Kirish korxona to’G’risida umumiy ma’lumot, ishlab chiqarish texnologiyasi
Download 377.13 Kb.
|
muhammadali
Quritish uskunalari .
Barabanli quritgichlar baritli, temirli, misli, ruxli, piritli va boshqa konsentratlarni quritish uchun ishlatiladi. Bu qurutgichlarning asosiy konstrutiv elementlar: diametri – 1,2-3,5 m va uzunligi 6-27 m bo‘lgan 0,00333-0,1168 min-1 chastota bilan aylanuvchi baraban. Baraban materialni tushurish tomonga qarab 2-4º qiyalik ostida o‘rnatilgan. Baraban materialni bir maromda xarakatlantirish va uni issiqlik tashuvchilar bilan aloqasini jadallashtiruvchi ichki o‘tirgizuv uskunasiga ega.O‘tirgizuv uskunalarining konstruksiyalarini tanlash qurituvchi material xossasiga bogliq. qabul qiluvchi vintli parraklar (6tadan 16 tagacha) materialni yuklash tomonga qarab baraban diametrining yarmiga teng uzunlikda joylashtiriladi.Ayrim barabanlarning yuklash uchastkalarida uyumlarni buzuvchi baraban devorlariga yopishgan maxsulotlarni olib tashlash va namlikni buglantirish jarayonini kuchaytiruvchi imkoniyatlarini yaratuvchi zanjirlar osiladi. Qabul qiluvchi vintli parraklar yoki zanjirlardan so‘ng ko‘p xollarda ko‘taruvchi parraklar yoki ba’zida sektorli nasadka qo‘yiladi. Ko‘taruvchi parrakli nasadka xar xil shakldagi 8-18 chetki parraklardan tashkil topgan va o‘lchami va konstruksiyasi bo‘yicha sektorliga nisbatan qo‘lay. Ba’zi xollarda o‘lchami 1,8×14 va 3,2×22m bo‘lgan barabanlar ko‘taruvi parrakli va sektorlini o‘z ichiga oluvchi kombinatsiyalashgan nasadkalar bilan jixozlangan. quritgich barabandan tashqari issiqliq generatori, yuklovchi va tushuruvchi uskunalar, changni olib tashlash va gazdan tozalash tizimlari va chang yutuvchi qurilmalarni o‘z ichiga oladi. Issiyliq generatori sifatida ko‘p xollarda yoqilgini yoqib va yonuvchi maxsulotlarni xavo bilan aralashtirib issiqliq oluvchi tashi pechlar ishlatiladi. Ko‘p xollarda tashqi pechlar to‘gri to‘rtburchak, kam xollarda esa silindrik shaklga ega. YOnish fazosining xajmi yonilgining sarfi va turiga qarab 6 dan 90 m3gacha o‘zgaradi. Ba’zi xollarda tashqi pechlar bo‘lmaydi shu sababli yonilgi o‘choqlari baraban oldidagi forkamera yoki barabanning o‘zidagi yuklash kamerasiga joylashtiriladi. Pechlarda asosan mazut va tabiiy gaz va ba’zida boshqa turdagi yoqilgilar(ko‘mir changi va boshqalar) yoqiladi. Ko‘p pechlarning kamchiligi ularda o‘t oldiruvchi quvurlarning yo‘qligidir. SHuning uchun quritish barabanlarini tutun suruvchi qurilma bilag ishga tushirishda barabandagi materialni yaxshi yonmagan yoqilgi bilan ifloslanadi va oz qismi yonadi. Bundan tashqari quritgichni ishga tushirish vaqtida tutun so‘rgichlar orqali rotor lopatkasining deformatsiyasiga olib keluvchi ruxsat etilgandan ko‘ra yuqori temperaturaga ega bo‘lgan gazlar o‘tadi. Barabanning yuklash uskunasini pech orqali o‘tuvchi diametri 400-500 mm bo‘lgan egilgan (60-80º burchak ostida) togora ko‘rinishida bajariladi. Kam xollarda to‘gri to‘rtburchakli togoralar ishlatiladi. Baraban iste’molini bir tekisligini yaxshilash uchun togoralarni vinilplast yoki zanglamaydigan po‘lat bilan futerovka qilish maqsadga muvofiq. Ba’zida togoralar o‘rniga barabanning cho‘michli yuklovchilari ishlatiladi. Boshlangich konsentrat sarf bunkerlaridan barabanning yuklovchi uskunalariga piramidali yoki yuqori ratsional konusli shaklda yoki lentali konveyer yoki to‘gridan to‘gri vakuum-filtrlar orqali beriladi. Bunkerlar tarelkali, kurakli va boshqa pitatellar bilan jixozlangan. YUk tushiruvchi uskuna barabanga kiruvchi kamerani o‘zida aks ettiradi(o‘zining yuk tushiruvchi uskunasi bilan). Kameraga, ishlatilgan gazlarni olib tashlash tizimi – gaz yo‘li o‘rnatilgan. Kameraning pastki qismida quritilgan maxsulotlarni tushirish uchun vertikal quvur mavjud. Ko‘pincha quritilgan material yigish tasmalt konveyeriga , ba’zida pnevmotranspotr omboriga yuboriladi. Odatda tushirish kamerasi va tasmali konveyer orasida oraliq mexanizmlar bo‘lmaydi. Biroq bir qator korxonalarda tushirish kamerasi tagiga likopsimon va lentali konveyer o‘rnatiladi. CS1 40 18 2 0.1 6RU8 8RU4 9 8РУ4 Размерн. 2 5РУ4 Download 377.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling