Kirish kurs ishning dolzarbligi


Kurs ishining o‘rganganlik darajasi


Download 77.17 Kb.
bet2/6
Sana07.02.2023
Hajmi77.17 Kb.
#1174760
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
KIRISH

Kurs ishining o‘rganganlik darajasi.
Ma’naviyat kamolot omillari,Ma’naviyat yulduzlari,
Ma’naviyat asoslari. S. H. Nosirho’jayev. M. F. Lafasov.
Yuksak ma’naviyat va yengilmas kuch. Islom Karimov.
Ma’naviyat millat nishoni. Erkayev M. Asarlari o’rganildi Tabiat — tabiiy resurslar manbayidir. Tabiiy resurslar, ya'ni yonilg‘i, nafas olinadigan havo, ichiladigan suv, har xil xomashyolar bo‘lmasa, inson, jamiyat yashay olmaydi, sanoat, qishloq xo‘jaligi va madaniyatni yuksaltirib bo‘lmaydi. Sharq falsafasi va islom ta'limotida Alloh hamma narsaning ibtidosi, materiyani ham, tabiatni ham Tangri taolo Xudo yaratgan, deyiladi. Masalan, Mirzo Ulug‘bekning “To‘rt ulus tarixi” asarida keltirilgan ma'lumotlarga ko‘ra, Tangri taolo odamni suv bilan tuproqdan yaratgan. “Odam alayhissalomning yaratilishini muharram ul-ehrom oshuro oyi o‘ninchi kuni, juma kuni soat o‘n birda; birinchi tole' bo‘yicha Jadi va Zuhal darajasida, Mushtariy Xutda, Mirrix Hamalda, Qamar 1aratonda, 1hams Asadda, Atorud 1umbulada, Zuhro Mezonda paytida bug‘doyrang kishi chehrasida baland qomatli va jingalak sochli qilib yaratdi. Yaratgan Tangri hazrati Odamga behishtdan joy berdi.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi:
Kurs ishi: Kirish. Ikki bob. To’rt paragraf. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlardan iborat bo’lib hajmi 3 betni tashkil qiladi.



  1. BOB. Inson va tabiat o’rtasidagi munosabatlar

    1. Tabiatni asrash inson ma’naviyatining muhim belgisi.

Tabiat, butun moddiy olam doimiy harakatda, to‘xtovsiz o‘zgarish va rivojlanishdadir. Tabiatning, materiyaning fazoda cheksiz va vaqtda abadiy bo‘lgan tinimsiz harakati jara- yonida ba'zi bir narsalar yemiriladi, yangilari paydo bo‘ladi. Tabiatning million yillar ichidagi tadrijiy taraqqiyoti jarayonida jonsiz dunyo kelib chiqqan. Jonli dunyoning paydo bo‘lishi tabiatning, materiyaning cheksiz koinotdagi taraqqiyotidan kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlardan biridir. Jonli materiya keyinroq yuz bergan hodisalar, uzoq davom etgan taraqqiyot samarasidir. Jonli tabiat ham, jonsiz tabiat ham doimiy harakatdadir. Lekin harakat ularning har ikkalasida ham biroz boshqacharoq shaklda amalga oshadi. Inson taraqqiyotning ilk bosqichlarida, u tabiatdan endigina ajralib chiqqan kezlarda juda nochor hayot kechir- gan, tabiat kuchlariga qaram bo‘lgan, tabiatning tayyor mahsulotlarini iste'mol qilib kun kechirgan.2 Keyinchalik mehnat tufayli turli ish qurollari yasash, moddiy va ma'naviy boyliklarni yaratish asosida kishilik jamiyati paydo bo‘lgan va rivojlangan.
Forobiyning fikricha,har bir inson o‘z tabiati bilan shunday tuzilganki, u yashash va oliy darajadagi yetuklikka erishmoq uchun ko‘p narsalarga muhtoj bo‘ladi, u bir o‘zi bunday narsalarni qo‘lga kirita olmaydi, ularga ega bo‘lishi uchun insonlar jamoasiga ehtiyoj tug‘iladi. Bunday jamoa a'zolarining faoliyati bir butun holda ularning har biriga yashash va yetuklikka erishuv uchun zarur bo‘lgan narsalarni yetkazib beradi. 1huning uchun inson shaxslari ko‘payadilar va yerning aholi yashaydigan qismiga o‘rnashadilar, natijada, inson jamoasi vujudga keladi.
Kishilik jamiyati moddiy olamning, tabiatning ko‘p ming yillik tadrijiy taraqqiyotining qonuniy mahsulidir. U taraq- qiyotning ma'lum bir bosqichida, insonlar jamoasi kelib chiqqan davrda yuzaga keladi. Demak, jamiyat tarixi va uning taraqqiyoti inson ma'lum jamoaga birlashib mehnat qilgan, ishlab chiqarish qurollarini yaratgan, ma'lum ijti- moiy-iqtisodiy munosabatlar shakllangan davrdan boshlanadi. Qadimgi xalq og‘zaki ijodiyoti va yozma yodgorliklarni
o‘rganish jarayonida hozirgi o‘zbek xalqining ajdodlari bundan bir necha ming yillar oldin tabiat qo‘ynida yasha- ganligiga e'tibor berish joiz. Ular yuksak va o‘ziga xos madaniyatni vujudga keltirishda juda katta va mashaqqatli yo‘lni bosib o‘tishgan.
Dastlabki tosh qurollaridan tirikchilik uchun foydala- nishdan ancha takomillashgan mehnat qurollari yasashgacha, undan urug‘chilik, qabilachilik davrlariga kelib, xo‘jalik va madaniy taraqqiyotda erishilgan yutuqlargacha bo‘lgan tariximiz ota-bobolarimiz boy qadimiy madaniyatga ega bo‘lganligidan dalolat beradi. Bu o‘rinda miloddan avvalgi birinchi ming yillikda Baqtriya, Xorazm, so‘g‘diyona, Marg‘iyona, Parfiya, Zarafshon vohalari, Parkana kabi o‘lkalarda turli qabila va elatlar yashaganligiga e'tibor berish lozim. Bular hozirgi o‘zbek xalqining ildizi hisoblangan saklar, massagetlar, so‘g‘dlar, xorazmiylar, baxtarlar, choch- liklar va parkanaliklar kabi qabila va elatlar ekanligini bilishimiz kerak. Keyinchalik ular o‘zaro va boshqa ko‘p urug‘lar bilan birlashib ketgan hozirgi Markaziy Osiyo hududidagi xalqlarning ajdodlari sifatida o‘rganiladi.
Bu elatlar yashagan hududlarda tabiat bilan bog‘liq o‘ziga xos madaniy an'analar tarkib topa borgan. Eng qadimgi kishilarning dastlabki oddiy istaklari, orzu-umidlari va xis- latlari qadimgi eposlarda, ulardagi afsonaviy obrazlar qiyo- fasida o‘z ifodasini topgan. shunga ko‘ra tabiat kuchlariga, ruhga sig‘inish — animizm, ajdodlar ruhiga sig‘inish — totemizm, sehrgarlik kabi diniy e'tiqodlar va marosimlar aks etgan afsonalar, rivoyatlardan eng qadimgi avlodlari- mizning tafakkur dunyosini bilib olsa bo‘ladi. Bu rivoyatlar, afsonalar massagetlar, saklar, xorazmiylar, so‘g‘dlar yashagan davrlarga borib taqaladi.3
Havoni bulg‘ash, ifloslantirish, hayvonlar o‘ligi u yoqda tursin, odamlar jasadini ham yerga ko‘mish, suvga oqizish, olovda yoqish gunoh hisoblangan. Marhumlar yerni, suvni, havoni zaharlab qo‘ymasliklari uchun jasadlarini maxsus sopol idishlarda ko‘mish rasm bo‘lgan. Zardushtiylik diniga amal qilgan O‘rta Osiyodagi qabilalar suvga va olovga sajda qilganlar, Quyoshni ilohiy mavjudot darajasiga ko‘targanlar.
«Avesto» Markaziy Osiyo xalqlari ma'naviyatining biz- gacha yetib kelgan eng qadimgi yodgorligi bo‘lib, zar- dushtiylikning muhim qonun-qoidalarini o‘zida mujassam- lashtirgan.
Qur'oni karim va hadislarda borliqqa munosabat, atrof- muhitni iflos qilmaslik, tozalik, daraxt ekish haqida muhim fikrlar mavjud. Hadislarda:Qaysi bir musulmon biror daraxt yoxud biror ekin eksa-yu, uning hosilidan inson, qush yoki hayvon yesa, buning uchun unga ajr-u savob ato etilur,— deyiladi.
Shuningdek, yerning shakli, yulduzlar, Quyosh va Oy- ning aniq hisob — o‘lchov bilan harakatlanishi haqidagi ma'lumotlar berilgan bo‘lib, islom dini ilmiy emas, degan ko‘pgina bir tomonlama talqin etilgan tushunchalarni rad etadi. Qur'oni karimdagi A'rof surasining 30-oyatida:«Alloh bergan rizqdan yenglar, ichinglar, lekin isrof, uvol qilmanglar, haqiqatan ham Alloh isrof qilguvchilarni sev- maydi»,4— deyilishi tabiatga ham munosabatni anglatib, uni isrof qiluvchilar, uvol qiluvchilarga qarshi qaratilgandir. Bu masala hadislarda ham bir necha joyda beriladi va «har qanday isrof qilish — haromdir»,— deb xulosa qilinadi. Hadislarda tabiatga mehr, tevarak-atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hattoki hayvonni pokiza saqlash asosiy g‘oyalardan hisoblanadi.Behistun,Bundaxishin kabi yozma yod- gorliklarda ham og‘zaki adabiyotning tabiat bilan bog‘langan ba'zi bir namunalari keltirilgan. Mahmud Koshg‘ariy esa o‘zining mashhur lingvistik asari Devonu lug‘otit turkda tabiatning turli hodisalari haqida qadimgi qo‘shiq, lirik she'r va maqollardan turli namunalar bergan. Xudoynomak va ulug‘ shoir Firdavsiyning Shohnomasida qadimgi xalq og‘zaki adabiyotining bir qancha asarlari va tabiatga oid obrazlari qayta ishlangan. 1hu bilan birga tabiat kuchlari haqidagi qadimgi og‘zaki adabiyotning izlari, uning arxaik elementlari keyingi davrlarda yaratilgan xalq og‘zaki ijodi asarlarida ham saqlanib qolganligini ko‘rish mumkin. Bular qadimgi og‘zaki adabiyot namunalari bilan tanishtirib, tabiat bilan muloqot haqida ma'lum tasavvur tug‘diradi.
Quyida shunday mif va afsonalardan ayrim namunalar keltiramiz. Xubbi va Erxubbi afsonasi Xorazm mifo- logik afsonasida Xubbi suv xudosi va kishilarni halokatdan qutqaruvchi sifatida gavdalanadi.
Juda qadim zamonlarda, Faridun va hatto Jamshid zamo- nidan burun, Amudaryoda Xubbi degan bir yigit bo‘lgan ekan. U tabiat qo‘ynida yashab, bir qo‘li bilan baliq tutar, ikkinchi qo‘li bilan uni quyoshga tutib turar, baliq bir zumda pishar ekan. Xubbi shu xilda baliq yeb, Amudaryoda 700 yil yashabdi, daryoni qo‘riqlabdi, biror yomon ruh, hattoki chivin ham daryoga yaqin yo‘lashga botinolmabdi. Xalq suvga ma'mur bo‘lib, shod-hurram yashar ekan. Biroq Jamshid zamonasiga kelib, Xubbi g‘oyib bo‘libdi. Kishilar uni osmon suvlarining hukmroni bo‘lgan qiz o‘g‘irlab olgan, deb faraz qilibdilar. Xubbi g‘oyib bo‘lgandan keyin Amu- daryoga uning onasi kelibdi. U birinchi bo‘lib qayiq yasabdi, kishilarni qayiqda suzish va dushmanga qarshi suvda jang qilishga o‘rgatibdi. Biroq kunlardan bir kun Xubbining onasi g‘oyib bo‘libdi. Lekin kishilar o‘z homiylarini, Xubbi va uning onasini unutmabdilar. Ular qayiqlarda Xubbining onasi qiyofasini tasvirlabdilar.
Bu narsa tabiat bilan insonlar o‘rtasidagi muloqotning azaliyligini, tabiat insonning homiysi, boquvchisi ekanligini ko‘rsatish bilan birga, uning qonunlariga qarshi chiqilsa, tabiatning muvozanati buzilsa, albatta falokat sodir bo‘lishini ko‘rsatadi.
Quyida keltirilayotgan Baraktom qal'asi haqidagi afso- na» ham buni tasdiqlaydi (III—IV asrlarda bino bo‘lgan). Qadim zamonlarda Qoraqalpog‘istonning Qozog‘istonga chegaradosh bir vodiysida Barak degan zolim shoh bo‘lgan ekan. 1hoh bir qasrida o‘zi tursa, ikkinchi qasrida katta ov burgutini saqlar ekan. Kunlardan bir kun qasrga burgutning onasi Anqo (mifik qush) kelibdi. Shoh kishilarning gapiga quloq solmay, ona-bolaning diydor ko‘rishishiga xalaqit berib, burgutni ovga olib chiqmoqchi bo‘libdi. Burgut g‘azablanib Barakka chovut solibdi-da, uni osmonga ko‘tarib chiqib, yerga tashlab yuboribdi.5 Barak shohning parchalan- gan jasadi o‘sha qasrda dafn qilinibdi. Vodiy xarob bo‘libdi,
karvonlar unga yaqin yo‘lamaydigan bo‘lib qolibdilar.

Download 77.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling