohiyatini anglatadigan bir satr – so‘z aytadi. Shoir bu satrni aytib bo‘lishi bilan saroy ko‘zdan g‘oyib bo‘ladi, o‘sha bitta so‘z saroy niqobini ko‘tarib yuboradi. Endi saroyning mavjudligida hyech qanday ma'no qolmaydi, u shu bir so‘z bilan fosh bo‘lib qolgandi. Buni kashf etgan shoir o‘zini o‘zi o‘ldiradi, qirol esa sadaqaga kun ko‘ruvchiga aylanadi. Bu yerdagi metafora so‘z qudratini anglatish bilan birga mohiyati anglangan har qanday narsa o‘limga mahkum degan qadim falsafiy hikmatni eslatadi. Nafaqat saroyning, balki poeziyaning ham mohiyatini ochadigan boshqa metafora paydo bo‘lsa, u yerda poeziya qolmaydi, shoirlik yolg‘onlashadi, ya'ni poeziyaning «jodu»lari ochilib qolsa, u yerda yalang‘och siymo, yalang‘och voqyelik qoladi. Poeziya, adabiyot o‘zining «jodu»si, sirliligi, fusuni bilan ulug‘vor – buni Borxes «metafora» deb tushunardi. Yalang‘och voqyelik bor joyda adabiyot ham, go‘zallik ham bo‘lmaydi, u yerda, A.Qahhor ta'biri bilan aytganda, kosibbozlik bo‘ladi. Metafora, ramz, timsol adabiyotning yashash imkonidir. Adabiyotlar taraqqiyoti – ramzlar taraqqiyoti, shu sababli yozuvchining tili lingvistik hodisadan ko‘ra estetik hodisadir. Fusunkor realizm ramz va til fusuniga asoslanadi. Ko‘zgu insonni o‘z tasavvuridan chiqib fikrlashga o‘rgatsa, niqob insonning haqiqiy qiyofasini, tush esa uning ichki dunyosini aks ettiradi. Tush ko‘zguda akslangan aldamchi qiyofamizning, ziyolinamolikka o‘rgangan aqlimizni fosh qilib qo‘yadi; tush aql to‘sib, bosib qo‘ygan sezgi va hissiyotlardir. Aql aldaydi, biroq tush aldamaydi. Biz faqat uni tushunmasligimiz mumkin. Agar shu ong osti kechinmalarini ko‘zguga solsak, o‘zimizda yashirinib yotgan turli maxluqlarni, yirtqichliklarni, yovuzliklarni va «Astiriy uyi» hikoyasidagi kabi minotavrlarni uchratamiz. Borxes uslubidagi metafora, ramz, fusun ana shu uchta uslubiy shartlilikka bo‘ysunadi, fusunkor realizmda, umuman, badiiy tilda «A» tasvirlanadi, biroq gap «B» yoki «V», «G» haqida ketadi, «A» haqida emas. Metafora «A»ga o‘zini ramzlashtirgan «B» yoki «G»lardir. Insoniyat ilk tafakkur jarayonida shu tilda gaplashgan; u o‘sha ibtidoiy aql bilan yashinni Xudoning nayzasi deb qabul qilgan va o‘sha ibtidoiy metaforasi bilan insoniyat poetik tafakkurining yuksak cho‘qqisiga chiqqan. Miflar shu tilda yaratilgan. Sivilizatsiya tilni qashshoqlashtirib qo‘ydi. XX asr qoloq va hali ibtidoiylikni, atrofga ibtidoiy poetik mushohadasini yo‘qotmagan Lotin Amrikasi yozuvchilari shu til bilan XX asr hayotini tasvirlab berdi. Shubhasiz, bunga o‘zigacha bo‘lgan adabiy merosni qayta o‘rganish orqali erishildi. Bunda Borxesning xizmati bag‘oyat kattadir. Uni mutolaa qilish inson haqidagi bilimimizni oshiradi, dunyoga va insonga keng qarashni o‘rgatadi. Ko‘nglimizni go‘zallik bilan oshno qiladi bizni o‘z «menimiz»ga yaqinlashtiradi. … Download 187.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling