Kirish magistrlik dissertatsiya mavzusining dolzarbligi
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining
Download 67.35 Kb. Pdf ko'rish
|
03 Kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Tadqiqotning respublika fan va texnologiyalari rivojlanishining
ustuvor yo‘nalishlariga mosligi. Mazkur tadqiqot respublika fan va texnologiyalarni rivojlantirishning II «Energetika, energiya va resurstejamkorlik» ustuvor yo‘nalishi doirasida bajarilgan. Muammoning o‘rganilganlik darajasi. Ushbu tadqiqot ishi texnik to‘qimachilik mahsulotlarining tuzilishi, tolaviy tarkibi va to‘quv dastgohida shakllanish nazariyalari bilan shug‘ullangan shuningdek, to‘qimachilik to‘qimalarining tuzilishi va belgilangan kompleks xususiyatlari bo‘yicha loyihalash ishlarini o‘rganuvchi soha olimlarining ilmiy ishlariga asoslanadi. Yuqori haroratga chidamli texnik to‘qimalar nazariyalarni rivojlantirishda chet el olimlaridan Horrock A R., Anand S.C., S.Adanur, Kothari V.K, Das A., S.Sing, L.V.Langenhove, S.Jayasathyakawin, F.T.Peirce, S.P.Kumaresh Babu, M.Ravichandran, Qian Qiua, Miaomiao Zhub, Zhaoling Lia, Kaili Qiua, Xiaoyan Liua, Jianyong Yuc, Bin Ding kabi olimlar keng qamrovli ishlar olib borishgan. Yuqori haroratga chidamli to‘qimalarni to‘quvchilik usuli bilan shakllantirishda olimlardan N.G.Novikov, V.A.Gordeyev, YE.D.Yefremov S.D.Nikolayev, P.T.Bukayev, G.V.Stepanov, N.F.Surnina, G.B.Damyanov, V.S.Zazdravnix, S.S.Yuxin, G.A.Lozin, I.A.Trusova, D.V.Stalinskiy, I.V.Piskarev, L.X.Satorov, A.A.Kurbonov, V.V.Zapasny, D.A.Asanov, K.B.Takeyev, A.T.Yermekova, A.A.Ivanov va boshqalar tomonidan ilmiy tadqiqot ishlari olib borishgan. Texnik to‘qimachilik mahsulotlarining yaratish, ishlab chiqarish bo‘yicha tadqiqot qilishda mamlakatimiz olimlaridan X.A.Alimova, R.Z.Burnashev, J.N.Akbarov, M.M.Muqimov, E.SH.Alimbayev, F.A.Veliyev, S.A.Xamrayeva, P.S.Siddikov, S.S.Raximxodjayev, O.A.Axunbabayev, B.K.Xasanov, N.R.Xanxadjayeva, B.X.Boymuratov, D.N. Kadirova, G.N. Valiyev, U.R. Uzakova, O.A.Ortikov, A.A.Daminov, H.Yu.Rasulov va boshqalarni hissalari ham salmoqlidir. Yuqori haroratga chidamli to‘qimachilik to‘qimalari tabiiy tola yoki kimyoviy tolalardan tayyorlangan yuqori haroratga chidamli vosita hisoblanib, asosan yong’indan himoyalanish uchun ishlatiladi. Shuning uchun yuqori haroratga chidamli to‘qimalarni loyihalashda yuqori haroratga chidamliligi asosiy omillardan biri hisoblandi. Yuqori haroratga chidamli to‘qimalari sanoatda, qurilishda va boshqa sohada keng qo‘llanilib, neft va gaz qazib olishda, texnik va harbiy sohalarda, kinoteatr, sirk va boshqa sohalarda ishlatiladi. Umuman olganda, olimlar va mutaxassislar tomonidan yuqori haroratga chidamli to‘qimachilik to‘qimalarini ishlab chiqarish bo‘yicha erishilgan muhim yutuqlarga qaramay, ilmiy asoslangan yondashuvlarni ishlab chiqish muammosi hanuz mavjudligi, belgilangan xususiyatlar bo‘yicha texnik to‘qimachilik t o ‘ q i m Download 67.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling