Kirish Korxona tarixi


Download 206.5 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi206.5 Kb.
#1568884
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1403431403 45815


Mundarija



  1. Kirish………………………………………………………………...


  1. Korxona tarixi………………………………………………….


  1. Asosiy qism……………………………………………………


    1. . Moyli ekstraktlar tasnifi va tavsifi………………………...


    1. . Murakkabguldoshlar oilasiga mansub o‘simliklar …………..


  1. Xulosa……………………………………………………


  1. Foydalanilgan adabiyot………………………………….


  1. Ilovalar………………………………………………………


  1. Korxona strukturasi…………………………………..




  1. KIRISH

Yogʻ-moy sanoati — oziq ovqat sanoatining oʻsimlik moyi ishlab chiqarish, yogʻlarni tozalash, gidrogenlash, dezodoratsiyalash, glitserin, margarin, mayonez, xoʻjalik sovunlari, sintetik moy kislotalari asosida kir yuvish vositalari, aliflar va boshqa mahsulotlar tayyorlashni oʻz ichiga oladigan tarmogʻi. Oʻzbekistonda Yogʻ-moy sanoati oziqovqat sanoatining yetakchi tarmoqdaridan hisobanadi. Mamlakatda ishlab chiqariladigan oziqovqat sanoati umumiy mahsuloti hajmining 40% ga yaqinini beradi. Oʻzbekiston Respublikasida yogʻ-moy sanoati rivojlanishi paxta yetishtirishning oʻsishi bilan bogʻliq boʻlgani sababli yogʻ-moy korxonalari xom ashyoga yaqin yerlarga qurilgan va respublikaning hamma viloyatlarida (Navoiy viloyatidan tashqari) mavjud. Oʻzbekistonning zamonaviy yogʻ-moy sanoatida yiliga 3,5 mln. tonna chigit va boshqa moyli oʻsimliklar urugʻlarini qayta ishlash quvvatiga ega boʻlgan 21 korxona ishlaydi (2001). Korxonalar "Yogʻmoytamakisanoat" uyushmasi tarkibiga kiradi, tarmoqdagi eng yirik korxonalar: "Yangiyoʻl yogʻmoy", "Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy", "Buxoro yogʻekstraksiya", "Qarshi yogʻekstraksiya", "Qoʻqon yogʻ-moy", "Fargʻona yogʻ-moy", "Andijon yogʻ-moy", "Asaka ekstraksiya", "Uchqoʻrgʻon yogʻekstraksiya", "Namangan yogʻekstraksiya", "Toshmargyogʻ" (Toshkent sh.), "Surxonoziqovqatsanoat" (Denov sh.), "Guliston yogʻekstraksiya", "Kogon yogʻekstraksiya", "Urganch yogʻ-moy", "Koson yogʻekstraksiya", "Xoʻjaylimoy", "Yogʻgar" (Qoraqalpogʻiston Respublikasi Beruniy sh.), "Chimboymoy" aksiyadorlik jamiyatlari. Korxonalarda jami 227 ming t oʻsimlik moyi ishlab chiqarildi (2000). Oʻrta Osiyoda juda qadimdan turli oʻsimliklar, moyli ekinlar urugʻlaridan yogʻ olish bilan shugʻullanib kelingan. Yogʻ asosan juvozpasha olingan. Xom ashyo sifatida paxta chigiti, kunjut, zigʻir, mahsar, yer yongʻoq, danaklar va b.dan foydalanilgan. Turkiston oʻlkasida temir yoʻl qurilishi va tashqi bozorlar bilan aloqaning yaxshilanishi natijasida yogʻ-moy sanoati ham rivojlandi. Oʻzbekistonda paxta chigitidan moy oluvchi gidravlik pressli birinchi zd 1884 yilda Qoʻqonda ishga tushirilgan, 1896 yilda Kattaqoʻrgʻon sh.da (Samarqand viloyati) yogʻ zavodi qurildi. 1913—14 yillarda 30 ta yogʻ zavodi boʻlib, 57 ming t oʻsimlik yogʻi ishlab chiqarilgan. Oktabr toʻntarishidan keyin Shoʻrolar hukumati barcha sanoat korxonalari kabi, yogʻ zavodlarini ham natsionalizatsiya qilishi natijasida zavodlar faoliyati toʻxtab qolgan. 1922 y. boryoʻgʻi 2 ta yogʻ zavodi ishlab turgan. Oʻzbekistonda paxta maydonlarining kengayishi va paxta yetishtirishning koʻpayib borishi bilan bogʻliq holda 30-yillardan boshlab yogʻ-moy sanoati sezilarli taraqqiy etdi, 1929—33 yillarda 1612 ming t chigit qayta ishlandi va 247,3 ming t oʻsimlik yogʻi tayyorlandi. 1971 — 75 yillarda 11 mln. t ga yaqin chigit qayta ishlanib 1549,6 ming t oʻsimlik moyi tayyorlandi. 1930y.larda hozirgi quvvati 810—950 t/sutka chigit boʻlgan Qoʻqon va Kattaqoʻrgʻon yogʻ-moy kombinatlari, 1980 yilda quvvati 1200 t/sutka chigit boʻlgan Koson va Guliston yogʻekstraksiya zdlari qurilib, ishga tushirildi. Yogʻ-moy sanoati taraqqiy etishi natijasida yangi xil mahsulotlar ham tayyorlana boshladi. Avval fakat tozalanmagan (qora) paxta yogʻi tayyorlangan boʻlsa, keyinchalik yogʻni tozalash yoʻlga qoʻyildi va oliy navli tozalangan yogʻ ishlab chiqarildi, oziqovqat uchun va texnikada ishlatiladigan salomas, glitserin, moy kislotalari, margarin, mayonez, sovunlar, sintetik kir yuvish vositalari, turli loklar, boʻyoq moddalari ishlab chiqarish oʻzlashtirildi. Yogʻ-moy sanoati chiqindilarsiz ishlash sxemasida ishlaydi.



  1. Download 206.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling