Kirish magistrlik dissertatsiyasi mavzusining asoslanishi va uning dolzarbligi


-rasm.Jahon yalpi ichki mahsuloti qiymatida xalqaro ta’lim bozori ulushi


Download 0.68 Mb.
bet9/32
Sana22.06.2023
Hajmi0.68 Mb.
#1647280
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32
Bog'liq
m dissertatsiya

1.1-rasm.Jahon yalpi ichki mahsuloti qiymatida xalqaro ta’lim bozori ulushi43
Jahon Savdo Tashkiloti (JST) ta'lim xizmatlari savdosi Jahon Xizmatlar savdosi bo‘yicha Bosh kelishuv (GATS) qoidalari bilan tartibga solinadigan xizmatlar ro‘yxatiga kiritilgan. Bundan kelib chiqadiki, Oliy ta'lim iqtisodiyotning tobora daromadli sohasiga aylanib borayotganligi sababli, ushbu katta mablag' oqimlarini olish uchun mamlakatlar o‘rtasidagi ta'lim xizmatlarini taklif etish bo‘yicha raqobat tobora kuchayib bormoqda. "Jahon bozorida Taʼlim eksporti mavjud ekan va bu borada xalqaro raqobat ham mavjudligi tabiiy hol. Va yildan yilga ta'lim ko‘proq iqtisodiy rivojlanishning asosiy omili sifatida qabul qilinmoqda"44. Xorij tajribalarini Marektining Marketing Mix tahlili yordamida ifodalinishi quyidagicha. Istalgan turdagi sohani marketing qismiga e'tibor bersak albatta buni Marketing Mix siz tasavvur etish qiyin. Ta'lim xizmatlarini ko‘rsatishda ham Marketing Mix yordamida kamchiliklarni aniqlash va ularni bartaraf etish uchun ishlanmalar tuzish mumkin. Brasovning Transilvaniya universiteti o‘qituvchisi tomonidan taqdim etilgan ilmiy maqolada, ta'lim xizmatlari bozorini qanday qilib Marketing Mix P lari bilan ta'riflash mumkinligiga to‘xtalib o‘tgan.Ta'lim marketingi xizmat ko‘rsatish marketingining bir tarmog'i sifatida xizmat bozorlari uchun ishlab chiqilgan ko‘rsatkichlardan foydalanadi.Marketingning eng muhim yondashuvlaridan biri bu Marketing Mixning 7 P lari yondashuvidir. An'anaviy marketing aralashmasiga (Marketing Mix) yana uchta element (odamlar, jarayon va jismoniy dalillar) qo‘shish orqali ta'lim muassasasi bozor kon'yunkturasida o‘rin olish va maqsadlarga erishish uchun to‘liq marketing strategiyasidan foydalanishi mumkin.
-Product (mahsulot)-Talabadan ajralmagan holda, mahsulot strategiyasi odamlar strategiyasiga tayanadi, ya'ni ta'lim xizmatini yaratuvchi insonlar hisoblanadi. Mahsulot strategiyasini ikki xil nuqtai nazardan ko‘rishimiz mumkin. Biz mahsulotni ta'lim xizmati, mijozni esa talabadeb qaraydigan bo‘lsak. Shu bilan birga, biz talabani mehnat bozoriga yetkazib beriladigan mahsulot deb hisoblashimiz mumkin bo‘ladi.Birinchi holatda, agar talaba mijoz bo‘lsa,universitet talaba talablarini e'tiborga oladi va ularga javob qaytarishga harakat qiladi.Ikkinchi holatni ko‘rib chiqsak, bunda mehnat bozorini mijoz sifatida qaraydigan bo‘lsak, universitet o‘z faoliyatini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilimlarga ko‘proq e'tibor beradi.Ushbu turdagi ta'lim mahsuloti sanoatning so‘nggi yutuqlari va shu sohadagi kompaniyalar bilan mustahkam aloqaga egabo‘ladi45.
-Price (Narx -navo)- Narx strategiyasi ta'lim muassasasining daromadlariga bevosita ta'sir ko‘rsatadigan yagona strategiyadir. Ta'lim dasturining narxiga, o‘z navbatida o‘qishga xarajatlar, talab va raqobatchilarning narxlari o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
- placement (Joylashtirish yoki joy) Mahsulot strategiyasida tanishib o‘tganimizdek, joylashtirish strategiyasi ham ikkita istiqbolga ega.Birinchidan, ta'lim xizmati mahsulot ekanligini hisobga olib, joylashtirish strategiyasi o‘quvchilarga bilimlarni yetkazib berishning eng samarali usullarini topishga harakat qiladi.Ikkinchidan, agar mahsulot talaba deb qaralsa, joylashtirish siyosati talabani mehnat bozorida samarali joylashtirish yo‘llarini ishlab chiqishga harakat qiladi.
-(promotion)Rag'batlantirish-Oliy ta'lim muassasasi axborot bilan ta'minlanishi kerak bo‘lgan ko‘plab muhim kanallarga ega ekanligini hisobga olsak, targ'ibot strategiyasi unga mijoz bo‘luvchilarni ko‘paytirishga erishishning samarali usullarini topishga qaratilgan.
-People(Odamlar)- Ta'lim xizmati ajralmas va o‘zgaruvchan mahsulot hisoblanadi, o‘z o‘rnida uni yetkazib berishda ishtirok etadigan odamlar bilan mustahkam bog'langan deb qaraladi.Talabalar ya'ni mablag'larni jalb qilishda va qoniqarli xizmat ko‘rsatishda professor-o‘qituvchilar va ma'muriy xodimlarning roli ham muhim ahamiyatga ega.

Download 0.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling