Kirish kurs ishi mavzuning dolzarbligi
Turk va oʻzbek tillarida ikkinchi darajali boʻlaklarning qiyosiy tahlili
Download 45.24 Kb.
|
Kurs ishi turkiy tillar Shahzodaxon
2.2. Turk va oʻzbek tillarida ikkinchi darajali boʻlaklarning qiyosiy tahlili
Ega va kesimning ma'nosini izohlab, to'ldirib keladigan gap bo'laklariga ikkinchi darajali gap bo‘laklari deyiladi. Turk tilida gapning ikkinchi darajali bo'laklari uch xildir: 1.Aniqlovchi 2.Toʻldiruvchi 3.Hol Turk tiiidagi gap bo'laklari yuzasidan turk tilshunoslari va rus turkologlari tomonidan amalga oshirilgan tasniflarda farqli qarashlar borligi yaqqol ko'zga tashlanadi. Rus turkologlarining aksariyati gapning bosh bo'laklari ega va kesim, ikkinchi darajali bo'laklar to'ldiruvchi, aniqlovchi, holni tafovut etishadi, ammo atroflicha, mukammal tahlil qilishmaydi. Turk tilshunoslari o'rtasida ega va kesimni farqlashda hamda ta'riflashda yakdillik mavjud. Lekin gapning ikkinchi darajali bo'laklarini ajratishda, nomlashda har xilliklar uchraydi. Turk tilshunosi M.Ergin vositasiz to'ldiruvchi (nesne), hol (zarf) va o'rin aniqlovchisini (yer tamamlayici) gapning ikkinchi darajali bo'laklari sifatida farqlagan. Turk tilidagi to'ldiruvchi o'zbek tiiidagi ayni gap boʻlagi singari harakatni o'ziga bevosita yoki bavosita qabul qilgan, harakat o'ziga o'tgan, harakat yo'nalgan predmetni anglatadi. O'rin-joy aniqlovchisi kesimdan anglashilgan harakat-holatning bajarilish o'rni va yo'nalishini ko'rsatuvchi gap boʻlagidir. ya'ni jo'nalish, o'rin-payt, chiqish kelishigi qo'shimchalarini olgan so'zlarning gapda o'rin-joy aniqlovchisi vazifasini bajarishi qayd etiladi. Ammo tilga olingan kelishik qo'shimchalarini olgan so'zlar gapda ish-harakatning bajari-lish o'rnini yoki harakat yo'nalgan predmet tushunchasini ifodalashi ham mumkin. Ya'ni toʻldiruvchiga xos bo'lgan grammatik shakl o'rin-joy aniqlovchisiga ham oid bo'ladi. Natijada to'ldiruvchi va o'rin-joy aniqlovchisi deyarli bir grammatik tushunchadek tasavvur uyg'otadi. M. Erginning e’tiroficha, hoi kesim bildirgan ish-harakatning bajariiish sharti hamda vaqtini bildiradi. Ko'rish mumkinki, M.Erginning mulohazalaridagi muayyan cheklanganliklar natijasida gap bo'laklarining tasnifi va tahlilida kamchiliklar yuzaga kelgan. Avvalo, gap bo'laklarining ayni tasnifi grammatik shakllarning barchasini qamrab olmagan. Masalan, qaratqich kelishigidagi so'zlar, turli ko'makchilar ishtirokida kelgan so'zlarning gapda sintaktik vazifa bajarish-bajarmasligi qayd etilmagan. Shuningdek, birgina hol atamasi orqali shart mayli formasidagi so'z va payt m a'nosini bildiruvchi so'z hamda ravishlar tushuniladi. Predmetning belgisini bildiruvchi so'zlar gap, boʻlagi statusiga ega emas. T.Banguo'g'lu vositasiz to'ldiruvchi (nesne), vositali to'ldiruvchi (isimleme), hoi (zarflama) ega. kesimdan anglashilgan ma'noni aniqlashtiruvchi gap bo'laklari qatoriga kiritgan. H.Dizdaro’g iu va R.Toparli turk tilida to'ldiruvchining to'rt turi mavjudligi xususidagi fikrni ilgari surgan: vositasiz to'ldiruvchi (nesne (düz tumleç), vositali toʻldiruvchi (dolayli tümleç), ko'makchi toʻdiruvchi (ilgeç tümleçi), ravish to'ldiruvchisi (hol) (belirteç tümleçi). Tilshunoslar ega va kesimdan boshqa barcha gap bo'laklarining vazifasi gapni mantiqan to'ldirish deb hisoblaganliklari sababli barcha ikkinchi darajali gap bo‘laklarini to'ldiruvchi deb atashadi. Mazkur tasniflardagi to'ldiruvchi M.Erginning ishida ta’riflangan to'ldiruvchining aynan o'zi. Vositali to'ldiruvchi otlarning jo'nalish, chiqish, o'rin-pavt kelishigi qo'shimchalarini olgan hamda kesimga bog'langan gap bo'lagidir. Turk tilida, tilshunoslarning e’tiroficha, tilga olingan kelishik shaklidagi barcha otlar vositali to'ldiruvchi, degan xuiosa kelib chiqadi. Natijada ish-harakatning bajarilish o'rni, yo'nalishini bildiruvchi gap bo'laklari ham asossiz ravishda vositali to'ldiruvchi qatoriga kiritiladi. Masalan, Okula gidiyor - Maktabga ketyapti jumlasidagi jo'nalish kelishigidagi so'z turk tilshunoslarining nazdida vositali to'ldiruvchidir. Aslida harakatning yo'nalishini ko'rsatgan gap bo'lagi hoi vazifasida kelishi e'tirof etilishi lozim edi. Demak, vositali to'ldiruvchiga berilgan ta’rif aniq va mukammal boʻlmaganligi sababli gap bo'laklarini tahlil etish borasida ayrim zidliklar ko'zga tashlanadi. Oʻzbek tilidan farqli o'laroq, turk tilida ko'makchi to'ldiruvchi tafovutlanadi. Ko'makchi to'ldiruvchilar yordamchi so'z turkumlariga oid so'zlar yoki ushbu so’zlar qatnashgan so'z birikmasi bilan ifodalanadi. Bu işi ancak sen yapabilirsin — Bu ishni faqat sen qila olasan gapidagi an cak-faqat so'zi gapda yordamchi to' Idiruvchi boʻlib kelgan. Lekin, ayonki, yordamchi so'z turkumlari mustaqil leksik ma'no anglatmaydi va gapda yakka o'zi sintaktik vazifa bajarmaydi. Shu bois, ko'makchi to'ldiruvchining ajratilishi yetarlicha asoslanmagan. Tilshunoslarning tasnifida ham, ta’riflarida ham atributiv yoʻl bilan bog’langanlangan, predmetning belgisini bildiruvchi so'zlar gap bo'lagi sifatida ajratilmagan. Xususan, ushbu tasniflarda asosiy e’tibor so'zlarning grammatik shakllariga va qaysi so'z turkumiga oidligiga qaratilganligi tufayli ayrim grammatik shakllar diqqatdan chetda qolgan, gap boʻlaklarining ta’rifi aniq va to'liq emasligi sababli muayyan chalkashliklar va ziddiyatlar yuzaga kelgan. Ikkinchi darajali bo'laklarning barchasini to'ldiruvchi atamasi bilan berish ham gap boʻlaklarini tushunish va ajratishda qiyinchilik tug'diradi. Turk tili bo'yicha amalga oshirilgan tadqiqotlarda keltirilgan gap boʻlaklarining tasnifi talabga toʻla javob bermaydi. Chunki tasniflarda asosan, so'zlarning grammatik shakllari hamda qaysi so'z turkumiga oid so'zlar bilan ifodalanganligi me’yor qilib tanlanadi. Natijada turk tilidagi ayrim grammatik shakilarning sintaktik vazifasi haqida ma'lumot berilmaydi. Shu bois, shuningdek, atama qoʻllashdagi har xilliklar ayni masalani boʻlak tartibda tadqiq etishni taqozo etadi. Demak, turk tilidagi gapning ikkinchi darajali boʻlaklarining uch turi mavjud: to 'ldiruvchi, aniqlovchi va hol. XULOSA O‘zbek va turk tillarining sintaktik xususiyatlarining tahlili quyidagi xulosalarga kelindi: O‘zbek tilining an’anaviy grammatikasiga ko‘ra gapning bosh bo‘lagi sifatida ega qabul qilingan bo‘lsa-da, keyingi paytlarda gapning bosh bo‘lagi kesim degan nuqtai na'zardan ish olib borilmoqda. Turk tilshunosligida esa, aksincha, kesim gapning tamal toshi, asosiy bo‘lagi hisoblanadi. Turk tilshunosligida kesimni faqat ifoda materialiga ko‘ra tasniflash masalasiga birmuncha e’tibor qilinganini ko‘rish mumkin. Kesimning tuzilishiga ko‘ra ikki so‘zli kesim, takroriy kesim kabi turlari ajratilgan bo‘lsa-da, bu tasniflar talabga to‘la javob bermaydi. Demak, turk tilidagi kesim va uning spetsifik xususiyatlariga oid fikr-mulohazalarni jamlash hamda tahlil etish asnosida ma’lum bo‘ladiki, bu gap bo‘lagining izchil tadqiqi amalga oshirilmagan. O‘zbek tilida eganing leksik-semantik xususiyatlariga ko‘ra, tuzilishiga ko‘ra tasniflari mavjud. Turk tilshunosligida ham eganing o‘n, o‘n bir turini qamrab oluvchi tasniflar amalga oshirilgan. Ammo turk tilidagi bu tasniflarda izchillikka rioya qilinmaganligi, sintaktik, stilistik va morfologik kategoriyalar qorishtirib yuborilganligi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Natijada, aslida eganing turi sifatida ajratilish uchun yetarli asos bo‘lmagan hollarda ham bunday tasnif amalga oshirilganligini ko‘ramiz. Solishtirilayotgan tillardagi bosh bo‘laklar tuzilishiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: sodda, tarkibli, murakkab. Sodda ega va sodda ot-kesim ot, olmosh, otlashgan sifat, otlashgan sifatdosh, jamlovchi son yoki otlashgan son, ravish, harakat nomi kabi so‘z turkumlari bilan ifodalanadi. Sodda bosh bo‘laklar o‘rtasidagi asosiy farqlar morfologik planda namoyon bo‘ladi. Masalan, turk tilida predmetning miqdorini, tartibini bildiruvchi so‘zlar sifatning ma’no turlaridan biri tarzida, ya’ni son sifatlari deb o‘rganiladi. Xususan, o‘zbek tilida jamlovchi sonning yasovchilari bo‘lmish, -ov, -ovlon, -ala affikslarining muqobillari turk tilida yo‘q. Bu vaziyatda sanoq sonlarga murojaat qilinadi. Yoki: o‘zbek tilidagi maqsad maylining -moqchi ko‘rsatkichini olgan fe’llar sodda fe’l-kesim bo‘lib keladi. Turk tilida ish-harakatning bajarish maqsadini ifodalash uchun kelasi zamon fe’lining ko‘rsatkichi (-(y)ecek)ga yoki «-mek affiksli harakat nomi + üzere /ustida (uchun) ko‘makchisi» shaklli fe’lga murojaat qilinadi, bunda ikkinchi qayd etilgan ko‘rinishdagi kesim tarkibli kesim hisoblanadi. O‘zbek tilidan farqli holda, turk tilshunosligida modal so‘zlar alohida so‘z turkumi sifatida farqlanmagan. Umuman, modal so‘zlar sirasiga kiruvchi so‘zlarning biron so‘z turkumi guruhiga kiritilgan hollari turk tilshunosligiga oid ilmiy manbalarda uchramadi. Lekin modal so‘z sifatida ajratilishi zarur bo‘lgan so‘zlar, o‘zbek tilidagichalik ko‘p bo‘lmasa-da, mavjud hamda bu so‘zlar kesim vazifasini bajarib kelishi mumkin. Shuningdek, har ikki tildagi ega vazifasini bajaruvchi harakat nomi, sifat-doshning morfologik ko‘rsatkichlari o‘zaro anchagina tafovutlanadi. Xususan, o‘zbek tilidan farqli ravishda turk tilidagi ega vazifasini bajargan so‘zlardir affiksini olgan bo‘lishi mumkin, -dir affiksi egaga qo‘shilib kelganida, undan anglashilgan ma’noni kuchaytirib, ta’kidlab ko‘rsatish uchungina xizmat qiladi, ya’ni stilistik maqsadlar uchun qoʻllaniladi. Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling