2.2-rasm. Universitet kuchsiz taraflari, ko‘ngilli ishtirokchilar fikrlari73
So‘rovnomada ishtirok etgan talabalarning deyarli 50% dan ko‘pi aynan muloqotning yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligini universitetning kuchsiz tomoni deya talqin etgan. Aynan bu kabi fikrlar nafaqat talabalar o‘rtasida aniqlandi balki, o‘qituvchilarda va hattoki bo‘limlarda faoliyat yurituvchi hodimlarda ham bu kabi fikr borligi qoniqarli holat emas. Bunga dalil sifatida Kendall nutahassis fikrlari muvofiqligi tahlilini keltirish mumkin, sabab aynan 1 va 5- raqamli ishtirokchilar, Termiz davlat universiteti hodimlari va Termiz davlat universiteti PhD darajali o‘qituvchilardir. Aynan ushbu ishtirokchilarimiz ham universitet faoliyatining hamma jabhalariga ham qoniqarli baho berishmagan.
Marketing tadqiqiqotlarining ajralmas qismi bu biror bir mahsulotni tanlashda yoki xizmat ko‘rsatuvchini tanlashda mijoz aynan nimalarga e’tibor berishini aniqlashdir. Bu har qanaqa xizmat ko‘rsatuvchi yoki ishlab chiqaruvchi uchun ham juda muhim jarayondir. Aynan bu yo‘nalishda ham talabalar fikri aniqlandi. Talabalarga tanlash uchun 7 ta javob variantlari taqdim etilgan.
Kirish onsonligi
Shartnoma to‘lovi arzonligi
Universitet reytingi
Yashash hududida joylashganligi
Bilim berish darajasi yuqoriligi
O‘qituvchilar malakasi yuqoriligi
Siz istagan kasbga oid ta’lim beruvchi fakultetning mavjudligi
So‘rovnomada ishtirok etgan talabalarning 43% oliygohning aynan yashash hududida joylashganligi uchun Termiz davlat universitetini tanlashganini belgilashgan. Natijalarda keltirilgan yana bir katta va sezilarli natija ko‘rsatkichi 7- sonli javob ko‘rsatkichidir, ya’ni talabalar istagan kasbga oid ta’lim beruvchi fakultetning mavjudligiga to‘g’ri kelmoqda. Albatta, aynan mana shu taraflama Termiz davlat universiteti Surxondaryo viloyatida sezilarli ko‘rsatkichga ega. Bundan oldingi tahlillarimizda bu haqda to‘liq ma’lumot berib o‘tildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |