Kirish Marketingda strategik rejalashtirishning maqsadi va vazifalari
Download 71.83 Kb.
|
695-19 Umarqulov Niyozqul Qurilishda marketing kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Marketingni nazorat qilish jarayoni
Marketing taktikasi strategiyasidan farq qilgan holda bosh maqsadi firma mahsulotiga boʻlgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish tamoyillarini hamda kon’yunktura sharoitlarini ifodalaydi.
Marketing taktikasi ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi boʻyicha hamda aniq bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan bogʻliqdir. U kon’yunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish, shuningdek marketing strategiyasi asosida shakllanadi. Marketing taktikasining vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy vazifalari bilan qisman bogʻliqdir. Marketing taktikasi firmaning strategik maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda marketingni amalga oshirish yoʻllari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi. Marketingni operativ rivojlantirishda qisqa davr uchun reja choratadbirlarini aniqlash yoʻli bilan taktik dasturlarni aniqlashtiradi. Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-biridan muddati boʻyicha farq qiladi va uzoq muddatli, oʻrta muddatli va qisqa muddatli boʻladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga portfel tahlil, morfologik tahlil, Delfi uslublarini kiritish mumkin. Oʻrta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli rejalashtirish texnikasi, maqsadlar daraxti boʻyicha qaror qabul qilish uslubi, morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik uslublar kiradi. Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli rejalashtirish texnikasi, chiziqli dasturlash, transport masalalarini optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash uslublari keng qoʻllaniladi. Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni oʻz ichiga oladi: 1. Nazorat qilishga moʻljallangan reja koʻrsatkichlarini asoslash (masalan, bozor ulushi, oborot va hokazo). 2. Faoliyatni haqiqiy koʻrsatkichlari natijalarini oʻlchash (ma’lumotlarni yigʻish). 3. Faoliyatni reja va haqiqiy koʻrsatkichlari natijalarini solishtirish. 4. Reja koʻrsatkichlari bilan erishilgan koʻrsatkichlar farqini tahlili. 5. Yangi rejalar ishlab chiqish va oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish. Marketing sohasida nazorat qilishni asosiy vazifalari quyidagi berilgan. 1974 yilda F.Kotler marketingni nazorat qilishni ikki turini marketingni boshqarish tizimiga ta’sir etishini koʻrsatib oʻtgan, ya’ni tashqi va ichki muhit omillarini oʻzgarish imkoniyatiga koʻra – marketingni nazorat qilishning ochiq va yopiq tizimlaridir. Download 71.83 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling