Kirish korxona to’G’risida umumiy ma’lumot, ishlab chiqarish texnologiyasi
Boyitish usullari, jarayonlari va operatsiyalari
Download 377.13 Kb.
|
muhammadali
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Asosiy jarayon
- 3. Yordamchi jarayon
Boyitish usullari, jarayonlari va operatsiyalari.
Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari uchta jarayonlarni o‘z ichiga oladi: 1.Tayyorlash jarayonlari – o‘tkazishdan maqsad mineral zarrachalarni yuzasini ochib berishdan iborat bo‘lib; elash, maydalash, yanchish va klassifikatsiyalash jarayonlarini o‘z ichiga oladi. 2. Asosiy jarayon -o‘tkazishdan maqsad mineral zarrachalarni ajratib olishdan iborat bo‘lib, gravitatsiya , flotatsiya, magnit , elektr, qo‘lda saralash va boshqa usullarni o‘z ichiga oladi. Boyitishning asosiy usullari: gravitatsiya va flotatsiya usullari bo‘lib, ular boyitish fabrikalarida ko‘proq qullaniladi. Gravitatsiya usulida boyitish mineral zarrachalarning zichligidagi farqiga qarab boyitishdir.Flotatsiya - mineral zarrachalar yuzasining fizik-kimyoviy xossalaridagi farqiga asoslangan boyitishdir.Magnit - mineral zarrachalarning magnitlanish qobiliyatiga qarab boyitish usuli.Elektr - mineral zarrachalarning elektr xossalaridagi farqiga qarab boyitish usuli.Qo‘ldasaralash - mineral zarrachalarning rangi, yaltiroqligi, shakliga qarab boyitish usuli. 3. Yordamchi jarayon - foydali qazilmalarni boyitishning oxirgi jarayoni хisoblanadi. Yordamchi jarayonlarni o‘tkazishdan maqsad ajratib olingan boyitma (kontsentrat) va chiqindini qayta ishlashdir. Yordamchi jarayonlar oz navbatida suvsizlantirish va changsizlantirish jarayonlariga bo‘linadi. Foydali qazilma turli minerallarning murakkab kompleksi xisoblanadi. Foydali qazilmada qimmatbaxo komponent ko‘pincha tegishli mineralning tarkibida uchraydi. Masalan, mis misli rudalarda miss aqlaydigan minerallar: xalkopirit, bornit, kovellinvaq.k. lar tarkibiga kiradi. Kamdan – kam qollarda qimmatbaxo komponent toza (tugma) qolda uchraydi, masalan, nodir metallar, olmos, grafitvaq.k. qimmatbaxo komponent saqlovchi minerallar foydali minerallar deyiladi. Qimmatbaxo komponent yoki foydali qo‘shimcha saqlamaydigan minerallar puchtoq jinslari deyiladi. Boyitishda foydali qazilma sifatining yaxshilanishi minerallarni ajratish orqali amalga oshiriladi. Boyitma deb – maqsulotdagif oydali mineral va foydali qo‘shimchalarning asosiy qismi ajralishidir. Chiqindi deb – maqsulotdagi puchtoq jinslari va zararli qo‘shimchalarning katta qismi ajratiladi. Chiqindi boyitish jarayonidan chiqarib tashlanadi va chiqindilar maydonida yiqiladi, boyitma esa keyingi qayta ishlash va ishlatishga jo‘natiladi. Boyitishni birmarta boyitishda tugatib, darqol boyitma va chiqindi olish mumkin. Ko‘pincha shunday bo‘ladiki, birmarta boyitishdan so‘ng boyitma unchalik boy, chiqindi esa etarli darajada kam baqal bo‘lmay, ularni qaytadan boyitishga to‘qri keladi. Download 377.13 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling