Kirish. Kimyo o'qitish metodikasi fani, vazifalari


Download 378.5 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana08.01.2022
Hajmi378.5 Kb.
#234897
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5406996794938755742 (2)

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Uмuмilмiy аsоsiy 

biliмlаr 

Kiмyo kursining аsоslаri kursning  nаzаriy аsоslаri 

Fundамеntаl g'оyalаr, nаzаriyalаr, 

qоnunlаr 

Kiмyoviy tushunchаlаr sistемаsi 

 

Kimyoviy 



element 

haqida 


 

Modda 


haqida 

Dispers 


sistemalar 

va holatlar 

haqida 

 

Kimyoviy 



protseslar  

haqida 


Bir-birigа bоg'liqligi vа nisbаti  haqidа 

D. I. Меndеlеev dаvriy sistемаsi uмuмlаshgаn biliм аsоsi sifаtidа 

 

Fаn меtоdlаri 



 

Pоlitехnik biliмlаr sistемаsi 



Ilмiy dunyoqаrаsh biliмlаr sistемаsi 

 



 

Kimyo  o'qitish  metodikasi  oziqlanishiga    ko'ra,  kimyoning 

vujudga  kelishi  va  rivojlanishi  bilan  bir  vaqtda  vujudga  kelgan  va 

rivojlangan.  

Kimyo    o'qitish        metodikasini      rivojlantirishda  M. 

Lomonosov,  N.  Zinin,  A.Voskresenskiy,  D.  Mendeleyev,  A. 

Lavuaz'e,  A.  Butlerov,  N.  Beketov,  L.  Chugaev,  D.  Konovalov, 

Kekule,  I.  Kablukov,  A.  Reformatskiy,  I.  Pisarevskiy,  B. 

Menshutkin  va  boshqa  mashhur  kimyogar  olimlar  o'z  hissalarini 

qo'shganlar,  chunki  ular  o'z  shogirdlariga  kimyodan  dars  ham 

berganlar. Bu olimlarning bir qator prinsipial yangi uslubda yozgan 

darsliklari ham bo'lgan.  

Rus olimlari M.Lomonosov, D.Mendeleyev, A.Butlerov kimyo 

o'qitish  metodikasining  ilmiy  asoslarini  yaratishda  ko'p  xizmatlar 

qilganlar.  Idealizm  va  emperizmga  qarshi  murosasiz  kurash  olib 

borish  protsessida  bu  olimlar  kimyodagi  yangi  yo'nalishlarni 

yaratishdan  tashqari,  ilmiy  va  materialistik  asosda    kimyo  o'qitish 

metodikasiga xam asos solgandirlar.  

M.Lomonosov    (1711-1765)  ...  rossiya    tuprog'i    o'z 

Platonlarini  va  o'tkir  aqlli  Nevtonlarini  undirib  chiqara  olishi 

mumkin  degan  chuqur  ishonch  bilan  gimnaziya  va  universitet 

tashkil  etgan.  Moskva  universitetida  ma’ruzalar  yozib    ularni 

o'qigan.  

D.Mendeleyevning "Kimyo  asoslari" (Osnovы   ximii), "Orzu 

fikrlar"    (Zavetnыe    mыsli),  "Ustozlar    bilim      yurtining  loyixasi" 



(Proekt  uchiliщ  nastavnikov)  kitoblari  dunyoga  ma'lum  bo'lgan, 

kimyoni  amaliyotga  yaqinlashtirgan.  Kimyo  asoslari  haqida  "Vu 

mening  sevikli  farzandim  –  mening  boshlang'ich  fikrlarim,  mening 

pedogogik  tajribam,  mening  chin  qalbimdan  aytilgan  fikrlarim 

anashu  asarimdadir"  deb  aytgan.    Kimyoni  hayot  bilan    bog'liq 

bo'lishini  targ'ib  etgan.  Xulosalar  chiqarish  bilan  bir  qatorda  "shu 

xulosalarni  chiqarish    usullari    tavsiyalarini    bayon  etish"  - 

o'quvchilarni  xulosalardan      foydalanishga,  "kimyoviy  amaliyotni 

ya'ni  tabiatdan  so'rash    va    uning    javoblarini laboratoriyalarda    va  

kitoblarda    eshitish        san'atini  o'zlashtirishga"  o'rgatmoq  lozim.  

Kimyo o'qitish o'quvchilarda sekin-asta kimyoviy dunyoqarash hosil 

qilishi kerak. 

Mendeleyev o'quvchilarni kimyoning atrofdagi tabiatni izohlab 

berish va undan foydalanish uchun zarur bo'lgan ilmiy asoslari bilan 

tanishtirish:o'quvchilarda  tabiatga  to'g'ri,  materialistik  nuqtai 

nazardan qarash xususiyatlarini hosil qilishga alohida e'tibor berish: 

o'quvchilarni  ilmiy  bilimining  vositalaridan  biri  bo'lgan  kimyoviy  

tajribadan      foydalana  oladigan  qilib  tarbiyalash,  o'quvchilarni 

mehnatga    o'rgatish,  ularni    kelgusi  amaliy  faoliyatga  tayyorlash 

zarur  deb  hisobladi.  Uning  fikricha  kimyo  o'qitish  moddalarning 

o'ziga  va  shu  moddalar  bilan  sodir  bo'ladigan    o'zgarishlarga 

asoslanishi  kerak.  Kimyogarlar  moddalarning  xossalarini  va  bu 

moddalar    bilan    bo'ladigan  o'zgarishlarni  fanda  mavjud 

nazariyalar:moddalarning 

tuzilish 

nazariyasi, 

davriy 

qonun, 


kimyoviy  elementlarning  davriy  sistemasi  va  boshqa  nazariyalar 


asosida  izohlab  berish  lozim  deb  hisobladilar.    S.Sazonov  (1866-

1931)  Uning  fikricha  kimyo  o'qitishda  eksperimentga  e'tibor 

kuchayishi kerak degan edi.  

U  kimyoviy  tajribalar  qilib  ko'rsatishning  ta'lim-tarbiyaviy 

ahamiyatini  inkor  etmadi,  shu  bilan  birga,  o'rta  maktabda 

o'quvchilarning maxsus amaliy mashg'ulotlarni tashkil etishga katta 

ahamiyat  berdi.  Uning  "Elementarnыy  kurs  ximii"  degan 

sistemalashgan  dastlabki  kimyo  darsligi  va  "Pervыe  rabotы  po 

ximii"  degan  kimyoviy  tajribalar  kitobida  o'quvchilar  tomonidan 

tajribalar  bajarish  texnikasi  va  metodikasini  yozgan  edi.  Shundan 

so'ng Krapivin S.   "Zapiski  po  metodike  ximii", hamda Gol'dfarb, 

Smorgunskiylar  1933  yilda  birinchi  stabil  mukammal  darslik  chop 

etdilar.  Ular  tomonidan  "Metodika    prepodovaniya  ximii"  degan 

darslik ham yaratildi. 

Kimyo  o'qitish  metodikasining  rivojlanishida  eski    sovet 

tuzumidagi  pedagogik  akademiyaning  ham  roli  katta  edi.  Chunki 

unda  kimyo  fani  o'qitish  metodikasi,  maktab    kimyo    kabinetlarini 

jihozlash,  o'quvchilarda    kimyoviy    tushunchalar    hosil  qilish, 

kimyodan masalalar va mashqlar to'plash, o'rta maktab kimyo o'quv 

kursida  o'qitiladigan  organik  moddalar  va  shu  kabi  metodik 

muammolarni  eksperiment  yo'li  bilan  hal  qilish  muammolari 

sohalari keng tadqiq qilingan edi.  

Bugun  ham  kimyo  metodikasi  oldida  quyidagi  masalalarni 

ilmiy ravishda ishlab chiqish vazifalari mavjud: 

a) Kimyoning ilmiy asoslari; 



b) Kimyo o'quv kursini tuzish sistemasi; 

v)  O'quvchilarni  politexnik  jihatdan  tayyorlashning  mazmuni 

va metodikasi; 

g) Kimyo  o'qitish  protzessida  o'quvchilarni tarbiyalash; 

d)  Maktabda  o'tqaziladigan    kimyoviy    eksperiment 

metodikasi; 

e) Kimyodan ta'lim tarbiya  protzessining  asosiy qonunlari; 

j)  Kimyodan  o'tqaziladigan  sinfdan  tashqari  mashg'ulotlar 

sistemasi va boshqalar.  


Download 378.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling