Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi
Download 0.68 Mb.
|
m dissertatsiya
Ta’lim xizmatlari bu nodavlat yoki davlat tashkilotning aholiga ta’limga oid(bilim berish, til o‘rgatish, biror fanni o‘rgatish,tarbiyalash) xizmatlarni ko‘rsatishi. Bunda mamlakatdagi har qanday ta’lim beruvchi tashkilot yoki muassasasalar, jumladan bog’chalar, umumiy o‘rta ta’lim maktablari (hususiy yoki davlatniki bo‘lishdan qatti nazar), akademik litsey yoki kolledjlar, oliy ta’lim muassasalari (hususiy yoki davlatniki bo‘lishdan qatti nazar), o‘quv markazlari va boshqalar ta’lim xizmatini ko‘rsatuvchi hisoblanadi. “Ta’lim xizmati” atamasinitushunish uchun avvalo uningtarkibidagi “xizmat”va “ta’lim”so‘zlariniAmerikalik mashhur marketing olimi F.Kotler o‘z kitoblarida “xizmat” tushunchasiga quyidagi ta’rif berga:”xizmat-bu bir tomon boshqasiga taklif qilishi mumkin bo‘lgan va sosan nomoddiy bo‘lgan va hech qanday narsani tortib olishga olib kelmaydigan chora yoki foyda”8.
Umuman olganda, xizmatlarning maxsulotlardan farqlovchi bir nechta xususiyatlar haqida klassik marketingda to‘xtalib o‘tilgan. Ushbu xususiyatlar, nomoddiylik, manbadan ajralmasligi.sifatning muvofiqligi va chidamsizlik tarzida talqin etiladi. Nomoddiylik o‘z nomi bilan istalgan xizmat turini unga pul taklif qilishdan oldin ko‘rish yoki tatib ko‘rish, eshitish yoki hidlab ko‘rib bo‘lmasligini tushunish mumkin. Biz bilamizki, xizmat o‘z manbasidan ajrala olmaydi, ya’ni xizmatni amalga oshirish uchun faqatgina uning ishlab chiqaruvchisining ishtiroki kerak bo‘ladi, shu tufayli ham xizmatning bu xususiyati manbadan ajralmaslik deb yoritiladi. Xizmatni tavsiflashda sifatning muvofiqligi xususiyatiga alohida to‘xtalib o‘tish joiz, sababi istalgan xizmat turiuni taqdim etuvchi ishlab chiqaruvchiga yoinki, ularni taqdim etish vaqti, hattoki joyiga qarab ham farq qilishi mumkin. Ta’lim xizmatlari bozoriga ta’rif berishda yoki xizmat bozori mohiyatiga ta’rif berishda har bir soha vakillari o‘z sohalaridan kelib chiqib ta’rif berishgan, misol tariqasida Iqtisodiyot yo‘nalishi namoyondalari bo‘lmish V.P.Kolesov va V.P.Shetinin "ta'lim xizmatlari"ga tariff berish uchun, e'tiborni asosan taqdim etilayotgan xizmatning talabalar ehtiyojini qondira olishiga qaratadilar.Bu kabi ta’riflar va yondashuvlar Iqtisodiyot yo‘nalishi nomoyondalrida ko‘p uchraydi. O‘z navbatida misol tariqasida keltirib o‘tishimiz mumkinki V.P.Kolesov"ta'limxizmati" tushunchasini ta'lim sohasidagi murakkab iqtisodiy munosabatlar jamlangan iqtisodiy kotegoriya" tushunishini o‘z asarlarida qayd etib o‘tgan9. Ta'lim xizmatlariga bu tarzdagi yondashuvlar ko‘rinib turibdiki bir tomonlama, ya'ni ta'lim xizmatlarini sof iqtisodiy kategoriya sifatida ko‘rib chiqish va uni yoritishdir, va bu ta'lim xizmatlarining zimmasidagi asl vazifalari va uning o‘ziga xos xususiyatlarini aks ettirmaydi. Pedagogik yondashuv vakillaridan biri olim A.O.Chentsovning tushunchasi va ta'lim xizmatlarini yoritishiga to‘xtalib o‘tsak, u ta'lim xizmatini shaxsni o‘zgartirishga qaratilgan barcha ilmiy-pedagogik ishlar yoki ularning natijasi bilan bog‘laydi. A.O.Chentsovning ta'kidlashicha, ilmiy-pedagogik ishnatijasini ta'lim mahsuloti deb atash mumkin. Ta’lim mahsuloti – ta’lim xizmatlarining tegishli segmentiga moslashtirilgan intellektual mahsulotning bir qismidir”10. Chentsov albatta ta'lim xizmatlari bozorining mavjudligini tan oladi va maqsadli auditoriyaning aniq ta'lim xizmatlarining iste'molchilari ya'ni talabalar yoki ta'lim olishni istagan oddiy aholi, sifatidagi xususiyatlarining muhimligini ta'kidlaydi. Biroq, Chentsov ta'lim xizmatlarini taqdim etish yoki ko‘rsatish nafaqat har qanday segmentga moslashtirilgan intellektual mahsulot, balki talabalar yoki ta'lim olishni istagan ko‘ngillilar (universitet yoki kollej talabasi bo‘lmagan holatda) tomonidan yuqori darajadagi ishtirokni talab qiladigan jarayon ekanligi haqida ko‘rsatmalar berib o‘tmagan. Bu ham ta'lim xizmatlariga nisbatan bir tomonlama yondashuv deb tushunish mumkin. Marketing namoyondalrining ya'ni A.P.Pankruxin va O.V.Saginovaning ta’lim xizmatlarining aniq ta’rifini bermaydigan yondashuvi albatta, marketologlarning softabiatiga xos, ya'ni bu qo‘llaniladigan marketing loyihalarini ishlab chiqishga yo‘naltirilganligi bilan bog‘liq deb qarashimiz mumkin. Masalan, A.P. Pankruxin ta'lim xizmatlarini KOM lex xizmatlari sifatida ya'ni ta'limning asosiy maqsadlarini hayotga tadbiq etish va o‘z missiyasini amalga oshirish deb qaraydi11. O.V. Saginova esa o‘z navnatida ta'lim xizmatiningt a'rifini berishda "ta'lim dasturi" - "ta'lim tashkilotining tegishli resurslari bilan ta'minlangan iste'molchining ta'lim darajasini yoki kasbiy tayyorgarligini o‘zgartirishga qaratilgan ta'lim xizmatlari to‘plami" tushunchasini asos qilib oladi12.Bu kabi turli soha vakillarining qarashlarini o‘rganish qiziqarli albatta, ammo hech bir soha ta'limni va u taqdim etishi mumkin bo‘lgan xizmatlarni, tarbiya, chuqurroq to‘xtaladigan bo‘lsak, savodsiz bolani yillar davomida biror fan yoki soha vakili sifatida olimlik darajasiga chiqarish uchun bosib o‘tiladigan mashaqqatli va shu bilan bir qatorda sabr talab etuvchi maroqli yo‘l sifatida qaralgan ta'rifga duch kelmadim.Ta'lim xizmatlari umuman olganda ta'limga oid ma'lumotlarni qidirishda guvoh bo‘lishimiz mumkinki, ma'lumotlar, ilmiy ishlarning katta qismi asosan Oliy ta'limgaq aratilgan. Bu tabiiy hol albatta, Oliy ta'lim mamlakat iqtisodiyoti uchun katta foyda keltirishi mumkin, ham universitet reytingi bo‘yicha, ham sifatli kadr yetishtirib chiqarish bo‘yicha. Avvalo ta'lim xizmatlarini taklif etuvchi muassasasa orasida aynan Oliy ta'lim o‘rtasida dunyo miqyosida katta raqobatni sezamiz.O‘zbekistonda ham Oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida erkin va sof raqobatni takomillashtirish maqsadida bir nechta farmonlar, imkoniyatlar va albatta oliy ta'lim muassasalari uchun bir muncha talablar qo‘yilgan. Oliy ta'limning raqobatbardoshliligini muassasa marketing boshqaruvi ham bir muncha o‘z zimmasiga oladi.Oliy ta'lim tizimida marketingni boshqarish yoki uning boshqaruvini takomillashtirish haqida K.M.Almakuchukov13, G.Axunova14, D.Nazarova15, kabi olimlar o‘z ilmiy ishlari doirasida tadqiqotlar qilishgan va sezilarli natijalarga erishishgan, shu bilan bir qatorda ta'kidlab o‘tish joizki ushbu ilmiy tadqiqotlarda aynan Oliy ta'lim muassasalarida marketing boshqaruvi va uning raqobatbardoshligini oshirish masalalari yetarlicha chuqur o‘rganilmagan va hozirgi kunda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga zamonaviy, o‘rganilgan yechimlar topilmagan. Masalan, G.N .Axunova o‘z ilmiy tadqiqotishida aynan Oliy ta'lim marketologlarini Oliy ta'lim tizimidagi marketing tahlili uchun marketing xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha respublika markaziga jamlashni va ular zimmasiga Oliy ta'lim muassasalaridagi talabgir yo‘nalishlarda talabga javob beruvchi mutahassislarni jalb etish, ta'lim xizmatlari bozorini o‘rganib chiqish va kadrlar tayyorlashda duch kelishi mumkin bo‘lgan muammolarga haq to‘lash orqali yechim toppish funksiyalarini yuklashning maqsadga muvofiqligini isbotlab bergan16. Ammo bu kabi yechim oliygohlar o‘rtasida yetarlicha sog’lom raqobatni rivojlantira olishiga ishonch hosil qilish qiyin. Buxoro davlat universiteti “Iqtisodiyot” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Qahhorov Otabek Siddiqovichning "Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar" nomli ilmiy jurnalida chop etilgan "Oliy ta’lim muassasalari marketing faoliyati samaradorligini boshqarish" nomli ilmiy maqolasida aynan oliy ta'lim muassasalaridagi marketing faoliyati uning boshqarilishi, umuman marketing faoliyatiga doir to‘liq qarashlar haqida tahlillar keltirib o‘tgan va Buxoro davlat universitetida olib borilgan tashviqot ishlari, tadqiqot ishlari va tahlillar jarayonida, marketing faoliyatini baholashga asoslangan quyidagi keltirib o‘tilgan jadvalni taqdim etgan. Keltirilgan jadval olib borilgan tahlillar va analizlarning natijaviy ko‘rinishi sifatida qarash mumkin va marketingning ta’lim sohasidagi keng qamrovli o‘rnini yetarlicha asoslab bera olgan. Tadqiqqotchi shakllantirgan, asosiy mezonlar muvozanatlangan kompleksni o‘z ichiga olgan Oliy ta’lim muassasasi marketing boshqaruvini amalga oshirish samaradorligini baholash tizimi 1- jadvalda keltirib o‘tilgan. Download 0.68 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling