Kirish. Mavzuning dolzarbligi


Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha


Download 123.22 Kb.
bet3/9
Sana31.01.2024
Hajmi123.22 Kb.
#1819580
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Mamanova Muborak (Автосохраненный)

1. Tabiat bilan tanishtirish metodlari haqida tushuncha
Pedagogikada metod — pedagog va ta’lim oluvchining (bolaning) ma’lum ta’lim-tarbiyaviy natijasi: bilimlarni egallash, malaka va ko‘nikmalarni hosil qilish, qobiliyatlarni o‘stirish, axloqiy sifatlar, xulq odatlarni shakllantirishga erishish uchun yo‘llangan hamkorlikdagi faoliyati usulidir. Bolalar bog‘chasida bolalarni tabiat bilan tanishtirish jarayonida turli metodlardan foydalaniladi. Tabiat bilan tanishtirish metodlari uchta asosiy guruhga bo‘linadi: ko‘rgazmali metod — kuzatish, rasmlarni ko‘rish, diafilm, kinofilm, ekskursiyalar; amaliy metod — o‘yin metodi, mehnat, oddiy tajribalar; og‘zaki metod — tarbiyachining hikoyasi, badiiy asarlarni o‘qish, suhbat. Metodlarni tanlashda tarbiyachi bolalarning yosh xususiyatlari, psixologiyasi, bilimlari, dastur talablari, o‘z o‘lkasi iqlimining tabiati, pedagogik tamoyillarga moslashadi. Yuqoridagi metodlar bir-biri bilan uzviy bog‘liq va bir-birini to‘ldiradi.

______________________
5 O. Hasanboyeva. H.Jabborova. Z.Nodirova. Tabiat bilan tanishtirish metodikasi. – T.: Cho‘lpon NMIU. Qo‘llanma. 2006.
O'simliklar dunyosi, hayvonot olami yosh qalbning to'g'ri o'sib shakllanishida,
tabiatda bo'ladigan voqeahodisalarning sirasrorini o'rganib voyaga yetishida katta
manba bo'lib xizmat qiladi. Tabiatdagi narsalar ikki qismdan: jonsiz va jonli
tabiatdan iboratdir. Jonsiz tabiatga yer, quyosh, yulduzlar, suv, havo, toshlar, tuproq, jonli tabiatga esa o'simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlar, odamlar kiradi. Jonsiz tabiat dcyilishiga sabab ular oziqlanmaydi, o'smaydi, ko'paymaydi, rivojlanmaydi.
Masalan, toshni olsak, unga suv ham, havo ham kerak emas.
Jonli tabiatga kiruvchilar esa oziqlanadilar, nafas oladilar, o'sadilar va
ko'payadilar. Jonli tabiat vakillari o'simlik, havo, suv, yorug'lik, issiqlik va ozuqa
bo'lmasa yashay olmaydi.
Jonli tabiatdagi barcha mavjudotlardan eng qudratlisi insondir. Inson fikrlaydi,
mehnat qiladi, turli kashfiyotlar ixtiro qiladi. Tabiat insonni ma'naviy boyitishning
bitmastuganmas manbaidir.
Tabiat bilan inson o'rtasidagi uyg'unlikni ta'minlashda ekologik
ta'limtarbiyaning roli nihoyatda katta. Ta'lim tizimining barcha bosqichlarida amalga oshiriladigan uzluksiz ekologik ta'lim va tarbiya insonning tabiatiga, qolaversa, o'ziga nisbatan yangi munosabatlarning shakllanishini taqozo etadi. Bu o'z navbatida barkamol insonning shakllanishida poydevor bo'lib xizmat qilishi mumkin. Tabiatga nisbatan muhabbat uyg'otish ona Vatanga, uning tabiat yodgorliklari, tarixiy obidalari, xalqimizning an'analariga hurmat ruhida tarbiyalashga, yuksak ma'naviyatli shaxsning shakllanishiga olib keladi.

Download 123.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling