Kirish korxona to’G’risida umumiy ma’lumot, ishlab chiqarish texnologiyasi


Download 377.13 Kb.
bet3/12
Sana18.06.2023
Hajmi377.13 Kb.
#1564367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
muhammadali

Tub konlarda ruda o‘zining dastlabki hosil bo‘lgan joyida tog’ jinslarining umumiy massivida yotadi.
Sochma konlar esa tub konlarning suv, havo kislorodi, harorat va boshqa tabiiy omillar ta’sirida emirilishi natijasida hosil bo‘ladi.
Moddiy tarkibiga ko‘ra rudalar qora,rangli,kamyob,nodir va radioaktiv metallar rudalariga bo‘linadi. Rudalar, shuningdek, faqat bitta metal saqlovchi monometal va bir nechta metal saqlovchi murakkab polimetal rudalarga bo‘linadi.
Polimetal rudalar monometal rudalarga nisbatan ko‘proq uchraydi va ularning tarkibidagi metallar ko‘pincha sanoat ahamiyatiga ega bo‘ladi. Polimetal rudalarga misol tariqasida mis va ruxli, rux va qo‘rg’oshinli, molibden va volframli rudalarni keltirish mumkin. Fizik xossalariga ko‘ra rudalar quyidagicha bo‘linadi: zichlik bo‘yicha: og’ir - zichligi 3500 kg/m3 dan yuqori, o‘rtacha-zichligi 2500-3500 kg/m3, engil-zichligi 2500 kg/m3 dan kichik; namligi bo‘yicha: o‘ta nam, nam va quruq.
Fizik xossalari va kimyoviy tarkibiga ko‘ra rudalar oson va qiyin boyitiluvchi rudalarga bo‘linadi.
Odatda boyitish sxemasida dastlabki va boyitish mahsulotlarining sifati va miqdoriga doir ma’lumotlar, shuningdek alohida operatsiyalardagi qayta ishlash tartibi keltiriladi.Bunday sxemalar sifat-miqdor sxemalari deyiladi.
Alohida operatsiyalarga va mahsulotlarga qo‘shiladigan, va alohida operatsiya va mahsulotlardagi suvning miqdoriga doir ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan sxema suv sarfi (shlam) sxemasi deyiladi.
Texnologik sxemadan tashqari apparatlar zanjiri sxemasiham tuziladi, unda foydali qazilma va boyitish mahsulotlarining apparatlar bo‘ylab xarakatlanish yo‘nalishi grafik tarzda ifodalanadi. Sxemada apparatlarning turi, o‘lchami va soni ko‘rsatiladi.


Chindi

Boyitma

Bug’ chang

2-rasm. Flotatsiya boyitish fabrikasining apparatlar zanjiri sxemasi:


1-o‘zi to‘nkariladigan vagon; 2-qabul qiluvchi bunker; 3-plastinkasimon ta’minlagich; 4-panjarali g’alvir; 5-yirik maydalash uchun konusli maydalagich; 6 va 9-vibratsion g’alvirlar; 7-o‘rta maydalash uchun konusli maydalagich; 8 va 11-tasmali konveyer; 10-mayda maydalash uchun konusli maydalagich; 12-bo‘shatuvchi aravachali tasmali konveyer; 13-maydalangan ruda bunkeri; 14-maydalangan ruda ta’minlagichlari; 15- va 16-yig’ma tasmali konveyerlar; 17-qiya lentali konveyer; 18-konveyer tarozlari; 19-sharli tegirmon; 20-spiralli klassifikator; 21,25,34,35-qum nasoslari; 22 va 26-bo‘tana bo‘luvchilar; 23 va 24-flotatsiya mashinalari; 27-barabanli vakuum-filtr; 28-barabanli quritgich; 29-batareyali tsiklonlar; 30-elektr filtr; 31-ko‘pikli chang ushlagich; 32-tutun so‘ruvchi; 33-quyultirgich.

Download 377.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling