Kirish kurs ishi mavzuning dolzarbligi
Download 45.24 Kb.
|
Kurs ishi turkiy tillar Shahzodaxon
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining tuzilishi va hajmi.
Kurs ishining maqsadi. Turkiy tillarning eng qadimgi davridan boshlab hozirgi o‘zbek adabiy tili davrigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idagi turkiy tillarning sintaksisi, xususan, ózbek va turk tillarining sintaktik xususiyatlari xususiyatlarini tahlil qilish va o‘zaro qiyoslash.
Kurs ishining vazifalari. Ushbu kichik tadqiqot ishining vazifalari etib quyidagilar belgilandi: o'zbek tili mansub bo'lgan Oltoy tillari oilasi, turkiy tillar guruhining sintaktik jihatdan o‘ziga xos jihatlarini o‘rganish; turkiy tillarning dastlabki taraqqiyot jarayonidagi lingvistik xususiyatlarning hozirgi turkiy tillarda saqlanib qolish darajasi, lisoniy va nolisoniy omillarni tahlil qilish; so'zlarning va gaplarning o'zaro aloqasini, so'z birikmalari va gaplarni tashkil etgan bo'laklarning xususiyatlarini o‘rganish; sintaktik kategoriyalarning xususiyatlarini o‘rganish; turk hamda hozirgi o‘zbek adabiy tilidagi so’z qo'shiimasi va so'z birikmasi atamalariga oydinlik kiritish, so'z birikmasi, erkin birikma, turg'un birikmalar o'rtasidagi farqlarni aniqlash; turk tilidagi so'z birikmasi turlari va ularni shakllantiruvchi usullarni izohlash, o‘zaro taqqoslash. Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, ikki asosiy bob, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat bo‘lib, 41 sahifani tashkil qiladi. I BOB. TURK VA O‘ZBEK TILLARIDA SINTAKSIS 1.1 Sintaksisning asosiy tadqiq obyektlari Grammatika ikki qismdan iborat: Morfologiya va sintaksis. Morfologiya tilning lug‘at tarkibida mavjud bo‘lgan barcha so‘zlarni ularning morfologik xususiyatlari asosida o‘rganadi. Sintaksis qisqa qilib aytganda, gap haqidagi ta’limotdir. Sintaksisning asosiy vazifasi so‘zlar, so‘z birikmalarining sintaktik xususiyatlarini tadqiq etishdan iborat. Shu bois, sintaksisning tadqiq obyekti gap, gapning bosh va ikkinchi darajali bo‘laklari, gap tasnifi, gapning (tuzilishiga ko‘ra, ifoda maqsadiga ko‘ra, modallikka ko‘ra, emotsionallikka ko‘ra va h.) turlari hisoblanadi. Sintaksis so‘zlarning va gaplarning o‘zaro aloqasini, so‘z birikmalari va gaplarni tashkil etgan bo‘laklarning xususiyatlarini o‘rganishi jihatidan morfologiyadan farqlanadi. Morfologiya so‘zlarning tuzulishi, yasalishi, turlanishi, tuslanishini tekshiradi. Bu shakily tekshirish ma’no asosida bo‘ladi. Sintaksis ayni shakllarning vazifasini, ma‘lum fikrni ifodalashdagi rolini o‘rganadi. Morfologiya va sintaksis bir-birini to‘ldiruvchi, o‘zaro munosabatda bo‘lgan sohalardir. Gap turlarining bir-biridan farqlanishi, asosan, kesimlarning qanday so‘z turkumi bilan ifodalanishiga bog‘liq. Umuman, har bir sintaktik kategoriya morfologiyaga bog‘langan holda tahlil qilinadi va belgilanadi. Turk tilshunoslarining tadqiqotlari tahlil qilinganida, sintaksisning o'rganish obyekti sifatida ikki til birligi - gap (cümle) hamda so‘z guruhi (kelime grubu, kelime öbegi) tilga olinadi. O'zbek tilshunosligida esa, ma’lumki, sintaksis doirasida gap harnda so'z birikmasi tadqiq etiladi. Mantiqan qaralganida, “so’z birikmasi’' va “so‘z guruhi’’ sintaktik birlik sifatida mutanosib bo‘lmog‘i darkor,ammo «kelime gruplari» - so‘z guruhlari atamasi ostida beriluvchi til birligini tasniflash, ta’riflashda farqli yo‘nalish asosida ish ko'rilishi ma’lum bo‘ladi. Turk tilshunosligida ikki va undan ortiq so‘zlarning qo‘shimcha, yordamchi so‘zlar yoki ohang yordamida birikishidan hosil bo‘ladigan, tugallanmagan hukm bildiruvchi, gap tarkibida bir gap bo‘lagi vazifasini bajaruvchi til birligiga «so‘z guruhi» nomi beriladi. Bunda quyidagi farqlar namoyon bo'ladi: O‘zbek tilida so‘z birikmasi kamida ikki mustaqil ma’noli so‘zdan tashkil topmog‘i lozim. Turk tilida so‘z guruhi ixtiyoriy ikki so‘z turkumiga kiruvchi so‘zlardan («mustaqil so‘z + mustaqil so‘z» yoki «mustaqil so‘z + yordamchi so‘z» shaklidan) iborat bo‘ladi. So‘z guruhi har doim ajralmas sintaktik konstruksiya hisoblanadi, ya’ni so‘z guruhlari gapda bir gap bo‘lagi vazifasida keladi .Turk tilida soʻz guruhlarining ba'zan sakkiz (T.Banguoʻgʻlu),asosan oʻn toʻrt turi (L.Karaxan) borligi ilgari surilsa-da, ba’zi ishlarda soʻz guruhlarining oʻn yettitagacha (M.Ergin) tipi tilga olinadi. Masalan, E.Yaman so'z guruhining quyidagi oʻn toʻrt turini tasniflaydi: ot birikma (isim tamlama), sifat birikma (sifat tamlama), sifatdosh guruhi (sifatfiil grubu), ravishdosh guruhi (zarffiil grubu), harakat nomi guruhi (isimfiil grubu), takror guruhi (tekrar grubu), bog'lovchili so'z guruhi (bağlama grubu), ko'makchili so'z guruhi (edat grubu), unvon guruhi (unvan grubu), qo'shma ot (birleşik isim), undov guruhi (ünlem grubu), son guruhi (sayi grubu), qo'shma fe’l (birleşik fiil), qisqartma guruhi (kisaltma grubu). So'z guruhlari, demak, umuman, ikki so'zning ohang yoki turli grammatik vositalar yordamida birikishidan hosil bo'lgan birliklarni qamrab oladi hamda sintaksisning o'rganish obyekti hisoblanadi. Holbuki, qo'shma ot va qo'shma fe’l, so'zlarningtakroriy hamda juft shakllari morfologik sathda o'rganilishi zarur, ko'makchili so'z guruhi gapdagina reallashuvchi sintaktik hodisa bo'lib, uni alohida so'z guruhi turi sifatida ajratish talab qilinmaydi va hokazo. Yuqorida keltirilgan tasnifdan ayon bo'ladiki, o'zbek tilidagi so'z birikmalariga mos keladigan so'z guruhlari ikkita - ot birikma va sifat birikmadir. Bu birikmalarning turini aniqlashda har ikki tilda bir-biriga zid mezonga asoslanadi. O 'zbek tilida m a’nosi izohlanayotgan so'z - hokim so'z birikmaning turini belgilab beradi, turk tilida esa, aksincha, izohlayotgan so'z - tobe so'zga qarab birikmaning turi aniqlanadi. Masalan. go‘zal qiz - güzel kiz birikmasi o'zbek tilshunosligida otli birikma hisoblansa. turk tilshunosligi nuqtai nazaridan sifat birikmadir. A.N.Baskakov asosli ta’kidlaganidek, turk tilidagi so'z guruhlari yoki birikmalari tasniflarida, morfologik va sintaktik kategoriyalarni qorishtirib yuborish holatlari ko'zga tashlanadi.7 Tasniflarning muayyan me'yorlarga asoslanmaganligi sababli birikmalar yoki so'z guruhlari tasnifi turli sintaktik konstruksiyalar va morfologik shakllarning yig'indisidan iborat bo'lib qolgan. Demak, turk tilshunosligida tilga olingan so'z guruhlarining gapda bir sintaktik vazifani bajarishi e'tirof etilgan. Natijada so'zga atributiv munosabat bilan bog'langan so'zlar gap boʻlagi sifatida ajratilmagan. Turk tilshunoslarining fikrlariga qaraganda, keltirilgan so'z guruhlari gap tarkibida bir gap bo'lagi vazifasini bajarishga moʻljallangan. Lekin yuqorida ko'rib o'tganimizdek, ajratilgan so'z guruhlarining hammasi shaklan so’z birikmasi talablariga javob bermaydi, zero, juft, takroriy, qo'shma so'zlar birikuv usullariga ko'ra so'z birikmasining alohida turi bo'la olmaydi. Chunonchi, so'z birikmasi sifatida farqlanishi mumkin bo’lgan konstruksiyalarni gapda har doim bir gap bo’lagi vazifasida keladi, deb bo'lmaydi. So'z birikmalarining ajralmas sintaktik konstruksiyaga aylanganlarigina bir gap bo'lagiga teng keladi. Turk tilshunosligidagi so'z guruhlarining tasniflari va ularga boʻlgan yondashuv natijasida aniqlovchi gap bo'lagi tarzida tafovutlanmagan, tadqiq etilmagan. Holbuki, turk tilidagi manbalardan to'plangan misollar bu tilda aniqlovchi va uning ma’no turlarini ajratish uchun asos beradi. Shu bilan birga, turk tilshunosligida qayd etilgan ushbu vaziyat boshqa gap boʻlaklarining tavsifiga ham ta’sir qilgan, natijada so'z guruhlarining ega, kesim, ikkinchi darajali gap bo'laklari vazifasida kelishi qayd etilgan. Download 45.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling