Kirish Mehnatga oid munosabatlarni tartib solish


Mehnatni tashkil etish yo‘llaridan kelib chiqib ishbay ish haqi yakka tartibda va jamoat turlariga bo‘linadi


Download 73.02 Kb.
bet4/6
Sana21.04.2023
Hajmi73.02 Kb.
#1367950
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Esamurodov Sarvar kurs ishi1

Mehnatni tashkil etish yo‘llaridan kelib chiqib ishbay ish haqi yakka tartibda va jamoat turlariga bo‘linadi.
Yakka tartibdagi ishbay ish haqi shaklida ishchining mukofoti o‘zi yaratgan mahsulot miqdori, uning sifati va ishbay narxlarga to‘liq bog‘liq bo‘ladi.
Mehnatga haq to‘lashning ishbay - mukofot shaklida ish haqini hisoblashda oddiy ishbay narxlardan tashqari belgilangan ko‘rsatkichlarni bajarganligi yoki ortig‘i bilan bajarganligi uchun qo‘shimcha ravishda mukofot hisoblanadi. Ishbay ish haqiga asosan mukofot haqiqatda ishlagan vaqtga nisbatan hisoblanadi.
Ishbay - progressiv shaklida mehnatga haq to‘lash belgilangan normalar doirasida oddiy ishbay narxlarda hisob - kitob qilinadi, normadan ortiqcha qismiga oshirilgan narxlarda hisob - kitob qilinadi. Masalan, dastlabki normani 1-10% ga
Mehnatga oid huquqiy munosabatlar tushunchasi Jamiyat hayotida yuzaga keladigan har qanday ijtimoiy munosabat ham huquqiy munosabat bo‘la olmaydi. Ijtimoiy munosabatlarning huquq normalari yordamida tartibga solinadigan qismi huquqiy munosabatlarni tashkil qiladi. Umumhuquqiy nazariyada huquqiy munosabat - o‘zaro subyektiv huquq va majburiyatlar bilan bog‘liq shaxslar (fuqarolar va yuridik shaxslar) o‘rtasidagi huquq normalari va muayyan yuridik faktlar asosidagi aloqadir.
Huquqiy munosabat ta’rifining asosiy jihati, avvalo, unda tomonlar o‘rtasidagi bir-biriga nisbatan aloqadorlikning aks etishidir. Bunday munosabatlarda kamida ikki tomon – huquq egalari ishtirok etib, ular o‘zaro muloqotga kirishadilar va bir-birlari oldida tegishli subyektiv huquq va majburiyatlarni o‘taydilar. Huquqiy munosabat ishtirokchilarining huquq va majburiyatlari bir-biri bilan o‘zaro mutanosib tarzda bog‘liq, ya’ni bir tomonning huquqiga ikkinchi tomonning majburiyati muvofiq keladi; har doim huquq subyekti bo‘lgan shaxs qarshisida majburiyat o‘tovchi shaxs gavdalanadi.
Shunday ekan, ijtimoiy munosabatlar umumiy nazariya fani nuqtayi nazaridan qaraganda doimo huquq normalari bilan bog‘liq holda uchraydi.
Darhaqiqat, qonun bilan o‘rnatilgan holatlar ijtimoiy munosabatlarga, jamiyat hayotiga ta’sir etmasa, bu munosabatlar huquqiy munosabatlarga aylanmaydi. Demak, ijtimoiy munosabatlarga huquq normalari ta’sir etsagina, ular huquqiy munosabatlarga aylanadi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari doimiy ravishda
mehnat huquqi normalari asosida faoliyat yuritadi. Yuqoridagi fikrlarimizdan kelib chiqib, mehnat huquqiy munosabatlarining o‘ziga xos xususiyatlarini ajratamiz, buning natijasida biz mehnat huquqiy munosabatlarini boshqa huquqiy munosabatlardan, xususan shart- noma asosida vujudga keladigan (pudrat shartnomasi, haq baravariga xizmat ko‘rsatish shartnomasi, mualliflik shartnomasi) fuqaroviy huquqiy munosabatlardan farqlash imkoniyatiga ega bo‘lamiz:
1. Xodim mehnat shartnomasiga muvofiq muayyan mutaxassislik, malaka
yoki mansabga doir mehnat funk- siyasini bajaradi.
_______________________________________________________
4 O‘zbekiston respublikasi prezidentining “Pul-kredit siyosatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3272-son sonli Qarori

Fuqaroviy huquqiy munosabatlarda shartnoma bo‘yicha kelishilgan natija muhim ahamiyatga ega, ya’ni bunda vazifa, topshiriqni bajarishda


sarflangan mehnat faqat o‘z zimmasiga olingan majburiyatni bajarish usuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Mehnat huquqiy munosabatlarda esa, mehnat jarayoni muhim ahamiyatga ega bo‘lib, xodim mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan va korxonaning mansab yo‘riqnoma- sida aniqlashtirilgan har qanday vazifani mutaxassislik, malaka yoki mansab doirasida bajarishga majbur bo‘ladi.
2. Mehnat shartnomasida shartlashilgan mehnat funksiyasini xodim
tomonidan shaxsan bajaradi.
Xodim mehnat shartnomasida kelishilgan mutaxassislik, malaka yoki
mansabga doir mehnat funksiyasini shaxsan bajarishi talab etiladi. U bu ishni boshqa shaxs- ga topshirishi yoki boshqa shaxsni jalb qilib yollab ishlatishi mumkin emas.
3. Mehnat munosabatlarida hokimiyat-boshqaruv elementlarining mavjudligi.
Mehnat munosabatlarida mehnat shartnomasi taraflarining teng
huquqliligi bilan bir vaqtda xodimning ish beruvchi bo‘ysunuvi ostida bo‘lishi uyg‘unlashib ketadi. Xodim zimmasiga ichki mehnat tartibi qoidalariga bo‘ysunish majburiyati yuklanadi. Aynan mehnat mu- nosabatlaridagi bo‘ysunish elementining mavjudligi uni fuqaroviy huquqiy munosabatlardagi taraflaming teng huquqliligidan farqlovchi xususiyati sifatida ajratib turadi.
4. Mehnatning haq evaziga bajarilishining o‘ziga xos xarakteri.
Mehnat munosabatlari ham xuddi pudrat, haq baravariga xizmat ko‘rsatish shartnomasi, topshiriq va boshqa shu kabi fuqarolik shartnomaviy munosabatlar kabi haq evaziga amalga oshirilishi bilan xarakterlanadi. Mehnat munosabatlarining haq evaziga amalga oshirilishining o‘ziga xos jihati shunda namoyon bo‘ladiki, bu xodimga ish haqi to‘lash orqali amalga oshiriladi. Mehnat munosabatlarida ish haqi to‘lashning fuqarolik huquqiy munosabatlardagi mehnatni rag‘batlantirishdan farqli jihati shundan iboratki, bunda xodimga davlat tomonidan belgilangan minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda (MKning 155-modasi), har yarim oyda kamida bir marta (MKning 161-moddasi), ish haqini berish joyi aniq belgilangan holda, ish haqidan ushlab qolishlarni cheklangani holda, ayrim hollarda (tibbiy ko‘rikdan o‘tgan hollarda, xodim malaka oshirgan vaqtida, jamoat yoki davlat ol- didagi majburiyatlarini ado etgan hollarda) o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
5. Ish beruvchi bilan munosabatga kirishgan xodimning korxona mehnat jamoasiga qo‘shilishi. O ‘zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi 19-moddasiga ko‘ra: o‘z mehnati bilan korxona faoliyatida mehnat shartnomasi asosida ishtirok etayotgan uning barcha xodimlari korxona mehnat jamoasini tashkil etadilar, deb belgilab qo‘yilgan. Demak, korxona bilan mehnat shartnomasini tuzgan xodim, shu korxonaning jamoasiga qo‘shiladi. Buning natijasida shu korxonada amalda bo‘lgan lokal normativ hujjatlar, jamoa shartnomasi, jamoa kelishuvi, ichki mehnat tartibi qoidalari, mukofotlash to‘g‘risidagi, rag‘batlantirish to‘g‘risidagi nizom va boshqa hujjatlar ushbu xodimga ham taalluqli bo‘ladi.
Ammo korxonada fuqarolik huquqiy shartnoma aso- sida bir marotabalik ishlarni bajarayotgan fuqaro jamoa a’zosi hisoblanmaydi. Shuning uchun ham ular yuqorida qayd etilgan lokal hujjatlarga asosan o‘z zimmalariga hech qanday majburiyatlarni olmaydilar.
6. Uzluksizlik xarakteri.
Mehnat munosabatlari fuqaroviy-huquqiy munosabatlardan farqli ravishda davomiylik xarakteriga ega, ya’ni fuqaroviy-huquqiy munosabatlar bir marotabalik, ya’ni ma’lum bir natijaga erishilishi bilan bekor bo‘lsa, mehnat munosabatlari esa mehnat shartnomasida ko‘zda tutilgan muayyan kasb, malaka yoki lavozimga oid ishni uzluksiz bajarilishi bilan ajralib turadi. Mehnatga oid huquqiy munosabatlar taraflarning erkini ifoda etuvchi mehnat shartnomasiga asoslanadi. Mehnat munosabatlari o‘z subyektiga ega va ayni shu subyektlarning huquq va majburiyatlari mehnatga oid huquqiy munosabatlarning mazmun-mohiyatini tashkil etadi.
Subyektlarning huquq va majburiyatlari mehnat qonunchiligi normalari,
jamoa kelishuvi va shartnomalari hamda xodim bilan tuzilgan mehnat
shartnomasida o‘z ifodasini topadi. Barcha mehnatga oid huquqiy munosabatlar bir-biridan subyekti, uning mazmuni, mazkur munosabatlarni yuzaga keltirish, o‘zgartirish va bekor qilish asoslari bilan farqlanadi.

Download 73.02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling