Kirish konsentratsiya haqida ma’lumot eritmalar haqida umumiy ma’lumot. Eruvchanlik


Download 56.02 Kb.
bet4/11
Sana20.01.2023
Hajmi56.02 Kb.
#1105348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tabiy f

    Bu sahifa navigatsiya:
  • JAVOB
Eruvchanlik
Moddalar turli erituvchilarda erib eritmalarni hosil qiladilar. Erituvchilarda moddalarning erish xususiyati eruvchanlik deb yuritiladi. Biz kundalik turmushimizda turli moddalarni eritib, eritma hosil qilinishini ko‘rganmiz. Masalan: osh tuzini suvda eritib, tuzli suv hosil qilishni; shakar suvda eriganda, shirin suv hosil bo‘lishini; yod moddasini spirtda eritib, tibbiyotda ishlatiladigan yodning spirtdagi eritmasini hosil bo‘lishini ko‘rganmiz. Moddalar erituvchilarda cheksiz miqdorda erimaydi, balki ularning eruvchanligi ma’lum miqdordagina bo‘ladi. Shu miqdorni ifodalash uchun eruvchanlik koeffitsiyenti degan tushunchani bilib olishimiz kerak.
Moddaning 100 g erituvchida ayni haroratda eriy oladigan eng ko‘p massasi shu moddaning eruvchanlik koeffitsiyenti (eruvchanligi) deyiladi. Eruvchanlik koeffitsiyenti S harfi bilan belgilanadi. Masalan, NaCl ning 200C dagi eruvchanligi 36 ga tengligini bildirish uchun quyidagicha yoziladi: S (200C) = 36
Masala:
KN ning 60 °C dagi to’yingan eritmasida 52,4 % tuz mavjud. Shu temperaturadagi tuzning eruvchanlik koeffsiyentini aniqlang?
Yechish:
100% -----------52,4gr tuz = 47,6 suv
100 gr ---------47,6gr suv
X----------52,4gr tuz
JAVOB: S=110gr tuz
Moddalar suvda eruvchanligiga qarab 3 guruhga bo‘linadi:
1) Yaxshi eriydigan moddalar: (100 g erituvchida 10 g dan ko‘p eriydi).
KCl, NaNO3, shakar, spirt, gazlar (HCl, NH3).
2) Oz eriydigan: (100 g erituvchida (H2O)1g dan kam eriydi). CaSO4,
CaCO3, BaSO4, MgCO3, PbSO4, benzin, gazlar (CH4, N2, H2).
3) Amalda erimaydigan moddalar: (100 g erituvchida 0,01 g va undan kam).
oltin, kumush, mis. Moddalar eruvchanlik xususiyati bir qancha omillarga bog‘liq, masalan: moddaning tabiati va haroratga bog‘liq.
Qattiq moddalarning ko‘pchiligi suvda eruvchanligi harorat ortishi bilan ortadi, chunki ko‘pchilik qattiq moddalar eriganda issiqlik yutiladi. Shuning uchun harorat ko‘tarilishi bilan ularning eruvchanligi ortadi.
Masalan: tuzli suv tayyorlanganda, 1 stakan sovuq suvga tuz solib aralashtirsak, tuz sekin-asta eriydi, ba’zan erimay qolgan tuz idish tagida qolib ketishini ko‘rganmiz. Endi shunday miqdordagi tuzni 1 stakan issiq suvga solib aralashtirsak, tuz tezda erib ketadi. Ushbu misoldan xulosa qilib aytishimiz mumkin-ki, qattiq moddalarda harorat eruvchanlikka to‘g‘ri proporsional ya’ni harorat ko‘tarilganda tuzlarning eruvchanligi ham ortib boradi va ko‘proq miqdorda tuz suvda eriydi.

Download 56.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling