Kirish Korxona tarixi
Asosiy qism 3.1 Moyli ekstraktlar tasnifi va tavsifi
Download 206.5 Kb.
|
1403431403 45815
Asosiy qism
3.1 Moyli ekstraktlar tasnifi va tavsifi Moyli ekstraktlar deb, dorivor o‘simliklardan moylar yordamida olingan ajratmalarga aytiladi. Usimlik xom ashyosidai ta’sir etuvchn moddalarni ajratib olish uchun o‘simlik va mineral moylar (kungaboqar, paxta moyi, vazelin, yer yong‘oq moyi va boshqalar) ishlatiladi. Sanoatda moyli ekstraktlar ishlab chiqarish quyidagi bosqichlardan iborat: xom ashyo va ajratuvchini tayyorlash; ajratma olish; yot moddalardan tozalash; baholash va qadoqlash. Ularni tayyorlashda maseratsiya, reperkolyatsiya va boshqa usullardan foydalaniladi. Moyli ekstraktlar issiq xolda bosim ostida, qalin jun matolar orqali suziladi. Ular tashqi ko‘rinishi va ta’sir etuvchi modda miqdori bilan baxolanadi. Moyli ekstraktlar tashqi maqsadlar uchun ishlatiladi. Moyli ekstraktlarning soni uncha ko‘p bo‘lmasda, ularga mingdevona, bangidevona, qashqarbeda o‘ti va gnafalium moyli ekstraktlari, karotolin va boshqalar kiradi. Mingdevona moyli ekstrakti. Bu ekstrakt tarkibida 0,05% alkaloid bo‘lgan mingdevona bargidan, kunga-botqar moyidan 3 xil usulda olinishi mumkin. 1. Maseratsiya usuli. Sirlangan (emal bilan qoplangan) cho‘yan idishda 100 kism yirik maydalangan mingdevona bargini 75 qism 95% li spirt va 3 qism ammiak bilan namlab, xona haroratida qoldiriladi (12 soat) Aralashma ikki qavat devorli maxsus qozonga o‘tkazilib, ustiga 1000 qism kungaboqar moyi va 50 qism quritilgan natriy sulfat solib, 50—60°S xaroratda spirt, ammiak va suv to‘liq bug‘languncha aralashtirib turiladi. Spirt, ammiak va suv to‘liq, bug‘langanda aralashma tiniq bo‘lib koladi va barg barmoq orasiga olib ezilganda, qirsirllaydi. So‘ng ajratma quyib olinadi, ikki kun tindirib, suziladi va moy bilan 1:10 nisbatigacha yetkaziladi. 2. Sankt-Peterburg «Oktabr» kimyo-farmasevtika ishlab chiqarish birlashmasida maydalangan mingdevona bargidan 1% li ammiak saqlagan 70% li spirt bilan perkolyatorlar batareyasida ajratma olinadi. Olingan ajratma suziladi va teng miqdordagi kungaboqar bilan aralashtiriladi, mo‘tadil bosimda spirt, suv aralashmasi vakuum ostida to‘la uchib ketguncha xaydaladi. Moyli konsentrat me’yorigacha moy bilan suyultiriladi, 3— 4 kun tindiriladi, so‘ng yuqorigi tiniq qismi kuyib olinadi, pastki loyqa qismi esa Nutch-filtr orqali suziladi. 3. 1959 yili M. T. Tarasova xom ashyoni xloroformli suv bilan perkolyatsiya usulida ajratma olishni taklif qildi. Ajratma ion almashgich «Espatit-1» smolasi orqali o‘tkazilib, tozalanadi. Bunda alkaloidlar «Espatit-1» da ushlanib qoladi. Ular tarkibida ammiak bug‘latilib, 50% li spirt bilan yuvib ajratib olinadi, bug‘latiladi va quritiladi. Qurigan tolqon isitilgan moyda eritiladi. Tayyor maxsulot tarkibida alkaloid miqdori, xom ashyodagidan 10 marta kam bo‘lishi kerak. Tayyor maxsulot tiniq, yashil yoki qo‘ng‘ir-yashil rangli, o‘ziga xos hidli, moysimon suyuqlik. Og‘riq qoldiruvchi vosita sifatida ishlatiladi. Salqin va qorong‘i joyda saqlanadi. Baigidevona moyli ekstrakti. Bu ekstrakt mingdevona moyli ekstrakti o‘rniga ishlatilishi mumkin. Xom ashyoda alkaloidlar miqdori besh baravar ko‘p bo‘lganligi tufayli, ekstrakt tayyorlashda uni 5 marta kam olinadi. Olish usullari, baholash, ishlatilishi xuddi mingdevona moyli ekstrakti bilan bir xil. Qizilpoycha moyli ekstrakti. Bu ekstrakt mineral yoki o‘simlik moylari yordamida maseratsiya usulida olinadi. Maydalangan xom ashyoga 10 baravar ko‘p miqdorda moy qo‘shib, suv hammomida 3 soat mobaynida qizdiriladi. So‘ng ekstrakt quyib olinadi va tindirib, suziladi. Uning tarkibida giperitsin va psevdogiperitsin flavonoidlari, efir moylari smolalar mavjud bo‘lib, ishlatilishi shu moddalarning xususiyatlariga bog‘liq. Bitishi qiyin bo‘lgan yaralar (troficheskie yazvi) da surtma dori sifatida ishlatiladi. Chakanda moyi. Bu moy chakanda o‘simligining pishgan mevasidan olinadi. Yangi yig‘ilgan yoki muzlatilgan chakanda mevasi maxsus mashinalarda urug‘iga shikast yetkazmasdan maydalanadi. Xosil bo‘lgan sharbat surg‘ich yordamida surib olinadi. Maydalangan xom ashyo sentrifugalanadi. Ajralib chiqqan sharbat tindiriladi, suziladi, turg‘unlashtiriladi (pasteriza-Dyyalanadi). Sharbati ajratilgan xom ashyo tarkibida ma’lum miqdorda suv bo‘ladi. Uni maxsus qurutgichlarda 5—7% qoldiq, namlik qolguncha quritiladi. Quritilgan xom ashyo 0—9 kg dan maxsus idishlarga solinib, 16 perkolyatordan tashkil topgan batareyada qarshi oqimda kungaboqar moyini olishda shu usulda ajratma olinadi. Olingan ajratma tindiriladi va suziladi. Maxsulotda karotinoidlar miqdori 180 mg% dan, kislota miqdori esa 14,5% dan ortmasligi kerak. Agar ta’sir etuvchi moddasi ko‘p bo‘lsa, ta’sir qiluvchi moddasi kam bo‘lgan ekstrakt bilan suyultirilib, me’yoriga yetkaziladi. Xozirgi vaqda chakanda mevasidan chiqindisiz foydalanish texnologiyasi ishlab chiqarilgan bo‘lib, mevasining yumshoq qismi va urug‘idan metilenxlorid yordamida aloxida-alohida ajratma olinadi, so‘ng ajratuvchi bug‘latiladi, koldiq moy baholanadi va kungaboqar moyi bilan suyultirilib me’yoriga yetkaziladi. Qolgan xom ashyodan ajratuvchi qoldig‘i bug‘latiladi va qolgan quruq tolqonga 60% li spirt bilan ishlov berilib ajratma olinadi, undan spirt xaydaladi, qoldiq vakuum quritgich asbobida quritiladi. Chakanda moyi moysimon, qo‘ng‘ir qizil rangli, o‘ziga xos xidli suyuqlikdir. Preparat tarkibida — karotinoidlarga nisbatan xisoblanganda karotinoidlar yig‘indisi 1,8 g/l dan kam, kislota miqdori 14,5 dan yuqori bo‘lmasligi kerak. Chakanda moyi saraton kasalligini, kuygan joylarni davolashda hamda ginekologiya amaliyotida ishlatiladi. Og‘zi yaxshi berkitiladigan idishlarda, salqin va qorong‘i joylarda saqlanadi. Na’matak moyi. Kam vitaminli na’matak turi — itburun urug‘idan metilenxlorid yoki dixloretan yordamida olinadi. So‘ng ajratuvchi bug‘latiladi, ekstrakt suziladi va baxolanadi. Bu qo‘ng‘ir-yashil rangli, achchiq ta’mli, o‘ziga xos xidli moysimon suyuqlik. Maxsulot tarkibida alfa va beta—tokoferollar 0,4 g/l dan kam va kislota miqdori 5,5 dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Tashqi maqsadlarda dermatoz, qiyii bitadigan yaralarni davolashla ishlatiladi. Karotolin urug‘idan tozalangan na’matak mevasining moyli ajratmasi. Bu qo‘ng‘ir rangli, o‘ziga xos xid va mazaga ega bo‘lgan suyuqlik. Kislota miqdori 3,5 dam ortiq bo‘lmasligi, beta karotinga xisoblanganda karotinoidlar 1,2 g/l bo‘lishi kerak. Dermatoz, qiyin bitadigan yaralarni davolash uchun ishlatiladi. Download 206.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling