Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 21.03 Kb.
|
kirish
KIRISH Magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi. Respublikamizda Prezidentimizning 2018 –yil PQ-3532, PQ-3617 hamda 63-sonli O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qarorlariga muvofiq dorivor o’simlik xomashyosi ba’zasini kengaytirish va o’simlik xom ashyosi asosida mahsulot ishlab chiqarishni oshirish maqsadida har bir o’simlik turiga alohida e’tibor qaratish lozim. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi farmoni bilan tasdiqlangan 2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha harakatlar strategiyasida iqtisodiyotni yanada rivojlantirish hamda liberallashtirishga oid chora-tadbirlarni tadbiq etish, xalqimizning faravonligini yuksaltirishda eng muhim hayotiy yo’limiz bo’lib qolmoqda. Ishlab chiqarish tarmoqlarini, chunonchi qishloq xo‘jaligini isloh qilishni kuchaytirilishi, ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaliklarining salmog‘ini ko‘paytira borib, qishloqlarga qishloq xo‘jalik mahsulotlarini qayta ishlovchi, zamonaviy texnologiyalarni olib kirish, chet el investitsiyalarini aynan qishloqlarga yo‘naltirishni yo‘lga qo‘yilishi sohalarni modernizatsiya va deversifikasiya qilinishi, mamlakatimizda dehqonchilikni rivojlantirilishida qishloq xo‘jalik ekinlari juda yuqori hisoblanadi. Parmachak o’simligi ozuqabop, dorivor va manzarali o’simlik hisoblanadi. Samarqand viloyati sharoitida parmachak yovvoyi holatda ko’pincha daryo qirg’oqlarida ba’zi turlari tog’oldi mintaqalarida o’sadi. Oxirgi yillarda bu o’simlikning navlari dala, tomorqa va bog’larda o’stirilmoqda [4, 5]. Parmachak issiqlik, qurg’oqchilik va infeksion kassalliklarga chidamli o’simlik bo’lib hisoblanadi.Bir yillik novdalari hosil tugadi.Mevalarining tarkibida turli mineral elementlar, 4-6% qand, 0.8-1.4 % organik kislotalar, karotin va A, C, B guruh vitaminlari uchraydi. Asosan ildizpoyasi va barglari tibbiyotda ishlatiladi. Oshqozon-ichak, ateroskleroz, gipertoniya, gastrit, qandli diabet kasalliklarini davolashda va immunitetni mustahkamlashda foydalaniladi. Bundan tashqari u quyidagi holatlarda yordam beradi: Chanqoqni bostirib haroratni tushiradi; Kasalliklardan so’ng organizmni tiklanishiga yordam beradi; Oshqozon-ichak tizimining faoliyatini yaxshilaydi; Asab tizimini mustahkamlaydi va hotirjam uxlashga yordam beradi; Fikrlash qobiliyatini va xotirani mustahkamlaydi; Parmachak o’zida ko’pgina antioksidantlarni saqlashi sababli ham organizmdan zaharli moddalarni chiqarib tashlaydi. Parmachak kaloriyasi kam bo’lishiga qaramay to’qlik hissini uzoq vaqtgacha saqlab turadi. Shuning uchun ham ushbu o’simlik vazn yo’qotish hususiyatiga ega [5, 6, 19]. Parmachakni iste’mol qilishga qarshi ko’rsatmalar juda kam. Eslatib o’tmoq joizki bu mahsulot allergiyani chaqirish ehtimoli ham bor. Respublikada ishlab chiqarishni kengaytirish, meva –sabzavot mahsulotlarini qayta ishlash va eksport qilishga qaratilgan kompleks chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Meva-sabzavodchilikni intensiv rivojlantirishga doir loyihalarni amalga oshirish uchun ekin maydonlari sezalarli darajada keygaytirilmoqda. Mavdonlardan unumli foydalanish, hududimizdagi bioxilma- xillikni oshirish asosiy maqsadlarimizdan biridir [43]. Hozirgacha tikansiz parmachak o’simligining morfofiziologik xususiyatlari bizning sharoitimizda o’rganilmagan. Parmachakning tarqalishi, o’sish sharoitlari, morfologiyasi, fenologiyasi, botanik xususiyatlari ko’payish va qo’llanilishi o’rganilishi lozim. Asosiy e’tibor rivojlanishi va ba’zi bir fiziologik ko’rsatkichlarini aniqlashga berildi. Download 21.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling