Kirish Korxona tarixi


Murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklar


Download 206.5 Kb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi206.5 Kb.
#1568884
1   2   3   4   5
Bog'liq
1403431403 45815

Murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklar.

Murakkabguldoshlar oilasiga yog‘ tuplovchi bir nechta turlar kiradi. Xalk xujaligi uchun ular orasida kungaboqar (Helianthus annus) katta ahamiyatga ega. Bu oiladagi boshqa o‘simlik masxar (Carthamus tinctorius) bo‘lib, xalk xujaligi uchun katta ahamiyatga ega bulmasada, chet mamlakatlarda yog‘li o‘simlik sifatida keng kullaniladi.
Kungaboqar va masxar bir yillik o‘simlik bo‘lib, gullari savat turidagi gul kosasiga joylashgan. Umumiy tekis yoki kavarik gul bandida aloxida gullar joylashgan bo‘lib, atrofi ko‘p sonli yaproklar bilan uralgan. Mevasi – urug‘cha bo‘lib, yetilganida ochilmaydi. Kungaboqar va saflorning farqli xususiyati meva kobigida fitomelan tuplanishi bo‘lib, bu kobikning qattiqligini ta’minlaydi. Bu o‘simliklarning yog‘ kislota tarkibi ko‘p umumiyliklarga ega bo‘lib, fosfolipidlar guruhining tarkibi ham yakin.
Yer sharida mavjud o‘simlik turi 250 000 tani tashkil etadi va uning 20 000 ga yaqini Murakkabguldoshlar oilasiga mansubdir (2). Ularning ko‘pchiligi o‘ta manzarali gullar hisoblanadi. Evolyutsiya nuqtai nazaridan yosh hisoblangan (3) bu oilaning vakillari tashqi muhitning salbiy omillariga nisbatan ancha bardoshli hisoblanadi (4). Oilaning o‘ndan ortiq manzarali vakillari Qarshi vohasi sharoitiga introduksiya qilingan bo‘lsada bioekologik xususiyatlari yetarlicha o‘rganilmaganligi sababli, ulardan ko‘kalamzorlashtirishda deyarli foydalanilmaydi. Qarshi vohasi sharoitida ularning bioekologik xususiyatlarini o‘rganish ko‘kalamzorlashtirishda foydalaniladigan manzarali gullar assortimentini oshirishga va bu gullarni O‘zbekistonning boshqa hududlariga tarqalishiga xizmat qiladi. Shu jihatdan mazkur tadqiqot ishining mavzusi dolzarpb bo‘lib hisoblanadi.
Murakkabguldoshlar (Asteraceae, Compositae) oilasi vakillari quruqlikning barcha mintaqalarida keng tarqalgan bo‘lib, asosan tog‘li hududlar, dasht va cho‘llarda bir yillik, ko‘p yillik o‘tlar, chala buta, buta, qisman liana va kichik daraxt hayot shaklida o‘sadi. Ko‘pchilik ikkipallali o‘simliklardan farqli o‘laroq, murakkabguldoshlar oilasi vakillari zahira sifatida kraxmal emas inulin to‘playdi.
O‘zbekiston sharoitiga introduksiya qilingan manzarali gullar orasida Murakkabguldoshlar oilasiga mansub bo‘lgan tur va navlar talaygina. Shunga qaramay ular ustida yetarlicha tadqiqotlar o‘tkazilmagan. Birgina S. Xudjaniyazova tomonidan (1964) Toshkent sharoitida rudbekiya va exinatsiya turkumi vakillarining biomorfologik xususiyatlari va gullash biologiyasi chuqur o‘rganilgan (5). Qolgan турlar esa dastlabki introduksion sinovdan o‘tkazilgan, xolos.
Qarshi vohasining iqlim sharoitida Murakkabguldoshlar oilasiga mansub manzarali gullarning bioekologik xususiyatlari o‘rganilmagan.
Shundan kelib chiqib, Qarshi vohasiga introduksiya qilingan va shaharning markaziy ko‘chalari, hiyobonlari, aholi turar joylarini ko‘kalamzorlashtirishda Murakkabguldoshlar oilasining manzarali vakillaridan foydalanilishi xolatni marshrut metodidan foydalangan holda o‘rganib chiqildi. Natijada sanab chiqilgan 50 dan ortiq manzarli gullarning 19 tasi Murakkabguldoshlar oilasi xissasiga to‘g‘ri kelishi aniqlandi. Bu turlar 7 triba, 15 turkumga mansub bo‘lib, ularning 7 tasi Heliantheae tribasi vakillari hisoblanadi.
Ushbu turlarning manzaralilik sifatlarini baholash maqsadida biz tomonimizdan 100 ballik shkala ishlab chiqildi (2-jadval). Shkalani ishlab chiqishda V.N. Bilov (29) metodikasidan foydalandik.
Baholash natijalariga ko‘ra o‘rganilgan o‘simliklar 3 ta guruhga ajratildi:
1-guruhga 40 dan 60 ballgacha baholangan 9 ta tur (Aster amellus, Calendula officinalis, Jacobaea maritima, Cosmos bipinnatus, Dendranthema morifolia, Dendranthema indica, Helianthus tuberosus, Helianthus annuus, Leucanthemum maximum) kiritildi. Ular ko‘kalamzorlashtirish talablariga qisman jabov beradigan turlar bo‘lib hisoblanadi.
2-guruhga 60 dan 80 ballgacha baholangan 3 ta tur (Callistephus chinensis, Rudbeckia laciniata, Tagetes erecta) kiritildi. Ular ko‘kalamzorlashtirish talablariga javob beradigan turlar bo‘lib, bo‘yi uzun, qisqa muddat gullaydi
3-guruhga 80 balldan yuqori baholangan 7 ta tur (Bellis perennis, Dahlia×cultorum, Gaillardia pulchella, Gazania×hybrida hort., Rudbeckia bicolor, Tagetes patula, Zinnia elegans) kiritildi. Bular Qarshi vohasini ko‘kalamzorlashtirish учун истиқболли турлар бўлиб ҳисобланади.
Birinchi va ikkinchi guruhga kiritilgan turlardan aholi xonadonlarini, bog‘cha, kasalxona, maktablar hovlisi va boshqa hududlarni ko‘kalamzorlashtirishda foydalanish maqsadga muvofiq. Manzaralilik sifatlari yuqoriligi va uzoq muddat gullab turishi sababli uchinchi guruhga mansub turlar tadqiqot obyekti sifatida tanlandi.
Murakkabguldoshlar oilasi vakillarining pistacha mevasi urug‘ deb ham atalib, chatnamaydigan, ko‘pincha po‘pak (kokil, toj) chali. Ayrim turkum vakillarining mevasi po‘paksiz (kungaboqar – Helianthus). Po‘paklar asosan urug‘larni tarqalishiga xizmat qiladi. Mevaeti zichlashgan, etsiz bo‘lib urug‘dan osongina ajraladi.



  1. Xulosa

Men bu mavzudan shuni xulosa qilib aytishim mumkinku oʻsimlik moyi presslash va ekstraksiya yoʻli bilan olinib, ketmaket tozalanadi va dezodoratsiyalanadi. Ayrim korxonalarda keyingi yillarda kungaboqar pistasi va mahsar urugʻlaridan yogʻ ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan toʻliq foydalanish va ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini koʻpaytirish maqsadida import boʻyicha soya dukkagi olinmokda. Ularni qayta ishlashdan chiqqan soya shrotlari chorva mollari va parrandalar uchun toʻyimli ozuqa hisoblanadi. Isteʼmol moylarining qimmatli turlarini ishlab chiqarishda konserva zdlarining chiqindilari boʻlgan mevasabzavot va poliz ekinlarining danak va urugʻlaridan foydalaniladi. Ishlab chiqarilayotgan oʻsimlik moyi turlari koʻpaytirilmokda. "Qoʻqon yogʻ-moy" aksiyadorlik jamiyatida mevasabzavot danaklaridan, shu jumladan, shaftoli, oʻrik, uzum, bodom, tarvuz, qovun, pomidor va b. urugʻlaridan ishlab chiqarilayotgan yogʻmoy mahsulotlari attorlik va oziqovqat sanoatida katta talab bilan foydalanilmokda. 90 yillarning 2 yarmidan yogʻ-moy maqsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash, isteʼmol va saqlash uchun qulay idishlarga qadokdash boʻyicha yangi texnologiyalar keng miqyosda oʻzlashtirilmoqda. Margarin mahsulotlari "Tashmargyogʻ" aksiyadorlik jamiyatida ishlab chiqarilmokda (i. ch. yillik quvvati 22,4 ming t). Buxoro shaxrida Oʻzbekiston-Isroil "BuxTel" mayonez ishlab chiqaradigan zamonaviy qoʻshma korxonasi tashkil etildi. Kirsovun va atirsovun tarmokdagi 10 ta korxonada — Fargʻona, Yangiyoʻl, Andijon, Urganch, Kattaqoʻrgʻon, Keles sh.dagi korxonalarda ishlab chiqariladi (yalpi yillik quvvati 103,7 ming t). 1996 yildan respublikada sovun ishlab chiqarish korxonalarini yuqori sifatli xom ashyo bilan taʼminlash uchun "Urganchyog" aksiyadorlik jamiyatida chigit soapstoki asosida yogʻ kislotalari (palmitin va olein kislotalari) ishlab chiqarish yoʻlga qoʻyildi.Tarmoq korxonalarida texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, xorijiy firmalar uskunalari bilan jihozlash ishlari davom ettirilmokda. Korxonalarni texnikaviy jihatdan qayta jihozlashda "Krupp", "Sket" (Germaniya), "AlfaLaval" (Shvetsiya), "Jon Braun", "Karver", "Kraun" (AQSH), "Motssoni", "Bollistra" (Italiya), Polsha, Ukraina, Rossiya firmalari bilan hamkorlik yaxshi samara bermokda. 1996 yildan boshlab Yogʻ-moy sanoati tarmogʻiga toʻgʻridan toʻgʻri chet el investitsiyalari jalb qilinmoqsa. Buning natijasida tarmokda 9 qoʻshma korxona tashkil etildi va faoliyat yuritmokda. Xorijiy mamlakatlardan Italiya, Germaniya, Rossiya, Ukraina, Fransiya va AQShda Yogʻ-moy sanoati rivojlangan. O’zbеkistonda qadimdan o’simlik moyi kunjut, zig’ir, indov, maxsar urug’i, paxta chigiti, poliz ekinlari urug’laridan juvozlarda olingan. Rеspublikada yillik kuvvati 3,5 mln. tonna moyli o’simlik urug’larini qayta ishlaydigan korxonalar ishlab turibdi. Sanoatning bu tarmog’ida paxta, soya, raps moylari, mеva danaklari hamda sabzavot urug’laridan moy olinib, oziq-ovqat, atir-upa va farmatsеvtika sanoatlari tarmoklarida ishlatiladi. Yog’ moy sanoatida bu moylardan margarin mahsulotlari, mayonеz, kir sovun, atir sovun, tеxnika maqsqdlari uchun moshqaturli mahsulotlar ishlab chikariladi. O’simlik moyi ishlab chikarishda yiliga o’rtacha 2,1 mln. tonnadan ko’prok paxta chigiti ishlatiladi. Yog’-sanoati korxonalari YoMK (yog’-moy kombinati), MEZ (moy ekstraktsiya zavodi) va turli xususiy kichik korxonalar ko’rinishidagi ayrim sеxlar ko’rinishida ishlamoqdalar. Barcha ishlab chiqarish va qayta ishlash sеxlaridan tashkil topgan yog’-moy kombinatining umumiy sxеmasi quyidagi sxеmada kеltirilgan bo’lib, unda xomashyo va matеrial harakati bo’yicha ishlab chiqarish bo’limlarining kеtma-kеtligi va bog’liq’ligi kеltirilgan.


Download 206.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling