Kirish L. Bob. Adabiy tanqidchilik


Download 66.84 Kb.
bet1/7
Sana24.12.2022
Hajmi66.84 Kb.
#1058683
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
D. Quronov adabiy-nazariy qarashlar


Kirish
l.Bob. Adabiy tanqidchilik
1.1. Adabiy tanqidchilik tarixi…………….…………………………………………….4
1.2. Adabiyotshunoslik taraqqiyoti………....…………...…………………………..14
ll.Bob. D.Quronovning adabiy-nazariy qarashlari.
2.1. Dilmurod Quronov hayoti va ijodi…………………………………………………..………22
2.2. D.Quronovning adabiy-tanqidiy qarashlari…….……………………………..………………26
Xulosa……………………………………………………….
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………….

Kirish


Mavzuning dolzarbligi.Mustaqillik asnosida, umumbashariy qadriyat-larga tayangan, go‘zallik,adolat tamoyillariga asoslangan adabiyot ilmi qaror topdi. Adabiyotshunoslik ilmi yangi talqin va tahlil metodlari,usul-lari bilan o‘z imkoniyatlarini kengaytirib bormoqda, ildiz o-tib palak yozmoqda.
“Bizni hamisha o‘ylantirib keladigan yana bir muhim masala – bu yoshlarimizning odob-axloqi, yurish-turishi, bir so‘z bilan aytganda, dunyoqarashi bilan bog‘liq. Bugun zamon shiddat bilan o‘zgaryapti. Bu o‘zgarishlarni hammadan ham ko‘proq his etadigan kim – yoshlar. Mayli, yoshlar o‘z davrining talablari bilan uyg‘un bo‘lsin. Lekin ayni paytda o‘zligini ham unutmasin. Biz kimmiz, qanday ulug‘ zotlarning avlodimiz, degan da’vat ularning qalbida doimo aks-sado berib, o‘zligiga sodiq qolishga undab tursin. Bunga nimaning hisobidan erishamiz? Tarbiya, tarbiya va faqat tarbiya hisobidan”1, - deydi Sh.Mirziyoyev ta’lim-tarbiya haqida o‘z nutqida.
Mustaqil O‘zbekistonning kelajagi ko‘p jihatdan barkamol, salohiyatli avlodni tarbiyalshga bog‘liq. Ana shunday muhim vazifani amalga oshirish uchun Vataniga, xalqiga sadoqatli, mustaqil fikrlaydigan, erkin, ijodkor shaxsni shakllantirish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri bo‘lib turadi.Ma’lumki, hozirgi davrdagi tub islohotlar har bir kishidan bilim, salohiyat, samarali mehnat, madaniyatlilik, yuqori malaka, yuksak onglilik, ijodkorlik, jamiyat oldida mas’uliyatni his etishni talab etadi.Insonparvarlik, demokratik, mustaqil davlat quruvchi har bir inson ana shu xislatlarga ega bo‘lishi zarur.
Pedagogika ilmi va amaliyotdan ma’lumki, nazariyadan yo‘naltirilgan ta’limga qarab borish o‘quvchining ijtimoiy hayotda o‘z bilimi va qobiliyatini namoyish etish imkoniyatini yaratadi.Komil insonni tarbiyalsh maqsadi ta’lim jarayoniga ijodkorlik bilan kompleks yondashishni taqozo etib, zamonaviy darslarni tashkil qilishga zamin yaratadi. Binobarin, faqat ijodkorlik va mustaqil faoliyat muhitida tashkil etilgan ta’lim natijasidagina o‘quvchida o‘zligini shaxs sifatida namoyish eta olish ko‘nikmalari shakllanib boradi.
Badiiy adabiyotning inson kamolotidagi o’rni yuksak ekanligi barchaga yaxshi ayon. Zero, inson ko’ngli kechinmalari, nozik va nafis tuyg’ulari ifodasi bo’lgan so’z san'atining nazokati va sehru jozibasi asrlar osha jilolanib kelmoqda. Bu narsa mumtoz shoirlarimiz asarlari orqali yanada oydinlashmoqda. O’zbek mumtoz adabiyoti xalqimizning ma'naviy mulki, uning hayoti, shuuri, ruhiyati bilan chambarchas bog’liq. Mumtoz adabiyotimizni puxta o’rganish, buyuk san'atkorlarimiz hayoti, shaxsiyati, asarlarini talabalar, o’quvchilar qalbiga singdirishning ahamiyati bugungi kunda yanada yorqinroq namoyon bo’lmoqda.
Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek: “Sharq sivilizatsiyasi yutuqlarini, o’tmish ajdodlarimizning madaniy va ma'naviy boyligini chuqur va har tomonlama o’rganishimiz darkor... Buyuk ajdodlarimiz bo’lmish mutafakkir, olimlar, go’zallik ijodkorlarining biz uchun yangi bo’lgan nomlari va asarlarini milliy ma'naviyatimiz xazinasiga qaytarish muqaddas vazifamizdir”. Kurs ishimiznig ham dolzarbligi anashundadir. Bugun zamonaviy tanqidchilik, nazariyashunos olim D. Quronovning adabiy-nazariy qarashlariga alohida to`xtalib o`tamiz

Download 66.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling