Kirish kurs ishning dolzarbligi


II BOB. Ma’naviyatning tabiat bilan aloqasi va jamiyat ijtimoiy ma’rifiy hayotidagi roli


Download 77.17 Kb.
bet4/6
Sana07.02.2023
Hajmi77.17 Kb.
#1174760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KIRISH

II BOB. Ma’naviyatning tabiat bilan aloqasi va jamiyat ijtimoiy ma’rifiy hayotidagi roli.
2.1. Inson tabiati va shaxs ma’naviyati.
Maʼnaviyat — inson ruhiy va aqliy olamini ifodalovchi tushuncha. U kishilarning falsafiy, huquqiy, ilmiy, badiiy, axloqiy, diniy tasavvurlarini oʻz ichiga oladi. Maʼnaviyat atamasining asosida „maʼno“ soʻzi yotadi. Maʼlumki, insonning tashqi va ichki olami mavjud. Tashqi olamiga uning boʻybasti, koʻrinishi, kiyinishi, xatti-harakati va boshqa kiradi. Ichki olami esa uning yashashdan maqsadi, fikr yuritishi, orzu-istaklari, intilishlari, his-tuygʻularini oʻz ichiga oladi. Insonning ana shu ichki olami maʼnaviyatdir. Oziq-ovqat odamga jismoniy quvvat bersa, maʼnaviyat unga ruhiy ozuqa va qudrat bagʻishlaydi. Maʼnaviyat maʼrifat va madaniyat bilan bogʻliq. Maʼnaviyat odamlarda tap-tayyor holda vujudga kelmaydi. Unga muttasil oʻqish, oʻrganish, tajriba orttirish orqaligina erishiladi. Maʼnaviyat qanchalik boyib borsa, jamiyat va millat shunchalik ravnaq topadi. Maʼnaviyatli odam yashashdan maqsad nimaligini aniq biladi, umrini mazmunli oʻtkazish yoʻlini izlab topadi, muomala qilish madaniyatini egallaydi, har bir masalaga insof va adolat nuqtai nazaridan yondoshadi.8 Vijdon nima, yolgʻon va rost nima, or-nomus nima, halol va harom nima — bularning hammasini bir-biridan ajrata oladi, hayotda yomonlikka boshlovchi xatti-harakatlardan voz kechadi, yaxshilikka boshlovchi amallarni bajaradi. Qisqasi, maʼnaviyatda inson hayotining mazmuni aks etadi. Vatanni sevish, vatanpar-varlik inson maʼnaviyatini belgilovchi asosiy omillardan biridir. Maʼnaviyat kamol topgan jamiyatlarda qobiliyat, isteʼdod egalari shu jamiyatning, millatning yuzi, gʻururi, obroʻ-eʼtibori hisoblanadi. Maʼnaviyatli jamiyatda aql, sogʻlom fikr, adolat va yaxshi xulq ustuvordir. Bunday jamiyatda xalqning ertangi kunga ishonchi kuchli boʻladi, odamga nomunosib turli illatlar barham topadi. Millatning asrlar davomida shakllangan ildizlari, uning tarixiy tajribalari va ijtimoiymadaniy rivojlanishisiz maʼnaviyatni tasavvur qilish qi-yin. „maʼnaviyat — insonning, xalqning, jamiyatning, davlatning kuch-qudratidir. U yoʻq joyda hech qachon baxtsaodat boʻlmaydi“, degan edi Oʻzbekistonning ilk prezidenti Islom Karimov. Shu sababli Oʻzbekistonda maʼnaviyatni yuksaltirish, xalqni maʼnaviyatli qilish davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan. Mustaqillik tufayli oʻzbek xalqining koʻp asrlik boy tarixiy, ilmiy, madaniy va diniy merosini oʻrganish, undan xalqning umumiy va bebaho mulki sifatida foydalanishga keng yoʻl ochildi. Maʼnaviyatimiz „Avesto“ va zardushtiylik taʼlimotidan boshlab hozirgi kungacha shakllanib, boyib, umuminsoniy qadriyatlar bilan yonma-yon rivojlanib bormoqda. Oʻzbekistonda maʼnaviyat va maʼrifatni koʻtarish, targʻib qilish, boyitish, aholining keng doirasiga yoyish maqsadida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tashkil etilgan. Respublika taʼlim tizimida „Maʼnaviyat asoslari“ fani oʻqitiladi. Maʼnaviyat sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borilyapti.
Ma`naviyat va ruhiyat. Inson tabiati va shaxs ma`naviyati. Milliy ma`naviyatimizda ruhiyat muammolarining о`rganilishi va bu sohada erishilgan yutuqlarning ahamiyati. Ma`naviyat va madaniyat nisbati. Jahon ilmida madaniyat nazariyasi va madaniyatning turli ta`riflari. “Moddiy” va “ma`naviy” madaniyat masalasi. Madaniyat shaxs ma`naviyatining moddiy voqelikdagi izlari sigatida. Shaxs ma`naviyatining tarkibiy jihatlari va madaniyatning tarkibiy qismlari. Jahon madaniyati va mintaqa madaniyatlari. "Ma`naviyat asoslari" fani ijtimoiy va ma`naviyatga aloqador fanlar tizimida. “Ma`naviyat asoslari" fanining “Ruhshunoslik", "Madaniyatshunoslik", “Nafosatshunoslik”, "Tarbiyashunoslik" kabi inson va jamiyat hayotini о`rganuvchi turli ganlarga nisbati.
"Milliy madaniyatning o'ziga xosligini tiklashga alohida e'tibor berilishi kerak. Shu bilan birga milliy o'z-o'zini anglashning tiklanishi jahon insonparvarlik madaniyati va umumbashariy qadriyatlari ideallaridan, bizning ko'p millatli jamiyatimiz an'analaridan ajralib qolishi mumkin emas»,-deydi O'z.R. Prezidenti I.Karimov.9
O'zbekiston o'z mustaqilligini ko'lga kiritgandan boshlab jamiyatimizning barcha sohalari qatori ma'naviy hayotimizda xam ulkan o'zgarishlar ro'y bermokda. Biz barpo etayotgan davlat avvalo umumjahon sivilizatsiyasiga, davlat qurilishi sohasida taraqqiy etgan boshqa xalqlar erishgan tajribalarga va o'zimizga xos milliy an'analarga, ijtimoiy qadriyatlarga asoslanmokda.
Talabalarga milliy qadriyatlar ma'naviyati asoslarini o'kitish gumanitar va ijtimoiy-siyosiy fanlardan dars beruvchi professor-o'kituvchilar zimmasida ekanligi, ularga bu sohada muntazam uslubiy yordam ko'rsatib turilishi kerakligi bois qo'llanmaga aynan shu mavzudagi bir nechta mavzular kiritildi.
Yoshlarimizni ma'naviy barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek mas'uliyatli ishda mazkur qo'llanma yaqindan yordam beradi, degan umiddamiz.
Yoshlarimiz xalqona, umuminsoniy qadriyatlardan nechoglik ko'p saboq olsalar, ularning tafakkurlari boyib, akl-idroklari charxlanib boradi.
E'tiboringizga xavola etilayotgan ushbu qo'llanmada milliy va umuminsoniy qadriyatlarning mohiyati, ularning jamiyatimizni yangilashdagi, inson ma'naviy barkamolligi, dunyoqarashi, yuksak insoniy fazilatlarni shakllantirishdagi o'rni, milliy, umuminsoniy qadriyatlarning mushtarakligi, milliy qadriyatlarimizning jahon xamjamiyatiga kirishdagi vositachilik roli kabi masalalarni baholi qudrat yoritib berishga harakat qilingan.
O'zbek sovet ensiklopediyasida qadriyatga shunday ta'rif berilgan: «Qadriyat - voqelikdagi muayyan hodisalarning insoniy, ijtimoiy va madaniy ahamiyatini ko'rsatish uchun qo'llaniladigan tushuncha. qadriyatlarni mazmuni va harakteriga ko'ra progressiv va reaksion tiplariga ajratish mumkin».
Qadriyatlar muayyan jamiyat va sinfga mansub kishilar turmushi va madaniyatining xaqiqiy yoki ideal ne'matlari bo'lgan tabiat va jamiyat hodisalarining mohiyatidir. Bu ne'matlarning qadriyatlar deyilishiga sabab kishilar ularni qadrlaydilar, chunki bu qadriyatlar ularning shaxsiy va ijtimoiy turmushini boyitadi. Shuning uchun xam kishilar o'z tasarruflaridagi qadriyatlarni himoya kiladilar va o'zlari uchun maqsad va ideal bo'lgan qadriyatlarni amalga oshirishga intiladilar.
Qadriyatlar ichida eng birinchi va eng umumiysi hayotning o'zidir, chunki hayotdan maxrum bo'lish qolgan barcha qadriyatlardan foydalanishni yo'qqa chiqaradi. Qadriyatlar o'zining mohiyatiga ko'ra bir necha turga bo'linadi. Inson va uning hayoti eng oliy qadriyat hisoblanadi. Inson yo'q joyda biron narsaning qadr-qimmati haqida so'zlash joiz emas. Shuning uchun xam inson qadr–qimmatini e'zozlash uning turmushini yaxshilash, bilim va madaniy saviyasini rivojlantirish, sog'ligini saqlash, hayotini himoya qilish davlatimiz siyosatining asosiy yo'nalishini tashkil etadi. Jamiyatimizda ro'y berayotgan tub o'zgarishlarning, islohotlarning barchasi kishilar hayoti to'q, boy, go'zal bo'lishi, inson o'zini chinakam erkin xis etishi, o'z mehnati natijasining, o'z taqdirining, o'z mamlakatining egasi bo'lishini ta'minlashga haratilgandir.
Vatan mehri oliy qadriyatdir. O'z Vatanini sevmagan millatning, qadriga yetmagan kishi o'zganing xam, bashariyatning xam, kurrai zamin obodligining xam qadriga yetmaydi. Vatanga sadoqat - xaqiqatga sadoqatning, millatga mehr, ahli basharga mehrning ibtidosidir. Busiz na adolat g'alaba qiladi, na xaqiqat yuzaga chiqadi, na insonning o'z shaxsiga extiromi shakllanadi. Chunki Vatan mehrini yo'kotgan shaxs xaqi tagidagi zaminni yo'kotadi, go'yo tayanchsiz muallaq qoladi. Vatanga muxabbat ajdodlar merosiga qiziqish, milliy ma'naviyatdan baxramandlik, o'z shaxsiy saloxiyatiga ishonch, umumbashariyatga xurmat, kelajak oldida mas'ullik tuyg'ularini tarbiyalaydi. 10Demak, mustaqillik ma'naviyati ona-yurtga muxabbatdan, millat manfaatlariga sadoqatdan boshlanadi, har bir shaxsning o'z ichki imkoniyatlarini Vatan manfaati yo'lida unumli rivojlantirishi bilan namoyon bo'ladi, unda milliy ma'naviy merosdan umumbashariy qadriyatlardan og'ishmaslik, ilg'or tajribalarni ijodiy o'zlashtirish ishtiyoqi tug'iladi.
Qadriyat keng qamrovli, ko'p ma'noli, xikmatli so'zdir. O'z qadrini bilgan kishigina boshqalarning qadriga yetadi. O'z milliy qadriyatlarini xurmat kilgan, e'zozlagan insongina o'sha xalq vakili, degan ulug' unvonga sazovor bo'ladi. Milliy qadriyat xalq o'tmishiga, buguni va kelajagiga, fan va madaniyat taraqqiyotiga, milliy ahloq-odobga yuksak xurmat belgisidir.
Qadriyat insonning ma'naviy extiyojini qondirishga xizmat qiladigan, shu bois insoniyat tomonidan qadrlanadigan, madaniy, ma'naviy mafkuraviy, siyosiy, iqtisodiy omillarning majmuidir.
Eng oliy qadriyat insonning o'zidir, lekin sho'rolar davrida inson qadrlanmadi. Xalqimizning ulug' farzandlari Yusuf Xos Xojib, Axmad Yugnakiy, Ibn Sino, Beruniy, Axmad Yassaviy, Amir Temurlar qadr topmadilar. Alisher Navoiy, Bobur, Ulug'bek, Mashrab, Nodirabegim singari zukko allomalar feodalizm davri namoyandalari deb kamsitildi, ularning boy betakror meroslarini o'rganish ta'qiqlandi. Xalqimizning ma'naviy boyligi hisoblangan «Alpomish» dostoni tazyiqqa uchradi, Alpomish mehnatkash xalq vakili, olijanob fazilatlarni o'zida mujassamlashtirgan kaxramon sifatida emas, aksincha, konxo'r bek, zolim sifatida talqin etildi. «Muqimiy» nomli musiqali drama teatri repertuaridan xalq sevib tomosha qiladigan «Alpomish» spektakli olib tashlandi.
Mustaqillik sharofati tufayli «Suv sayli», «Anor sayli», «Qovun sayli», «Uzum sayli» kabi bayramlarimiz qayta tiklandi. Mazkur bayramlar to'kin-sochinlik, farovonlik, tinchlik, osoyishtalik ramzi sifatida, xalq orzulari, istaklari, intilishlari ifodasi sifatida qadrli sanalardi. Kur'oni Karimning o'zbek tiliga o'girilishi va nashr ettirilishi katta voqea bo'ldi.
Bugungi kunga kelib Abu Iso Muxammad at-Termiziyning Shamoili Muxammadiya, Nosiriddin Burxoniddin Rabg'o'ziyning xissai Rabg'o'ziy, Axmad Yassaviyning Xikmatlari, Amir Temurning Temur tuzuklarining chop etilishi milliy qadriyatlarimizni tiklash va rivojlantirish yo'lida katta yutuq bo'ldi. Amir Temur tavalludining 660 yilligi, Imom al-Buxoriyning 1225 yilligi, Al-Fargoniyning 1200 yilligi, 1998 yil Alpomish dostoni yaratilganining 1000 yilligi nishonlandi. Yuqorida nomlari zikr etilgan ajdodlarimiz jahon madaniyatiga munosib xissa qo'shganlar.
Insoniyat tarixi, aksiologik nuqtai nazardan, muayyan milliy-etnik qadriyatlarning vujudga kelishi, taraqqiyoti va tanazzuli, ularning o'rniga boshqalari vujudga kelishidan iborat murakkab muammo va jarayonlarni kamrab oladi. Bunday qarash g'oyat muhim va dolzarb masalaga, ya'ni millat milliy qadriyatlarining egasi sifatida o'z-o'zini saqlab turmog'i lozim, degan masalaga e'tibor berishga olib keladi.
Har bir millat o'z qadriyatlarining nafaqat yaratuvchisi, balki asrab-avaylovchisi va kelajakka yetkazuvchisi xamdir. Milliy qadriyatlarning saqlanishi uchun har bir millatning o'zi mas'uldir. Ushbu mas'ullik milliy rivojlanish jarayonida shakllangan ma'naviy burchning alohida shaxslarga emas, butun millatga xos namoyon bo'lishini anglatadi. Hatto xalq ma'lum bir davrda ozod bo'lmagan, siyosiy jarayonlar natijasida biron bir imperiyaga vaqtincha qaram bo'lganda xam unda o'z milliy qadriyatlarini saqlash tuyg'usi yo'qolib ketmaydi.
Milliy qadriyatlarning namoyon bo'lishi va tarixiy rivojlanishda ba'zi jixatlarga e'tibor bermok lozim. Ular:
- kishilarning tabiiy, tarixiy va ijtimoiy birligini ta'minlaydigan etnik makonda shakllanadi, rang-barang tarzda, turli shakllarda namoyon bo'ladi, kishilarning ongiga, hayotiga o'ziga xos tarzda ta'sir qiladi;
- millatdoshlarning o'zaro munosabatlarida, ijtimoiy faoliyatlarida ko'zga tashlanib turadi, ana shu munosabat, faoliyat, maqsad, extiyoj va intilishlar uchun ma'naviy asos bo'ladi;
- moddiy, ma'naviy, iqtisodiy, siyosiy va boshqa sohalarda muayyan natija sifatida yuzaga kelishi kishilar uchun zaruriyat sifatida o'ziga xos ahamiyat kasb etishi xam mumkin; - ijtimoiy rivojlanish jarayonida o'zgarib, takomillashib, rang-barang jihatlar kashf etib boradi, doimiy yangilanib turadi, shu bilan birga avloddan-avlodga o'tadi, meros qoladi.
Bizningcha, milliy qadriyatlarning quyidagilar bilan bog'liq shakllarini ajratib ko'rsatish mumkin:
- millatning tabiiy betakrorligi, o'ziga xosligi, tarixiy o'zgaruvchanligi va ijtimoiy rang-barangligi (genofondi);
- millat tarixi, o'tmishi, kelajagi va ma'naviy merosi;
- milliy xudud, moddiy va madaniy yashash sharoitlari;
- iqtisodiy asos va ijtimoiy ustqurma;
- urf-odatlar, an'analar, marosimlar, turmush tarzi va boshqalardagi milliylik.
- milliy til, milliy madaniyat va ma'naviyat, milliy ong va milliy rux, milliy tuyg'ular va g'oyalar.
Milliy qadriyatlar millatning o'zi bilan birga tarix silsilalari, zamona zayllari, turli ijtimoiy va siyosiy jarayonlar orasidan o'tmishdan kelajakka tomon o'tib turadi. Ular, tabiatiga ko'ra, faqat tor doirada saqlanib qolmaydi, balki ravnaq topib, turmush jarayonida muttasil yangilanib, boyib boradi.
Har bir el, elat, urug' yoki xalqning urf-odatlarida, ularni bajarishdagi faoliyatida o'ziga xoslik bo'ladi. Agar ana shu o'ziga xoslikni o'sha aholi qadrlasa, ular milliy hayot va ongning bir qismiga aylangan bo'lsa, buning yomon joyi yo'k. Bunday o'ziga xoslik bilan bog'liq qadriyatlarni boshqa joyda, boshqacha tarzda yashayotgan kishilarning tarozusi bilan o'lchash yoki bu masalada boshqalarning xakam bo'lishi maqsadga muvofiq emas.
Umuminsoniylik tuyg'usi faqat o'z xalqi qadriyatini ardoqlash, ko'z-ko'z qilishgagina asoslanmaydi. Balki har bir xalq, elat, ulug' qadriyatlarini xurmat qilishdan boshlanadi. Dunyoda son jixatidan ko'p yoki kamrok xalq bo'lishi mumkin, ammo madaniy va ma'naviy sohada bir-biridan kam yoki ortiq millat yo'k. Har bir millatning o'ziga xos o'tmishi, madaniy va ma'naviy qadriyatlari, milliy qahramonlari, boshqalar tomonidan e'tirof etilishi lozim bo'lgan urf-odatlari, qon-qardoshlik belgilari mavjud. Bu borada umuminsoniylik xamma millat va elatlarning qadriyatlarini asrab-avaylash, tarix tarozusi saqlab qoladiganlarini xurmat qilish va olamdagi milliy qadriyatlar turli-tumanligining tabiiy xilma-xillik bilan uzviy aloqada ekanligini anglashdan iboratdir.
Istiqlolga erishish mamlakatimizda yashaydigan barcha millatlarning qadriyatlarini saqlash va takomillashtirish uchun katta imkoniyatlar ochdi. Yurtimizda umrgo'zaronlik qiluvchi fuqarolarimiz O'zbekistonning mustaqilligini mustaxkamlash asosida demokratik jamiyat qurmokdalar. Bu jarayonda umuminsoniy va milliy jixatlarning uyg'unligini ta'minlash extiyoji qadriyatlar omilidan yanada unumli foydalanishni zaruriyatga aylantiradi.
Har bir oqil insonning va jamiyatimizning muqaddas vazifasi, aytish mumkinki, hayotning ma'nosi - qobil farzandlar o'stirish, ularni xam jismoniy, xam ma'naviy jihatdan mukammal qilib tarbiyalash, kamolini ko'rish, ota-onasiga, Vataniga sadoqatli kishilar etib voyaga yetkazishdan iboratdir.
Insonning ma'naviy, ahloqiy kamoloti nihoyatda keng, ko'p qirrali, mazmun-mohiyati jihatdan chuqur tushunchadir. Jamiyatimizda ro'y berayotgan ma'naviy yuksalish, insonning ahloqiy, g'oyaviy, siyosiy kamoloti mamlakatimizda amalga oshirilayotgan milliy uyg'onish jarayonlari bilan uzviy bog'liqdir.
Ma'naviy barkamol inson o'ziga munosib ko'rmagan biron-bir nojo'ya ishni o'zgalarga xam ravo ko'rmaydi, hech bir kishiga aziyat yetkazmaydi. Vatanga va millatga sodiqlik xam madaniyatlilik, ma'naviy barkamollik, ahloqiy poklikning eng yuksak namunasi hisoblanadi.
Jismoniy baquvvat, ma'naviy-ahloqiy jihatdan yetuk bo'lmasdan turib shaxs barkamol bo'lolmaydi. Ma'naviy, jismoniy sog'lom avlodni tarbiyalash bu boradagi ishlarning asosiy mohiyati va yo'nalishini tashkil etadi. Jismoniy sog'lom, baquvvat, lekin ma'naviy qashshoq kishilar insoniyat uchun foydadan ko'ra ko'prok zarar keltiradi. Sog'lom ijtimoiy muhitgina shaxsiy kamolot zaminiga aylana oladi. «Badan tarbiyaning fikr tarbiyasiga xam yordami bordur, - deydi Abdulla Avloniy «Turkiy Guliston yoxud ahloq» asarida, jism ila rux ikkisi bir choponning o'ng ila tersi kabidir.11 Agar jism tozalik ila ziynatlanmasa, yomon xulqlardan saqlanmasa, choponning ustini qo'yib, astarini yuvib ovora bo'lmoq kabidirki, har vaqt ustiga kir chiqadur».
Allomalarimiz asarlarida ta'kidlanganidek, insonning ma'naviy kamolotida jismoniy va badan tarbiyasidan tashqari aqliy tarbiya va go'zallik tarbiyasining, shuningdek, ahloqiy, ruhiy tarbiyasining xam ahamiyati shak-shubxasizdir. Ma'naviyat tarbiyaning eng ta'sirchan quroli, uning o'zagi - ahloqdir. Yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'tmishning buyuk mutafakkirlari va xalq donishmandligining ifodasi bo'lmish xurmali insonning qiyofasi uning ahloqiy sofligi bilan o'lchanishini ta'kidlaganlar. Navoiy ahloqni insonning qimmatbaxo libosidir, deb hisoblagan, Abu Ali ibn Sino hayo va iffatni insonda doim saqlanadigan xusn va latofat, deb baxolagan.
Ahloq insonning ma'naviy qiyofasini belgilovchi sifatdir. Ahloq ijtimoiy ongning muayyan shakli sifatida kishilarning yurish- turishlari, ularning jamiyat oldidagi burchi, mas'uliyati, o'zaro aloqalari ijtimoiy mehnatga munosabatlari singari harakatlarini tartibga soluvchi me'yoriy qoidalar yig'indisidan iboratdir. Jamiyat hayotida ahloq kishining ma'naviy qiyofasini, uning insoniylik darajasini belgilashning muhim me'yori bo'lib yuzaga chiqadi. Ilm insonning zexnini o'tkirlashtiradi, ahloqiylik uning dilini ravshanlashtiradi. Insondagi yaxshi xulqlar, ahloqiy fazilatlar rux va nafs tarbiyasining natijasidir. Shayx Baxovuddin Naqshband «Adab-xulqni chiroyli qilish, so'zni va fe'lni soz qilishdir. Adabni saqlash - muxabbat samarasi, yana muxabbat ruhi xamdir, - deb ta'kidlagani ma'lum. Shuning uchun xudbinlik, ahloqiy buzuqlik insoniylikka zid bo'lgan illatlar hisoblangan.
Go'zal ahloq insonga xos yaxshi fazilat va barkamollikning ifodasi hisoblanadi. Go'zal ahloq sohibining barkamolligi jamiyatda boshqa odamlar uchun o'rnak bo'lib xizmat qiladi, uning amaliy xatti-harakatlari boshqalar uchun ibratdir. Millat xam go'zal ahloqlari, yaxshi fazilatlari tufayli yuksaladi, ahloqi buzilgan millat inqirozga uchraydi, tubanlashadi. Har bir millatning sog'lomligi va qudrati uning ahloqiy sofligidandir.
Xazrat Alisher Navoiy o'zining Maxbub-ul Qulubida odobli inson barcha odamlarning yaxshisidir va barcha xalqlar uchun yoqimlidir, deganlarida insondagi odamiylik va ahloqiylik fazilatlari ardoqlanadi.
Keyingi vaqtlarda yoshlar bo'sh vaqtining asosiy qismini televideniye, videosalonlar egallayotganligi ularning ahloqiga bir qadar putur yetkazayapti. Xususan, yoshlarning bunday tuturuqsiz tomoshalarga sarflanayotgan vaqti barcha madaniy faollikka sarflaydigan vaqtidan birmuncha ko'payib ketdi. Ya'ni o'tkinchi xavaslar turli xil daxshat, ur-surlarni namoyish etuvchi filmlar dunyoqarashi, shaxsiy estetik didi kamol topmagan yoshlarga salbiy ta'sir ko'rsatmokda.
Ahloqsizlikni targ'ib qiluvchi sharm – hayodan begona chet el filmlari, behayo rasmlar yoshlar qalbi va didini xasta qilib ko'ymokda. Sharqona ahloq – odobga zid bo'lgan past saviyadagi asarlar o'rniga asrlar osha yashab kelayotgan juda tabarruk urf-odatlarni, milliy ahloqiy qadriyatlarimizni e'zozlab yanada ommalashtirsak, maqsadga muvofiq bo'lardi. Alqissa, buyuk kelajakni mo'ljallab, katta yo'lga chiqkan O'zbekiston bugun sog'lom va komil insonlarni tarbiyalashni birinchi galdagi vazifa deb e'lon qildi. Bu boradagi zarur ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirilaveradi, jamiyatimiz xam sog'lomlashib boraveradi, faqat komil inson ma'naviyatini tezroq, to'kisroq egallay olsak, maqsadlarga shuncha tez yetishamiz.
Umuminsoniy qadriyatlar va ularning jahon xamjixatligini mustaxkamlashdagi ahamiyati
Xozirgi zamon jahon sivilizatsiyasi taraqqiyot muammolari va kelajagi umuminsoniy ma'naviy qadriyatlarning ahamiyatini nihoyat darajada oshirdi va ularni jahon sivilizatsiyasining hayotiy zaruriyatiga aylantirdi. Chunki bu muammolarni faqatgina yer yuzidagi barcha xalqlar va davlatlar birgalikda xamjihatlikda bartaraf etadi.

Download 77.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling