Kirish Korxona tarixi
Download 206.5 Kb.
|
1403431403 45815
Korxona tarixi
1889 yil dekabr oyida “Bolshaya Yaroslavskaya Manufaktura” shirkati (Chor Rossiyasi) tomonidan Toza (yangi) Urganchda ishga tushirilgan ilk sanoat korxonasida bor-yo‘g‘i 60 kishi ishlagan va yiliga 50 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlab, qora yog‘ ishlab chiqarilgan. 1910 yilda korxona korpuslari yangidan qurilgan va germaniyalik aka-uka Kraftlar tomonidan o‘zlari olib kelgan zamonaviy dastgohlar bilan jihozlantirilgan. Zavod 1920 yilgacha o‘z xo‘jayinlariga katta daromad keltirgan. Korxona fuqarolar urushi tufayli 2 yil to‘xtab qolgan va so‘ngra milliylashtirilgan. Zamon talabiga ko‘ra ishlab chiqarish mahsulotlarini ko‘paytirish uchun 1930 yilda Urganch shahrining Shovot kanali bo‘yidagi kenglikda paxta tozalash zavodi qurib bitkazildi. Ikki korxona oralig‘ida qisqa relsli temir yo‘l qurilib ot, tuya, eshak bilan yuritiladigan maxsus vagonetkalarda xom ashyo, mah-sulotlar tashilgan. Ikkinchi jahon urushi davrida har ikki korxona ham 50 foiz quvvat bilan ishlagan, keyin yana o‘z mavqeini tiklab olgan. Korxonaga uzoq yillar mohir tashkilotchi, Ikkinchi jahon urushi qahramoni Sotim Nurmatov, Ivan Timofeevich Sorokin, keyinchalik Telman Musaev kabi ustozlar rahbarlik etishgan. Ular respublika va sobiq ittifoqdagi turdosh sanoat korxonalari, ilmiy tekshirish institutlari bilan hamkorlikda muayyan yutuqlarni qo‘lga kiritganlar. Yangi texnologik liniyalar, ishlab chiqarish sexi va bo‘limlarini ishga tushirganlar. Bir so‘z bilan aytganda, nafaqat viloyat, balki qo‘shni Qoraqalpog‘iston hamda Toshhovuz atroflaridagi iste’molchilar ham yog‘, sovun, sheluxa, kunjara mahsulotlari bilan ta’minlangan. Yillar o‘tishi bilan aholi sonining o‘sib borishi, paxta plantatsiyalarining kengaytirilganligi sababli yetishtirilgan paxta, chigit xom ashyosini qayta ishlash imkoniyatlarini qayta ko‘rish — yangi yirik zamonaviy korxona qurish zaruriyati tug‘ildi. 1965 yilda Urganch shahar sanoat zonasi maydonida yangi yi-rik korxona qurilishga kirishilib va nihoyat 1977 yil 28 oktabrda yog‘-ekstraksiya ishlab chiqarish zavodi ishga tushirildi. Dastlab zavodning asosiy ishlab chiqarish sexlari chigit xo‘jaligi, chigitni tozalash va tayyorlov, moyjuvoz, rafinatsiya, ekstraksiya va missellada yog‘ oqlash sexlari, elevator shrot ombori, keyinchalik yog‘ qadoqlash, soapstokni qayta ishlash va xo‘jalik sovuni ishlab chiqarish sexlari ishga tushirildi. Loyiha bo‘yicha o‘rnatilgan texnologik uskunalarning bir tekis ishlamasligi, xizmat ko‘rsatuvchi muhandis va ishchilarda tajribaning yetishmasligi natijasida ishda nosozliklar bo‘lib turar va buning oqibatida butun bir texnologik tizimning 4-5 soatlab to‘xtab qolishi holatlari bo‘lgan. Texnologik reglamentga ko‘ra yog‘ ishlab chiqarish jarayonlari uzluksiz olib boriliщi zarur, aks holda yordamchi materiallar sarfi belgilangan me’yordan oshib o‘z navbatida boshqa (bug‘, suv, ekstrabenzin) yo‘qotishlar ham ortiqcha bo‘ladi. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra tayyorlov, moyjuvoz va ekstraksiya sexlaridagi asosiy texnologik uskunalarni yangi unumdor, foydalanishda qulay bo‘lgan zamonaviy uskunalarga almashtirish, ya’ni keng ko‘lamda modernizatsiyalash va texnik, texnologik qayta jihozlash tadbirlarini o‘tkazish zaruriyati tug‘ildi. 1983 yilda “SKET” kompaniyasidan (Magdeburg, GDR) qovurish qozonlari, G-24 rusumli yog‘ presslari, Polsha Xalq Res-publikasidan tosterlar (shrot tarkibidagi ekstrabenzinni uchi-ruvchi uskuna) keltirib o‘rnatildi. 1986 yilda tayyorlov sexi-dagi jihozlar shelushitellar, bitter-separatorlar ham “SKET” firmasidan olib kelinib o‘rnatildi. Texnologik uskunalarni moliyalashtirishda mablag‘larning bir qismi korxona hisobidan, bir qismi davlat kapitali hisobiga amalga oshirildi. Shu yillarda korxonada dastlabki modernizatsiya va qayta jihozlash tadbirlari o‘tkazilgandan keyin loyihada ko‘rsatilgan quvvatga erishildi. Urganch yog‘-moy korxonasiga o‘sha yillarda rahbarlik qilgan rahmatlik ustoz T.Musaevning xizmatlari tahsinga sazovordir. U kishi sohaning yetuk mutaxassisi, mehribon murabbiy edi. Aholi iste’moli uchun sifatli o‘simlik yog‘i ishlab chiqarish masalasi hamisha korxona mutaxassislarining diqqat markazida bo‘ldi. Bunda asosan ilg‘or fan-texnika yutuqlarini, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish zarur. Ana shulardan biri aholi iste’moli uchun yetkazib berilayotgan rafinatsiyalangan (tozalangan, oqlangan) o‘simlik yog‘ini ekstraksiya va yog‘ oqlash sexlariga xizmat qiluvchi aylanma suvlarni sovutish inshooti (gradirnya) quvvatini oshirish uchun 1 seksiya qo‘shimcha montaj qilindi. 1991 yil 31 avgustda mamlakatimizda e’lon etilgan Milliy istiqlol korxonamizning tez sur’atlar bilan taraqqiy etishiga yo‘l ochib berdi. Korxona 1994 yilda davlat tasarrufidan chiqarilib OAJ – ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirildi. Natijada chet el investitsiyalari, texnika va texnologik jarayonlarning korxonaga kirib kelishi yuksalishning yangi bosqichini boshlab berdi. Jumladan avval muammo bo‘lib turgan maxsus bino qurilib, ammiakli kompressor sexi ishga tushi-rildi. Sexda ikkita “P-220” va 1 ta “P-110” ammiakli kompressor agregatlari o‘rnatildi. Bu agregatlar ilgarigi freonli agregatlarga nisbatan 2 barobar quvvatli bo‘lib, ammiak gazida ishlaydi, ya’ni rassolni sovutib berish imkoniyat darajalari yuqori ekanligini ko‘rsatdi. Sex ishga tushirilgandan keyin texnologik jarayonlarga ishlatiladigan ekstrabenzinning sarfi keskin kamayishiga erishildi. 2003-2004 yillarda korxonadagi yordamchi xizmatlar bo‘limlarini rivojlantirishga, ish sharoitlarini yaxshilashga, ularning texnik bazalarini zarur texnologiyalar bilan jihozlashga e’tibor qaratildi. Shu yillarda mexanika ta’mirlash sexiga qo‘shimcha stanoklar, elektr payvandlash apparatlari, gaz bilan kesuvchi apparatlar xarid qilindi. Korxonaga asosiy kirish darvozasining o‘ng tomonida yangidan RMS payvadlash bo‘limi, bosh energetik xizmati va o‘t o‘chirish deposi qurildi. Bu ishlar-ni amalga oshirishda 1999-2003 yillarda korxonaga rahbarlik qilgan B.K.Bobojonov, bosh muhandis lavozimida ishlagan Z.Ro‘zmatovlarning xizmatlari katta bo‘ldi. Respublika hukumati tomonidan chet el investrlari uchun katta imkoniyatlar yaratib berildi. Korxonaning 50,2 foiz aksiyalarini Shveysariyaning “Floil Holding Ltd” kompaniyasi 1 mln. 117 ming AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan sotib oldi. Korxonani 2004-2005 yillardagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish biznes rejasiga modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash tadbirlari o‘tkazish kiritildi. Bunga ko‘ra chet el investori o‘zining investitsiya majburiyatlari hisobiga ekstraksiya sexiga eskirgan “MEZ-350” ekstraktori o‘rniga yangi mo-dernizatsiyalashgan “B6-T 1 MEM-400” rusumli Boloxova mashinasozlik zavodida ishlab chiqarilgan (RF) qiymati 730 ming AQSh dollariga teng bo‘lgan ekstraktor, moyjuvoz sexiga 2 ta yangi unumdor “YeTR-20,16” yog‘ presslari (SKET, Germaniya) qiymati 390 ming AQSh dollari, 3 ta “MTZ-80” traktori (Minsk, Belorussiya), qiymati 40 800 AQSh dollariga teng zamonaviy dastgohlar xarid qilindi. O‘tkazilgan tadbirlar natijasida bugungi kunda korxona-ning ishlab chiqarish quvvatlari sezilarli darajada ortib, kuniga 800 tonna texnik paxta chigitini, 400 tonna soya va 200 tonna kungaboqar donini qayta ishlash quvvatiga ega bo‘ldi. Shuningdek, kuniga 135 tonna tozalangan paxta yog‘i, 63 tonna plastik idishlarga qadoqlangan yog‘, 48 tonna xo‘jalik sovuni va 20 tonnadan ziyod olein, palmetin yog‘ kislotalari qorishmasi ishlab chiqariladi. Aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilganligining 23 yilligi, vohada ilk bor asos solingan birinchi sanoat korxonasi Urganch paxta-moy zavodi ishga tushirilganining 128 yilligini bayram qilar ekanlar, quyidagi fakt va raqamlar bilan faxrlanishga haqlari bor deb o‘ylaymiz. Endilikda korxonada bir kecha-kunduzda: — 800 tonna texnik paxta chigiti qayta ishlanadi; — 135 tonna tozalangan (rafinatsiyalangan) paxta yog‘i; — 63 tonna plastik idishlarga qadoqlangan yog‘; — 48 tonna xo‘jalik sovuni; — 30 tonna salomas ishlab chiqarilmokda; — 3 tonna distillangan glitserin; — 27 tonna texnik salomas yog‘ kislotalari. Oddiy til bilan aytganda, korxonamizning atigi bir sutkada ishlab chiqargan mahsulotlar ko‘rsatkichi sobiq Urganch yog‘-zavodi jamoasi 1 yilda ishlab chiqargan mahsulotdan deyarlik ming marta ziyod. Ko‘rinib turganidek, nafaqat viloyat, respublika, shu bilan birga jahonning ko‘plab mamlakatlariga tanilgan korxonamiz o‘zining kechmish tarixida qanchadan-qancha qiyinchiliklarni yengib o‘tib, ko‘plab ishchi-xizmatchilar sulolasini tarbiyalab voyaga yetkazdi. Korxona viloyat hokimligi va respublika hukumati, shuningdek, chet ellardagi sheriklarining, ilmiy — tekshirish institutlarining, xususiy kompaniyalarning diplomlari, tegishli sertifikatlari, minnatdorchilik maktublari va faxriy yorliqlari bilan taqdirlandi. Mahalliy va xorijlik iste’molchilar korxonada ishlab chiqarilgan a’lo navli qadoqlangan paxta yog‘i, xo‘jalik sovuni va boshqa mahsulotlarni xech qanday e’tirozlarsiz xarid qilmoqdalar. Download 206.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling