Kirish kurs ishning dolzarbligi
Download 77.17 Kb.
|
KIRISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining maqsad va vazifalari
- Kurs ishining obyekti va predmeti
KIRISH Kurs ishning dolzarbligi. Insonni qurshab turgan tabiat, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishi qonuniyat- larini falsafiy nuqtai nazardan fahmlash, ilmiy bilish amali- yotda katta ahamiyat kasb etadi. Alisher Navoiy aytganidek: «Inson aql chirog‘i, qolaversa, butun koinot ko‘zining nuridir». Tabiat benihoyat xilma-xil shakl va ko‘rinishlarda bo‘lib, insonni qurshab turgan moddiy olam, butun borliq- ni qamrab oladi. U keng ma'noda olganda materiya, koinot tushunchalarini ham ifodalaydi. Inson har doim tabiat bag‘rida yashagan va bundan keyin ham yashaydi. Inson hech qachon tabiatdan tashqarida, u bilan aloqa va munosabatda bo‘lmasdan turib yashay olmaydi. “Tarixdan ma'lumki, — deb yoziladi «Yuksak ma'naviyat — yengilmas kuch” asarida.1O‘rta Osiyo hududida aholi azaldan vodiylarda, katta suv manbalari — daryo va anhorlar bo‘yida yashab keladi. Atrofi cho‘l va sahrolar bilan o‘ralgan, tabiati, iqlimi g‘oyat murakkab bo‘lgan mintaqa sharoitining o‘zi ana shu elat va millat- larning ming yillar davomida bir-biriga moslashib, yaqin yelkadosh bo‘lib, bir-birining og‘irini yengil qilib yashashini taqozo etib keladi. Chindan ham, bu zaminda istiqomat qiladigan odamlarning tarqoq bo‘lib yashashga imkoni yo‘q, tabiatning o‘zi, hayotning o‘zi ularni shu ruhda tarbiyala- gan». Tabiat biz uchun moddiy ne'matlarning birinchi man- bayi sifatida ham, sog‘liq, shodlik, hayotiy qiziqishlarning va har bir kishidagi ma'naviy manbayi sifatida ham o‘zining g‘oyat zo‘r ahamiyatini hech qachon yo‘qotmaydi. Kurs ishining maqsad va vazifalari. Tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan Yer insonning oziq-ovqat manbayi, uning dastlabki mehnat vositalarining xazinasidir. Yer insonni boqadi. Ingliz olimi Vilyam Petti aytganidek, mehnat boylikning «otasi» bo‘lsa, yer uning «onasi»dir. Odamlar bir necha ming yillar davo- mida uning issiq bag‘rida voyaga yetdi. Demak, tabiat inson uchun eng e'zozli va qadrli maskandir. Kurs ishining obyekti va predmeti: Kurs ishining obyekti inson va jamiyat. Kurs ishining predmeti inson va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlar. Download 77.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling