Kirish. "Jahon adabiyoti" fanining predmeti va mazmuni
TATAR ADABIYOTI. ABDULLA TUQAY. (1886-1913)
Download 187.53 Kb.
|
JAHON ADABIYOTI MA\'RUZA MATNI
TATAR ADABIYOTI. ABDULLA TUQAY. (1886-1913)
Tatar xalqining demokratik shoiri va vatanparvar adibi Abdulla Tuqay 1886 yil 26-fevralda tug‘ildi. Go‘dakligida otasi, to‘rt yoshida onasi vafot etib, yetim qoldi va hayoti qashshoqlikda o‘tdi. Tuqay ijodi 1905 yillarning alangasi ostida boshlandi. U dastlabki asarlaridayoq reaksiyaga, adolatsizlikka qarshi chiqdi, tatar 'kmdorlarini tanqid qildi, ularga qarshi kurashdi. Bu kurash unda izchillik bilan davom etdi, rivojlandi. Shoir o‘z she'rlari va boshqa prozaik asarlari bilan mehnat a'lining manfaatlarini 'imoya qildi. Masalan, «Tekinxo‘rlarga» she'rida mehnatkashlarni ozodlikka chaqirdi. 1906 yilda yozgan «'urriyat» she'rida u chor politsiyasini «azroilllar» deb, podsho va uning amaldorlarini «va'shilar guru'i» deb nomladi. A.Tuqay «Yangi keskin bosh» poemasi bilan tatar burjuaziyasining realistik qiyofasini ochib tashladi. Uning ijodida xotin-qizlar ozodligi uchun kurash muhim o‘rin tutadi. U bolalar uchun pedagogik qimmatga ega bo‘lgan asarlar yaratdi. 1913 yili vafot etdi. XX asr boshlarida adabiyotga kirib kelgan ilg‘or tatar adiblari G‘.Kamol, O.Ibrohimov, G‘.Ma'rufiylar edilar. Tatar yozuvchilarining K.Najmiy, M.Maqsud, M.Jalil, H.Tohtosh, Ya.Karimlardan iborat katta guruh fuqarolar urushi yillarida chiniqib voyaga yetdilar. XX asrning 20-30 yillarida tatar adabiyotining taraqqiyotiga G‘.Kamol «Deklomatsiyalar» to‘plamiga kirgan hajviy asarlari bilan qatnashdi. Bu davrda O.Ibrohimov «Qizil gullar», «Yangi odamlar», «Sa'ro qizi», «Teran tomirlar» nomli nasriy asarlarida xalq hayotining muhim tomonlarini aks ettirdi. Shu vaqtda yashagan tatar yozuvchilarining ijodiy mavzusi kengaydi, ishchilar sinfi, kolxozchi dehqonlar, ziyolilar vakillari ular yaratgan asarlarining qahramonlari bo‘ldilar. Bunday 'olni K.Najmiyning «Yorqin so‘qmoq», O.Qutiyning «Jo‘natilmagan xatlar», M.Amirning «Bizning hamqishloq» qissalari, Sh.Kamolning «Go‘zallikning tug‘ilishi» romani, '.Tuqtoshning «Komil» pe'sasi misolida ko‘rish mumkin. II jahon urushi yillarida tatar adabiyoti ham xalqqa, Vatanga sadoqat bilan xizmat qildi. M.Jalil, R.Ilyos, O.Quttiylar jangda qatnashib halok bo‘ldilar. M.Jalilning tutqinlikda yaratgan «Maxfiy daftari» she'rlari turkumi adabiyotga katta boylik bo‘lib qo‘shildi. Urushdan keyingi yillarda tatar adabiyoti xalqimizning usib borayotgan saviya javob beradigan mazmundor asarlar bilan boyitdi. Tatar adiblari tomonidan yaratilgan «Nomus»(G.Bashirov), «Bahor shabadalari»(K.Najmiy), «Unutilmas yillar», «Oddiy odamlar»(I.G‘oziy)romanlari, «Qishloq ustidagi yulduzlar» (F.'usniy), «Rahmat, o‘rtoq»(S.Hakim), «Katta yo‘lda»(S.Battol) poemalari turli tillarga tarjima qilingan. So‘nggi 15 yil ichida tatar adabiyoti yuksak g‘oyaviy-badiiy asarlar bilan boyidi. Tatar prozasining sunggi yutuqlariga Qavi Najmiyning «Yoz yellari», Amir yenikovning «Biz ham soldat bo‘lganmiz», «Botqoq chechagi», Gaumer Bashirovning «Nafisa», «Tug‘ilgan yurtim – yashil bo‘ldik», Shamil Bekchurinning «Po‘lat irodali odamlar», Shay Mansurning «Musa Jalil» roman va qissalari kiritish mumkin. Download 187.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling